8-MAVZU: DIALOGIK NUTQDA TIL VOSITALARIDAN
FOYDALANISH
REJA:
1.
Dialogda til vositalarining o‘rni.
2.
Dialogda majoziy ifodalardan foydalanish yo‘llari.
3.
Dialogik nutqning ta’sirchanligini ta’minlash.
4.
Dialogda imo-ishoralarning qo‘llanishi.
Tayanch so‘z va iboralar:
Nutqiy faoliyat, nutq shakli, dialogik vaziyat, nutq
motivi, dialogik nutq, til birliklari, majoziy obrazlar, badiiy tasviriy vositalar.
Dialogik nutq ham insonning muloqot shakli hisoblanadi. Inson nutqi sifatida
dialogik nutq ham amalda bo‘lgan muomala etikasi va tamoyillariga bo‘ysunadi.
Ikki kishi o‘rtasidagi har qanday suhbatni dialog sifatida e’tirof etish mumkin.
Ammo bu nutqning o‘ziga xos xususiyatlari ana shu ikki kishi o‘rtasida yuzaga
kelgan suhbat jarayonida ochiladi. Suhbatning maqsadi va mavzusi,
suhbatdoshlarning o‘zaro munosabati, yoshi, jinsi, dunyoqarashi, bilimi,
jamiyatda tutgan o‘rni, mavqei dialogik nutqning mazmunini belgilaydi. Shundan
kelib chiqib, undagi tildan foydalanish xususiyatlarini ham aniqlaydi. Dialogik
nutqda odatda tilning so‘zlashuv uslubining xusuisyatlaridan ko‘plab
foydalaniladi. Masalan, majoziy ifodalar, iboralar, hikmatli so`zlar, maqollar,
matallar, metafora, metonimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik, kinoya, piching,
kesatiq, ohang, sodda gap, so‘z-gap, so‘roq olmoshlari, to‘liqsiz gap, undov,
taqlid, sheva, ijtimoiy tarmoq leksikasi va boshqalar.
Misol uchun, yozuvchi Tohir Malikning “Shaytanat” qissasidan olingan
quyidagi parchalarni olib ko‘raylik:
«Giyohvand yigitlardan birining pastki labi osilgan, ko‘zlari chaqchaygan,
ikkinchisining qarashlari sovuq, o‘ng yuzida uzun tirtiq bor edi.
– Bilagingni ko‘rsat, – dedi Zohid tirtiqqa.
U “shu ham ishmi deganday” erinibgina kurtkasini yechib, ko‘ylagining
yengini shimardi. Labi osilgan yigitning ham bilagida igna izlari bor edi. Ularning
giyohvandligiga Zohidda shubha qolmadi.
– Kukunni qayerdan olardilaring?–deb so‘radi Zohid.
– Bratanga aytganmiza, qayoqdan oganuvzani,–dedi labi osilgan yigit.
– Menga ham ayt.
– Lola ko‘chasida o‘n yettinchi uyda turadigan Sharif aka degan kishi.
– Ikkoving birga borganmisan?
32
– Bir xil paytda men borardim, bir xil paytda u borardi, bir xil paytda
ikkalavuza borardik.»
Nutq parchasida til birliklaridan foydalanishga e’tibor bersak, suhbat asosan
savol-javoblardan iborat. Ya’ni gaplarning ma’lum qismini so‘roq gaplar tashkil
etadi. Ular tuzilishiga ko‘ra sodda va to‘liqsiz gaplardan iborat. To‘liqsiz
bo‘lishiga sabab, undagi ma’no avvalgi gapdan yoki umuman suhbat mazmunidan
anglashilyapti. Shuning uchun ega yoki boshqa bo‘laklar bo‘lmasa ham gap
tushunarli bo‘lyapti. Ayrim gaplarda uzulishlar ro‘y bergan.(–Lola ko‘chasida o‘n
yettinchi uyda turadigan Sharif aka degan kishi.) va uzilishlar ham aniq bir
maqsadni ko‘zda tutadi. Gapdagi mazmundan yigitlar Sharifni tanimasligi sezilib
turibdi. “Brattan”, “soqqa” kabi til birliklari bu toifa odamlarga xos. Yigitlar
Toshkent shevasi vakillari ekanligiga ishoradir. Shuningdek, suhbatdan savol
beruvchi va tobelarning munosabati yaxshi emasligi ham bilinib turibdi.
Demak, ushbu dialogda to‘liqsiz gap (Bilagingni ko‘rsat), so‘roq gap (Kukunni
qayerdan olardilaring?), shevaga xos birliklardan (Bratanga, oganuvzani), sodda
gaplardan foydalanilgan. Uslubiy jihatdan so‘zlashuv uslibiga xos. Chunki unda
til birliklaridan erkin foydalanish va grammatik talablarga amal qilmaslik
ko‘rinadi(Lola ko‘chasida o‘n yettinchi uyda turadigan Sharif aka degan kishi) .
“Jalil biroz kutib qolgani uchunmi, tumtayganroq ko‘rinishda kirib keldi.
Asadbek unu o‘rnidan turib kutib oldi.
– Kiravermay, o‘tirdingmi? – dedi Asadbek.—Bunaqa odating yo‘g’idiku?
–Hurmating bor, oshnam. Biz bekorchi odam bo‘lsak,–u shunday deb
qo‘ltig’iga qistirib olgan eski gazitga o‘rog’lik narsani uzatdi.–To‘yga
kelolmadim. Yaxshi o‘tkazib oldingmi?
–To‘yga kelmaganingga gina qilib o‘tiruvdim, tinchlikmi o‘zi, nimaga kelma-
ding?
– Sen meni to‘yga aytdingmi? – Jalil ovozini bir parda ko‘tardi.
– Birinchi bo‘lib senga, senga xabar bergandirman.
– Katta bo‘lsang o‘zingga, bu birinchidan, boyvachcha bo‘lsang ham o‘zingga,
bu ikkinchidan, xo‘pmi! Laychalaringni yuborib to‘yga ayttirdingmi? O‘zingning
oyog’ing yetmadimi?
– Endi oshna, to‘ychilik, shoshib qolarkansan.
– O‘zingga o‘xshagan boyvachchalarni aytishga shoshmagandirsan?
– Xo‘p, tavba qildim, men ahmoqman, – Asadbek ham ovozini ko‘tardi, –
o‘zim bormabman.
(241-242 betlar)
“Shaytanat”dan olingan ikkinchi parchada suhbatdoshlarning xarakteri,
kayfiyati, o‘zaro munosabati reallashadi. Aslida aytgani-aytgan, degani-degan,
boshqalarga nihoyatda qattiqqo‘l Asadbekning xarakteridagi boshqa qirralar,
ya’ni bolalikdan do‘sti Jalilga yon bosishi dialog davomida ochiladi. Bu dialogda
so‘z tanlash, gap qurilish, suhbatdoshlarning dunyoqarashi yuqoridagi nutqdan bir
muncha farq qiladi.
Dialogik nutqlarni ko‘zdan kechirish natijasi shundan dalolat beradiki, ular
asosan og’zaki nutq odatlarini o‘zida namoyon etadi. Adabiy matnlarda esa dialog
obraz yaratish, tiplar xarakterini namoyish etishning kuchli vositalariga aylanishi
mumkin. Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonidagi Farhod va Xisrav,
33
Uyg’un va Izzat Sultonning “Alisher Navoiy” dramasidagi Navoiy va Boyqaro
dialoglarini eslaylik. Ularda turli badiiy tasviriy vositalar qahramonlar xarakterini
ochishga xizmat qiladi.
Dialogik nutqlarda qahramonlar o‘z maqsad va ichki kechimalarini
tinglovchilarga yetkazish uchun turli imo-ishoralardan ham foydalanadi. Bu uning
xarakteri va kechinmalarining kuchli yoki kuchsizligigni ifodalaydi.
Masalan, “Mahallada duv-duv gap” filmida Posho xola(Maryam Yoqubova),
Azimjonning
onasi(Lutfixonim
Sarimsaqova),
“Kelinlar
qo‘zg’oloni”
komediyasida Farmonbibi(Zaynab Sadriyeva) Sotti(To`ti Yusupova) obrazlari
imo-ishoralarga boydir. Bunda qahramonlar o‘z fikri va maqsadini suhbatdoshiga
yetkazish uchun turli qo‘l harakatlari, qosh-qovoq o‘yini, lab holati kabilardan
foydalanadi. Bu o‘z navbatida gapning ta’sirchnligini ham ta’minlovchi
elementlardandir.
Dialoglarda turli majoziy ifodalardan ham keng foydalaniladi. Masalan, biror
kishining mehnatkashligini ifodalash uchun “chumoli” deyiladi, yoki nafsi o‘pqon
kishilarga nisbatan “bo‘ri”, ayyor kishilar–“tulki”, dangasalar –“kapalak”, o‘g’ri
yoki elga qo‘shilmaydigan kishilar –“boyo‘g’li”, kuchi ko‘p ammo biroz kalta
o‘ylovchi odamlarga nisbatan esa “ayiq” kabi majoliy ifodalar qo‘llaniladi.
Abdulla Qahhorning “Bemor”, “O‘g’ri” hikoyalarida, Said Ahmadning “Qoplon”
hikoyalarida majoiy ifodalardan juda ustalik bilan foydalanilgan.
Bundan tashqari, dialoglarda turli ma’no ko‘chishlari ham ishlatiladiki
ularning ba’zilariga to‘xtalmasak bo‘lmaydi. Metafora, metonimiya, sinekdoxa,
vazifadoshlik shular jumlasidandir.
Metafora so‘zi yunoncha so‘z bo‘lib, “ko‘chirma” ma’nosini bildiradi. Nisbiy
o‘xshashlikka ega bo‘lgan ikki narsadan birini ikkinchisining nomi bilan atash.
hodisasidir. Masalan:
Do'stlaringiz bilan baham: |