Davlat tilida ish yuritish



Download 1,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/135
Sana01.01.2022
Hajmi1,94 Mb.
#294372
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   135
Bog'liq
nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish

 
38-MAVZU: MATN TAHRIRI
 
Maqsad
: Matn tahriri nimalarni o‘z ichiga olishi haqida tushuncha berish. 
Matn tahririda til vositalariga e’tibor berish ko‘nikmasini shakllantirish.  
 
REJA:
 
1.
 
Matn qismlari haqida tushuncha. 
2.
 
Uslubiy jihatdan ta’sirchan vositalarni kiritish. 
3.
 
Ortiqcha so‘zlarni chiqarish, takrorlarni va gaplarni o‘zgartirish. 
4.
 
Fikrning boyligini ta’minlash.  
 
Tayanch  so‘z  va  iboralar: 
matn,  tahrir,  xatboshi,  abzats,  so‘z,  gap, 
mikromatn,  makromatn,  mazmun,  g’oya,  mavzu,  uslub,  ta’sirchan  vositalar, 
tasviriy vositalar,  bog’lovchi.  
 
Matn o‘z tuzilishgiga ko‘ra mikromatn, makromatn va abzatslardan tasgkil 
topadi.  
Har  qandayog’zaki  yoki  yozma  nutq  parchasi  makromatn  hisoblanadi.  Bir 
umumiy  mavzu  ostida  birlashgan  bir  necha  mikromatnlardan  tashkil  topuvchi 
yaxlit asarlarga makromatn deyiladi. Masalan: A.Qahhorning “Og’ri” hikoyasida 
ishtirok etgan barcha mikromatnlar “og’rilik” uumiy mavzu ostida birlashgan. Bir 
necha  gaplarning  o‘zaro  grammatik  va  mazmuniy  bog’lanishdan  tashkil  topgan, 
mazmuniy  yaxlitlikka  ega  bo‘lgan  qo‘shma  gaplarga  nisbatan  yirikroq  yozma 
og’zaki nutq parchasi mikromatn hisoblanadi. 
Biz  nutqimizda  yoki  ilmiy  adabiyotlarda  “Abzats”  atamasiga  ko‘p  bora 
duch  kelganmiz.  Lekin  uning  atama  sifatida  qaysi  tildan  olingani  qo‘llanish 
doirasi  haqida  ko‘pchiliginiz  yetarli  ma’lumotga  ega  emasmiz.  Aslida  bu  so‘z 
nemischa so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida atama sifatida uning “xat boshi”, “satr boshi” 
degan  variantlari  ham  qo‘llaniladi.  Ammo  ularning  atamalik  xususiyati  abzatsga 
nisbatan  kamroq. Shuning  uchun, abzats deyish  ma’qulroq  bo‘ladi. Chunki, “xat 
boshi” deyilgan har qanday xatning boshini tushunamiz. Vaholangki, abzats matn 
o‘rtasida, so‘nggida, umuman olganda matnning istalgan joyida  kelishi mumkin. 
Satr boshi deganda esa, biror satrning boshlangan joyi tushuniladi. Lekin u abzats 
atamasi bildirgan ma’noni to‘la qamrab olmaydi.  
Abzats ikki xil ma’noga ega. Birinchisi, satr boshidan uch harf miqdoricha 
joy  tashlab  yozish;  ikkinchisi  esa  ikkita  ana  shunday  joy  tashlab  yozilgan 
qatorlarning oralig’i, matn qismi, deganidir. Uning lekin uning o‘ziga xos vazifasi 
bor,  ya’ni  u  ma’lum  bir  fikr-mulohaza  oqimining  tugallanishini  anglatishi  va 
o‘ziga xos xulosa berishi lozim. Shunga ko‘ra, abzats bir so‘zdan, bir gapdan yoki 
bir necha  gaplardan  iborat bo‘lishi.  Masalan, dialogik  matn  ichida  abzats  ba’zan 
faqat ko‘p nuqtadan iborat bo‘ladi: “Qutidor kuldi va so‘radi: 
–  Toshkandda  ekan  chohgingizda  otangizning  taklifini  qabul  qilgan 
edingizmi? 
– Qabul qilg’an edim. 

 
Bizning  ruxsatimizni  olg’ali  Marg’ilong’a  ham  kelgan  edingiz, 
shundog’mi? 


 
150 

 
Shundog’… 

 
Barakalla, Marg’ilong’a kelib bu gandan aynadingiz-a? 

 
Aynadim… 

 
Endi Toshkandga Marg’ilondan aynab borasiz? 

 
… 

 
Mana 
ko‘rdingizmi, 
faqat 
bu 
ishda 
bizgina 
yomon 
otliq 
bo‘lamiz.”(O‘tkan kunlar. 150 bet.) 
Bu  yerda  abzats  Otabekning  sukunati  va  ilojsiz  qolganini  bildirmoqda. 
Ba’zan, abzatsbitta so‘z bilan ham ifodalanadi. Masalan, 
“U ilojsiz qolgandi. Tamomila ilojsiz. 
Aytdi. 
Kelishdilar… So‘ng xonadan chiqshdi.”(M.Mahmudov. Qora do‘lana.) 
Aksariyat,  hollarda  abzats  bitta  yoki  undan  ortiq  gaplardan  iborat  bo‘ladi. 
Buni  istagan  badiiy  asardan  bilib  olish  mumkin.  Lekin,  ba’zan  u  butun  boshli 
asarni ham qamrab olishi mumkin. Ammo bu juda kam uchraydi. 
Biz yuqorida abzatsning badiiy uslubdagi ko‘rinishlariga misollar keltirdik. 
Asalida  abzats  va  uning  ko‘rinishlari  barcha  uslublarga  xos.    Abzats  hajm 
hihatdan mikromatnga teng bo‘lishi ham mumkin. Aksariyat hollarda makromatn 
esa  bir  necha  abzastdan  iborat  bo‘ladi.  Demak,  matn  abzats,  mikromatn, 
makromatn kabi tarkibiy qismlardan tashkil topgan bo‘lib yirik sintaktik birlikdir. 
Matn  tahrirda  abzatsning  muhim  o‘rni  bor. Buni  matnni  o‘qib  chiqilganda 
bilanadi.  Ba’zi  abzatslar  matnning  asosiy  mazmun  yoki  g’oyasini  ochib  beradi. 
Matn  tahrir  jarayonida  ana  shu  abzatslarga  tegilmaydi.  Agar  ilojsiz  qolinganda, 
abzatsning asosiy fikri saqlab qolinadi.  
Matnning  eng  kichik  birligi  gap  hisoblanib,  ular  matn  tarkibida  ma’lum 
bog’lovchi vositalar yordamida bog’lanadi. Ular asosan quyidagilardan iborat:  
a)
 
bog’lovchilar: 
va,  shuninhg  uchun,  chunki,  ya’ni,  agar,  agarda, 
basharti,  agarchi,  hamda,  ammo,  biroq,  balki,  lekin,  faqat,  holbuki, 
vaholangki,  yo,  yoki,  yoxud,  goh…,  goh…,  dam…,  dam,  bir…  bir, 
ba’zan…, ba’zan, xoh…, xoh; -ki,-kim,-da,-u(yu), ham yuklamalari.
 
b)
 
Bog’lovchi  vazifasidagi  so‘zlar; 
bilan,  bordiyu,
 
deb,  ketsin  deb,  olsin 
deb, borsin deb;.
 
v) takroriy bo‘laklar: 
anafora, radif, misra o‘rtasidagi takror va boshqalar;
  
d)  olmoshlar: 
Men,  sen,  u,  biz,  siz,  ular,  o‘zi,  bu,  shu,  kim,  nima, 
allaqanday, allanima,
 va hakazo;   
e) sinonimlar va hakazo.  
Masalan
,    Aliyev  A.    a’lo  o‘qishi  va  odobi  bilan  litseyda  katta  hurmatga 
ega. U jamoat ishlarida faol qatnashadi. 
Matni  tarkibidagi  ikkinchi  kelgan  gap  boshida  kelgan 
u
  olmoshi  birinchi 
gap  tarkibida  kelgan  Aliyev  A.  o‘rnida  kelib,  ikkinchi  gapni  birinchi  gapga 
mazmunan  bog’lab  keladi.  Shuning  uchun  ham 
u
  olmoshi  matn  qismlarini 
bog’lochi,  ya’ni  matn  hosil  qiluvchi  vosita  sanaladi.  Mikromatnni  hosil  qilishda 
takrorlar  eng  muhim  vositadir,  chunki  u  ham  gaplarni  bog’lovchi  vosita 
hisoblanadi, ham uslubiy bo‘yoqdorlik hosil qiladi.   
E’tibor bering:  


 
151 
Olti oykim
, she’r yozmayman, yuragim zada, 
Olti oykim
, o‘zgalarga tilayman omad. 
Olti oykim
, do‘stlarim ham pana-panada 
Iste’dodim so‘nganidan qilar karomat. (A.Oripov) 
Mazkur  mikromatnda    
Olti  oykim 
so‘zi satr boshida  takrorlanib  anaforani 
hosil qilmoqda.                                                                
Takrorlar  gap  boshida,  o‘rtasida  va  oxirida  ham  qo‘llanishi  mumkin.  Bu 
ko‘proq she’riy asarlarda yaqqolroq ko‘rinadi:  
 
Alhazar, alhazar, ko‘pirar, tomirlarda qon
. (G’,Gulom.) 
Tong yaqin, tong, yaqin, oppoq tong yaqin
. (G’.G’ulom.) 
Matn  ustida  ishlashda  matnni  bog’lovchi  vositalardan  tashqari  unga  turli 
uslubiy  ta’sirchan  vositalarni  kiritish  maqsadga  ham  muvofiq  bo‘ladi.  Masalan, 
Bahor  keldi. Atrof gullarga burkandi.
  Mazkur  mikromatn  alohida  abzats  sifatida 
makromatnda  ishtirok  etadi.  Endi  unga  badiiy  uslub  jihatidan  ta’sirchan  bo‘lgan 
vositalar kiritsak, uning badiiy bo‘yoqdorligi yanada oshadi. 
 
Nihoyat,  orziqib  kutilgan  bahor  o‘zining  dillarni  yashartiruvchi  jozibasi 
bilan  kirib  keldi.  Atrofdagi  har  bir  o‘simlik,  maysa,  daraxtlar  turfa  gullarga 
burkandi.   
 
Matn parchasiga kirish so‘zi
 
(nihoyat), sifat(turfa, orziqib kutilgan, jozibasi 
bilan),  olmosh(o‘zining,  har  bir)lar  bilan  boyitilgan.  Kiritilgan  o‘zgarishlar 
matnning uslubiy ta’sirchanligi ta’minlaydi. 
 
Matn ustida ishlayotganda gaplarning mazmunan boyligini ta’minlash ham 
muhim  ahamiyatga  ega.  Rang-baranglik  yoki  hajm  uchun  kiritiladigan 
qo‘shimchalar matn tuzilishiga, mazmuniga putur yetkazadi. Shuning uchu har bir 
so‘zlar  va  uning  ma’noli  qismlarining  ma’no  qirralarini  yaxshilab  o‘ylab  so‘ng 
matnga  qo‘shilishi  yoki  olib  tashlanishi  mumkin.  Masalan, 
Uch-to‘rtta  odamlar 
shuni  o‘ylab  topishdi
.  Bu  yerda 
–lar 
qo‘shumchasi  noto‘g’ri  ishlatilgan. 
Mulla 
a’lam  tog’ti  odam  emas
.  Bu  gapda  esa  tinish  belgilari  noto‘g’ri  qo‘llanishi 
natijasida  mazmun  buzilgan.  Aslida, 
Mulla  a’lam,  tog’ti,  odam  emas.
  Bu  kabi 
tuzatishlar matn mazmunini boyitadi. Uning ta’sirchaligi ta’minlaydi.  
 
Bundan  tashqari,  nutq  jarayonida  tovushlarning  o‘zgarishi  so‘zlovchining 
yoki yozuvchining narsa-hodisalarga va tushunchalarga bo‘lgan munosabati ham 
ifodalaydi.  Bu  narsa  tovushlarning  orttirilishi,  tushub  qoldirilishi,  cho‘zilishi, 
o‘zgarishi, uyg’unlashishi kabilar asosida namoyon bo‘ladi.  
 
Jumladan,  tovushning  cho‘zilishi  ichki  hayajonni,  ta’kidni,  davomiylikni, 
hayronlikni, masofaninng uzoqlashganligi kabi ma’nolarni ifodalaydi. 
 
Kulsang, sanamo, nozli ko‘zing 
yuz
 etgay, 
Gul ikki yuzingda o‘zini 
og’oz
 etgay   
Gar g’uncha labingdin so‘z tilar ersa, sanam, 
Gul-gul ochilib, o‘zini 
pardoz
 etgay. 
Bu she’riy parchadagi birinchi o‘rinda (
sanamo)
 o tovushi ortirilmoqda va 
u  qahramoning  o‘ta  nozikligi,  sanamga  hurmati  balandligini  ifodalash  orqali 
she’rga  poetiklik  bermoqda. 
Yuz,  og’oz
  va 
pardoz
  so‘zlarida  u  va  o  tovushlari 
cho‘ziq  talaffuz  etiladi.  Bu  esa  matnga  musiqiylik  va  badiiy  ta’sirchalik 
bag’ishlamoqda. Shuningdek, mazmun boyligi ham oshirmoqda. 


 
152 
Qaro qoshing, qalam qoshing, qiyiq qayrilma qoshing qiz, 
Qilur qatlima qasd, qayrab qilich qotil qaroshung, qiz. 
Qafasda qalb qushin qiynab, qanot qoqmoqqa qo‘ymaysan, 
Qarab qo‘ygin qiyo, qalbimni qizdirsin quyoshing, qiz
.  (Erkin Vohidov). 
 
Bu satrlarda q tovushi uyg’unlashib, matnning badiiyatini oshirgan. Badiiy 
uslubdagi matnlarda bu hodisa ko‘p uchraydi: 
Orzularni orzulatdik orzularda, 
Orzularning orzusimas orzuyimiz. 
Orzulari orzulamas orzuzarda, 
Orzularning orzusimas orzuyimiz. 
Orzulari orzulagan orzularim, 
Orzumanda orzularim orzulating. 
Orzuyimda orzulatib orzularni, 
Orzudayin orzulating orzularim.
(Q.Yo‘lchiyev.) 
Matn  tahrir  jarayonida  berilgan  gaplarda  so‘z  qo‘llash  xatolari  mavjud. 
Muharrir  ana  sunday  holatlarga  jiddiy  e’tibor  berishi  shart.  Masalan, 
Ayrim 
paykallarni yot o‘tlar bosib ketgan, hatto ba’zi joylarda u  urug’lash darajasiga 
yetgan.  Fermerlar  yillik  davlat  rejalarini  bajardilar.  II-Farg’ona  ijtimoiy-
iqtisodiyot kollejida 700 nafar talaba o‘qiydi. 
 
Birinchi  gapda  “yot”  so‘zi  o‘rniga  “begona”,  “u”  olmoshi  o‘rniga  “ular” 
olmoshi;  Keyingi  gapda  esa
    “yillik”  so‘zi  ortiqcha.  Uchinchi  gapda  esa  raqam 
Farg’ona so‘zidan keyin qo‘yilsa gapning mantiqiyligi buzilmaydi. 
Umuman olganda, nutq so‘zlash, matn yozish va tahrir jarayonida adabiy til 
normalariga rioya qilish, ayniqsa,  talaffuz, leksik, morfologik, uslubiy talablarini 
buzmazlik yaxshi natija beradi.  Yuqoridagilarga amal qilinsa, matn to‘g’ri, aniq, 
ta’sirchan, mantiqiy va  tozaligini yo‘qotmaydi.  
  
  
 

Download 1,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish