UMUMIY TUSHUNCHALAR
1- §. Materiallar qarshiligi fanining asosiy prinsip va farazlari
Tabiatda mavjud materiallar molekular tarkibiga ko‘ra u yoki bu
darajada shakllangan agregat holatida bo‘lib, ularning o‘lchamlari esa
submikrokristalldan (mikrostrukturadan) to beton ko‘rinishidagi
konglomerat (makrostruktura) tuzilishgacha bo‘lishi mumkin. Odatda
materiallar qarshiligi fanida ob’ekt holatini o‘rganganda alohida
agregatlarning o‘zaro ta’sirini va real materiallarning barcha xossalarini
e’tiborga olib bo‘lmaydi. Shuning uchun hisoblash formulalarini keltirib
chiqarishda qator farazlar qabul qilinib, real jismning bir nechta asosiy
xossalarini o‘zida aks ettirgan ideal jism qaraladi. Bunday jismlarda
tashqi kuch yoki issiqlik ta’sirida uning zarrachalarining joylashishlari
o‘zgaradi, lekin uning tarkibidagi moddaning umumiy miqdori (jismning
massasi) o‘zgarmaydi, ya’ni uning faqat o‘lchamlari va shakli o‘zgarishi
mumkin. Demak, deformatsiya deganda, jism zarrachalarining o‘zaro
joylashishi natijasida uning o‘lchamlari va shaklining o‘zgarishi
tushuniladi.
Jismlarning kuch ta’sirida deformatsiyalanib, kuch olingandan
keyin, o‘zining oldingi holatiga qaytishi jismning elastiklik xossasi
deyiladi. Kuch olinishi bilan deformatsiyaning yo‘qoladigan qismi
elastik deformatsiya, qoladigan qismi qoldiq (plastik) deformatsiya deb
ataladi. Agarda deformatsiya to‘liq yo‘qolsa jism absolyut elastik deb
ataladi.
Materiallar qarshiligi fanida quyidagi xossalarga ega bo‘lgan ideal
jism qaralishi uchun quyidagi farazlar qabul qilingan:
1.
Jism bir jinsli va yaxlit deb qaraladi, ya’ni biror nuqta atrofidan
olingan cheksiz hajmdagi materialning xossalari nuqtaning
o‘rniga bog‘liq emas va jism bir butun yaxlit tuzilgan deb
qaraladi.
2.
Jism absolyut elastik va izotrop deb qaraladi. Ya’ni izotrop
deganda jismning xossalarini barcha yo‘nalishlar bo‘yicha bir
11
xilligi tushuniladi. (Shu bilan birga turli yo‘nalishlar bo‘yicha
xossalari har xil bo‘lgan anizotrop jismlar ham ko‘p uchraydi,
lekin bu darslik hajmida unday jismlar qaralmaydi).
3.
Jismning deformatsiyasi uning o‘lchamlariga qaraganda ancha
kichik deb qaraladi.
4.
Jismga qo‘yilgan kuch ma’lum miqdordan oshmasa, jism
chiziqli deformatsiyalanadi (Guk qonuni).
5.
Bir nechta kuch ta’siridan hosil bo‘ladigan deformatsiya yoki
ko‘chishning qiymati, har qaysi kuch alohida ta’siridan hosil
bo‘ladigan qiymatlarning yig‘indisiga teng (kuchlar ta’sirining
mustaqillik prinsipi) (1.1-rasm).
1.1-rasm. Kuchlar ta’sirining mustaqillik prinsipi.
6.
Deformatsiyadan oldin tekis bo‘lgan kesim, deformatsiyadan keyin
ham tekis bo‘lib qoladi (Bernulli gipotezasi).
Bu qabul qilingan gipoteza va farazlarni qo‘llash nazariy
tekshirishlarda differensial va integral hisob apparatidan keng
foydalanish imkoniyatini yaratib, keyinchalik hisob ishlarini birmuncha
soddalashtirish imkoniyatini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |