Hurmatli talabalar, 1 ma’ruza asosida bajarishingiz lozim bo’lgan 10 ta mashq berildi. Buni daftarga yozib rasmini yoki word variantda tayyorlab yuklang.
1 -mashq. Yonma-yon kelgan unlilarning talaffuziga e’tibor berib, so‘zlarni o‘qing.
ia: material, milliard, radiator, shariat, tabiat;
oa: soat, sanoat, itoat, jamoat, toat, qiroat, qanoat;
aa: manfaat, mutolaa, taalluqli, taassurot;
io: biologiya, million, stadion, radio;
ao: maorif, saodat, aorta, taomil, taom;
ai: mozaika, ukrain, said, maishat;
oi: shoir, doira, noib, doim, oila, xoin, alkaloid, ellipsoid;
ua: muallim, muammo, muattar, shuaro, muallif, burjua.
ea: okean, teatr, laureat;
au: kauchuk;
uo: muomala, duo, muovin, muosir, matbuot;
uu: vakuum.
Savollar:
1. Qaysi harf birikmalari orasiga y undoshi qo‘shib aytiladi?
2. Qaysi harf birikmalarida har bir unli alohida-alohida, ajratib o‘qiladi?
2- mashq. Nuqtalar o‘rniga b yoki p, v yoki f, d yoki t, z yoki s, j yoki ch, sh, g‘ yoki x, g yoki k harflarini qo‘yib ko‘chiring. Aytilishi bilan yozilishi farq qiluvchi so‘zlarning talaffuzi va imlosini izohlang.
Asbo..., bori..., kano..., yuzla..., ofto..., kamga...; a...tomobil, a...tobus, a...zal, sha...qat, ta...siya; ozo..., muro..., ba...qovoq, marvari..., qun..., zavo..., machi..., masji..., razve..ka, odamzo..., ket...i, daroma...; i...tirob, qimi..., ta...kira, yalmog‘i..., trolleybu..., konu..., parvo..., jiho..., i...chil, mu...qaymoq, termo..., prote..., so‘...; rivo..., ravo..., xiro..., bo..., mur..., muhto..., mas...id, lax...a, lah...a, mav...; gara..., i...timoiy, tira..., massa..., ekipa...; bo...cha, zo...cha, yo...siz, uru... .
So‘z oxirida jarangli yoki jarangsiz undosh yozilishini qanday aniqlash mumkin?
3-mashq. Berilgan so‘zlarga -v, -q, -qi qo‘simchalarini qo‘shib yozing. Hosil bo‘lgan so‘zlarning yozilishini imlo qoidasi asosida tushuntiring.
Yig‘la, qayna, sayla, sina, o‘yna, qiyna, sovi, og‘ri, qavi.
4-mashq. So‘zlarga egalik qo‘shimchasini qo‘shib yozing.
Tilak, nutq, taroq, huquq, bilak, idrok, yo‘q, yuq, tok, axloq, erk, ishtirok, chiroq, qirq, ko‘rk, mulk, etak, milk, sirk, xalq, qiliq, farq, sharq, qishloq, tatbiq, og‘riq, tuk, beshik, bek, mashq, chek, zavq, ocherk, yaxshiroq, ittifoq.
Bu so‘zlarni imlosiga ko‘ra necha guruhga bo‘lish mumkin? Imlo qoidasiga ko‘ra izohlang.
5-mashq. Quyida berilgan otlarga -ga, -gacha, fe’llarga esa -gan yoki -gach, -guncha, -gani, -gudek, -gin qo‘shimchalarini qo‘shib, uch guruhga bo‘lib ko‘-chiring: 1) -ka, -kacha, -kan, -kuncha, -kani, -kudek, -kin qo‘shimchalari qo‘-shib yoziladigan so‘zlar 2) -qa, -qacha, -qan, -quncha, -qani, -qudek, -qin qo‘-shimchalari qo‘shib yoziladigan so‘zlar; 3) -ga, -gacha, -gan, -guncha, -gani, -gudek, -gin qo‘shimchalari qo‘shib yoziladigan so‘zlar.
Tilak, tog‘, barg, sig‘moq, siqmoq, qishloq, to‘kmoq, pedagog, tok, egmoq, ek-moq, qismoq, xirurg, ertak, chiniqmoq, soliq, mis, qo‘rqmoq, sog‘moq, oqmoq, ge-olog, tabiat, o‘tloq, jamiyat, bog‘, saryog‘, ish, tariq, og‘moq, gap, zavq, axloq, qi-ziqmoq, erk, o‘t, sabr, tuz, tus, ketmoq, tegmoq, yog‘moq, toliqmoq, taroq, ip, tosh, kesmoq.
Topshiriqlar:
1. Uch guruhga mansub so‘zlarning yozilishini imlo qoidasi asosida izohlang.
2. Aytilishi va yozilishi mos kelmaydigan so‘zlarning talaffuzi va imlosini ustuncha shaklida yonma-yon yozing.
Namuna:
Imlosi
|
Talaffuzi
|
bargga
bug‘ga
o‘tga
sig‘gan
kesgan
|
barkka
buqqa
o‘tka
siqqan
keskan
|
6-mashq. Quyidagi olmoshlarga -da, -dan, -day, -dek, -dagi, -ga, -gacha, -cha qo‘shimchalarini qo‘shib yozing. Yozgan so‘zlaringizning imlosini tushuntiring.
U, bu, shu, o‘sha.
7-mashq. Quyidagi so‘zlariga I, II, III shaxs egalik qo‘shimchalarini qo‘shib yozing. Yozgan so‘zlaringizning imlosini qoida asosida tushuntiring.
Parvo, obro‘, mavqe, mavzu, avzo.
8-mashq. Quyidagi so‘zlarga III shaxs egalik qo‘shimchasini qo‘shib yozing. Ularning imlosi haqida xulosa chiqaring. iy harf birikmasi bilan tugaydigan yana 5 ta so‘z topib yozing.
Dohiy, homiy, moziy, soqiy, faxriy.
9-mashq. Quyidagi so‘zlarga -bon, -boz yoki -vachcha qo‘shimchasini qo‘-shib yozing. Hosil bo‘lgan so‘zlarning talaffuzi va imlosini izohlang.
Darvoza, masxara, dor, qimor, xola, tog‘a, amaki, amma.
10-mashq. Berilgan taqlid so‘zlarga -illa yoki -ulla qo‘shimchasini qo‘shib fe’l yasang. Nima uchun bu so‘zlarning ayrimiga -illa, ayrimiga -ulla qo‘shib yozili-shini izohlang.
Chir, taq, shov, chirq, viz, gur, vish, lov, vaq, shar, milt, var, to‘q, vang, guv, vag‘, tar, tiq, g‘iz.
Nima uchun viz, vish, vaq, var, vag‘ so‘zlari tarkibida v tovushi bo‘lsa ham, -illa qo‘shib yoziladi? Fe’llarning yasalishini izohlab bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |