Taynch so‘z va iboralar:
annotatsiya, titul varag’i, taqriz, annotatsiya,
rezyume, g’oyaviy mazmun.
Ish yuritish amaliyotida turli yangi adabiyot, ilmiy-tadqiqot natijasi, o‘quv
qo‘llanmasi, monografiyalar, mahsulotlar, tovar, xizmat, dori-darmonlar va shu
kabilarni kishilarga taqdim qilish maqsadida tegishli soha vakillari tomonidan
ularning yutuq va kamchiliklari, afzalliklari, qulayliklari asos, dalil, xulosa, isbot
yoki hayotiy faktlar bilan ochib beriladi. Bunday matnlar xolislik bilan yozilishi
va real bahosini olishi zarur. Bu kabi matnlar ta’rif-mulohaza, munosabat
tarzidagi matnlar turkumiga kiradi. Ular orasidan taqriz, annotatsiya, rezyume
kabilar ish yuritishda ancha faol qo‘llaniladi.
“Annotatsiya” so‘zi lotincha so‘z bo‘lib, “eslatma”, “izoh”, “qayd etmoq”,
“belgi qo‘ymoq” ma’nolarini anglatadi. Atama sifatida esa qisqa tushunturish,
ko‘rsatib o‘tish, tarkibi, mazmuni, ahamiyati, kimlar qaysi hollarda
foydalanishlari mumkinligi, kimlar uchun ekanligi haqidagi kichik matn
tushuniladi.
Har qanday adabiyotning titul varag’ining orqasida(ko‘p hollarda quyiroqda
bo‘ladi) mazkur asarning qisqacha mazmuni, g’oyaviy yo‘nalishi, qaysi
yoshdagilarga
mo‘ljallanganligi
qayd
etiladi.
Masalan,
G’.G’ulomning
TANLANGAN ASARLAR(G’afur G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy
uyi. Toshkent. 2003) to‘plami titul varag’i orqasida “
Akademik shoir, o‘zbek
adabiyoit ravnaqiga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan G’afur G`ulom ijodi
o‘zbek kitobxonlarining bir necha avlodini tarbiyalashga xizmat qilgan. Shoir
tavalludining 100 yilligi munosabati bilan nashr etilgan ushbu kitobga jamlangan
asarlar o‘zining g’oyaviy ruhi bilan mustaqillikni qo‘lga kiritgan xalqimizning
komil insonlarni voyaga yetkazish yo‘lidagi kurashida kamarbasta bo‘lishiga
ishonamiz
”, degan annotatsiya bor.
Shuni aytib o‘tish kerakki, aksariyat adabiyotlarda annotasiyalar 2-betda
bo‘ladi. Tituldan oldin muallifning fotosurati berilgan adabiyotlarda esa 4-
sahifadan o‘rin olgan bo‘ladi.
Bundan tashqari annotatsiyalar yangi dori-darmon mahsulotlariga ham
yoziladi. Masalan:
“
SIPRODED– 250(500)–10 ta tabletka, har biri 250(500) mgdan iborat.
Keng ta’sir doirasiga ega antibakterial vosita. Nafas yo‘llari infeksiyasi, qorin
bo‘shlig’I, bo‘g’imlar, suyak va teri yallig’lanishi, ko‘rish organlari
yallig’lanishi va infeksion kasalliklarida keng qo‘llaniladi.
”(“Sihat-salomatlik”.
2-son. 2005 yil.)
Annotatsiya aholida nashr hisoblangan o‘quv qo‘llanma, darslik va
monogirafiyalarga ham yozilishi mumkin. Bunda uning hajmi nisbatan kattaroq
bo‘ladi. Lekin bir betdan oshmaydi. Shuningdek, u rasmiy xat matni sifatida
sarlavha, matn shakliga ega bo‘ladi. Matnni yozgan kishining muallifi
ko‘rsatilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |