Taynch so‘z va iboralar:
ma’muriy-boshqaruv tizimi, ish qog’ozlari, yuridik
xarakterdagi og’zaki axborotlar, ma’lumot, grammatik xususiyat, ish qog’ozlar
leksikasi, atamalar.
Kasb-hunar so‘zlari nutqiy faoliyatda o‘z o‘rniga ega. Ular rasmiy-idoraviy
uslubda ham faol qo‘llaniladi. Bunda kasb-hunar so‘zlari rasmiy-idoraviy
uslubning asosiy talablariga bo‘ysunadi. Ya’ni, kasb-hunar so‘zlari o‘ta murakkab
bo‘lmasligi kerak.
Biz yaxshi bilamizki, kasb-hunar so‘zlar ukki turga bo‘linadi.
1.
Jamoatchilik uchun umumiy darajada tushunarli bo‘lgan so‘zlar:
a) fizika:
issiqlik, energiya, yadro, zaryad, elektron, anod, katod, elektr
maydon,
magnit, gaz, optika, dinamika, diod, triod, harakat
;
b) botanika:
lupa, mikroskop, hujayra, o‘simlik, barg, tana, daraxt, buta,
mag’iz, to‘qima
;
v) ma’muriy-boshqaruvga oid:
qaror, buyruq, elchi, elchixona, tashkilot,
shartnoma, bitim;
d) tibbiyotga oid atamalar:
og’riq, tempratura, doza, vena, yo‘tal,
hansirash, o‘pka, qon, oqsil, bemor;
e) sportga oid atamalar:
futbol, o‘yinchi, sovrin, g’olib, kurash, chopish,
sakrash, chavandoslik, kamon, o‘q otish, mergan, eshkak, kema, suzish, to‘p, to‘r,
qanot, qilich.
Yuqoridagi so‘zlar kasb-hunar so‘zlari sifatida tan olinadi. Shuningdek ular
keng iste’mol so‘zlari sifatida omma leksikasida faol qo‘llanishi ham mumkin. Bu
kabi so‘zlar barcha kasb-hunarda mavjud.
2. Tor doiradagi mutaxassislargina tushunadigan va qo‘llaydigan atamalar:
a) botanika:
sitologiya, hujayra qobig’I, sitoplazma, plastidalar, leykoplast,
xromoplast, xloroplast, vakiol, ona hujayra, bola hujayra, hosil qiluvchi to‘qima,
asosiy to‘qima, jamg’aruvchi to‘qima, qoplovchi to‘qima, mexanik to‘qima,
o‘tkazuvchi to‘qima, epiderma, floema, lub tolalar, kambiy, ksilema, elaksimon
nay, organ, vegetativ, generativ.
b) ma’muriy-boshqaruvga oid:
rezolyutsiya, rasmiy tashrif, o‘z-o‘zini
boshqaruv, hal qiluvchi qaror, farmoyish, qaror qismi, aybini og’irlashtiradigan
xato,
ichki nazorat, rasmiy xat, qayd qilish, xizmat ma’lumotnomasi, dalolatnoma,
bayonnoma;
66
v) tibbiyotga oid atamalar:
abdominal, absorbsiya, avitaminoz, agevziya,
agoniya, adaptasiya, adinomiya, insulin, ingalatsiya, inspitasiya, patologiya;
d) sportga oid atamalar:
auytsayder, yon hakam, chala, yonbosh, aut, yarim
final, chorak final, badminton, tramplin;
Mazkur atamalarni shu soha vakillari yaxshi tushunishadi va faol
qo‘llashadi.
Rasmiy-idoraviy uslubda noaniqlik va murakkablikka yo‘l qo‘ymaslik
uchun tor doiradagi atamalar deyarli ishlatilmaydi. Jamoatchilik uchun umumiy
darajada tushunarli bo‘lgan terminlar esa qo‘llanadi. Agar rasmiy uslubdagi
matnda murakkab atamalar qo‘llamaslikning iloji bo‘lmasa, ular ishlatiladi. Qavs
ichida izohi beriladi. Bu holatlar qonun matnlarida, nizomlarda, ko‘rsatmalarda
ko‘proq uchraydi.
Kasb-hunar so‘zlari hujjatchilik xarakteriga ega bo‘lishi lozim. Ya’ni,
rasmiy uslubdagi kasb-hunar so‘zlari o‘zining asosiga, hujjatiga ega bo‘lishi
kerak. Masalan, shifikorlik kasbiga oid quyidagi so‘zlardan a
kusherlik,
ginekologiya, kardiologiya
kabilar rasmiy uslubda ma’muriy-boshqaruv
ma’nosida ishlatiladi:
Akusherlik va ginekologiya instituti, Kardiologiya
markasi, kardiolog tekshiruvi qoidalari, akusherlik ishi bo‘limi, akusherlik
vazifasi, ginekolog, akusher.
Mazkur so‘zlar asosida ma’lum yuridik hujjat yotadi.
Akusherlik va ginekologiya institut hamda Kardiologiya markasi
nizom va
vazirlik buyrug’I asosida tashkillanadi;
kardiolog tekshiruvi qoidalari
ko‘rastma,
buyruq yoki bayonnoma asosida ishlab chiqiladi.
Bu uslubda kasb-nuhar so‘zlarining boshqa uslublardagi, jumladan,
so‘zlashuv uslubiga xos bo‘lgan sheva, jargonlardagi variantlari ishlatilmaydi.
Masalan,
rahbar
so‘zining so‘zlashuv uslubidagi
xo‘jayin, katta
; badiiy
uslubdagi
rahnamo, peshvo, sarvar
kabi variantlari rasmiy uslubda
qo‘llanilmaydi. Balki adabiy til me’yoriga mos keladiga
boshliq, rahbar
variantlari ishlatiladi.
Bundan tashqari, kasb-hunar so‘zlarining so‘zlashuv uslubiga xos bo‘lgan
variantlari bilan birga rasmiy uslubga xos shakli ham ishlatiladi. Faqat boshqa-
boshqa matnlarda. Masalan, shartnomalarda
xaridor, sotib oluvchi
shaklari
ishlatiladi. Qonun matnlarida esa
iste’molchi
qo‘llaniladi. Tarjimai hol,
tavsivnomalarda
chevar, tikuvchi
shakli qo‘llanilsa, qaror, buyruq kabi rasmiy
matnlarda
kasanachi, hunarmand
tarzi faolroqdir.
Kasb-hunar so‘zlarining ko‘chma ma’nolarda va umumiste’molda
ishlatiladigan shakllari qo‘llanilmaydi. Masalan, anatomlik kasbiga xos bo‘lgan
bosh, kalla, qo‘l, quloq, til, oyoq
kabi so‘zlar ko‘chma ma’nolarda ham keng
ishlatiladi. Masalan,
taxtaning ko‘zi, devorning qulog’i, itning oyog’I
kabi. Shu
kabi so‘z birikmalari tarkibida kelib, yangi ma’no ifodaydigan so‘zlar
ishlatilmaydi. Chunki, ular bu o‘rinda kasb-hunar so‘zlari kabi bir ma’nolik
xususiyatini emas balki, ko‘chma ma’nolarda ishlatilmoqda.
Rasmiy ish qog’ozlari uslubida eskirgan kasb-hunar so‘zlari o‘rni bilan
ishlatilishi mumkin. Masalan: tavsifnoma, tarjimi hol, sud-tergov hujjatlari,
xalqaro munshaot namunalari kabi rasmiy qog’ozlarda:
tanobchi,
qozi, tijoratchi
kabi. Ammo ularning miqdori ko‘p emas.
67
Bu kabi so‘z va iboralarni ishlatish hozirgi o‘zbek adabiy tili uchun xos bo‘lmasa
ham ularni qo‘llashda murojaat qilinayotgan tomon(adresatning) va qolaversa
xalqaro munosabat xususiyatlari e’tiborga olinadi.
Rasmiy ish qog’ozlari uslubidagi kasb-hunar so‘zlarining yana bir
xususiyati unda atamalarning tarmoqlanishidir. Masalan, huquqshunolik kasbiga
oid so‘zlar:
modda, qonun, notarius, sud qarori, kodeks;
diplomatlik kasbiga oid
so‘zlar:
elchi, elchixona, muxtor elchi, ishonchli vakil, bayonot, deklaratsiya,
vizit, xalqaro vaziyat, rasmiy tashrif, memorandum;
iqtisodchilarga oid so‘zlar:
daromad, pul, kredit, ishlab chiqarish, tovar
; ma’muriy-boshqaruv
sohasiga oid
so‘zlar:
fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqaruv organi, hokimiyat, mahalliy
hokimiyat, hokim, yig’ilish, qaror, ma’lumotnoma, buyruq
kabi.
Rasmiy udoraviy uslubdagi kasb-hunar so‘zlarini qo‘llashda noaniqlikka
yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, odatda ular olmosh bilan almashtirilmaydi.
Masalan,
“kasanachi, ishchi va xizmatchilarning ishlab chiqarishni boshqarishda
qatnashishini ta’minlaydigan shart-sharoitlar yaratish maqsadida…”
Mazkur
gapdagi “
kasanachi, ishchi va xizmatchilarining”
so‘zlari uyushib kelmoqda.
Ularning o‘rniga so‘zlashuv uslubida bitta
“ishchi”
so‘zini yoki
“ular”
olmoshini
qo‘shlash mumkin. Ammo rasmiy uslubda bunday qilib bo‘lmaydi.
Xulosa qiladigan bo‘lsak, rasmiy-idoraviy uslubdagi kasb-hunar so‘zlari
imkon darajasida rasmiy nutq talablariga bo‘ysundiriladi. Ulardan shu kasb-
hunarning rasmiy jihatini ochishda foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |