Toshkent moliya instituti "ijtimoiy fanlar" kafedrasi



Download 4,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet398/643
Sana01.01.2022
Hajmi4,93 Mb.
#302989
1   ...   394   395   396   397   398   399   400   401   ...   643
Bog'liq
Mantiq

 

 

 

219 



 

san’atdagi  go‘zallik  ikkilamchi  deydi.  CHunki  hayotda  go‘zallik  bo‘lmasa,  san’atda  ham  u  ifoda  topa 

olmaydi. Lekin u jiddiy xatoga yo‘l qo‘yadi. CHunki haqiqiy san’at dunyo go‘zalligini faqat surat aksinigina 

emas, balki undagi go‘zallik mohiyatini ham namoyon etadi. 

San’at hayotning boyligi va xilma-xilligini, go‘zallik va xunuklikni, yaxshi va yomon xislatlarni aks 

ettiradi hamda unda estetik orzu muhim ahamiyat kasb etadi. San’at go‘zal va xunuk narsalarni aks ettirish 

mumkin.  Lekin  san’atning  o‘zi  hamma  vaqt  ham  go‘zaldir!  CHunki  u  o‘z  tarkibiga  estetik  orzu,  ya’ni 

go‘zallikning zaruriy xossasini singdirgandir. 

Ko‘p  asrlar  davomida  san’at  estetik  orzuni  ro‘yobga  chiqarishning  ikki  asosiy  yo‘nalishini  ishlab 

chiqqan: 

1)  Ijobiy  qahramon  ramzini  yaratish,  ijobiy  qahramon  –  ijodkorning  go‘zallik  haqidagi  estetik 

orzusidir. 

2)  Salbiy  qahramon  –  go‘zallikning  aksi  bo‘lgan  xunuklik,  yaramaslik  ramzi  bo‘lib,  u  ham  estetik 

ahamiyatga ega. 

San’atda  ilg‘or  estetik  orzuning  bo‘lishi  san’at  go‘zalligi  bilan  bog‘liq  zaruriy,  lekin  yagona 

bo‘lmagan  omildir.  San’at  go‘zalligi  uning  haqqoniyligidan  ajralmagan  holda  qaror  topadi.  Badiiy 

haqiqatsiz san’atda go‘zallik bo‘lishi mumkin emas. 

Haqiqat  va  go‘zallik  birligi  san’at  taraqqiyotining  qonuniyatlaridan  biridir.  SHekspir  «Go‘zallik 

qimmatli haqiqat bilan yakunlanib, yuz chandon go‘zallik kashf etadi», deydi. 

San’atdagi  go‘zallik  shakl  va  mazmun  birligida  yaxlit  mushohada  etiladi.  Inson  faoliyatida 

kamolotga, go‘zallikka intilish ko‘p jihatlardan eng muvofiq shaklni izlab topishda ko‘rinadi. Bu shakl esa 

faoliyat  burchiga,  vazifasiga,  mazmuniga  mos  kelishini  taqozo  etadi.  SHaklning  mazmunga  mos  kelishi 

san’atdagi  go‘zallik  mezonidir.  Gap  ijtimoiy  ahamiyatli,  g‘oyaviy  ilg‘or,  hayot  haqiqatiga  ega  bo‘lgan 

mazmun  haqida  borsagina  shaklning  mazmunga  mos  kelishiga  san’at  go‘zalligining  mezonlaridan  biri 

sifatida qarash mumkin bo‘ladi. 

San’atdagi  go‘zallik,  uning  badiiy  qimmati  hayotni  haqqoniy  tasvirlash,  gumanistik  g‘oyalarni 

ifodalash, shakl va mazmun uyg‘unligini yaratish bilan belgilanadi.  

Voqea-hodisalarning  ob’ektiv  estetik  ahamiyatini  ifodalovchi  qadriyat  sifatida  go‘zallik  sub’ektiv 

estetik  baholash  orqali,  kishilarning  didi  va  ideallari  vositasida  qabul  qilinadi.  Estetik  tarbiyaning  muhim 

vazifasi-kishilarda  haqiqiy  go‘zallikni  tushuna  olish  va  qabul  qilish  qobiliyatini  shakllantirish  va 

rivojlantirishdir. 

Ulug‘vorlik  kategoriyasi  estetikaning  yana  bir  muhim  kategoriyasidir.  Qadimgi  estetikada 

«ulug‘vorlik»  iborasi  tantanaligi  va  ahamiyatliligi  bilan  ajralib  turadigan  nutqning  alohida  uslubini 

tavsiflash  uchun  ishlatilardi.  Ulug‘vorlik  muammosiga  estetik-nazariy  yondashish  III  asr  notig‘i  Longin 

yozgan  «Ulug‘vorlik  to‘g‘risida»gi  risoladan  boshlanadi.  U  ulug‘vorlikni  nutq  go‘zalligi  bilan  bog‘lanib 

ketgan  odatdan  tashqari  fikrlar  va  ehtiroslar  sifatida  tushunib,  u  insonga  his-tuyg‘uli  ta’sir  etuvchi,  uni 

quvonch va hayratga soluvchi kuch deb uqtiradi. 

XVII  asr  ingliz  olimi  E.Byork  fikricha,  ulug‘vorlik  tuyg‘usining  manbai-dahshat  yoki  shunga 

o‘xshash  tuyg‘ular  ko‘zg‘atadigan  barcha  narsalar,  voqea-hodisalardir.  Byork  ulug‘vorlikni  insonga  his-

tuyg‘uli  ta’sir  o‘tkazish  shakllari  ichida  eng  kuchlisi  bo‘lgan  qoniqmaslik  tuyg‘usi  bilan  bog‘laydi: 

Go‘zallik qoniqish asosidagi estetik zavqlanish baxsh etsa, ulug‘vorlik dahshat va qoniqmaslik tuyg‘usining 

vujudga keltiradi. 

Boshqa  ingliz  olimi  T.Xoum  fikricha,  ulug‘vorlik  go‘zallikdan  faqat  o‘zining  ko‘lami  bilan  farq 

qiladi va ijobiy his-tuyg‘ular uyg‘otadi. 

I.Kant  fikricha,  go‘zallik  ham,  ulug‘vorlik  ham  qo‘pol,  sof  foyda  ma’nosidagi  manfaatdan  xoli 

bo‘lib,  hamma  uchun  umumiy  ahamiyatli,  maqsadga  muvofiqlik  va  zarurlik  tasavvurlarini  o‘zida  mujas-

samlashtirgandir. 



 


Download 4,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   394   395   396   397   398   399   400   401   ...   643




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish