1. Yuqumli kasalliklar haqida nimalarni bilasiz?
2. Immunitet nima?
3. Òabiiy va sun’iy immunitet qanday hosil bo‘ladi?
4. Fanda immunitet haqidagi tushunchani kimlar asoslagan?
5. OIÒS haqida nimalarni bilasiz?
3- laboratoriya mashg‘uloti Odam qonining shaklli elementlarini o‘rganish Z a r u r a s b o b v a j i h o z l a r : mikroskop, odam qonidan
tayyorlangan mikropreparatlar.
I s h n i b a j a r i s h t a r t i b i 1. O‘qituvchi qonning shaklli elementlari ifodalangan rasmlardan
foydalanib qisqacha tushuncha beradi.
2. Mikroskop ish holatiga keltiriladi.
3. Odam qonidan tayyorlangan mikropreparat mikroskop ostiga
joylashtiriladi.
4. O‘quvchilar mikroskop ostidagi mikropreparatni ko‘rib, undagi
qonning shaklli elementlari, ya’ni eritrotsitlar, leykotsitlar va trombotsit-
larni aniqlaydilar.
5. Mikroskopda ko‘rgan qonning shaklli elementlari rasmini daftarga
chizib oladilar. Ularni jadvaldagi eritrotsit, leykotsit va trombotsitlar shakli
hamda tuzilishi bilan taqqoslaydilar.
Sog‘ yuray desang ozoda bo‘l. Sog‘lom tanda — sog‘ aql.