39- MAVZU:
KOMPYUTERDA HUJJAT MATNI TAYYORLASH, TAHRIR
QILISH, O‘ZGARTIRISH VA YANGILASH
(Kompyuterda matn yozishda turli хil o‘lchov va ko‘rinishdagi shriftlardan
foydalanish)
153
Maqsad:
Kompyuterda hujjat matni tayyorlash va uning tahririda
nimalarga e`tibor berish ko‘nikmasini shakllantirish.
REJA:
1.
Hujjat yaratish.
2.
Hujjatlarning turli ko‘rinishi.
3.
Matn yozishda turli xil shriftlardan foydalanish.
4.
Hujjatlarni tahrir qilish.
Tayanch so‘z va iboralar:
kompyuterda nutqiy savodxonlik, kompyuter
tili, kursor, PANDA LatUZ yozuvi, AANTIQUA, portativ, shaxsiy kompyuter,
kompyuter xotirasi, matn tahriri, WORD(Windovsning amaliy dasturi), Меню,
Файл, Правка, Вид, Вставка, Формат, Сервис, Таблиtsа, Окно, Справка,
ko‘rsatkichli tugmalar, printer.
O‘tgan asrning 90-yillaridan boshlab kompyuter texnologiyalari hayotimizga
jadallik bilan kirib kela boshladi. Hozir barcha sohada kompyuterda ish yuritiladi.
Hatto
kishilar
o‘z shaxsiy, portativ(noutbuk) kompyuterlariga ega.
Kompyuterning ulkan qudratini anglagan hukumatimiz “Elektron savdolar
tashkillash”, “Axborot texnologiyalari uchun dastur va ma’lumotlar himoyasi”,
“Axborotlar to‘g’risi”da kabi qonunlar qabul qildi, Toshkent Axborot
texnologiyalari universiteti, viloyatlarda axborot texnologiyalari kollejlari tashkil
etildi. Umumta’lim maktablarida bu fanga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xo‘sh
shunday ekan, bugungi kompyuterda nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish
masalasi qanday bo‘ladi? Kompyuterda ishlayotgan barcha kishilarning ham
kompyuter nutqiy savodxonligi yoki ish yuritish malakasini yaxshi deb
bo‘lmaydi. Buning uchun shu kunda kompyuterda ishlovchi kishilarning nutq
madaniyatini shakllantirish, nutqiy savodxonligini oshirish, ularda rasmiy xatlar
tuzish, hujjatlar tayyorlash va ular ustida ishlash ko‘nikmasini o‘stirish lozim. Bu
ishni amalga oshirish uchun o‘quvchida kompyuter haqida boshlang’ich
ma’lumot bo‘lishi kerak.
Kompyuterda hujjat matni tayyorlash, uni tahrir qilish vazifasini biz misollar
yordamida bajarishga harakat qilamiz. Deylik, biz buyruq matnini tayyorlashimiz
kerak. Bu ishni kompyuterning WORD(Windovsning amaliy dasturi) tizimida
bajarish mumkin. WORD tizimi matnli hujjatlarni tuzish, ko‘zdan kechirish,
tahrir qilish, chop etish imkoniyatini beradigan murakkab tarmoqdir.
Yozishni boshlashdan oldin yangi sahifa(“qog’oz”) ochib olishimiz kerak.
Buning uchun “Пуск”ning programmalar bandidan dasturlar dispetcherining
“Microsoft Office” bo‘limi, uning ichidan esa “WORD” so‘zi topiladi. So‘ngra
sichqonchani uning ustiga olib kelib, chap tugmachani ikki marta bosiladi.
Shunda dastur joylashgan sahifa(“oq qog’oz”) ochiladi. Uning asosiy qismi oq
qog’ozdek toza, yuqori, pastki va yon tomonlarida dastur WORD menyulari va
unga tegishli muhit belgilari bo‘ladi. Менюda Файл, Правка, Вид, Вставка,
Формат, Сервис, Таблиtsа, Окно, Справка kabi qismlar bo‘ladi.
Ochilgan sahifaning chap tomoni yuqori qismida ko‘rsatkich-kursor(yonib-
o‘chib turadigan tayoqcha) ko‘zga tashlanadi. Ana shu kursor ruchka uchi
vazifani bajaradi.
154
Ana shundan keyin buyruq matnining tarkibiy qismlarini bilgan kishi nimalar
yozishni o‘ylab oladi. Odatda matnni klaviatura orqali kiritiladi. Dastlab
ko‘rsatkich-kursor ekranda kerakli joyga keltiriladi. Kiritilayotgan harflar
kursorning o‘rniga joylashadi.
Agar matnni kirill yozuvi yoki lotin yozuvida yozish kerak bo‘lsa, “Shift” va
“Alt” tugmachalarini bosib tegishli yozuvga o‘tish mumkin. Kursorning lotin
yoki kirill alifbosiga o‘tgani ekranning quyidagi ma’lumotnoma satrida
joylashgan qismida “русский” yoki “английский” degan yozuv chiqadi.
Ayrim klaviaturalarning drayverlari boshqa bo‘lgani uchun alifbolar “Пуск”
satrida joylashgan bo‘ladi. Buni satrdagi “En” (Английский) yoki “Ru”
(Русский) ko‘rsatkichlardan bilsa bo‘ladi. Agar sichqonchani mazkur
yozuvlardan biri turgan bandning ustiga olib borib, chap tomoni bosilsa, uning
ustida yozuvlar paneli ochiladi. Hamda u orqali tegishli alifboni tanlash mumkin.
Tegishli alifbo tanlangandan so‘ng, “Файл” bandidan “Параметры
страниtsы” buyrug’I topiladi va u orqali sahifaning tepa, past, chap va o‘ng
tomondan qancha joy tashlash lozimligi aniqlab olinadi. Bundan tashqari shu
buyruq katologida qog’ozning ko‘ndalang(альбомная) yoki uzunasiga (книжная)
qo‘yish hal qilib olinadi. Buyruq matni uzunasiga yoziladi.
Shundan so‘ng shrift tanlanadi. Shriftlar “Форматирование” buyrug’I
tarkibida bo‘ladi. Odatda bizning hududimizlarimizdagi kompyuterlar tili rus va
ingliz tiliga moslangan bo‘ladi. Endi uni o‘zbek tiliga moslash kerak bo‘ladi.
Aksariyat kompyuterlarda “Times New Roman” shrifti uchraydi. Ammo o‘zbek
tilida ish yuritish uchun kirill alifbosidagi yozuvimiz uchun “AANTIQUA”, lotin
yozuvidagi alifbomiz uchun “PANDA Lat UZ” shriftlari qulaydir. Bu shriftlar
mamlakatimizda keng tarqalgan. Mazkur shriftlar o‘zbek tilining asosiy imlo
qoidalari talablariga mos keladi.
So‘ngra matnni satrboshidan boshlab yoziladi. Buyruq matni amalada qanday
bo‘lsa, shunday yozilaveradi. Kompyuterga matn terayotganda imlo qoidalariga
qat’iy amal qilinadi. Agar birorta so‘z noto‘g’ri yozilsa, uning ostida qizil
chiziqcha paydo bo‘ladi. Bu holga e’tibor bermasdan yozaversangiz ekranda ilmo
xatolari ko‘payib ketdi degan ogohlantiruvchi yozuv chiqadi. Bu paytda siz matn
yozolmayzsiz. Shuning uchun yozuvning ostidagi “OK” nuqtasini bosish va
xatolarni tuzatish kerak. Shundan so’ngyozishda davom etish mumkin. Bir satr
tugasa, kursor avtomatik ravishda yangi qatorga o‘tadi.
Matndagi xato yozilgan harf, belgi yoki so‘zni olib tashlash uchun kursor
o‘sha xato belgining oldiga olib borib, klaviaturaning o‘ng tomondagi
tugmalaridan “Delete” tugmasini topib bosiladi. Natijada belgi o‘chadi. O‘rniga
zarur harfni qo‘shish uchun kerakli harfni bosish kifoya.
Agar matnni yangi xatboshidan boshlash lozim bo‘lsa, klaviaturadagi “Enter”
nuqtasini bir marta bosiladi. Shunda kursor sartboshiga o‘tadi.
Qatorni ikkiga bo‘lish uchun kursorni kerakli joyga olib kelinadi. Bu amal
o‘ng tomondagi to‘rtta – “
←
”, “
↑
”, “
→
”, “
↓
” belgilardan keraklisini bosish
orqali amalga oshiriladi. Kursor zarur joyga keltirilgach, “Enter” tugmasini bir
marta bosiladi. Qarabsizki, matn ikkiga ajraydi. Ikki qismni birlashtirish zarur
155
bo‘lsa, kursorni birinchi qatorning so‘ngiga keltirilib “Delete” tugmasini bosish
kifoya.
Odatda, oddiy rasmiy hujjatlar matni 14 kattalikdagi shriftda yoziladi. Ammo
yozish jarayonida ma’lum so‘z, gap yoki matnni kattalashtirish lozim bo‘lsa;
masalan, “Buyruq” so‘zini, buning uchun kursor so‘zning oldiga olib keltiriladi
va “Shift” hamda “
→
” ko‘rsatkichli tugmalar birga bosiladi. Natijada “Buyruq”
so‘zi qora muhitga o‘tadi. Shundan so‘ng, Menyu(Файл, Правка, Вид, Вставка,
Формат,
Сервис,
Таблиtsа,
Окно,
Справка)dan
keyin
turadigan
“Форматирование” buyrug’I joylashgan qatorga diqqat qilinsa, “8”, “10”, “14”,
“12” kabi raqamlardam biri uchraydi. Sichqonchaning ustiga olib borilsa,
“выбрать размер шрифта” degan yozuv paydo bo‘ladi. Raqamning oldida esa
pastga qaragan strelka bor. Uni bosilsa, shrift uchun belgilangan o‘lchovlar
chiqadi. O‘zingizga zarur raqam tanlab, sichqonchani olib borib, chap tomonini
bossangiz “buyruq” so‘zi kerakli o‘lchovga avtomatik tarzda o‘tadi. Bu amalni
butun boshli matn bilan amalga ham oshirish mumkin.
Agar so‘zni bosh harf bilan yozish talab qilinsa, ”Shift” hamda kerakli harfni
bosiladi. Masalan, “Shift” hamda “B” harfini. Tajribadan ma’lumki, yozma nutq
jarayonida butun boshli so‘z va gaplarni bosh harflar bilan yozish talab etilishi
mumkin. Buning uchun “Caps Lock”(odatda u “Shift”ning yuqori qismida
bo‘ladi.) tugmasi bosiladi. U bosilishi hamonoq klaviaturaning chap tomon yuqori
qismidagi chiroqlardan biri yonadi. Shundan so‘ng birinchi harfdan boshqa
barchasi bosh harf bilan yoziladi. Masalan, “KADRLAR SHAXSIY
TARKIBIGA OID BUYRUQ” kabi.
Matnning satrlari orasidagi oraliq(interval) odatda 1,0 o‘lchovda bo‘ladi.
Ammo qayta ishlanishi, tahrir qilinishi lozim matnlar orasi 1,5; 2 intervallarda
ham yozib chop etish mumkin. Buning uchun kursorni kerakli qatorga olib borib
qo‘yiladi. Keyin “Форматирование” buyrug’i joylashgan qatordan “↕
=”(Междустрочний интервал) “qator oralig’i” degan badnni topib, kerakli
intervalga sichqonchani olib borib, chap tugmani bossangiz qatorlarning oraliq
masofasi o‘zgaradi.
Matn kompyuter xotirasiga kiritilgandan so‘ng, uni bosmaga eng qulay va
chiroyli tartibda, hujjatning mazmunini to‘la ochib bera oladigan ko‘rinishda
tayyorlash zarur bo‘ladi. Bu vazifani “Формат” bo‘limi bajaradi. Unda matnni
tekshirish, so‘z boshi, hoshiya, formatlash, matnni chegaralash va ranglash;
yozilish usuluni tanlash; shrift tanlash kabi vazifalar bajariladi. Lozim paytlarda
xatboshilar ajrab turishi uchun raqamlar, maxsus belgilar bilan ajratib qo‘ya oladi.
Hatto yozuv rangini ham o‘zgartirish mumkin. Ba’zi hollarda matnlatni
ustunlarga ajratib ko‘rsatadi. Bu usul ayniqsa, gazeta, jurnal, bukletlar
tayyorlashda qulaydir.
Matn yozib bo‘lingach hujjatni tahrir qilish, mavjud kamchiliklarini bartaraf
etish shart bo‘ladi. Buning uchun Сервис bo‘limiga kiriladi. U yerda Grammatik
va stilistik xatolarni tuzatish, hujjatlar tilini belgilash, statiktik ma’lumotlar,
faylning qisqacha mazmuni ifodalash, o‘zgartirish va solishtirish, hujjatni
himoyalsh kabilarni bajarish mumkin. Yoki bu ishni kursorni matn boshlangan
156
joyga olib borib, matnni boshdan oxirigacha o‘zining ekranda turgan joyida o‘qib
chiqshingiz mumkin.
Nihoyat tayyor bo‘lgan matnni so‘nggi marta ko‘rib olinadi va printerga chop
etish uchun yuborish mumkin. Buning uchun “Ctrl” va “P” tugmalarini birgalikda
bosiladi. Undan so‘ng Печать tablosi ochiladi va kerakli satr raqamlari qo‘yiladi
va “OK” komandasini berib buyruq matnini chop etish mumkin.
Biz yuqorida WORD tizimi va ularning ishiga ko‘proq to‘xtalishga va shu
orqali hujjatlar bilan ishlashga e’tibor qaratdik. Aslida WORDda ishlaydigan
kompyuterda buyruq matnni tayyorlash uchun buyruq teriladi va xatolari
tekshirladi hamda chop etilishi mumkin.
Ish jarayonida WORD tizimida tayyorlanayotgan matn uchun jadval
kerak bo‘lsa, menyudagi Таблиtsа bandiga kirib kerakli hajmdagi jadval kiritish
mumkin. Ammo murakkab ko‘rinishli statistik, moliyaviy va iqtisodiy jadvallar
EXCEL amaliy dasturida bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |