221
Fojia san’ati – insoniyatning doimiy hamrohi. Inson o‘z orzularini ro‘yobga chiqarish uchun bir umr
intiladi, kurashadi. Insoniyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida ijtimoiy adolatsizliklar, mu-
nosabatlardagi xilma-xillik, san’atda fojiali ohanglar tug‘ili-shiga sabab bo‘ladi.
Kulgililik kategoriyasida ham insonning voqea-hodisalarga munosabatlaridan biri ifodalanadi.
Kulgili holatlarga faqat insongina kulgi bilan javob beradi. Kulgililik xunuklik bilan bog‘lab mushohada
qilinadi, xunuklikning o‘zi kulgili emas, balki uning go‘zallik da’vo qilishi va o‘zini go‘zallik o‘rniga
qo‘yishi kulgilidir.
Kulgililik boshqa estetik hodisalar singari tashqi va ichki tomonlarni o‘zida birlashtiradi.
Kulgililikning ichki tomoni – keng ma’nodagi hazil (yumor) tuyg‘usidir. Hazil tuyg‘usi shaxsning
tabiiy va erkin, bevosita idrok etishi natijasida xilma-xil kulgili, beo‘xshovliklarni ko‘rib, anglab, ularga
kulgi bilan javob berish qobiliyatining ifodasidir.
Kulgi insonning ruhini ko‘taradi. Kulgililikning har xil ko‘rinishlari san’atning arxitekturadan
boshqa deyarli barcha turlarida namoyon bo‘ladi va komediyada o‘zining to‘la estetik ifodasini topadi.
Kulgililik tushunchasi komik tushunchadan kengroqdir. Komik voqea ijtimoiy va estetik ahamiyatga ega
bo‘lgan hodisadir. Komediyada komik matn bo‘ladi. Gogol «Komediya uchun qiyshiq burun emas, qiyshiq
jon kerak» deydi.
San’atda kulgilik turlari:
Latifa – kulgili yoki eng sodda komik voqea.
Parodiya – hajviy o‘xshatma.
Satira (mashara) – hayotning salbiy hodisalari ustidan achchiq kulish.
Yumor (hazil-hajv), sarkazm, lof, askiya, karikatura va h.k. san’atda kulgililik turlariga misol
bo‘ladi.
Kulgililikning barcha shakllari qanchalik erkin namoyon bo‘lish imkoniyatlariga ega bo‘lib borsa,
shunchalik ko‘p ahamiyat kasb etadi. Beozor hazil-hajv tuyg‘usi inson hayotining kulgili tomonlari, uning
barcha qirra va zarralarini ilg‘ab olish va fahmlash qobiliyatini o‘stirishga yordam beradi va u borgan sari
shaxsning ma’naviy-ruhiy kamoloti ko‘rsatkichi bo‘lib boraveradi.
ADABIYOTLAR
99.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – T.:“O’zbekiston”, 2014. 24 b
100.
“O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar
strategiyasi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7
fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni.
101.
Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga
quramiz. – Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2017. – 488 b.
102.
Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini
birgalikda barpo etamiz. – Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2017. – 56 b.
103.
Karimov I.A. Asarlar to‘plami. 1-24 jildlar.- T.: O’zbekiston 1996-2016.
104.
Karimov I. A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. 2 nashr –T.:Ma’naviyat,
2016 176-b.
105.
Abdulla Sher. Estetika. Darslik. – T.: O’zbekiston, 2016. 192 b.
106.
Abdulla Sher, Husanov B, Umarov E. Estetika. T. O’ZMU, 2008. 178 b
107.
Umarov E. Estetika. T. O’ZMU, 2004. 172 b
Do'stlaringiz bilan baham: |