Protest namunasi
Tuman hokimining 2010- yil 21-noyabrdagi
126- qaroriga tuman prokurorning
P R O T E S T I
O‘zbekiston Respublikasi “Prokurorlik faoliyati tog’risida”gi qonunning 12-
moddasiga binoan, tuman hokimining 2010- yil 21-noyabrdagi 126- qarorining 2-
bandida “Fuqarolik” kodeksining 152-moddasi buzilgan deb hisoblayman va
mazkur qaror bandiga norozilik bildiraman.
Tuman prokurori:
N. Rayimqulov.
2010- yil 4-dekabr.
Protestlar sud hukmiga qarshi sudga, veksel va aksiya uchun beriladigan
foydalarni o‘z vaqtida to‘lanmasa, moliyaviy tashkilotlarga berilishi mumkin.
Qonun matnlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlariga
sharhlar yozilishi mumkin. Oliy Majlisining Ta’lim, fan, madaniyat va sport
qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili tog’risada”gi qonunini har bir
bandiga rasmiy sharh yozib, uni asosiy matn bilan birga muhokama uchun taqdim
etadi:
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g’risida”gi qonuniga
SHARH
Hozirda amal qilinayotgan qonun yangi tahrirdagi variantdir. Unda 24 modda
bor. Qonunning 1-moddasi “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek
tilidir” degan tarixiy maqsad bilan boshlanadi.
Mazkur moddadan kelib chiqadigan maqsad O‘zbekistonning har bir fuqarosi
o‘zbek tilida yozish, o‘qishni, ish yuritishni bilishi shartligidir. Bu vazifalarni
bajarish maqsadida respublikamizning barcha maktablarida, u xoh o‘zbek tilida
139
ta’lim beruvchi, xoh rus, qozoq, qirg’iz, tojik bo‘lsin o‘zbek tili fani kiritildi va
uning dasturini o‘zlashtirish barcha o‘quvchular uchun majbur etib belgilandi.
2-modda. O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi respublika hududida
yashovchi millat va elatlarning o‘z ona tilisini qo‘llashdan iborat konstitutsiyaviy
huquqlariga monelik qilmaydi.
Avvalo, o‘zbek tilidan boshqa tilda so‘zlashuvchi kishilarning o‘z ona tillarini
o‘rganishga qarshilik qilinmasligi, o‘zbek tilida so‘zlashishga majbur
qilinmasligi belgilanadi.
Qonunning 3- moddasi quyidagichadir. O‘zbek tilining O‘zbekiston
Respublikasi huhudida davlat tili sifatida amal qilishning huquqiy asoslari ushbu
qonun va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Ushbu Qonun tillarning turmushda, shaxslararo muomalasida hamda diniy va
ibodat bilan bog’liq udumlarni ado etishda qo‘llanishini tartibga solmaydi.
Fuqarolar millatlararo muomala tilini o‘z xohishlariga ko‘ra tanlash
huquiqga egadirlar.
Ana shu modda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan moddalardan biri sanalib,
unda uchta tamoiyl belgilanadi.
1. Davlat tilining huquqiy asoslari ko‘rsatilgan. Bular mazkur qonun va u
asosidagi boshqa yuridik hujjatlar, Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasi,
viloyat, shahar va tuman hokimlari qarortlari, turli darajadagi vazirliklar,
boshqarmalar, idoralar, tashkilotlar farmoyish va buyruqlari davlat tilida ish
tashkil etishga asos bo‘lishi mumkin. Lekin shuni unutmaslik kerakki, mazkur
qonun birinchi galdagi asosdir.
2. Shaxsga shaxsiy muomalada (ish yuritishda emas)tilini tanlash huquqini
o‘zi tanlash imkonini beradi.
3. Turli diniy marosimlar o‘sha dinniy talabi bo‘yicha zarur bo‘lgan tilda olib
boriladi.
Yuqoridagi tamoiyillar mazkur qonunning adolatli tamoiyil asosiga
qurilganiga dalil bo‘ladi.
Qonundagi barcha moddalar ham o‘ziga xos maqsadda tashkillangan,
ularning ijtimoiy hayotdagi qadri cheksizdir. Ammo, ular orasidagi 7, 8 -
moddalarining ahamiyatiga toxtalmasdan iloj yo‘q.
7-modda. Davlat tili rasmiy amal qiladigan doiralarda o‘zbek tilining
amaldagi ilmiy qoidalari va normalariga rioya etiladi.
Davlat o‘zbek tilining boyitilishi va takomillashtirilishini ta’minlaydi, shu
jumladan, unga hamma e’torof qilgan ilmiy-tenikaviy va ijtimoiy atamalarni joriy
etish hisobiga ta’minlaydi. Yangi ilmiy asoslangan atamalar jamoatchilik
muhokamasidan so‘ng va Oliy Yig’ilishning tegishli qo‘mitasining roziligi bilan
o‘zbek tiliga joriy etiladi.
Mazkur moddada mamlakatimizning barcha hududlarida faoliyat ko‘rsatuvchi
yuridik va jismoniy shaxslar o‘zbek tilining adabiy normalariga rioya qilishlari
shartligi vazifa qilib belgilangan. Shundan kelib chiqib, barchamiz davlat tili
talablarini bilishimiz va unga zarur hollarda amal qilishimiz kerak.
Shuningdek, moddada Oliy Yig’ilishning Atamalar qo‘mitasining ish faoliyati
ko‘rsatib o‘tilgan.
140
8- modda. O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, davlat hokimiyati va
boshqaruv organlarining boshqa hujjatlari davlat tilida qabul qilinadi va e’lon
etiladi. Bu hujjatlarning tarjimalari zarur hollarda boshqa tillarda ham e’lon
qilinadi.
Mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining hujjatlari davlat tilida qabul
qilinadi va e’lon etiladi. Muayyan millat vakillari zich yashaydigan joylarda
mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining hujjatlari davlat tilida va mazkur
millat tilida e’lon qilinadi.
Bu
modda
ham
katta
ijtimoiy-siyosiy
ahamiyatga
ega
bo‘lgan
moddalardandir. Unda qat’iy ravishda davlat tilida qonunlar va boshqa hujjatlar
tayyorlanishi ko‘rsatilgan. Bu bizga ham tegishli. Misol uchun, xususiy korxona
ochmoqchimiz, uning nizomi, bayyonnoma, buyruq va muhrlari albatta o‘zbek
tilida bo‘lishi kerak. ...
1993 - yil. ________.
Do'stlaringiz bilan baham: |