215
Qadimgi Rus badiiy ongida erkinlik, oddiylik namoyon bo‘ladi.
Insonning dunyoga e’tiborining kuchayishi, go‘zallikni hissiy idrok etishdan zavqlanishi Uyg‘onish
davrining yangi madaniy paradigmasi vujudga kelishi uchun asos bo‘ldi.
G‘arb Uyg‘onish davrida estetik qarashlar yangicha ijtimoiy munosabatlarning ta’siri ostida rivojlana
bordi. Insonparvarlik g‘oyalari tarqalib borgani sari, ilm-fan, adabiyot va san’at muvaffaqiyatlarga erishib
borgani sari estetik qarashlar va g‘oyalar ham rivojlanib bordi.
Bu davr estetikasining muhim xususiyati – uning insonparvarlik ruhi bilan sug‘orilganligi va badiiy
amaliyot bilan bog‘liq ekanligi.
Uyg‘onish davri mutafakkirlari Leonardo da Vinchi, Rafael Santi, Mikelanjelo, Dyurer, Servantes,
Shekspir estetik tafakkur taraqqiyotiga katta hissa qo‘shdilar. Ular shu bilan birga buyuk san’at asarlari
yaratdilar. Buyuk musavvir Leonardo da Vinchi dunyoni bilishda san’atning ahamiyatini ta’kidlab o‘tadi. U
o‘zining estetik qarashlari bayon etilgan risolalaridan birida ko‘rsatib o‘tishicha, san’at narsalarning o‘ziga
xos sifatlarini, ularning go‘zalligini izlab topadi va ommalashtiradi. San’at voqelikning in’ikosi, ijodiy qayta
takrorlash jarayonidir.
Klassitsizm estetikasi ham estetik tafakkur taraqqiyotida o‘z o‘rniga ega bo‘ldi. Bualoning “Nazm
san’ati” risolasi klassitsizm estetikasi mohiyatini ochib beradi. Unga ko‘ra barcha ijodkorlar klassitsizm
ishlab chiqqan aqida qoidalariga bo‘ysunishi shart bo‘lgan. Ijodkorning erkinligi cheklangan. Klassitsizm
estetikasi badiiy ijod bilan shug‘ullanuvchilarni qoidalar bilan belgilab qo‘yilgan qolipdan chiqmaslikka,
oldindan tanlab qo‘yilgan va mavhumlash-tirilgan mavzu chegarasidan o‘tmaslikka mahkum etadi.
Klassitsizm vakillari yuksak san’at aslida takomil va go‘zal bo‘lgan, ijobiy estetik qiymatga ega bo‘lgan
hodisalarni o‘z asarlarida aks ettirishi kerak deb hisoblaydilar. Klassitsizm uslubida juda ko‘p asarlar
yaratilgan bo‘lib, ular jahon san’ati namunalaridandir. Lekin san’at taraqqiyotini faqat chiroyli va yuksak
mavzu tomon yo‘nalti-rish uning ko‘lamini cheklab qo‘ydi.
Estetik fikrlar keyinchalik nemis klassik falsafasida ri-vojlantirildi. Ayniqsa, I.Kant va Gegel o‘z
falsafiy sistemalari doirasida, estetik munosabat, did, ulug‘vorlik, go‘zallik masalalari-da birmuncha
qimmatli fikrlarni ilgari surdilar.
Masalan, Kant fikriga ko‘ra, did birgina odamga xos bo‘lgan tug‘ma qobiliyatdir, u shu qadar yakka
hodisadirki, uni inkor etib bo‘lmaydi.
Kant, shuningdek, ulug‘vorlik nazariyasini rivojlantirdi. U ulug‘vorlik va go‘zallikning barcha
o‘xshash va farqli tomonlarini ko‘rsatib berdi.
Gegel san’atga yuqori baho beradi. San’at, uning fikricha, go‘zallikning asl makonidir. Gegel
ulug‘vorlikni ham san’at asarlari zaminida tahlil etadi. Gegel fikricha, mutlaq ruh – go‘zallikning namoyon
bo‘lishidir.
IX-XII asrlarda O‘rta Osiyoda Muso Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali
ibn Sino kabi buyuk olimlar, shoirlar, musiqashunoslar, faylasuflar yashab ijod etdilar. Ular tabiiy-ilmiy,
falsafiy, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy masalalar bilan bir qatorda tilshunoslik, she’riyat, notiqlik san’ati, musiqa
nazariyasiga oid ham asarlar yozdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |