Toshkent moliya instituti "ijtimoiy fanlar" kafedrasi



Download 4,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet399/643
Sana01.01.2022
Hajmi4,93 Mb.
#302989
1   ...   395   396   397   398   399   400   401   402   ...   643
Bog'liq
Mantiq

 

 

 

220 



 

Ular  o‘rtasidagi  farqlar:  agar  go‘zallik  sifatdan  olingan  qoniqish  orqali  vujudga  kelsa, 

ulug‘vorlikning zaminida miqdor tasavvuri yotadi; go‘zallik hamma vaqt jozibali, ulug‘vorlik esa goh o‘ziga 

tortadi, goh o‘zidan qochiradi va nisbiy his-tuyg‘ular qo‘zg‘aydi. 

CHernishevskiy  fikricha,  ulug‘vorlik  tabiiy  hodisalarga  ham  xos  estetik  tushunchadir.  Masalan, 

oddiy shamoldan bir necha yuz marta kuchli bo‘ron ulug‘vordir, pastkash hisob-kitob va intilishlardan yuz 

karra kuchli bo‘lgan sevgi ulug‘vordir. 

Ulug‘vorlik  ko‘lami  go‘zallik  ko‘lamidek  cheksizdir.  Tabiatda  ulug‘vorlik  timsollari:  okeanlar, 

osmon,  dengizlar,  sharsharalar,  tog‘lar.  Ularning  umumiyligi-ulkanligida,  keng  ko‘lamligida.  Ulug‘vorlik 

quvonch, hayratlanish, tan berish, shuningdek, ba’zida qo‘rquv hissini uyg‘otadi. 

Ijtimoiy  hayotda  ulug‘vorlik  qahramonlik  va  mardlik  bilan  qo‘shilib  ketadi,  ularni  alohida-alohida 

mushohada etish qiyin. Ulug‘vorlikka xos estetik va axloqiy sifatlar mavjuddir. Fidoyilar, qahramonlarning 

qiyofalari bir vaqtning o‘zida ham ulug‘vorlikni, ham mardlikni namoyon qiladi. 

Ulug‘vorlik va pastkashlik qiymatlari ham o‘zgaruvchan bo‘lishi mumkin. Insonning tabiat ustidan 

hukmronligi – yaqin kunlargacha ulug‘vorlik timsoli sifatida in’ikos etilardi. Bunday munosabat ekologiya 

buzilishi, Orolning qurishi, kishilar sog‘lig‘ining yomonlashishiga olib keldi. 

Tabiat ustidan hukmronlik qilish emas, balki u bilan hamohang bo‘lish, ijtimoiy faol, tashabbuskor, 

ijodkor shaxsni shakllantirish – ulug‘vorlik orzusining asosiy mazmuni. 

Ulug‘vorlik  san’atda  har  tomonlama  ifodalanadi,  chunki  u  san’atning  asosiy  mavzularidan  biridir. 

Qahramonlik  dostonlari, lirik dostonlar, qahramonlik musiqa asarlari, me’morchilikda ulug‘vorlik turlicha 

tasvirlanadi. 

Me’morchilikda ulug‘vorlik alohida ahamiyat kasb etadi. Me’morchilikda ulug‘vorlik faqat miqyos 

o‘lchovi  bilan  o‘lchanmaydi.  Masalan,  ayrim  obidalar  o‘zlarining  keng  ko‘lami  bilan  ulug‘vorlik  kasb 

etsalar,  boshqalari  o‘ta  nafisligi,  nozik  ifodasi,  hamohangligi,  atrof-muhit  bilan  uzviy  qo‘shilib  ketganligi 

bilan  katta  ahamiyat  kasb  etadi.  Masalan,  Bobil  minorasi,  Minorai  Kalon,  Misr  piramidalari,  Toj  Mahal 

keng ko‘lami bilan ulug‘vorlik kasb etsa, Amir Temur dahmasi, Shohizinda, Registon maydoni, Mir Arab 

mad-rasasi, Ismoil Somoniy maqbarasi o‘ziga xosligi bilan ulug‘vorlik hissini uyg‘otadi. 

San’atda  ulug‘vorlik  ba’zida  fojialilik  bilan  yonma-yon  namoyon  bo‘ladi.  Masalan,  Shekspir 

asarlari,  Shashmaqom,  ba’zi  me’moriy  obidalar  bir  vaqtning  o‘zida  ham  ulug‘vorlik,  ham  fojialilik  ruhi 

bilan  sug‘orilgan  bo‘ladi.  Lekin  har  doim  ham  emas.  Masalan,  Registon  –  ulug‘vor,  lekin  fojiali  his 

uyg‘otmaydi, Makbet xonim fojiali, lekin ulug‘vor emas. 

Fojialilik  va  kulgililik  estetik  kategoriyalari  yordamida  hayot  ziddiyatlari  va  to‘qnashuvlari 

baholanadi  va  mushohada  qilinadi.  Fojialilik  va  kulgililik  ijtimoiy  xususiyatga  ega  tushunchalardir.  Ular 

yolg‘iz insonga xosdir, faqat ijtimoiy munosabatlar jarayonidagina namoyon bo‘ladi. 

Fojialilik va kulgililik o‘zaro bog‘liqligi hayotning murak-kabligi, ziddiyatliligi, harakatchanligidan 

kelib  chiqib,  ularni  san-’at  yordamida  yaxshiroq  anglaymiz.  San’at  asarlarida  fojialilik  va  kulgililik  yaxlit 

namoyon  bo‘ladi.  Ko‘p  hollarda  fojialilik  va  kulgililikning  uzviy  chirmashib  ketishi  ildizlari  ijodkor 

iste’dodiga borib taqaladi. 

Masalan,  Shekspir  asarlarida  fojiali  va  kulgili  tomonlar  shu  qadar  chirmashib  ketganki,  ularning 

birini ikkinchisisiz anglash qiyin. 

Fojialilik  muammosi  har  doim,  falsafiy  va  estetik  tafakkur  e’tiborini  o‘ziga  jalb  qilib  kelgan. 

Fojialilikda voqeiy hayotning chuqur ziddiyatlari va to‘qnashuvlari hayot va o‘lim, ozodlik va zarurat, aql 

va tuyg‘u, qonun va burch, shaxsiy va ijtimoiy xususiyatlar namoyon bo‘ladi. 

Shekspir  va  Sofokl  asarlari,  Dostoevskiy,  SHoloxov  ro‘mon-lari,  M.SHayxzodaning  «Jaloliddin 

Manguberdi», «Mirzo Ulug‘bek» sahna asarlari fojia san’atiga misol bo‘ladi. 



 


Download 4,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   395   396   397   398   399   400   401   402   ...   643




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish