Mavzu: Muhammad Yusuf ijodiga bag‘ishlangan maqolalar tahlili YURTNI YURAGIGA JOYLAGAN SHOIR Yangiboy QO’ChQOROV 2013-yil. Mayingina shabadalari bilan kirib kelgan kuzning uchinchi yo to’rtinchi kuni edi. “Do’rmon” ijod uyi oldidagi o’rindiqda aziz ustozim Nosir Fozilov bilan shiringina gurunglashyapmiz. Ikkinchi o’rindiqda Muborak kennoyi taniqli dramaturg Haydar Muhammadning rafiqasi Vazira opa bilan suhbatga kirishgan. Darvoza tomondan yelim xaltacha ko’targan o’rtamiyona ijodkor “og’a”mizning kelayotganini ko’rdim. Kallaklangan jo’ka daraxti yoniga yetganda og’zidagi nosini gulzorning chetiga tufladi. O’zimni tutolmay kulib yubordim. Birinchi “boyvachcha” – G’ulom Karimiy degan yozuvchi. Bo’yi baravar kitob yozdi. Bechora anchadan buyon reanimatsiyada yotibdi. Ikkinchi “boyvachcha” – Erkin Usmonov. O’zi zo’r prozaik. Ammo metroga tushishga puli yo’q. Uchinchi “boyvachcha” – mana, yoningizda o’tiribdi. Bir necha roman tarjima qildi. Ismi Yangiboy, lekin ertaga Qoraqalpoqqa poyezdda ketish uchun Muborakdan qarz so’radi. Uchovi ham bahorda loy kechib, kuzda moy ichib yurgan xokisorlar. Savolingga javob oldingmi, jo’ra? Boshqa gaping bo’lmasa, qani, bu yerdan tuyog’ingni shiqillat! O’sha oqshom ijod uyining ikkinchi xonasida o’tirib, yon daftarchamni varaqlasam, quyidagi qaydga ko’zim tushdi: “27.08.1998. Prezidentning 2074-sonli Farmoni. 17 adib “El-yurt”, 3 adib “Mehnat shuhrati”, 3 adib “Do’stlik” ordeni, 9 adib “Shuhrat” medali bilan mukofotlandi. To’lan Nizom, Anvar Obidjon, Muhammad Yusuf “O’zbekiston xalq shoiri”, Matnazar Abdulhakim va Asad Dilmurod “O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi” unvonlarini oldilar. Orden olganlar – 91 yoshdagi Rahmat Azizxo’jayevdan boshlab Xo’jabek Seitov, Hamid G’ulom, Mirmuhsin, Odil aka, Pirimqul aka, Matyoqub domla, Oxunjon Hakim, Najmiddin Komil, Kengesboy Rahmon, Sharofat Botirova, Vyacheslav Kostirya, Safter Nagayev va boshqalargacha. Qoyil!” Darvoqe, o’tgan asrning to’qsoninchi yillari ikkinchi yarmi otashnafas shoir Muhammad Yusuf hayoti va ijodining yulduzli onlari edi. Avvalombor “Tosh shahrida uyi boloxona” bo’lgan shoirga poytaxtning nufuzli “Pushkin-Salor” mavzesidan shinam turar-joy ajratildi. Benazir ijodi uchun 1996 yilda “Do’stlik” ordeni bilan taqdirlandi. 1997 yili O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining o’rinbosari bo’lib saylandi. 1998 yili Xalq shoiri unvoni bilan taqdirlanishidan tashqari O’zbekiston Respublikasi huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tugatdi, Birozdan so’ng Chinozdan Ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati bo’lib saylandi. Ketma-ket kitoblari chop etildi. Shaxsiy avtoulov xarid qildi. Qator teran mazmunga ega she’rlari taronalarga aylanib, muhim davlat tadbirlarida ijro qilindi. Ularda mustaqillik ostonasida turgan o’zbek xalqining eng ezgu orzu armonlari, iztiroblari, intilishlari yaqqol ifoda etilgan edi. “O’zbekiston”, “Vatanim”, “Xalq bo’l, elim”, “Talabalar madhiyasi”, “O’zbekning ayollari”, “O’zingdan qo’ymasin, xalqim” kabi davr da’vatiga mengzagan she’rlar millionlab qalblarga muhrlandi:
Do'stlaringiz bilan baham: |