138
Апрель 2021 10-қисм
Тошкент
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI MILLIY INSONIYLIK XISLATLARI
BILAN TANISHTIRISH
Sa’dullayeva Yulduz Yusubboyevna
Xorazm viloyati, Shovot tumani
3-umumiy o‘rta ta’lim maktabi
Boshlang‘ich ta’lim fani o‘qituvchisi
Annotatsiya
: Ushbu maqolada kasbga bo‘lgan qiziqishlar, qolaversa
har bir kasbga lozim
bo‘lgan milliy qadriyatlar, insoniylik xislatlarining ayrimlari ta’riflab o‘tilgan.
Kalit so‘zlar
: aqllilik, odoblilik, odobsizlik, bilimlilik, mehnatsevarlik, insonparvarlik, milliy
g‘urur, vatanparvarlik, xushmuomalalik, pokizalik, faollik,
Respublikamizda umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qaratilayotgan e’tibor, xususan, ularda
ta’lim sifatini oshirish, ijodkor, mustaqil o‘z hayot yo‘lini tanlay biladigan barkamol insonlarni
tayyorlash muammosini o‘rganishga nisbatan ilmiy ehtiyoj doimo mavjud. Bugungi kunda
zamonaviy pedagog mutaxassislarni tayyorlash masalasi ustuvor yo‘nalish
sifatida belgilanib,
uning samaradorligi bevosita kasbga bo‘lgan qiziqish tadbirlarini tashkil etish bilan asoslanadi.
O‘qituvchilar shaxsning kasblar olamiga azal-azaldan e’tibor qaratib kelishgan va har bir zamon
talabidan kelib chiqib, o‘qituvchiga bu borada qo‘yiladigan talablar takomillashib, murakkablashib
boravergan.
Tarixda ta’lim-tarbiya jarayoni maxsus faoliyat sifatida shakllanib borishi barobarida, uning
yakunida tarbiyalanuvchilarning sifatlari, ya’ni ta’limiy maqsadlariga ham aniqlik kiritilgan. Biz
quyida kasblarga bo‘lgan qiziqishlar, qolaversa har bir kasbda lozim bo‘lgan
milliy insoniylik
xislatlarining ba’zilariga ta’rif berishga harakat qildik.
Aqllilik – bu tushunchaning lug‘aviy ma’nosi fikr yuritmoq, bilmoq degan mazmunni bildiradi.
Shunday ekan, ma’lum kasb egasi qanchalik ko‘p fikr yuritib, ko‘p bilimga ega bo‘lsa, shunchalik
aqlli hisoblanadi. Lekin odam chuqur fikr yuritmay boshqalardan ko‘rgan, eshitganlarini,
kitoblardan o‘qiganlarini hamda ustoz muallimlar aytganini esda saqlab qolib, shu yo‘llar bilan
olingan bilimlarga amal qilib yurishi ham mumkin.
Odoblilik – ayrim kasblarda inson fazilatining muhim ko‘rsatgichi bo‘lib hisoblanadi. Odobli
kishi umuminsoniy qadriyatlar bilan birga milliy qadriyatlarni yaxshi bilgan va ularni e’zozlagan
hamda jamiyat ichida qabul qilingan barcha axloq normalariga rioya qiladigan odamdir.
Odobsizlik – butun insoniyat yoki bir millat qadriyat deb qabul qilgan narsa va voqeliklarga
behurmatlik ko‘rsatish, muayyan jamiyatda qabul qilingan urf-odat va an’analarga rioya qilmay,
ularni mensimaslikdir. Ta’lim-tarbiya bilan shug‘ullanuvchi kishilar, bolalarga odob nima ekanini,
uning
mohiyatini tushuntirib berib, ularda umuminsoniy va milliy qadriyatlarni hurmat qilish,
ularni o‘rgatish va hayotda amal qilishga o‘rgatishlari kerak.
Bilimlilik – bilimli kishi ko‘p bilim sohibi hisoblanadi. Ba’zan “bilimli” tushunchasi “aqlli”
tushunchasi bilan sinonim sifatida qo‘llaniladi. Yana qaytarib aytamizki, aqlli odam mustaqil fikr
yurita oladi, bilimli odam esa, mustaqil fikr yuritib yoki kitob va ustozlardan olgan bilimlarni yod
olish
natijasida, нetarlicha bilimga ega bo‘lgan kishi hisoblanadi.
Mehnatsevarlik – har bir kasbda yoshlarning erishishi zarur bo‘lgan omillardan biridir.
Mehnatsevarlik deb, mehnatning turidan – og‘ir mehnatmi yo yengilmi; aqliymi yo jismoniymi,
bundan qat’iy nazar, kishi uni bajarishga jon-jahdi bilan kirishishligiga aytiladi.
Salomatlik – har bir kasb egasi uchun zarur bo‘lgan omil, biror kasb bilan shug‘ullanishda zarur
talab. Mutloq sog‘lom kishi deb, ham jismonan, ham aqlan, ham ruhan salomat bo‘lgan kishiga
nisbatan aytiladi.
Milliy g‘urur – milliy g‘ururi yo‘q odam har bir ishda loqayd bo‘lib, uning qilgan ishining
unumi bo‘lmaydi. Milliy g‘ururga ega inson esa, oldiga biron-bir maqsad qo‘ydimi, butun vujudini
ishga solib, shu maqsadga erishish uchun g‘ayrat qiladi va tezlikda unga yetadi.
Vatanparvarlik xislati – milliy g‘ururning taraqqiy etgan varianti bo‘lib, vatan ravnaqi uchun
rag‘bat paydo qiluvchi asosiy omillardan hisoblanadi. Milliy g‘urur negizida odamlarda vatanini
sevish kayfiyati paydo bo‘lib, millati uchun, yurti uchun, ya’ni vatani uchun fidoyilarcha mehnat
qilib, zarur bo‘lganda jonini ham fido qilishga tayyor bo‘ladi. Buni haqiqiy vatanparvarlik deyiladi.
Vatanga sodiqlik, vatanparvarlik, o‘zining qudratli ildizlari bilan o‘z oilasining avlod-ajdodlarining