228
Buning sababi, birinchidan, tabiatni nosan’at estetik ob’ekt sifa tida to‘g‘ridan-
to‘g‘ri idrok eta olsak (bunga keyinroq bafurja to‘xtalamiz), ikkinchidan, u san’at uchun
insondan keyin eng boy material, manba; san’at vositasida in’ikos ettirilgan tabiat estetik
qadriyat sifatida ma’naviyatimizni boyitib yashaydi. San’a tda aks etgan tabiat o‘zining
g‘oyaviy-badiiyligi, abadiylikning o‘chmas lahzasi, takrorlanmas go‘zallik yoki
ulug‘vorlik, ba’zan esa, fojiaviylik sifatida bizni doimiy rom etishi bilan ajralib turadi.
Nosan’at estetik ob’ekt sifatida esa, tabiat faqat go‘ zallik va ulug‘vorlikni ifodalaydi,
g‘oyaviy-badiiy urg‘uga ega emas, hissiyotlarimizga san’atdagidek kuchli ta’sir
ko‘rsatolmaydi, ammo san’atda landshaftning butun go‘zalligini aks ettirish imkoni yo‘q.
Masalan, o‘tloqdagi giyohlar ranginligining o‘rnini hech bir rassom bo‘yog‘i bosa
olma ydi, ranglarni ng barchasini aks ett iram an desa, rassom ni ng rangtasvi ri bi r -bi ri bil an
nouyg‘un olachalpoq ranglar yig‘indisidan iborat bo‘lib qoladi, san’at asariga
aylanmaydi. Rassom bizga faqat o‘tloqning bir parchasini , o‘zi «tanlab olgan”
qisminigina, «tanlangan» ranglarnigina ko‘rsatishi mumkin. YOki musiqa san’atiga
aylangan tabiatni, deylik, Sayfi Jalilning dutorda ijro etilgan «To‘rg‘ay» kuyini bir -ikki,
boringki, o‘n-o‘n besh marta eshitsangiz, huzur qilasiz, este tik zavq olasiz, biroq uni har
kuni tinglasangiz, u kuy qanchalik buyuk san’at asari bo‘lmasin, joningizga tegadi. Jonli
to‘rg‘ayning sayraganini esa, yillar davomida har kuni eshitsangiz ham, har gal zavq
olasiz. SHu sababli estetikada tabiatni ham nosan’ at, ham san’atga aylangan estetik
ob’ekt sifatida ikki yoqlama ilmiy yondashuv orqali o‘rganish maqsadga muvofiq.
San’atga aylangan estetik ob’ekt sifatida tabiat deyarli barcha san’at turlarida va
janrlarida o‘z aksini topadi. Boshqacharoq aytganda, tabia tni «o‘rganish», «tushunish»
barcha san’at turlariga xos. Masalan, badiiy adabiyotda hikoyadan – romangacha,
she’rdan – dostongacha tabiat manzarasi tasvirlanmaydigan biror janrni topish mumkin
emas. O‘rik daraxtining to‘rt fasldagi holati, ko‘klamdagi gul lagan, yozda barg yozib,
meva qilgan, kuzdagi oltin rangiga kirgan, qishda yalang‘och, shoxlari nayzaga o‘xshagan
ko‘rinishlari badiiy adabiyotda ham, rassomlikda ham o‘z ifodasini topgan. O‘zbek xalq
kuyi «CHo‘li iroq»da fojiaviylikni, Betxovenning «Oydin sonati »sida inson qalbi
evrilishlarining, xayolga cho‘mgan quvonchning ifodasini ilg‘aymiz. Me’morlikda
yaproqlarning peshtoqlardagi xandasaviy jilvasi, haykaltaroshlikdagi go‘zal kiyikning
tasviri deysizmi, xullas, tabiat barcha san’at turlarida badiiy a sarni go‘zallashtirib,
ulug‘vorlashtirib turuvchi omil bo‘lib xizmat qiladi.
Xulosa qilib shuni aytish lozimki, tabiat estetikasini «ekologik estetika» doirasiga
tiqib qo‘yish mumkin emas, uni texnika yoki mehnat estetikasidan keyin turadi, degan
gaplar a sossiz . U bugungi kunda s an’atdan ke yi ngi eng qam rovli tadqi qot ob’ekti ga ega
bo‘lgan, muhimlardan muhimroq estetik nazariya turidir, uning «hurmatini joyiga
qo‘yish” vaqti allaqachon kelgan.
Ko‘rib o‘tganimiz – tabiat estetikasi bizni hozir avvalgi davrlarga qaraganda ancha
olisdan o‘rab turgan biologik muhitning hayotimizni go‘zallashtirishdagi, umuman,
estetiklashtirishdagi ahamiyatini tadqiq etsa, uni insonni «tabiiylashtirish» vositasi
sifatida oli b qaras a, texnika est eti kasi, aksincha, bugungi k unda biz ga eng yaqi n bo‘l gan
noos ferani – t exni kavi y muhi tni muntazam «i nsoni yl as ht irib » borish muam molarini
o‘rganadi.
Ins on doimi y ravi shda ravnaq t opi b boradi gan m avjudot, uz oq davom et gan insoni y
taraqqiyotning mahsuli, ya’ni, tosh asridagi va hozirgi odam, garchand ikkalasi ham odam
deb at als a -da, bir -bi ridan farq qil adi . Zamonavi y odam aql an, axloqan nis batan yuks ak
darajaga ko‘tarilgan, jismonan esa, – go‘zallashgan. Texnikani ana shu go‘zallashgan
inson yaratgan. SHu o‘rinda imom G‘azzoliyning inson va uning ijodiga nisbatan aytgan:
«YAratilgan yaratganiga o‘xshaydi”, degan so‘zlarini yana bir bor eslaylik. Alloh insonni
yaratib, uni o‘ziga o‘xshashini istasa, inson ham o‘z ijodi mahsulining o‘ziga o‘xshash
Do'stlaringiz bilan baham: |