Davlat tilida ish yuritish


Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar



Download 1,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/135
Sana01.01.2022
Hajmi1,94 Mb.
#294372
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   135
Bog'liq
nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish

Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar: 
 
1. Monologik nutq deb nimaga aytiladi? 
2. Monologik nutqning asosiy belgilarini bilasizmi? 
3. Monologik nutq turlarini sanang. 
4. Tashqi monologik nutq turlari qaysilar? 
5. Lirik monologik nutqqa misol keltiring. 
6. Monologik nutqda nutq madaniyati mezonlariga amal qilishini 
so‘zlab bering. 
7.  Har  bir  monologik  nutq  turiga  bittadan  misol  topib  daftaringgizga 
yozing. 
8. Monologik nutqda qaysi til vositalaridan ko‘proq foydalaniladi? 
 
10- MAVZU: AXBOROT VA MA’RUZA MATNI TAYYORLASH 
REJA: 
 
1.
 
Axbotor va ma’ruza matni haqida ma’lumot. 
2.
 
Monologik matn yozishga tayyorlanish haqida tushuncha. 
3.
 
Axborot matni tayyorlash. 
4.
 
Ma’ruza matnining o‘ziga xos tomonlari.
 
 
Tayanch  so‘z  va  iboralar: 
Matn,  uslubiy  xususiyat,  mikromatn, 
makromatn, tahrir, asosiy g’oya, mazmun, qayta ishlash, qoralama, tayyor nusxa.   
 
Kishi  o‘z  failoyatida,  jumladan,  o‘qituvchilik,  hamshiralik,  rahbarlik 
faoliyati  davomida  turli  vaziyat  va  holatlar  yuzasidan  axborot  va  ma’ruza 
yozishiga  to‘g’ri  keladi.  Bu  kishilarning  kasb  odobiga,  muomala  madaniyatiga 
xos odat bo‘lib, axborot va ma’ruza yozishni har bir xodim bilishi zarur. Masalan, 
Oliy  Yig’ilish  yig’ilishlari,  hokimiyatda  bo‘lib  o‘tgan  faollar  yig’ilishi,  xizmat 
safari,  o‘quv-seminar,  tajriba  almashish  kabi  maqsadlarda  bo‘ladigan  ishlardan 
keyin axborot beriladi.  
Shu  o‘rinda  bir  narsani  eslab  o‘tish  joiz,  yuqorida  keltirilgan  voqealar 
haqida  hisobot  ham  yoziladi.  Faqat  ular  shu  ishga  mas’ul  kishilar  tomonidan 
tegishli  rahbarga  topshiriladi.    Hisobot  boshqa  hujjat  turiga  kiradi.  Axborot  esa 
keng  ommaga  ma’lum  qilish  yoki  tor  doiradagi  kishilarni  ishning  qay  tarzda 
ketayotganini xabardor qilib turish uchun beriladi. 


 
37 
Axborot  deganda,  ma’lum  vaqt  ichida  bo‘lib  o‘tgan  voqea-hodisa  qanday 
sodir  bo‘lgani  yoki  topshirilgan  ish  va  topshiriq  qay  tarzda  bajarilgani  haqidagi 
xabar, ma’lumot beradigan matn tushuniladi.  
Turli tashkilotlarda xodimlar ma’lum vazifa va topshiriqni bajarib bo‘lgach 
ham  axborot  yozishadi.  Ko‘plab  tashkilotlarda  esa  o‘quv  seminarlari,  hisobot 
yig’ilishlaridan oldin  ma’ruza  matnlari tayyorlab, so‘ngra uni hammaning oldida 
o‘qib berishadi. Ma’ruza ham axborot matniga o‘xshash tarzda yoziladi. Masalan, 
tadqiqotchi  olim  ma’lum  davr    ichida  olib  borogan  tekshirish  va  izlanishlari 
natijasini  umumlashtirib  ilmiy  ma’ruza  sifatida  e’lon  qiladi.  Guruh  rahbarlari, 
o‘quv  yurtlari  direktorlari  ham  ma’ruza  qilishadi.  Ular  o‘z  nutqlarida  hisobot 
davrida  bajarilgan  ishlar  va  yo‘l  qo‘yilgan  kamchiliklar  haqida  ma’lumot 
berishadi.  
Demak, axbotor va ma’ruza matni o‘z xususiyatlari bilan bir-birga o‘xshash 
matnlar  hisoblanadi.  Ularning  farqi  shundaki,  axborot  qisqa  va  ko‘proq  yozma 
ko‘rinishda  bo‘ladi.  Ma’ruza  esa  atroflicha  yoziladi.  U  ko‘proq  o‘qib  berishga 
mo‘ljallangan  bo‘ladi.  Axborot  va  ma’ruza  matnlari  monologik  nutq  turlariga 
kiradi. Shuning uchun ular dialogik matnlardan farq qiladi.  
Leksik-uslubiy xususiyatiga ko‘ra har ikkala matn ham adabiy til normasiga 
amal qilgan holda yoziladi va rasmiy uslubda bo‘ladi. Ma’ruza va axborot matni 
tayyorlash uchun avvalo matn haqida ma’lumotga ega bo‘lishimiz kerak bo‘ladi.  
Matn  deganda,  biror-bir  muallifga  tegishli  bo‘lgan  yozilgan,  ko‘chirilgan 
yoki  bosilgan  asar,  ijodiy  ish,  ilmiy  asar,  og’zaki  nutq,  qo‘lyozma,  hujjat  yoki 
ularning  bir  parchasi  tushuniladi.  Matn  ikki  yoki  undan  ortiq  gaplardan  iborat 
bo‘lishi,  ma’lum  bir  go‘ya  va  maqsadni  yoritishi,  grammatik  talablarga  javob 
berish,  tugal  fikrni  ifodalash  kabi  talablarga  javob  berishi  shart.  Ammo  har 
qanday  qo‘lyozmani  yoki  bir  necha  gaplardan  iborat  nutq  parchasini  ham  matn 
deyish to‘g’ri emas. Matn bo‘lishi uchun u hajmidan qat’iy nazar, asar yoki uning 
parchasi  bo‘lishi  va  mazmunga  ega  bo‘lishi,  ilmiy,  badiiy,  publitsistik,  rasmiy, 
so‘zlashuv  uslublaridan  birining  xarakterida  bo‘lishi  kerak.  Matn  til  nuqtayi 
nazaridan eng yirik birlik hisonlanadi.   
Matn  tuzishdan  oldin  matn  nima  maqsadda  yozilishini,  qanday  fikrlar 
bildirilishi,  bu  fikrlarni  qaysi  dalillar  bilan  asoslash  mumkinligi  haqida  o‘ylab 
ko‘riladi.  Eng  avval  asosiy(bosh)  go‘ya  belgilab  olinadi.  So‘ngra  shu  go‘yani 
ochish  uchun  kerak  bo‘ladigan  fikr  va  mulohazalar  qog’ozga  tushuriladi.  Bunda 
albatta  so‘zlarni  zarur  ma’nolarda  tanlash,  gaplarni  grammatik  jihatdan  to‘g’ri 
bo‘lishiga  e’tibor  berish  kerak  bo`ladi.  Masalan,  bir  haftalik  o‘quv  faoliyati 
yuzasidan axborot yozish kerak. Bu asosiy maqsad hisoblanadi. Endi uni qanday 
yozish kerakligini o‘ylab ko‘ramiz. Ya’ni bir hafta davomida o‘zimiz qatnashgan 
o‘quv  mashg’ulotlar,  qo‘shimcha  darslar,  to‘garak  mashg’ulotlari,  kitob 
mutolaasi,  kompyuter  orqali  o‘zlashtirilgan  bilimlar  tartib  bilan  yoziladi.  Yozish 
jararyonida  yozma  nutqning  asosiy  xususiyatlari:  to‘g’rilik,  aniqlik,  mantiqiylik, 
tozalik, ta’sirchanlikga amal qilish kerak. Matn uni  o‘qiydigan  yoki tinglaydigan 
kishiga tushunarli bo‘lishi uchun gaplar sodda tuzilishi lozim. Imkon qadar adabiy 
tilda  ko‘p  qo‘llanadigan  so‘z  va  iboralardan  foydalanish  kerak.  Umum  norma 


 
38 
uchun  qabul  qilinmagan  so‘z  va  iboralarni  iloji  boricha  ishlatmaslik  shart.  Matn   
qoralamasi qog’ozga tezis ko‘rinishida qayd etiladi.  
 Bir haftalik o‘quv faoliyati yuzasidan  
A X B O R O T 
 
O‘tgan bir hafta davomida o‘quv faoliyatimni dars jadvali va shaxsiy rejam 
asosida  olib bordim. Haftada 36 soat dars yuklamasini to‘liq bajardim. Ayniqsa, 
umumta’lim  fanlaridan  ona  tili  va  adabiyoti,  kimyo,  biologiya,  tarix, 
matematikadan  “a’lo”  va  “yaxshi”  baholar  oldim.  Ingliz  tili  va  mutaxassislikka 
kirish 
fanlaridan 
past 
o‘zlashtirayotganligim  uchun  o‘qituvchilarimdan 
qo‘shimcha  dars  oldim.  Kollej  kutubxonasiga  a’zo  bo‘lib,  u  yerda  dars 
tayyorladim. Natijada esa  mazkur fanlardan ham ijobiy baholar olishga erishdim. 
Shuningdek, 17 soat mustaqil ish topshiriqlarini ham ado etdim. “Nutq madaniyati 
va  davlat  tilida  ish  yuritish”  fanidan  mustaqil  ravishda  bir  haftalik  o‘quv 
faoliyatim bo‘yicha axborot tayyorladim.  
 
Shunday  qilib  haftani  qoniqarli  yakunladim.  Kelgusi  haftada  o‘quv 
faoliyatimni bundan ham yashiroq tugallashga harakat qilaman. 
  
Axborot yozuvchi  
Hamshiralik ishi bo‘limi 
151- guruh o‘quvchisi:                               A. Ibragimov. 
 2010 yil 23- aprel 
 
Ma’ruza  matni  biror  masala  yuzasidan  ko`pchilik  oldida  so`zlash  yoki 
yuqori tashkilotga berish maqsadida yoziladigan rasmiy ma’lumot hisoblanadi. U 
axborotdan  keng  qamrovliligi,  ostida  katta  mas’uliyat  yotishi  bilan  farq  qiladi. 
Ma’ruza yuzasidan xohlovchilar o`z fikr-mulohazalarini bildiradilar. Axborot esa 
muhokama qilinmaydi. U ma’lumot uchun qabul qilinadi. 

Download 1,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish