OIÒS (orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi)
hozirgi vaqtda
jahon jamoatchiligini tashvishga solayotgan eng xavfli xastalikdir.
OIÒS birinchi marta 1981-yilda AQSHda ro‘yxatga olingan.
Kasallikni qo‘zg‘atuvchisi odamda immunitet tanqisligi virusi
deyilib, uni 1983-yilda fransiyalik olim L. Montane aniqlagan.
Odamda immunitet tanqisligi virusi sog‘ odamga OIÒS bilan
xastalangan bemordan hamda tanasida shu virusni tashib yuruvchi,
ya’ni hozircha o‘zida kasallik belgilari yuzaga kelib ulgurmagan
odamdan yuqadi. Yuqish yo‘llari: jinsiy aloqa, o‘pishish, tishlash,
sterillanmagan shpris, igna, stomatologiya, ginekologiya, jarrohlik
asboblari, kasal yoki virus tashib yuruvchi odamning qoni va qon
zardobini qo‘llashdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |