229
bo‘lishini xohlaydi. Texnika inson ijodinin g mahsuli sifatida inson qanchalik nozik,
qanchalik aqlli, qanchalik go‘zal bo‘lsa, shunga qarab o‘zgarib boradi.
SHuni alohida ta’kidlash lozimki, so‘nggi ikki asr mobaynida, ayniqsa, XX asrda
inson t afakkuri, uning ji sman va axloqan taraqqi yotidan il gar i lab ketdi. CHunki t afakkur,
vujud va axloqdan farqli o‘laroq, narsalarga aylanish xususiyatiga ega. Narsaga aylangan
tafakkur tinimsiz ravishda yangi, o‘zidan yuksakroq narsaga aylanadigan tafakkurni
taqozo etadi, u esa, o‘z navbatida yana yangi narsani y aratadi va shu tarzda tafakkur olg‘a
qarab boraveradi . Bu, biz, odatda, hisobga olma ydi gan qonuni yat. C Hunki tafakkurning
nima ekani, u qanday qilib moddiy jarayonlarni o‘zgartirishi hozircha noma’lum,
vaholanki u biologik hodisa emas. «Tafakkur energiya s hakli emas, – deydi akademik
V. I.Vernadski y. – Qanda y qilib u moddi y j ara yonl arni o‘z garti ra ol adi? Bu savolga ilm
hozircha javob topgan emas»
65
. Nima bo‘lganda ham, tafakkurning ravnaqqa qarab
taraqqi y qil ib boris hi is bot talab qilm aydi gan haqi qat . Ana shu ravnaqni ng sur’at i biz
yaratgan texnika vositalarini tezkorlik bilan o‘zgarib, qulaylashib, go‘zallashib borishini
ta’minlab kelmoqda. Bunda badiiy-texnik yoki estetik faoliyat hisoblanmish dizaynning
roli katt a.
Diza yn (inglizchada lo yi ha, chizm a degani ) XX asrning boshlari da «x unuk bu yum
yaxshi sotilmaydi» degan iqtisodiy talab asosida G‘arbdagi sanoat ishlab chiqarishiga
kirib keldi. Gap shundaki, inson bilan texnikaning eskicha shaklidagi o‘zaro aloqasi
endilikda yaxshi samara bermay qo‘ygan edi. Unda inson texnologik rejimga moslashgan
holda, t ezlik, ani qlik, must ahkamli k kabi texnologi k mezonl ar as osida ishla ydi gan ishchi
sifatida baholanardi. Bu nafaqat ins onparvarlik, balki t exnikavi y ravnaq nuqtai nazari dan
ham nom aqbul edi. S Hu bois t exnikani inso ni yl as hti rish zaruri yati tug‘i ldi. Endi is hchi yo
xizmatchi ning shaxsi y qiziqis hi, ijodi yli k kas b et gani hol da, faqat m ehnat nat ijasi bilan
cheklanmasdan, mehnat jarayoni va uning mazmuniga ko‘chib o‘tishi lozim bo‘lib qoldi.
Bu – mehnatni ng es tetik t abi at kasb eti shi va insoni yl ashuvi demakdi r. SHunday qili b,
texnikani va ishl ab chi qaris h muhitini insoni yl ashtiri sh m ehnat ni faqat zaruri yat deb
em as, bal ki ehti yoj darajasida tus hunishga olib kel di; t exnikani i nsoni yl ashtiri sh muhitni
insonga mos las hti ris hi barobarida, uni est etik tarzda t as hkil eti shni ham o‘z ichi ga
oladigan bo‘ldi.
Diza ynni ng z aruri ya tga a yl anishi nafaqat z amonavi y i lmi y -texni kavi y ravnaqqa,
bal ki omm avi y i shl ab chi qari sh va umummadani yat darajasi ning yuks akli gi ga ham
bog‘liq. Bunday sharoitda xaridor o‘zining erkin tanlov imkoniyati bilan ishlab chiqarish
taklif qilgan mahsulotni rad etishi va o‘z ehtiyojiga javob beradigan tovarni yuqori
baholashi mumkin. YA’ni, xaridor o‘z didiga mos narsani tanlaydi; xarid jarayoni «boriga
baraka» tarzidagi tavakkalchilik holatiga emas, balki tovarga faol munosabat shakliga
aylanadi. Ana shunday munosabatga loyiq bo‘lishi uchun tovarning shakli muhim
ahamiyatga molik. Tabiiyki, birinchi navbatda go‘zal va ulug‘vor ko‘rinishga ega
narsal argina j ami yat ning e’tiborini qoz onadi. SHunda t ovarning umumm ezonga j avob
beradigan estetik qadriyat sifatida qabul qilinishi ro‘y beradi va u ishlab chiqarishning
xaridorga, xaridorning esa, ishlab chiqarishga estetik ta’sirini ta’minlaydi.
SHuni unutm asl ik lozimki, har qanda y konstruksi yachi -i nj ener diza yner bo‘lol ma ydi.
Inj ener-kons truktor, de yl ik, m as hinani lo yihal asht irar ekan, dastl ab uning m otoridan
tortib, kuzovigacha bo‘lgan qismlari loyihasini chizadi va shundan keyingina ularni bir -
biri bilan bog‘lab yaxlit mash ina shakliga keltiradi. Natijada har bir qism alohida «o‘z
hayotiga» ega bo‘ladi. YA’ni, mashina zamonaviylashtirilganida (modernizatsiya
qilinganida) muayyan detallarni so‘nggi loyiha asosida, alohida -alohida almashtirish
jarayoni ro‘y beradi. Dizaynchi -injener esa, mashinani go‘zallik va ulug‘vorlik
qonuni yatl ari ga asoslanib, birdani ga mua yyan yaxli tlik tarzi da t asavvur qi ladi . Bu
yaxlitlik konstruksiyaga bo‘ysunsa -da, o‘zini badiiy ijod sifatida namoyon etadi.
65
Вернадский В.И.
Начало и вечность жизни. М., «Советская Россия», 1989. С. 185.
Do'stlaringiz bilan baham: |