Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet230/328
Sana01.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#298661
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   328
Bog'liq
@BOOKS KITOB YULDUZLI TUNLAR

www.ziyouz.com kutubxonasi 
223
— Shoh Ismoil hazratlari o‘zi muborak iliklari bilan yuborgan bu armug‘onni biz ko‘zga 
surgaymiz! — dedi-yu, dastorni ko‘zi aralash peshonasiga tekkizib oldi. 
Muhammadjon eshik og‘asining yuzi quvonchdan balqib ketdi: 
— Mutashakkiram, podshoh hazratlari, mutashakkiram! 
Lekin Boburning bek va mulozimlari orasida, xususan, yaqinda unga kelib qo‘shilgan 
mo‘g‘ul beklari orasida hayrat, qo‘rquv va koyinish ohanglariga to‘la bir shovur-shuvur 
eshitildi. 
Bu g‘ovurdan Qosimbekning rangi oqarib ketdi. Muhammadjon eshik og‘asi esa Boburni 
shia mazhabiga o‘tkazib, katta g‘alabaga erishganday shodlanib gapirdi: 
— Podshoh hazratlari, biz umid edyurmizki, siz shoh hazratlarining buyuk madadlari ila 
yana Samarqand taxtiya chiqqaningizda aziz boshingizda shu muqaddas dastorni 
ko‘rishga muyassar o‘lurmiz! 
— Tangri bizni siz aytgan baxtiyor kunga yetkizsa, bu dastorni toj o‘rnida kiyurmiz. Shoh 
Ismoil hazratlariga shu ahdimizni borib aytgaysiz! 
Bu gaplardan so‘ng mo‘g‘ul beklari orasidagi asabiy shovur-shovur yana kuchaydi. Shoh 
elchisi esa Boburning dadil odam ekaniga, Shoh Ismoil bilan mustahkam ittifoq tuzish 
uchun sunniyparast beklarining har qanday qarshiliklarini yengib o‘tishi mumkinligiga 
endi ishondi. 
Mana shu ishonch Boburning shoh elchisi bilan ertasi kuni olib borgan muzokaralarini 
ancha yengillashtirdi. 
Shoh Ismoilning Bobur bilan ittifoq tuzishdan maqsadi — Movarounnahrga u bilan birga 
qo‘shin tortib borish va shayboniyzodalarni birga tor-mor qilish edi. Bobur 
shayboniyzodalar ustidan g‘alaba qilishni nechoqlik istamasin, Movarounnahrga o‘z 
qo‘shini bilan mustaqil kirib borishni istardi. Chunki agar u asosiy g‘alabani o‘zi mustaqil 
qo‘lga kiritmasa, vataniga obro‘ bilan qaytolmasligini, yovlari uni «Shoh Ismoilning 
nayzasiga minib kirib keldi!» deb malomat qilishlarini sezib turardi. 
Bobur Shoh Ismoilning Marvda erishgan g‘alabasi yetarli ekanini, endi ular dam olishlari 
kerakligini, shayboniyzodalarni Hisordan, so‘ngra Samarqanddan quvib chiqarishni endi 
Bobur zimmasiga olishi kerakligini elchiga qayta-qayta aytib ko‘rdi. Lekin Shoh Ismoil 
ham Samarqandga intilmoqda edi, agar uning bu intilishi amalga oshmasa Bobur bilan 
ittifoq tuzishning qizig‘i qolmas edi. Elchining gapidan buni sezgan Bobur muzokarani 
boshqa yo‘nalishga burdi. 
Shoh Ismoilning askarlari tog‘ yo‘llarida qiynalib, minglab chaqirim ortiqcha yo‘l yurib, 
Qunduz va Hisorga kelib yurishi ne kerak? Shoh qo‘shini karvon yo‘li bilan Termiz va 
Boysun orqali Samarqandga qarab otlansin. Bobur esa hozir Hisorga yaqin turibdi. Bir 
hamla bilan Hisorni ko‘chmanchi sultonlar qo‘lidan tortib olishga kuchi yetadi. Keyin u 
Samarqandga janub tomonidan yo‘l ochadi va Shoh Ismoilning qo‘shini bilan Shahrisabz 
— Qarshi atroflarida uchrashadi. 
Mantiqan asosli bo‘lgan bu fikrga shoh elchisi e’tiroz qilolmadi-yu, Boburning taklifini 
qabul qildi. 
Bobur elchi bilan tuzgan bu bitimni Shoh Ismoilning tasdig‘idan o‘tkazish uchun 
Mirzoxonni Tabrizga vakil qilib yubordi-yu, o‘zi Hindikush tog‘ining shimoli-g‘arbiy 
etaklariga to‘plangan qo‘shinlarini jangga tayyorlay boshladi. 
Bahor oxirlab qolgan kunlarning birida Bobur Qosimbek bilan adir yo‘lidan mo‘g‘ul 
beklarining qarorgohlariga otliq ketmoqda edilar. Shunda Qosimbek Boburni yo‘ldan 
chetroqqa boshlab chiqib, bir shumxabarni aytdi. 
Shoh Ismoil yuborgan shia dastorini Bobur ko‘ziga surib elchiga quyuq va’dalar 
berganidan mo‘g‘ul beklari qattiq ranjigan emishlar, uni «choryorlardan voz kechib, 
imomiya mazhabiga o‘tdi», deb fitna uyushtirgan emishlar. Bundan besh-to‘rt yil burun 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   328




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish