227
Tabiat haqida gap ketganda, «tabiatni asrash», hatto «tabiatni qutqarish» degan
so‘zlarni tez-tez eshitamiz. Xo‘sh, tabiatni kimdan asrash va qutqarish kerak? Odamdan,
jamiyatdan. Demak, odam, markschilar ta’riflaganidek, tabiatning bir qismi emas, uni
odam bi r-birini bo‘ ysundi rganidek bo‘ ys undi rishi, «ol amni t ubdan o‘z gartirishi » mumki n
em as. Aks hol da, oxir-oqi bat ins oni yat, ha yvonot va nabotot dun yosi hal okat ga mahkum
etilis hi m uqarrar.
Ke yi ngi bir asr moba ynida inson tafakkuri ning qudrati, fan -t exnika taraqqi yot i
jahonni ng de yarli barcha sivilizat si ya lashgan mi nt aqalari da l andshaftni ng (er yuzi
manz arasi ning) o‘z gari shi ga, buzilishi ga olib keldi. M as al an, birgina suv omborl arini olib
ko‘raylik. Hozirgi paytda minglab kvadrat kilometr takrorlanmas landshaft suv ostida
qolib ketdi. Vaholanki, landshaft hayvonlar, qushlar, o‘simliklar, suv, tuproq kabi
qit’avi y
xazinalarning uyg‘unligidir. Biz esa, tabiatga bo‘lgan xudbinlarcha
munosabatimiz, unga qornimizni to‘ydiradigan, hayotimizni farovon qiladigan vosita deb
qarashimiz tufayli ana shu uyg‘unlikni muntazam ravishda buzib kelmoqdamiz.
Biz tabi atni nutql a rimizda, she’rlarimi zda, m aqolal arimiz da «Ona -tabiat » deb
at a ymiz. Darhaqiqat , tobi miz qochsa, s hifokorl ar biz ga bahavo, shaffof s uvli tabi at
qo‘ynida joylashgan oromgohlarga borishni, kimsasiz daryo bo‘ylaridagi butazorlar
orasida chodir quri b, bir muddat t as hvishlardan fori g‘ yas has hni tavsi ya etadil ar. SHahar
shovqinl aridan, m ehnat dan, axborotl ar siquvidan charchaganimizda, j am oa bil an yoki
oilaviy tarzda shanba yo yakshanba kuni tabiat qo‘yniga chiqib dam olamiz. Toliqsak,
doim «onamiz» qo‘yniga intilam iz, ona-tabiat bizni davolaydi, go‘zalligi bilan
ha yratl anti radi, ruhl anti radi. Leki n bir -ikki kundan s o‘ng yana hamm asini unutamiz,
tag‘in tabiatga bir xizmatkordek qaraymiz. Nega shunday? CHunki biz uni tushunmaymiz,
uni bilm a ym iz. SHu sababl i bi ror bi r odam ning yaxshi yoki yomonli gi ga asl s ababl ar
nimaligini, uning mohiyatini bilmaganimiz, tushunmaganimiz uchun «falonchining tabiati
o‘zi shunaqa», yoki muayyan hayvon yoxud o‘simlikning sir -sanoatidan bexabarligimiz
tufayli uni «tabiatan o‘zi shunday» deyish bilan muammoga nuqta qo‘yamiz. Zero, tabiat
olami kubromi (katta olammi), olami sug‘romi (kichik olammi), ya’ni, odammi, u – sirli,
uni lozim darajada tushunmaymiz va bilmaymiz. Har qancha ekologiyaga e’tibor
qilmaylik, uni fan sifatida zo‘r berib o‘qi tmaylik, baribir tabiatni tushunishimiz qiyin,
zotan ekologiya tabiatni asrashni, qutqarishni, boyitishni targ‘ib qiladi. Biroq ularning
hamm asi ga faqat es t etika yordami da, uning ekologi ya bil an hamkorli gi orqali eri shis h
mumkin. CHunki est etika i nsonga t a bi atni s evis hni, uning go‘zalli gi ga beg‘araz
munosabatda bo‘lishni o‘rgatadi, ya’ni, tabiatni faqat odamlar uchun yaratilgan deb emas,
uni j ami yat dan t as hqaridagi umumol ami y must aqil qadri yat sifatida i drok eti shni taqozo
qiladi. Ha, tabiat go‘zallik va ul ug‘vorlik manbai, lekin faqat inson uchungina shunday
emas. Masalan, bulbul tunda, odamlar uxlaganda sayraydi, namozshomgul va ba’zi boshqa
gullar faqat qorong‘u tushayotgan paytdan boshlab ochiladi. Demak, hayvonlarni,
o‘tloqlarni, daraxtlarni, daryolarni , tog‘larni faqat «biz uchun» deb emas, «biz uchun
ham » deb tushunishimiz lozim.
Buyuk Kant tabiatni axloqiylik bilan bog‘laydi: «Kimniki bevosita tabiat go‘zalligi
qiziqtirsa, bu uning fikrlash tarzida, yo‘q deganda, axloqiylikka, ezgulikka qobiliyati
mavj udli gidan dal ol at beradi », – de ydi u.
64
Ammo Hegelni ng, tabi atda ideal yo‘ q, s hu
sababli u ikkinchi darajali go‘zallik turi, degan fikri estetikada hukmronlik qilib keldi,
ayniqsa, bu fikr tabiatni «bo‘ysundirishni» targ‘ib qilgan markschilikning tegirmoni ga
suv quydi. Natijada uzoq yillar mobaynida tabiat estetikasiga e’tibor qaratilmadi. Biz
me’moriy obidalarni asrash, tiklash haqida qayg‘urdik, ularni estetik qadriyatlar deb
e’lon qildik, lekin landshaft estetikasini chetga chiqarib qo‘ydik. Hozirgi kund a shu narsa
aniq bo‘ldiki, tabiatni eng ulug‘ va mangu estetik qadriyat deb bilmaslik borib turgan
estetik savodsizlikdir. Aniqrog‘i, bugun tabiatsiz estetikani tasavvur qilish mumkin emas.
64
Кант И.
Сочинения в 6 т. Т. 5. М., «Мысль», 1966. С.314.
Do'stlaringiz bilan baham: |