Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
1.
Kasb-hunar so‘zlari rasmiy uslub qanday qo‘llaniladi?
2.
Kasb-hunar so‘zlarining hujjatchilik xarakteri hosil bo’lishiga misollar
keltiring.
3.
Kasb-hunar so‘zlarining shevaga xos, eskirgan shakllari rasmiy uslubda
qanday ishlatiladi?
4.
Kasb-hunar so‘zlarining umumiste’moldagi variantlari rasmiy uslubda
nima uchun ushlatilmaydi?
5.
Kasb-hunar so‘zlarining rasniy-idoraviy uslubda qo‘llanishiga misollar
yozing va tahlil qiling.
68
19- MAVZU:
KASB-HUNAR SO‘ZLARINING SINONIMIYASI
REJA:
1.
Sinonimlik tushunchasi.
2.
Kasb-hunar so‘zlarining uslubiy xosligi.
3.
Kasb-hunar so‘zlarining almashtirib qo‘llash.
Tayanch so‘z va iboralar:
sinonimya hodisasi, uslubiy farqlanish, termin.
Kasb-hunar so‘zlari atamalar tarkibidagi yirik guruh hisoblanib, ular faqat
kasb-hunarga oidligi bilan atamalarning boshqa turlaridan farq qiladi. Kasb-hunar
so‘zlari atamalarga nisbatan biroz erkinroq va ba’zi hollarda ularning ma’nolari
birdan ortiq bo‘lishi ham mumkin. Shuning uchun ularda ma’nodoshlik
xususiyatilari mavjud.
Ma’nodoshlik deganda, odatda, talaffuzi, yozilishi har xil, ammo umumiy
ma’nosi bir xil bo‘lgan, qo‘shimcha ma’no nozikligi, emotsional buyog’i,
qo‘llanishi bilan farq qiluvchi so‘zlar tushuniladi. Ana shunday umumiy,
birlashtiruvchi ma’nosi bor so‘zlar sinonimik qator deyiladi. Sinonimik qatoda
ikki yoki undan ortiq so‘z qatnashadi. Masalan:
aniq, ochiq, yaqqol, ravshan,
yorqin, oydin, ayon;
sinonimik qatorida eshitish, ko‘rish, tushunish jihatidan
yaxshi, to‘la ifodali ma’noni anglatmoqda.
Aniq
so‘zi bosh ma’noni ochib beradi;
parvarish, tarbiya, qarov
sinonimik qatoridagi so‘zlar esa o‘stirish, asrash, voyga
yetkazish maqsadida qilinadigan harakatni bildiradi.
Peshona, manglay
sinonimik qatoridagi so‘zlar esa boshning soch bilan qosh oralig’idagi qismini
;
og’ir, vazmin, zildek, zil-zambil, zalvarli
qatordagi so‘zlar katta o‘g’irlikka ega,
yengilning aksi
;
tur, nav, xil, toifa
qatori esa umumiy belgilari bilan birlashgan
narsa-predmetlarning guruhi kabi ma’nolarni anglatadi.
Ularni atamachilikda sinonimlar ham deyiladi. Sinonimiya hodisasi tilning
muhim kategoriyasi bo‘lib, nutq rang-barangligi, ta’sirchanligi va ma’no ko‘lami
kengayishini ta’minlaydi. Shuning uchun Sinonimiya hodisasi leksik, sintaktik,
frazeologik, morfologik kabi turlarga ajratiladi.
Kasb-hunar so‘zlari ham o‘zaro sinonimik munosabatga kirishadi. Masalan:
O‘qituvchi, pedagog, muallim, domla, muddaris, ustoz
sinonimik qatori kasbga
oid bo‘lib, ularning umumiy ma’nosi o‘qitish, ta’lim-tarbiya bilan shig’ullanuvchi
shaxsni anglatadi.
Vrach, hakim shifokor, tabib, davolovchi
sinonimik qatori esa
kishi salomatligini tiklash bilan shug’ullanuvchi kasb egalarining umumiy
nomlaridir.
Kosib, etikdo‘z, yamoqchi, poyafzal usta
turkum so‘zlari esa o‘yq
kiyimini tuzatuvchi kasb egasini bildirishi bilan sinonimiya hodisasini yuzaga
keltirmoqda.
Sinonimik qator hosil qilgan kasb-hunar so‘zlari uslubiy jihatdan farqlanishi
mumkin. Masalan;
O‘qituvchi, pedagog, muallim, domla, mudarris, ustoz,
murabbiy
sinonimik qatoridagi o‘
qituvchi
so‘zi so‘zlashuv, badiiy, rasmiy,
publitsistik uslublarda barobar qo‘llaniladi:
O‘qituvchi kirdi
(Og’zaki nutq).
O‘qituvchi vazifasiga ishga qabil qilinsin (
rasmiy-idoraviy uslub
). O‘qituvhi asr
boshlarida eng yaxshi faol shaxsga aylandi
(Publitsistik uslub)
. O‘qituvchmiz shu
voqeadan so‘ng ancha kam gap bo‘lib qoldi
(badiiy uslub).
Pedagog
so‘zi esa
69
ilmiy va publitsistik uslublarda faol ishlatiladi:
Pedagoglarning an’anaviy
kengashiga xush kelibsiz!
(Publitsistik uslub).
Pedagoglar shaxsni tarbiyalovchi
ijtimoiy qatlamdir
(Publitsistik uslub).
Pedagog
atamasi ilk bor fanga fransuz
olimlari tomonidan olib kirilgan(
ilmiy uslub
). Muallim, mudarris
so‘zlari ham
kasb egasini anglatadi, ammo ular nisbatan eskirgan. Shunday bo‘lsa-da, badiiy
asarlarda ma’lum bir tarixiy davrni aks ettirish uchun ishlatiladi. Lekin, diniy
o‘quv yurtlarida ba’zan ushbu so‘zlar so‘zlashuv uslubda ishlatilishi uchraydi.
Domla
so‘zi esa faqat so‘zlashuv uslubiga xos bo‘lib, ba’zan badiiy uslubda
qahramon xarakterini ochib berish uchun muallif tomonidan qo‘llaniladi.
Shuningdek,
domla so‘zi
o‘zidan oldin
yashab o‘tgan, olim, ustoz adiblarga ham
nisbat beriladi:
Mening birinchi she’riy to‘plamim – “Mitti yulduz” Mirtemir
domla tahriri ostida chop etilgan
.(A.Oripov. Publitsistik uslub)
Agar biz
domlamizning yo‘llarini davom ettirish niyatida qalam tebratayotgan ekanmiz,
demak, adolat uchun hallollik bilan mehnat qilishimiz shart.
(Publitsistik uslub.
Ozod Sharafiddinov zamondoshlari xotirasida. 2007 yil.)
Ustoz
so‘zida atamalikdan ko‘ra umumite’mollik xusuisyati ko‘proq, lekin
qaysidir ma’noda o‘qitish, ta’lim-tarbiya berish bilan mashg’ul kishilarni
anglatadi. Ammo, uning qamrovi kengroq. Masalan, san’atkorlar o‘zidan biroz
tajribali kishilarni ham o‘zlariga ustoz deb bilishadi. Agarchi u kishi bevosita
ularga ta’lim yoki tarbiya bermagan bo‘lsa-da. Shunday bo‘lishiga qaramay bu
so‘z badiiy, publitsistik va so‘zlashuv uslublarida ishlatiladi.
Murabbiy
so‘zi
o‘zida tarbiya va ta’lim beruvchi ma’nosini mujassamlagan. U ko‘proq so‘zlashuv
va puvlitsistik uslubda ishlatiladi:
Biz Mirtemir domlani yoshlar murabbiysi
deyishga o‘rganib qolganmiz.
(A.Oripov. Publitsistik uslub)
Doktor, vrach, hakim, shifokor, tabib
sinonimik qatoridagi
doktor, vrach
so‘zlari nutqning rasmiy, badiiy va so‘zlashuv uslublarida ko‘p ishlatiladi:
– E,
kechirasiz doktor,– Xatamjon Mirsidiqni ko‘rib qolib dokadek yuziga qon
yugurdi.
(O‘lmas Umarbekov. Hayot qo‘shig’i. Badiiy usub.) –
Do‘xtirga
chrashdim, biram vahima qiladiki
.(Og’zaki nutq).
Vrach
so‘zi ham
doktor
so‘zi
kabi tibbiyot xodimlarining umumiy nomini ifodalaydi.
Bosh vrachning 2007 yil
12-sentabrdagi № 123- buyrug’iga asosan ushbu dalolatnoma tuzildi.
(Rasmiy
uslub).
Vrachning kelmaganidan xavotir olib, yo‘lga chiqqan cho‘ponlar uni olib
ketishgan ekan.
(O‘lmas Umarbekov. Hayot qo‘shig’i. Badiiy usub).
Vrach degan
kasalga qaramaydimi?
(Og’zaki nutq.)
Shifokor
so‘zi publitsistik, badiiy, rasmiy
uslublarida keng ishlatiladi:
Shifokor o‘zining samimiyligi, xushmuomalasi bilan
dadamning mehrini qozondi.
(“Qalb sadosi” gazetasi. № 21.Publitsistik uslub.)
Hakim, tabib
so‘zlari ilmiy, badiiy va so‘zlashuv uslubda ko‘p ishlatiladi:
Hakimlikda ham turfa xislat edi mujassam
,
Xususan u tabiblikda pur hunar
edi.
(“Hakim va ajal” dostoni)
Kasb-hunar so‘zlari o‘z navbatida almashinib qo‘llanishi ham mumkin.
Bunda ularning ma’nodoshligi asos bo‘ladi. Masalan: vrach va shifokor so‘lari
rasmiy uslubda o‘rinli qo‘llanishi mumkin. Solishtiring:
Shifokop vazifasiga
ishga qabul qilinsin–
vrach lavozimiga ishga qabul qilinsin.
Lekin, tabib, hakim
so‘zlarini shifokor, vrach so‘zlari bilan hamma vaqt ham almashtirib qo‘llab
70
bo‘lmaydi. Chunki, tabib, hakim so‘zlari eskirgan atama sifatida bo‘lib, vrach
atamasida baynalmilallik xususiyati mavjud.
KASB-HUNAR SO‘ZLARI SINONIMIYASI VA ULARNING USLUBIY
FARQLANISHI
So‘zlashuv
uslubi
Ilmiy-
kitobiy
uslub
Rasmiy-
idoraviy
uslub
Badiiy
uslub
Publitsisti
k uslub
Kasb-hunar
so‘zining
asosiy ma’nosi
Kosib,
yamoqchi
usta,
nunarmand
Kosib,
hunarmand
Kosib, hunar
mand, usta,
poyafzal
ta’mirlovchi
Kosib,
etikdo‘z,
yamoqchi
Kosib,
etikdo‘z
Oyoq
kiyimini
ta’mirlash
bilan
shug’ullanadigan
kishi
Chevar,
tikuvchi
tikuvchi
Tikuvchi,
kasanachi
Chevar,
tikuvchi
tikuvchi
Ust kiyim tikadi-
gan hunarmand
Domla,
o‘qituvchi
pedagog
O‘qituvchi
O‘qiruvchi
O‘qituvchi,
pedagog,
muallim,
domla,
muddaris,
ustoz,
murabbiy
O‘qituvch
i,
pedagog
domla,
ustoz,
murabbiy
Ta’lim va tarbiya
beruvchi kishi
Xaridor,
mijoz
Iste’molchi Iste’molchi
Xaridor,
sotib oluvchi,
mijoz,
Xaridor,
sotib
oluvchi,
mijoz,
iste’molchi
Iste’molc
hi
Xaridor,
Kishilarga savdo
xizmati ko‘rsatish
bilan
shug’ullanuchi
kishi.
Xo‘jayin,
Boshliq,
rais,
Katta,
kattakon,
ulug’
Rahbar,
rahnamo,
peshvo,
sarvar
Rahbar,
boshliq
Rahbar,
rahnamo,
peshvo,
sarvar
Boshliq,
rais,
Rahbar,
boshliq
Guruh,
jamoa,
tashkilot va
sh.k.lar
ish-
harakatida
bosh
bo‘luvchi kishi
buyruq
Buyruq,
farmon
Buyruq,
farmon
Buyruq,
farmon, amr
Buyruq,
farmon
Biror ishni baja-
rishga yoki tartib
qoidaga bo‘ysu
nishni
talab
qiluvchi ko‘rsatma
Talaba,
O‘quvchi,
student
O‘quvchi
Ta’lim
oluvchi,
O‘quvchi
Talaba,
O‘quvchi,
student
Talaba,
o‘quvchi
O‘rta maxsus kas-
bi-hunar tizimida
ta’lim oluvchi
Do'stlaringiz bilan baham: |