Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/246
Sana01.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#302637
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   246
Bog'liq
2 5253452856568056081

www.ziyouz.com kutubxonasi 
108
turish mumkin emas». Zo‘r gap, a? 
Anvar endi Xolidiyning muddaosini tushunganday bo‘ldi. Ilmda o‘zgarish kutilayotgan 
damda Xolidiyning ko‘p yillik faoliyati puch ekanini aytib, unga zarba bera oluvchi 
yagona olim — Hikmat O‘rolov edi. To‘g‘ri, u tabiatan ancha ehtiyotkor edi, ammo aytish 
mumkin bo‘lmagan gaplarni uningdek ustalik bilan ayta oluvchi ham yo‘q edi. Ilmda 
halollik va adolat bo‘lishini istagan yoshlar uni ustoz sifatida qadrlar edilar. Xolidiy 
yaqinlashib kelayotgan qora bulutni sezgan. Qichishadigan yerini avvalroq qashib 
qo‘yadigan bu odamning Hikmat O‘rolovni yanchish rejasida ekanini Anvar shu so‘zlarni 
eshitib angladi. Nafrati jo‘shib, joni hiqildog‘iga kelganday bo‘lib, o‘rnidan turdi. 
— Ha, mulla Anvarbek, eshitmaydilarmi? — dedi Xolidiy, labini yalab. 
— Ishimni tugatdim. Bir yerda zarur uchrashuvim bor edi, — dedi Anvar. 
— Ha, boring. Zarur uchrashuvdan qolmaslik kerak... Darvoqe... mulla Anvarbek, 
eshitganlaringiz o‘zaro gap-a? 
Anvar «ma’qul» ishorasini qilib bosh irg‘adi-da, xonadan chiqdi. 
«O‘zaro gap uchun shu yerga ovora bo‘lib kelib o‘tirarkanmi bu odam»deb o‘yladi u. 
3 
 
Anvar favvora yonidan o‘tayotib, beixtiyor to‘xtadi. Hovuz yuzasi ancha kirlangan, Xudo 
farosatdan qisgan odamlar tashlagan sigaret qutilari, qog‘oz parchalari, yana allanima 
balolar suv yuzasida qalqib turibdi. Kirlangan hovuzning naq o‘rtasida shiddat bilan 
ko‘kka qarab otilayotgan suv Anvarning diqqatini tortdi. Bu favvora yonidan ko‘p marta 
o‘tgan, hovuz sathining iflosligini, suvning shiddat bilan otilishini ko‘p ko‘rgan, ammo bu 
manzara xayolini bugungiday tortmagan edi. O‘rindiqlarga hali daraxtlarning soyalari 
yetib kelmagani tufayli, bo‘sh edi. Anvar oftobga orqasini qilib favvoraga tikilib o‘tirdi. 
Uning nazarida otilayotgan suv quvurlar orqali kuch bilan purkalmay, balki toza suv 
ifloslangan hovuzdan qochishga harakat qilayotganday edi. Toza suv bir zumgina bo‘lsin 
bu ifloslik bag‘ridan yulqinib chiqadi, bir zumgina bo‘lsin quyosh nurlarida rohatlanadi, 
ammo... nachoraki, butunlay uzilib keta olmaydi, yana shu hovuzga qaytadi. So‘ng... 
yana intiladi, so‘ng... yana qaytadi... Bu orada kimdir muzqaymoqni yeb, qog‘ozni 
g‘ijimlab shu hovuzga tashlaydi, kimdir sigaretini o‘t oldirib gugurt cho‘pini chertadi, 
kimdir tupuradi... Yaxshiki, atrof gavjum, bo‘lmasa boshqa bema’niliklarni qilishdan ham 
toymaydiganlar topilar. Balki qorong‘ida odam siyraklashgach, unday ish ham bo‘lar... 
Shu fikr xayoliga kelishi bilan ko‘z oldida Xolidiy gavdalandi. Nazarida o‘sha bema’ni ish 
faqat shu Xolidiyning yoki sheriklarining qo‘lidan keladiganday tuyulib ijirg‘andi. Hovuzga 
tupurib o‘tgan odamni ko‘rganida Hikmat O‘rolovning «ustoz» haqidagi gapini esladi. 
... Bir odam har kuni besh mahal uydan atayin chiqib, mahalla hovuziga tupurar ekan. 
Mahalla ahli yaxshi gapiribdi — bo‘lmabdi, po‘pisa qilibdi — foyda bermabdi. Oxiri 
maslahat qilib, pul to‘plashibdi-da, «zora Xudo insof bersa», deb uni Makkai 
mukarramaga yuborishibdi. U odamning Makkaga borib birinchi qilgan ishi — Zamzam 
bulog‘iga tupuribdi... 
Hikmat O‘rolov bir kuni shu rivoyatni ayta turib «Ustozing shunaqa xilidan», deb qo‘ygan 
edi. 
Anvar xayolini chalg‘itish uchun atrofga alangladi. Bu ham Hikmat O‘rolovning o‘giti. 
Anvarning arzimagan narsadan ham asabiylashib yurishini bilib, «asabingiz buzilgan 
damda atrofga alanglang, xayolingizni chalg‘iting», degan edi. Anvar bir necha marta bu 
o‘gitga amal qilmoqchi bo‘ldi, ammo eplay olmadi. Hozir ham shunday bo‘ldi. Ko‘zi o‘ng 
tomondagi binoga tushib, beixtiyor o‘yladi: «Qachondir shu bino yerto‘lasida mahbuslar 
saqlangan ekan. Ular qanday qiynoqlarni ko‘rganlar — bilmaymiz. Qanchalari 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish