Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet232/328
Sana01.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#298661
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   328
Bog'liq
@BOOKS KITOB YULDUZLI TUNLAR

www.ziyouz.com kutubxonasi 
225
tushuntirurmen. Bu ham kifoya qilmasa, shubhaliroqlarining ketiga ziyrak xufyalardan 
qo‘yib qo‘yganmen. Agar yana buzuqlik qilsalar, unda tutib keltirurmen, keyin 
istaganingizcha jazo berursiz! 
 
__________________ 
* I m o m i ya — shia mazhabining rasmiy nomi.
 
4 
 
Nihoyat, barcha rejalar gaplashilgan tarzda amalga oshdi-yu, Boburning mo‘g‘ullar bilan 
birgalikda yigirma besh mingdan oshadigan qo‘shini yoz kunlarida Amudaryoning Panj 
deb ataladigan yuqori oqimidan o‘tib, Ko‘lob orqali Vaxsh vodiysiga yo‘naldi. 
Shayboniyzodalar Shoh Ismoil qo‘shinining Termiz tomondan kelayotganini, ular Bobur 
askarlari bilan qo‘shilsa, yengish mushkul bo‘lishini bilar edilar. Shuning uchun ular 
Ubaydulla Sulton boshliq bir qism qo‘shinlarini Qarshi va Samarqandda qoldirishib, 
asosiy kuchlarini Hisorga yig‘ib keldilar. Temur Sulton, Jonibek Sulton, Hamza Sulton va 
Mamat Sulton boshliq o‘ttiz ming otliq qo‘shin cho‘l va vodiylardan chiqib, baland tog‘ 
oraliqlariga shitob bilan ko‘tarilib kelmoqda edi. Ular Bobur qo‘shinini Vaxsh daryosidan 
o‘tkazmaslikka intilar edilar. 
Biroq yuqoridan tez tushib kelayotgan Bobur butun askarlari bilan Vaxsh bo‘yiga 
dushmanidan ancha oldin yetib bordi va Puli Sangin* degan ko‘prikdan o‘tdi. So‘ng 
odam oyog‘i tegmagan tik qoyatoshlar va zovlar orasidagi bahaybat daraning 
dahanasini* va harbiy jihatdan qulay balandliklarni egallab oldi. Pastdan yopirilib chiqib 
kelgan yov qo‘shini torgina yo‘l bilan daraning ichiga kirishga jur’at etolmay to‘xtadi. 
Sultonlar ot ustida turib ancha vaqt kengashganlaridan keyin Temur Sulton boshliq o‘n 
mingtacha askar daraning o‘ng tomoniga o‘tdi-yu, Bobur turgan balandlikka orqadan 
aylanib kelmoqchi bo‘ldi. Temur Sultonning orqadan chiqib kelib to‘lg‘ama ishlatishini 
Saripul jangida ko‘rgan Bobur uning niyatini fahmlab qoldi. Darhol Mirzoxon boshliq o‘n 
ming otliqni yov aylanib o‘tayotgan tomonga jo‘natdi. Aylanib o‘tayotganlardan ko‘ra 
to‘g‘ridan borayotganlar mo‘ljallangan joyga tezroq yetdilar va balandlikning Vaxsh 
daryosigacha borib taqaladigan hamma muhim nuqtalarini ishg‘ol qildilar. Vaxsh 
uchurimli qoyalar orasidan shunday dahshat solib oqar ediki, uning qirg‘og‘ini yoqalab 
o‘tib bo‘lmas edi. Temur Sulton qarshisidan chiqqan askarlarning safini yorib o‘tmoqchi 
bo‘lib, peshingacha jang qildi, lekin muxolif tomon yuqoridan tosh yumalatib, o‘q 
yog‘dirib, ularga yo‘l bermadi. 
Ochiq cho‘llarda o‘sgan, tekis vodiylarda dadil harakat qiladigan sultonlar hammayog‘i 
bekik daralar va tik qoyatoshli tog‘lar orasida juda qiynalib qoldilar. Ularning dashtiy 
otlari ham tog‘da durust chopolmas edi. Ba’zilari tik yonadan tushayotganda tog‘da 
yurishga mo‘ljallanmagan quyushqon va ayillari uzilib ketar, egalari otlaridan yiqilib 
tushishar edi. Shunday yiqilib tushganlardan birini tutib olib, Boburning oldiga «til» 
tariqasida keltirdilar. Bobur «til»ni so‘roq qildirib, shayboniyzodalar orasida ularning eng 
iste’dodli sarkardasi bo‘lgan Ubaydulla Sulton yo‘qligini, boshqalari durust-roq 
olishishning epini topolmay, chekinishga ham jur’at etolmay, ikkilanib turganini aniqladi. 
Bobur yov qo‘shini saflanib turgan pastlikning yaqinida suv yo‘qligini bilar edi. Havo 
issiq. Kuni bo‘yi yugurib-elib charchagan odamlar va otlar halizamon chanqab, suv 
qidirishga tushishi muqarrar. Suv esa yov turgan joydan besh-olti chaqirimcha orqada 
edi. 
Kech kirib, kun bota boshlaganda Bobur odamlariga: «Bugun endi jang bo‘lmadi, ertani 
kutamiz», deganday qilib, otidan tushdi. Tepalikda Boburning yonida turgan mingdan 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   328




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish