79
6.
Shaxsiy xat xususiyatlari haqida so‘zlang.
7.
Yaqin kishingizga ijtimoiy mazmunga ega bo‘lgan xat yozing.
22- MAVZU: TURLI RASMIY XATLARNING MAZMUNIY TASNIFI
REJA:
1.
Rasmiy xat turlari va ularning farqlanishi.
2.
Rasmiy xatlarning tarkibiy qismlari.
3.
Rasmiy xatlarning til xususiyati.
4.
Turli rasmiy xatlarining matni.
Tayanch so‘z va iboralar:
Rasmiy xat, rekvizit, zaruruy qism, tashkiliy-
farmoiy hujjatlari, davlat gerbi, ramziy belgi(embelema), adresat, rezolyutsiya,
rozilik belgisi.
Hozirgi
ma’muriy-boshqaruv
faoliyatida
ko‘plab
xat
turlaridan
foydalaniladi. Ular bir-birlaridan o‘z xarakteri, mazmuni, qo‘llanish doirasi bilan
farq qiladi. Eng avvalo, ular tuzilishiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi: 1) ichki xatlar, 2)
tashqi xatlar.
Xizmat yozishmalari tashkilotning faoliyati davomida boshqa fuqaro va
tashkilotlar bilan aloqasini yo‘lga qoyish uchun ishlatiladigan xatlardir. Xizmat
xatlari o‘z xususyati va mazmuniga ko‘ra bir necha turlarga bo‘linadi. Aloqa xati,
kafolat xati, og’ohlantish xati, ilova xati, tushuntirish xati, da’vo xati, eslatish
xati, so‘rov xati,tabrik xati, taklif xati, ultimatum, bayonot kabi xatlar shular
jumlasidandir.
Rasmiy xatlar korxona, tashkilot zimmasidagi vazifalarni amalga oshirishda
muhim o‘ringa ega bo‘lib uni tayyorlash bir muncha qiyinchiliklarga ega. Bu
murakkabliklar avvalo barcha rasmiy xatlarning rasmiy til uslubida bo‘lishi bilan
bog’liq.
Rasmiy xatlarni tayyorlash va rasmiylashtirish eng avvalo davlat tilining
barcha me’yoriy qonun-qoidalarini bilishlikni talab qiladi. Har bir rahbar,
boshqaruv muassasalarining xodimlari, umuman olganda esa, faoliyati ish
qog’ozlari bilan bog’liq har bir xodim o‘zbek tilining imlo qoidalarini, tinish
belgilarini, uslubiy talablarini bilishi zarur. Busiz aniq, lo‘nda va mantiqli hujjat
tayyorlab bo‘lmaydi. Qisqasi, xatlarni o‘zbek tilining o‘z imkoniyatidan kelib
chiqib tashkillash kerak.
Rasmiy xat tilida ot turkumiga oid so‘zlar ko‘p qo‘llanadi. Hatto, fe’l bilan
ifodalanuvchi harakat va holatlar ifodasi uchun ham otga yaqin so‘z shakllari
tanlanadi, fe’lning harakat nomi shaklidan keng foydalaniladi. Masalan:
“…bayramga tayyorgarlikning
borishi
haqida …”, “qarorning
bajarilishi
”,
“…maqsadida amaliy yordam
berishingizni
so‘rayman.”, “…darsliklar bilan
ta’minlash
maqsadida…”, “…
yuborish
uchun…” va hakazo.
Fe’l shakllarining qo‘llanishida ham bir muncha o‘ziga xosliklar bor.
Chunonchi, majhullik nisbatidagi 3-shaxs buyruq-istak maylidagi yoki o‘tgah
zamon va hozirgi –kelasi zamondagi so‘zlarning ishlatilishi ko‘proq uchraydi:
topshirilsin,
qo‘llanilsin,
amalga
oshorilsin,
tayinlansin,
tasdiqlansin,
80
bo‘shatilsin, qaror qilindi, tayinlandi, eshitildi, ta’kidlandi, ko‘rsatib o‘tildi,
ogohlantirildi
kabi.
Xatlarda gap qurilishi odatda tayyor qoliplardan keng foydalaniladi.
Masalan, “
Sizga …ni ma’lum qilamiz”, “… haqiqatdan ham yashaydi”, “bajarish
maqsadida”, “…ga asosan buyuraman”, “…ga kafolat beramiz”, “…ni ko‘rib
chiqib amaliy yordam berishingiz topshiriladi”
kabi.
Bu kabi tayyor sintaktik qoliplardan foydalanish xatlarni tayyorlash
jarayonini va ularning mazmunini tegishli shaxs idrokiga tezroq singishini
ta’minlaydi. Xatlarning axborot sig’imini kuchaytirish maqsadida, fikrni teran,
aniq, lo‘nda bo‘lishi muhimdir. Shuning uchun xat tilining ortiqcha so‘z va
iboralardan tozalash, turli qaytariqlardan holi bo‘lishi maqsadga mos keladi. Hatto
ba’zi umum ma’noga ega bo‘lgan shartli qisqartmalardan foydalanish mumkin.
Masalan:
professor – prof., kilometr –km, sh.k. –shu kabi, va h-- va hakazo,
vazifasini bajaruvchi – v.b
. ba boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: