Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet231/328
Sana01.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#298661
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   328
Bog'liq
@BOOKS KITOB YULDUZLI TUNLAR

www.ziyouz.com kutubxonasi 
224
Kobulda Egu Salim, Sherquli degan mo‘g‘ul beklari Boburga suiqasd qilmoqchi bo‘lgan 
paytlarida qo‘lga tushgan, Bobur ularni yaqin tarafdorlari bilan qatl ettirgan edi. 
Shayboniyzodalardan aynib, yaqinda Boburga kelib qo‘shilgan mo‘g‘ul beklarining 
orasida o‘sha o‘ldirilganlarning urug‘doshlari bor bo‘lib, ular kek saqlab yurgan ekanlar. 
Endi shu beklar yashirincha til biriktirib, Boburni Qunduzda o‘ldirmoqchi yoki Kobulga 
quvib yubormoqchi  emishlar.  Uning  o‘rniga Boburning qo‘lida o‘sgan tog‘avachchasi, 
marhum Olachaxonning o‘n yetti yashar o‘g‘li Saidxonni taxtga chiqarmoqchi emishlar. 
— Kimlar shunday qilmoqchi? Kimlar?! — deb Bobur g‘azabdan titrab so‘radi. 
Qosimbek orqasiga o‘girilib qaradi. Mulozim va xos navkarlar uzoqda qolgan, ovoz 
ularga eshitilmaydi. Shunday bo‘lsa ham Qosimbek tovushini pasaytirib:  
— Qambarali Salloh, Sayidali Shakma, — deb bir qancha fitnachilarning nomlarini aytdi. 
— Iblislar! Qachongacha bular mening yelkamga tig‘ ururlar?! Andijondagi Ahmad 
Tanbal ham shu toifadan edi! Bas! Hammasini tuttiring! Pora-pora qilib, go‘shtlarini 
quzg‘unlarga tashlaturmiz! 
Qosimbek otining jilovini tortib, tog‘ etaklaridagi minglab o‘tovlarga xavotir bilan ko‘z 
yugurtirib chiqdi. 
— Hazratim, qarang, bular juda ko‘p. Navkarlari bilan yigirma ming! 
Ko‘p asrdan beri Movarounnahrda yashaydigan, turkiy tilda so‘zlashadigan, musulmon 
dinini qabul qilib, uning xurofotiga qattiq berilgan bu mo‘g‘ul beklari va navkarlarining 
kasbi harbiy ish edi. Qaysi podshoh ulufani ko‘proq bersa, qaysi jangdan o‘lja yaxshiroq 
tushadigan bo‘lsa, bularning ko‘pini o‘sha podshoh va o‘sha jang o‘ziga jalb qilar edi. 
Xisravshoh xizmatidan Shayboniyxonga o‘tgan, uning mag‘lubiyatidan so‘ng Boburga 
kelib qo‘shilgan bu yollanma askarlar beqarorlikka o‘rgangan edilar.  
Agar Bobur fitnachi beklarni tuttirib jazolatadigan bo‘lsa, ularning urug‘-aymoqlari 
arazlab ketib qolishi, so‘ng qasd olishning payiga tushishi aniq edi. Agar ichki urush 
boshlanib ketsa, keyin Bobur shayboniyzodalar qarshisida zaiflashib, yengilishi muqarrar 
edi. 
Bobur shuni o‘ylaganda qalbidagi g‘azab o‘rnini og‘ir xavotirlik tuyg‘usi egalladi. 
— Mudom insofu imonga xilof xiyonatlar shu mo‘g‘ul beklaridan sodir bo‘lur! Yana bular 
dinu maz-habni himoya qilmoqchilarmi?! 
— Butun jaholat ana shundoq nodonlardan chiqadi-da, hazratim! Qulingiz ana shu 
johillarning kayfiyatini sezib, dastorni olmang, degan edim. 
— Lekin olmay ilojim bormidi? 
— Yo‘q edi, hazratim, siz mutlaqo to‘g‘ri qildingiz! Endi buni hammaga yaxshilab uqtirish 
kerak. Mo‘g‘ullarning orasida ham yaxshilari bor, fitna tayyorlanganini menga mo‘g‘ul 
avlodidan chiqqan tog‘avachchangiz Saidxonning o‘zi kelib aytdi. «Hazratimdan iltimos 
qiling, iloji bo‘lsa meni Andijonga yuborsinlar», dedi. 
— Lekin Saidxon... bergan tuzimizni oqlabdir... Durust! 
— Boshqa insoflik mo‘g‘ullar ham ko‘p, hazratim. Siz bir pora yomon beklarning 
fitnasidan ko‘p ma’yuslanmang. Faqir chorasini o‘ylab qo‘ymishmen. 
— Xo‘sh, qani? 
— Saidxon sizga sadoqatini isbot qildi. Uni xon ko‘tarmoqchi bo‘lgan besh-o‘nta fitnachi 
beklarga bir-ikki ming navkarlari bilan ruxsat beraylik. «Bor, Andijonni 
shayboniyzodalardan himoya qilib ol!» deyligu hammalarini Qorategin orqali jo‘natib 
yuboraylik. Shu bilan biz ham fitnachilardan xalos bo‘lurmiz, ular ham istagan 
xonlarning xizmatiga o‘tib tinchirlar. 
— Qolganlari yana bir kun xiyonat yo‘liga o‘tsa-chi? 
— Qolganlari bilan keyin men o‘zim yakkama-yakka gaplashib chiqurmen. «Podshohdan 
gunohlaringni so‘rab oldim, bir marta shafe bo‘ldim, ikkinchi marta bo‘lmasmen», deb 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   328




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish