142
H.Umurovning “Adabiyot nazariyasi” (T., Sharq. 2002) darsligining
A N N O T A T S I Y A S I:
Respublika
universitetlarining
O‘zbek
1filologiyasi
yo‘nalish(fakultetlar)ida “Adabiyot nazariyasi” bakalavriyatning 4-kursida
o‘rganiladi. Unda adabiyot, badiiy asar, ijodiy jarayonning muhim qonuniyatlari,
adabiy tur va janr, ijodiy metod va uslub muammolarining mohiyati, so‘z va
so‘zshunoslikning sehru jozibasi haqida zarur nazariy ta’limot beriladi.
Ushbu darslik oliy o‘quv yurtlarining filolog talaba-bakalavrlari,
magistrlari, tadqiqotchilari, aspirantlari, doktarantlari va adabiyotga qiziquvchi
barcha ijodkorlarga mo‘ljallangan.
Mazkur annotatsiyada darslikning qisqacha mazmuni, ahamiyati, kimlarga
mo‘ljallab yozilgani o‘z ifodasini topgan.
Taqriz
. Nutqiy faoliyatda retsenziya deb ataladigan muhim hujjat ham
mavjud. “Retsenziya” atamasi lotincha bo‘lib, ko‘zdan kechirish, ko‘rib chiqish,
tekshirish, degan ma’nolarni bildiradi. U taqriz deb ham ataladi.
Taqriz deganda, ilmiy yoki san’at(badiiy, kino, teatr, haykaltaroshlik kabi)
asarlarni tanqidiy nuqtai nazardan tekshirib tahlil qilingan ilmiy maqola
tushuniladi.
U bitiruv-malakaviy, nomzodlik, doktorlik ishlariga, o‘quv qo‘llanmalari,
darslik kabi nashrlarga yoziladi. Taqrizda himoya yoki nashrga tavsiya
etilayotgan ishga atroflicha, batafsil munosabat bildiriladi. Uning ijobiy va salbiy
tomonlari xolisona ko‘rsatilib o‘tiladi, himoyaga yoki nashrga tavsiya etilish-
etilmaslik haqidagi munosabat aniq bayon etiladi.
Dissertatsion ishlarga himoyasini o‘tkazuvchi ixtisoslashgan kengash yoki
asarni bosib chiqaruvchi nashriyot bu kabi taqzirlarda aytilgan fikr-mulohazalarni
umumlashtirib, o‘z xulosalarini chiqaradi. Taqrizning tarkibiy qismi a) sarlavha;
b) matn; va v) imzodan iborat.
Sarlavhada taqriz kimning, qanday dissertatsion ishi yoki nashrga tavsiya
etilayotgan asari haqida ekanligi yoziladi. So‘ngra hujjat nomi(taqriz) katta
harflari bilan yangi qatorga yoziladi. Keyin asosiy matn yoziladi. U ham kirish
asosiy qism va xulosadan tashkil topgan bo‘ladi. Kirishda asar mavzusida o‘rtaga
qo‘yilgan masalaning dolzarblik darajasi, o‘rganilganligi ko‘rsatiladi. Asosiy
qismda muallif masalaga qanchalik yondoshganligi haqida gapiriladi. Matndagi
asosiy g’oya qaysi taniqli kishining qaysi fikri bilan mos kelishi, sitatlar keltirib
isbotlanadi. Sitatalar qo‘shtirnoq ichida beriladi. Olinma maxsus raqam bilan
belgilanib, sahifa oxirida shu raqam tartibida qaysi olimning, qaysi asarining,
qaysi sahifasidan olinganligi ko‘rsatiladi. Jumladan, internet, elektronpochta,
elektron darslik, multimediyalarning ham.
Xulosada taqriz yozuvchining ishga bergan bahosi, nashrga yoki himoyaga
tavsiyasi aniq ko‘rsatiladi. Matndan so‘ng taqriz yozgan kishining lavozimi, ilmiy
darajasi va unvoni, ismi, familiyasi, imzosi hamda yozilgan sana ko‘rsatiladi.
Imzo kadrlar bo‘limi tomonidan tasdiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: