Mavzu: Muhammad Yusuf ijodiga bag‘ishlangan maqolalar tahlili



Download 0,83 Mb.
bet3/3
Sana28.06.2022
Hajmi0,83 Mb.
#715500
1   2   3
Bog'liq
14-amaliy. Zamonaviy o\'zbek she\'riyati

“Ko’rsang ikkoviga ham salom ayt. Sunnetulla “Dizelnaya”da turadi!” dedi. Xom sut emgan banda emasmizmi, G’afur G’ulom va Muxtor Avezovning do’sti adabiyot yangiliklaridan bexabar bo’lsa kerak, deb o’ylardim. Oqsoqol ko’chaga chiqqanimizda “Muhammad Yusuf degan shoir chiqibdi. “Laganbardorlar” degan she’rini o’qidim. “Podxalim”lar ottirib yuborgan Izbosar Fozilovni eslab yig’ladim. Senlar bilmaysanlar: o’ttizinchi yillarning o’rtalarida bizlar RSFSR sostavida edik. Moskvaning yangiligi To’rtko’l va Chimboyga bir oyda yetib kelsa, Toshkentning habarlarini bir-ikki kun ichida eshitardik. Usmon Nosir degan shoir chiqib “o’zbek Lermontovi” deb nom olgan edi. Xuddi bizning qaldirg’och dramaturgimiz Abduraxman O’tepovdek nohaq qamalib, yosh o’lib ketdi, bechora. Endi sizlarga Alloh uzoq umr bersin!” deb xayrlashdi. Nukus ko’chasidan o’ychan odimlar ekanman, Muhammadjon aka tomonidan Toshkentdagi “Bilimlar uyi”da o’qilgan o’sha she’rning satrlari mis qo’ng’iroq zarblaridek quloqlarim ostida jarangladi: 

Ular ustoziga quldayin kimsa,

Mehribon homiysi shogirdlarining.

O’zi o’ldirib, so’ng mozorigacha

Ko’tarib borishar tobutlarini…

Aziz ustozimiz, allomai zamon Ibrohim G’afurov quyidagi so’zlarni yozganida ming bora haqdir: “Ulug’ tarixiy, ijtimoiy hodisalar o’z odamlarini – o’z shoirlari, o’z siyosatchilari, ijodkor fidokorlarini yaratadi. Muhammad Yusuf xuddi istiqlol uchun yaratilgandek edi. U xuddi Mahtumquliga o’xshardi. She’rlari ozod xalq orzulari bilan tutashib ketgan edi…”

Shoir shaxsi bilan lirik qahramon ichki olami barcha zamonlarda adabiyot ilmini o’yga solgan. Yuqoridagi satrlardan kelib chiqib taniqli munaqqid Umarali Normatov “Shoirning lirik qahramoni g’aroyib shaxs” degan xulosaga kelib, uning ijodida “jahon yangi she’riyati nafasi” va “yangicha she’riy tafakkur” epkini paydo bo’lganiga ishora qiladi. Ikkinchi atoqli munaqqid Abdug’afur Rasulov esa “Shoir she’riyati – mukammal vujud: unda har bir a’zo, asab tolasi, qon qatrasi, kiprikdan tirnoqqacha aniq vazifani bajaradi.” deb yozadi. Uchinchi tajribali munaqqid Saydi Umirov shoir she’rlarining tavsifiga “Tabiiy va samimiy, jozibador va maftunkor, ta’mli va totimli, sodda va teran, xalqona va mardona” degan metaforalarni qo’shadi. Uchala ustozning munosib izdoshi Adhambek Alimbekov esa shoir ijodi haqida tugal monografiya yozib, uni “Latif she’riyat” deb nomladi. Asar adabiy jamoatchilik tomonidan iliq kutib olindi.

E’tiboringiz uchun rahmat!


Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish