7.Mavzu: Shaxsning bilish jarayonlaridan
sezgi tushunchasi
Reja:
1.
Sezgi to`g`risida umumiy tushuncha.
2.
Psixologiya fanida sezgi nazariyalari.
3.
Sezgining neyrofiziologik asoslari.
4.
Sezgi turlarining psixologik tavsifi.
Jahon psixologiyasi fanida to`plangan ma’lumotlarning ko`rsatishicha,
sezish oddiy psixik bilish jarayoni hisoblanib, moddiy qo`zg`atuvchilarning
muayyan retseptorlarga bevosita ta’sir etishi orqali real olamdagi narsa va
xodisalarning ayrim xususiyatlarini va shuning bilan birga, inson organizmining
(uning a’zolarining) ichki holatlarini aks ettirishdan iborat bilishning dastlabki
bosqichidir. Sezgi biosfera va neosferada harakatlanuvchi jamiki narsalarning,
xoh mikro, xoh makro tuzilishidan qat’i nazar, sszgi organlariga ta’sir qilish
mahsulasining sodda obrazlar, timsolla-rning ayrim tarkibiy xususiyatlar
tariqasida aks etishidir. Inson atrof-muhitdagi moddalar shaklini, harakatlar
ko`rinishini, ularning xossalarini o`ziga xos xususiyatlarini sezgi organlari
yordamida, sezgilar orqali biladi, xolos.
Sezgilar moddiy (ob’ektiv) borliqning, vokelikning haqqoniy tasvirini
in’ikos qiladi, binobarin, moddiy olam qanday ko`rinishga, shaklga, xususiyatga
ega bo`lsa, ular xuddi shundayligicha hech o`zgarishsiz, aynan aks ettirish
imkoniyatiga egadir.
Psixologiyada sezgilarning fiziologik asosini va mexanizmlarini
qo`zg`atuvchining o`shga mutlaq mos bo`lgan analizatorlar ta’siri natijasida
yuzaga keluvchi nerv jarayoni, uning tizimi, tuzilishi tashkil qiladi. Fiziologlar va
psixologlarning ta’limotlariga ko`ra, analizator uch o`zaro uzviy uyg`unlikka
ega bo`lgan tarkibiy qismlardan iboratdir. Sodda qilib talqin qilinganda
mazkur tarkiblar quyidagi ketma-ketlikdagi tuzilishdir:
1) tashqi kuch-quvvatni nerv jarayoniga aylantirib beruvchi periferiya
qismdan, ya’ni retseptordan;
2)
analizatorlarning periferiya qismini markaziy qism bilan bo¨lovchi afferent
ya
ь
ni markazga intiluvchi asab tolasi.
3)
periferiya qismlaridan ksluvchi nerv impul
ь
slari qayta ishlanuvchi
analizatorlarning miya po`stidagi qismlaridan iboratdir.
Boshqacha so`z bilan aytganda, periferik nervlarning uchlari (ko`z, kuloq,
teri, burun kabilar), ta’sirotni eltuvchi (afferent), javob qaytaruvchi (efferent) nerv
tolalari, analizatorlarning orqa va bosh miya markazlari analizatorini tashkil
qiladi.
Jahon psixologiyasi fanining so`nggi yutuqlari hamda atamalariga binoan
sezgilar quyidagicha klassifikatsiya qilinadi:
1) tashqi muhitdagi narsa va hodisalarning xususiyatlarini aks ettirishga
moslashgan hamda retsetorlarga tananing sirtqi qismiga joylashgan sezgilar,
62
ya’ni eksterioretseptiv sezgilar;
2) ichki tana a’zolari holatlarini in’ikos etuvchi hamda retseptorlari ichki tana
a’zolarida, to`qimalarida joylashgan sezgilar, ya
ь
ni interorstssptiv sszgilar;
3) tanamiz va gavdamizning holati hamda harakatlari haqida ma
ь
lumot
beruvchi, muskullarda, bog`lovchi paylarda, mushaklarda joylashgan sezgilar,
ya
ь
ni proprioretseptiv sezgilar.
Birinchi turkum sezgilarni ko`rish, eshitish, hidlash, teri-tuyush, ta’m-maza,
kabi turlar tashkil qiladi.
Ko`rish sezgilari bosh miya po`stining orqa bo`lagiga joylashgan bo`ladi.
Eshitish sezgilari miya po`stini tepa burmasining qismdan joy egallagandir. Teri-
tuyush, harakat sezgilari miya po`stini markaziy burmasining orqa qismidan o`rin
olgandir. Ixtiyorsiz sezgilar insonda juda erta uyg`onadi, shuning bilan birga
ularniig ifodalanishi o`ziga xos shakllarga egadir. Chunonchi, ular "oldindan his
qilish" tariqasida paydo bo`lib, hatgo inson ularni ta’riflab berish imkoniyatiga
qodir emas, ko`pincha ushbu kechinmalar tush ko`rishda qaysidir kasallik huruj
qilayotganligidan darak beruvchanlik vazifasini o`taydi, xolos.
Ular insonning kayfiyatida, emotsional reaktsiyalari o`zgari-shida ko`zga
tashlapadi, bolada esa xatti-harakatning keskin o`zgarishiga sabab bo`ladi.
Chunki, bola o`z tana a’zolaridagi ichki holatlarning o`zgarishini anglash,
sezish, his qilish ukuviga ega emas, xuddi shu tufayli undagi xatti-harakatning
umumiy o`zgarishi belgilaridan buni sezish mumkin.
Interoretseptiv sezgilarning ob’ektiv ahamiyati juda yuqori, chunki ular
ichki jarayonlarni o`zaro o`rin almashtirish balansini ta’minlab turishning asosi
hisoblanadi. Boshqacha so`z bshtan aytganda, ular organizmlardagi jarayonlarni
o`zaro o`rin almashib turishidir. Ichdan paydo bo`ladigan signallar xatti-
harakatni vujudga keltiradi, stress, zo`riqish, affekt holatlarini yo`kotish, tug`ilib
kelayotgan mayllarni esa qoniqtirishga yo`naltirilgan bo`ladi.
Proprioretseptiv sezgilar tana va gavdaning fazodagi holati to`g`risida
signallar bilan ta’minlab turadi. Ular inson harakatiiing regulyatorini va
afferent asosini tashkil qiladilar.
Periferik retseptorlar muskullarda, paylarda va bo`gimlarda joylashgan
bo`lib, maxsus tanachayaari shakliga egadirlar.
Psixologik ma’lumotlarga ko`ra, gavdaning fazodagi holati sezgirlik
statik sezgilarda o`z ifodasini topadi. Uning markazi ichki quloq kanallarida
joylashgan bo`lib, o`zaro bir-biriga perpen-dikulyar bo`shliqda tutash holatda
yotadi. Tashqi olam xususiyatlari to`g`risidagi va shaxsning o`z gavdasini tuta
bilish yuzasidan bilimlar, ma’lumotlar, xabarlar va ta’surotlar manbai - bu
sezgilar bo`lib hisoblanadi. Shuning uchun sezgilar inson organizmiga, ya’ni
uning tana a’zolariga tushadigan axborotlarning asosiy kanali sanalib, ular tashqi
dunyo hamda ichki tana a’zolari to`g`risidagi xabarni bosh miya katta yarim
sharlari va bosh miyaning tarkiblariga yetkazib turadi, xuddi shu boisdan inson
o`zini qurshab turgan makro muhitni orientirlash imkoniyatiga egadir. Agarda
mazkur kanallar berk bo`lib qolgan taqdirda sezgi organlari
Zarur axboratlar bilan ta’minlamaydi,
Binobarin. ongni xukm surish imkoniyati o`z-o`zidan yo`qoladi.
63
Psixologiya fanida shunday ilmiy dalillar mavjudki, mabodo inson
axborotlarning shaxobchasidai mahrum bo`lsa, u holda u uyqu holatiga
sho`ng`iydi. Masalan, tasodifan teri-tuyush sezgilari patoio1 iyaga uchrasa, unda
odam (ko`pincha vaqtincha, muvaqqat) ko`rish, eshitish, hid sezishdan mahrum
bo`lishi mumkin Mabodo axborotlar tuzatish shaxobchasi ilk bolshgak yoshi
davrida buzilsa, kar yoki ko`r bo`lib" qolsa, u takdirda uning aqliy rivojlapishida
keskin to`xtalish (vaqtincha orqada qolish) yuzaga keladi. Agarda bola maxsus
usul yoki uslubga o`rgatilsa tabiiy ravipgda mavjud kamchiliklarning o`rnini
to`ldirib bo`lmaydi.
Sezgini bunday tarzda tushuntirilishiga nisbatan har xil munosabatlar
psixologiya tarixida mavjud bo`lib ularning hsch qaysisi asosiy manba ekanltiga
shubha bilan qarashga moyildirlar. Hozir ularning ayrimlariga qisqacha
to`xtalib o`tamiz va haqiqiy mohiyatini ochib berishga intilamiz.
Nemis faylasufi Xristian Vol
ь
f "Ratsional psixologiya" (1732 yil) va
"Empirik psixologiya" (1734 yil) kitoblarida: ongning ichki holati, aqliy fikr
yuritishga qobiliyatlilik tabiiy moddiy asos zamiridan kelib chiqib, tashqi
olamdan kelib tushadigan axbo-rotlar shaxobchasiga, ya’ni sezgi kanaliga, hech
kanday bogliq emas deb |ushuntirishga harakat qildi. Sezgilarga mana bunday
yondashish nazariyotchisi "fanga ratsionalizm" tushunchasi bilan birga kirib
keldi. X. Vol
ь
f va uning tarafdorlari psixik jarayonlar (sezgi, idrok, xotira va
boshqalar) murakkab ijtimoiy - tarixiy taraqqiyot mahsuli emas, degan
g`oyani ilgari surdilar. Shuning bilan birga "'Ong", "Aql" tarixiy evolyutsiya
natijasi emas deb, inson psixikasiga o`zgacha yondashib, uni izohlab berish
mushkul bo`lgan "birlamchi" xususiyat ekanligini tushuntirishga intildilar.
Mazkur nazariyaga asoslangan psixolotlar insonning sezgilari uning tashqi
olam bilan bog`lab turuvchi birdan-bir shaxobcha ekanligini inkor qiliiiacha borib
yetdilar va voqelikni mana bunday tarzda izoxdashga harakat kildilar: go`yoki
sezgilar insonni tashqi olamdan ajragib turadilar, ular atrof-muhit o`rtasidagi
bartaraf qilib bo`lmaydigan devor hisoblanadilar.
Shunday qilib, yuqoridagi mulohazalarga ko`ra, elementlar faol
reflektor jarayoni, shuningdek, murakkab faol retseptor, faoliyat jarayoni
(paypaslash, suratga tikilish kabilar) mavjud bo`lib, sezgilarning vujudga
kelishiii ta’minlab turadi. Psixologik ma’lumotlarning tahliliga ko`ra, faol
harakatning har qaysisi sezgining reflektor nazariyasidan iboratdir.
Sezgilar o`zlariga adekvat bo`lgan qo`zg`atuvchilarni aks ettirish
shakllaridan biri hisoblanmish bilish jarayonlaridir. Ko`rish sezgisining
adekvat ko`zg`aguvchisi havo to`lqinm uzunligi 380 dan millimikron
diapazondagi elektromagnit nurlanishidan, iboratdir. Bu elektromagnit
nurlanishlar ko`rish analizatorlarida ko`rish sezgisini vujudga keltiruvchi nerv
jarayoniga aylanadi. Taktil sezgilari msxanik qo`zg`atuvchilarning teri yuzasida
ta’siri natijasida hosil bo`ladi. Boshqa turdagi sezgilar ham o`zlarining maxsus
qo`zg`atuvchilariga egadirlar. Lekin sezgilarning turli ko`rinishlari faqat
o`zlarining maxsusligi bilangina emas, balki ular uchun umumin xususiyatlari
bilan ham tavsiflanadilar. Sezgilarning ana shu xususiyatlariga - sifatlari,
jadalligi, davomiyligi va fazoviy lokalizatsiyasi kiradi.
64
Sifat mazkur sezgining asosiy xususiyati bo`lib, uni boshqa sezgi turlaridan
farqlaydi va ayni shu sezgi turi chegarasini o`zgartiradi. Masalan, eshitish
sezgilari tovushning balandligi, tsmnti, qattiyligi bilan tafovutlanadi, ko`rish
sezgilari esa ranglarning quyuqligi, jilosi, tovlanishi, toni va boshqa shu kabilar
bilan farqlanadi. Sezgilarniig sifat jihatidan ko`p turliligi materiya harakati
shakllarining turli-tumanliligi aks ettirishidir.
Sezgilarning jadalligi ularning mikdoriy tavsifidan iborat bo`lib, ta’sir
qilayotgan qo`zg`atuvchining kuchi va retseptorning funktsional holati bilan
belgilanadi.
Sezgilarning davomiyligi ularning vaqtinchalik tasviflanishidan iboratdir.
Sezgilarning davomiyligi ham sezgi a’zolarining funktsional holati bilan,
shuningdek, qo`zg`atuvchining ta’sir qilish vaqti hamda jadalligi bilan o`lchanadi.
Qo`zg`atuvchi sezgi asosida ta’sir qilishi bilai darhol sezgi hosil bo`lmaydi,
balki u bir qancha daqiqadan keyin vujudga keladi. Dia shu qisqa vaqt sezgining
latent (yashirin) davri deb ataladi Latent daori sezgi turlari uchun har xil fursatda
kechadi.
Psixologiyada ko`zning to`r pardasida rangni sezadigan uch xil xususiyatli
element bor dsb taxmin qilinadi. Qo`zg`alish jarayoni hosil bo`lganda, ular
toliqadilar va sezgirliklari ancha kamayadi. Qizil rangga qarab turganimizda
ko`z to`r pardasidagi qizil rangni qabul qiluvchi element boshqalarga nisbatan
ortiqroq toliqadi, shuning uchun ko`z to`r pardasining xuddi shu joyiga qizil
rangdan so`ng oq rang ta’sir etaditan bo`lsa, qolgan ikkita qabul qiluvchi elsment
ortiqroq sezgirlikka ega bo`ladi va biz ko`z karshimizda ko`kish yashil rangni
ko`ramiz.
Eshitish sezgilari ham ketma-ket obrazlarga ega bo`lishi mumkin. Chunki
quloqni bitiradigan qattiq ovoz yoki tovush bilan birga yuzaga keladigan noxush
sezgi, ya’ni bu "quloq"ning shang`illashidir. Eshitish analizatoriga bir necha
sekund davomida ta’sir etadigan bir qator qisqa tovush impul
ь
slaridan so`ng
ular tutash holda yoki bir oz pasaytirilgan tarzda idrok kilina boshlaydi. Agar bu
tovushlarning ta’sirini modellashgtirish mumkin bo`lganda edi, ana shunday
hodisani kuzatish imkoni larzaga kelardi. Bu hodisa tovush im-pul
ь
sining ta
ь
siri
to`xtaganidan keyin uchraydi hamda tovushning impul
ь
si jadalligi va
davomiyligiga bog`liq ravishda bir necha sekund mobaynida davom etishi
mumkin.
•
terilarni ham vujudga keltirishga qodir: qon tomirlarining torayish.
•
teri-gal
ь
vanik refleks (teri elektr karshiligining kamayishi.
•
miyaning elektr aktivligi chastotasining o`zgarishi (al
ь
fa, ritmida
pressiyasi holati) qo`zg`atuvchiga qarab ko`zning yo`nalishi, bo`yin
muskullarining taranglashuvi va boshqalar. Mana bu narsalarning barchasi
sezgilarning paydo bo`lishini ob’ektiv ko`rsatkichi bo`lishi hisoblanadi.
Yuqoridagi tadqiqotchilarning fikriga qaraganda, sinaluvchi kuchsiz
ko`zg`atuvchi bilan ta’sir etilsa, ya’ni sub’ektga kuch qo`zg`atuvchi bilan
ta’sir etilsa, u holda sub’ektda hech qanday sezgi hosil bo`lmaydi, shuningdek,
sanab o`tilgan reflektorlarda ham garish yuz bermaydi.
Qon tomir yoki elektrofiziologik reaktsiyalar kuchsiz qo`zg`atuvchi
65
ta’sirida ham aniq namoyon bo`lishi mumkin, aksincha sezish rayoni esa
amalga oshmaydi. Bu holatni elektroentsefalografik re tsiyalar tasdiqlaydi.
Tovush qo`zg`atuvchiga kelib chiqqan holda G. Gershuni inson subsensor
diapazonga ega degan ilmiy g`oyani olg`a suradi. Bu narsa anglashinilmagan
fiziologik reaktsiyalar, sezib mos qo`zg`atuvchilarga asoslanadi.
Sezgilarning o`zgarishi adaptatsiya va sensibilizatsiya holatlarida o`z
ifodasini topadi.
Adaptatsiya (lot. — moslanmoq) — sezgi organlari, ya’ni a’zolarining
ta
ь
ssurot kuchiga moslashuvi natijasida muayyan sezgirlikning
o`zgarishidan iboratdir. Adaptatsiya hodisasida sezgirlik ortishi yoki
kamayishi mumkin. Kuchli ta
ь
sirdan kuchsiz ta’sirotga o`tganda, sezgirlik asta-
sekin ortib boradi, ta’sirot kuchayganda esa sezgirlik kamayib boradi (ko`ruv,
eshituv hid bilish, teri-tuyush va hokazo).
Odatda genetik nuqtai nazardan adaptatsiya uch xil xususiyati negiz
(manba) ta’sirida vujudga keladi.
1.
Qo`zg`atuvchilarning davomli ta’siri jarayonida sezgilarni to`la
yo`qolishi tarzida adaptatsiya. Doimiy ta’sir qilib turadigan qo`zg`atuvchi ta’sir
o`tkazadigan bo`lsa, bunday holatda sezgi so`nib qoladi. Masalan, teriga tegib
turadigan yengilgina bir yuk tez ora sezilmay qoladi. Yoqimsiz hidli bir joyga
kirib qolganimizda, biz ozdan so`ng bu hidni batamom yo`qolib ketganday his
qilamiz. Og`izda biron-bir narsa ushlab turiladigan bo`lsa, ta’m sezgisining
intevsivligi bo`shashadi.
Doimiy va harakatsiz ko`zg`atuvchining ta’siriga nisbatan no`rshp
analizatorlarida to`la adaptatsiya hodisasini shu bilan tushuntirib berish
mumkin. Bunday holatda qo`zg`atuvchining harakatsizligini ko`rish
retseptorlari apparatining harakatchanligi ™osib yuboradi. Ko`zni har doim
ixtiyoriy va ixtiyorsiz ravishda harakatlanib turishi ko`rish sezgisining
uzluksizligini ta’minlaydi. Qo`zg`atuvchi ta’siridan 2-3 sekund o`tgach, ko`rish
sechgisi yo`qoladi, ya’ni adaptatsiya hodisasi yuzaga keladi.
2. Kuchli qo`zg`atuvchining ta’siri ostida ham sezgilar zaiflashishi.
Masalan, qo`lni muzdek suvga tugib turgan paytda, sovuq qo`zg`atuvchi
ta’siri bilan yuzaga kelgan sezgining intensivligi pasayadi. Qorong`iroq
xonadan juda yorug` joyga kirib qolsak, biz avval boshka yorug`likdan «ko`r»
bo`lib qolib, atrofimizdagi narsalarni ajrata olmaymiz. Ma
ь
lum fursat o`tgandan
so`ng, ko`rish analizatorlarning sezgirligi keskii sur’atda pasayadi va biz mo`’tadil
ko`rish imkoniyatiga ega
bo`lamiz. Ko`rish sechgirligining intensiv
yorug`lik qo`zg`atuvchisi bilan ta’sir qilganda pasayishdan iborat hodisa
yoruglik adaptatsiyasi deb yuritiladi.
Ko`rib o`tilgan ikki turdagi adaptatsiyani ko`pincha psixologiya fanida negativ
adaptatsiya deb ataladi. Chunki, har ikkala adaptatsiya natijasida xam
analizatorlarning sezgirligi ksskin pasayadi.
3. Sezgirlikni, kuchsiz qo`zgatuvchi ta’siri ostida sodir
bo`ladigan, ortib borishini xam adaptatsiya deb atash an
ь
anaga aylanib qolgan.
Aksariyat sezgi turlariga xos bo`ltan adaptatsiyaning mazkur turi pozitiv
adaptatsiya dsyiladi.
66
Qorong`ilik adaptatsiyasida ko`rish sezgirligi ortadi. Sokinlikka nisbatan
adaptatsiya eshitish adaptatsiyasi zamirida yuzaga keladi. Masalan, sovuq suvda
(sovuk yegan) qo`l - bir harorat - issiqday; Issiq suvda qo`l sovuq suvda
o`zgarmaganday tuyuladi. Harorat sezish bilan bog`liq bo`lgan pozitiv
adaptatsiyalar yukoridagi xususiyatlarga ega.
Tibbiyot psixologiyasida negativ og`riq adaptatsiyasining mavjudpigi
to`g`risidagi gipoteza (ukolga, ignaga, issiq nurlanishga nisbatan) ham hukm
surishi ta’kidlanib o`tildi.
Adaptatsiyani hosil bo`lish xususiyatlari :a) taktil (teri) adatatsiya juda tez
hosil bo`ladi; b) ko`z adaptatsiyasi bir necha minut; v) hid va ta’m
adaptatsiyalari undan ham uzunroq vaqt talab qiladi.
Adaptatsiyaning ahamiyati shundan ibratki, u kuchsiz ko`zg`alishli
payqashga yordam beradi, kuchli ko`zg`alishdan sezgi organini saqlaydi.
Adaptatsiyani tushuntirib berish: 1) tayoqsimon hujayralar va joylashgan
ko`rish purpuri aynib ketadi; kimyoviy modda borligi ilmiy jihatdan
isbotlanmagan: 2) miyaniig po`stloq qismi sezgirlikni pasaytiradigan
«mulohazalovchi» tormozlanish. Tormozlanish - boshqa joylarda qo`zg`alishpi
kuchaytiradi — sezgirlik ortadi izchil o`zaro induktsiya hodisasi ro`y beradi.
Analizatorlarnish o`zaro munosabati va mashq qilish natijasida sezgirlikning
kuchayishi ssnsibilizatsiya deb ataladi. Sezgilik o`zaro munosabatining fiziologik
mexanizmi anatizatorlarning markaziy qismlari joylashgan bosh miya po`stidagi
qo`zg`alishning nr-radiatsiya hamda kontsentratsiya jarayonlaridir. I. P.
Pavlovnipg ta’limotiga ko`ra, kuchsiz ko`zg`atuvchi bosh miya katta yarim
sharlarning po`stida oson irradiatsiyalanadigan, ya’ni oson yoyilib ketadigan
ko`zg`alish jarayonini yuzaga keltiradi. Qo`zg`alish jarayonining irra-diatsiyasi
natijasida boshqa analizatorlarping sezgirligi ortadi. Kuchli qo`zg`atuvchi ta’sir
etganda, aksincha. kontsentratsiyaga moyil bo`lgan qo`zg`alish jarayoni yuzaga
keladi. O’zaro induktsiya qonuniga ko`ra, bunday ko`zg`alish jarayoni boshqa
analizatorlarning markaziy kismlarini tormozlanishga olib keladi va natijada
ularning sezgirligi pasayadi.
Qo`zg`atuvchining birin-ketin analizatorga ta’siri bilan analizatorlarga xos
sezgining paydo bo`lishini sinesteziya deyiladi. Sinesteziya yunoncha birgalikda
sezish degan ma’noni anglatib keladi. Sinesteziya hodisasini har xil turdagi
sezgilarda kuzatish mumkin.
Organizmda funktsional holatning buzilishi yeki insonning charchashi
farmologik ta’sirlar (adrenalin, fsnamin, benchidrin - kuchayish, pilokarpin —
pasayish)ga
Sezgirlikning o`sishi ko`p jihatdan sub’ekt ustanovkasiga nutqning
ahamiyatliligiga. nutq instruktsiyasiga bog`liqtsir
Sezgilarga bag`ishlangan eksperimental tadqikotlar quyidagi|
yo`nalishlarda olib borilganpishii sanab o`tish maksadga muvofiq:
1.
Veber va Fexnerlarning "psixofiziologik qonuni'"ning
ochilishi
2.
G. Ebbingauzning xotira yuzasidan o`tkazilgan tadqiqsLlar^
negizi.
67
3.
G Gel
ь
mgol
ь
tsning sezgi
Ь
rganlari to`g`risidagi psixofiziologik ishlari va
iGplamalari.
4.
V. Vundning psixofiziologiadagi sezgilar va harakatlar
bo`yicha olib borgan izlanishlari.
5.
P. P. Lazerov tomoiidan yorug`lik toni muammosining o`rga-
nshshshi.
6.
Ye. N. Sokolop, S. V. Krakov kabi tadqiqotchilar o`tkazgan tajribalar
va olingan qonuniyatlarning talqini. 5. Sezgining
neyrofiziologik asoslari
Bilish jarayonlarni, xususan sezgilarni o`rganishdai avval, shaxs
psixikasining barcha tomonlari bilan uzviy bog`liqligini anglash, tushunish
lozim. Chunki sezgilar idrok jarayonining tarkibiy qismi sifatida namoyon
bo`lsa, idrok insonning hayotiy tajribasi,
:
uning xotirasi bilan bevosita
bog`likdir.
Jahon psixologiyasi fani ma’lumotlariga qaraganda, sezgilar uchun atrof
muhit to`g`risida va o`zimiz haqimizda yagona bilish manbai sifatida xizmat
qiladi. Sezgilar shunday bir informatsion mulki, ular tashqi olamdan va ichki
tana a’zolaridan keladigan barcha holatlar, taassurotlar aynan xuddi shu yo`llar
orqali miya po`stiga yetib boradi, insonga ta’sirlarga nisbatan to`g`ri javob
reaktsiyalari qaytarishga yordam bsradi.
His etish yoki sezishning filogenetik taraqqiyoti shuni ko`rsatadiki,
hayvonlarda ma’lum bir narsani sezish, his otish ularning biologik jihatdan
zaruriyat, ehtiyoj ekanligiga qarab rivojlangan.
Shu narsani alohida ta’kidlab o`tish joizki, insondagi aniq
sezgilarning darajada taraqqiy etishiga ijtimoiy muhit, jarayon muhim omil
bo`lib xizmat qilgan. Chunki ayrim individlarning sezuvchanlig ularning
kundalik faoliyatidan kelib chiqqan holda, biologik shartlangan xususiyatlar
bilan jips aloqada rivojlanishi ham mumkin jumladan, tadqiqotchi Reussa
ma’lumotiga ko`ra: tikuvchilar, buyoq tsexida ishlovchilar qora rangning 40
xilini bir-birida farqlash imkoniyatiga ega ekanlar, umuman boshqa sohada
faoliyat ko`rsatadigan odam darhol bunday rangning ikki turini farqlab ola ekan,
xolos. Bundan tashqari, degustatorlarda ta’m bilish sezgilari juda ham aniq va
yaxshi rivojlangan bo`lar ekan. Chunki sezgining o`sishi ko`zg`atuvchilarning
retseptorga ta’siri natijasida yuzaga keladi, ya’ni retseptorlar rivojlanishi bilan
bog`liq.
Retseptor-bu qo`zg`atkich yoki qo`zg`atuvchini qabul qilishga
mo`ljallangan nerv tolalaridan tashkil topgandir.
Bizga ma’lumki, inson o`zining tana a’zolariga ta’sir etayotgan rang, issiqlik
yoki sovuqlik ta’sirini, hidlarning o`ziga xosligini sszadi hamda aks ettiradi. Ana
shu vaziyat natijasida analizatorlarning periferik qismlarida javob reaktsiya hosil
bo`ladi. Misol uchun ko`z qorachig`i qisqaradi, kengayadi, qo`l esa issiqlikdan
sezkanadi va boshqalar. Harakatlarni qabul qiluvchi tana a’zolaridan boi miya
po`stiga harakat to`grisida qayta signal beradi, qayta aloqa orqali ichki tana
a’zolari va boshqa apparatlari ish bajaradi.
Sezgilar aks ettirishning xususiyati va retseptorlariing joylashishiga qarab,
68
ingliz psixologi CH. Sherrington ularni uch guruhga ajratadi.
1.
Tashqi olamdagi narsapar va hodisalarning ayrim xususiyatlarini aks
ettiruvchi hamda tananing yuza qismida retseptorlar joylashgan eksterotseptiv
sezgilar.
2.
Tananing ichki a’zolarida (o`pka, yurak, jigar va hokazo)
to`qimalarida joylashgan hamda ichki tana a’zolarining holatini
etgiruvchi retseptorlar bilan mujassamlashgan interotseptiv sezgilar.
Afferent, sintez boskichi qar kanday xatti-harakat aktining rivo lanishi
boshlangich pog`onasidir. Ushbu bosqich tugagach, muayyan xa: harakat akti
shakllanishning navbatdagi boskichi boshlanadi. Ayna! xuddi shu bosqichda
organizm xatti-harakatining uch asosiy masalas! ya’ni nima? kanday? va
qachon? bajarilishi hal qiliiadi.
Afferent sintez bosqich, asosan to`rt jabha (komponent) negizida sodir
bo`lishi tajribalarda sinab qo`yilgan. Uning asosiy jabxalari, eng avvalo
dominant (motivatsiya o`ta xohish) va unga hamroh hisoblangan
emotsiyaning kuchligigi hamda barqarorligida namoyon bo`ladi:
1.
Organizmga qo`zg`atuvchilarning ma’lum bir ta’siri.
2.
Yo`naltiruvchi affsrentatsiyaning mavjudligi.
3.
Afferentatsiyaning muayyan shartchsharoitlari.
4.
Xotira appgyuatlari va mexaniz^lari.
5.
Bularning o`zaro ta’sir uchta meyrodinamik omil orqali ba-
jariladi: a) yo`nalganligi; b) neyronlarda ko`zgalishning konvergentsiyasi
(to`yinishi); v) quvg`alishning po`stloq va po`stloqosti tuzilmalarda kayta hosil
bo`lishi bilan tiklanishi.
6.
Bu mexanizmlar nerv sistemasida turli qo`zg`alishlarn
to`plashga, birlashtirishga, solishtirishga va mazkur muhitda eng qulay xatti-
harakat aktini bajarish uchun karor qabul kilishga olib keladi.
7.
Miya
po`stloq
hujayralarida
qo`zg`alishning konvergentsiyasi
1
va ularni solishtirish jarayonch butun miya miqyosida bu o`zaro ta’sir
natijalarining integratsiyasi karakat maqsadining shakllanishiga hamda uni
unumliroq karor tanlash sari yetaklaydi.
Katta yarim sharlarping murakkab integrativ faoliyatining boshlang`ich
bosqichini turli ko`zg`atuvchilari bir neyrondagina konvergentsiyasi deb qarash
mumkin.
Katta yarim sharlarda maxsus neyronlar turuhi borligi tufay-li ular turli-
tuman qo`zg`alishlardagi qayta kabul qilish bilan cheklanmay, balki miya
po`stlogining piramida hujayralaridan akson orqali keluvchi efferent
qo`zg`aliatarni ham kabul qiladi. Bu esa orqa miya po`stlrkosti va po`stlokdagi
ko`plab aksonlar neyronlarning vazifasi tsikiik qo`zg`alishni ko`pincha saqlab
turish, o`ziga xos «ku-tish» to`plamini saklashdan iborat. Shu bilan bir vaqtda
periferik ishchi a’zolariga yuboriladigan buyruq nusxasini butun miyaga
tarkalishini ta’minlaydi. Bir neyronning o`zidagi efferent ko`zg`alish
konvergentsiyasi periferik retseptorlardai keluvchi affekt qo`zg`alish bilan
aksonga uzatilgan buyruq nushasi olingan na-sharni baholash uchun shart-
sharoitlar yaratadi. Evolyutsiya jarayonida hosil bo`lganligi bilishning
69
neyrodinamik mexanizmlarining fosh etilishi har qanday bo`lajak
hodisalarning tahlil shshshiga maqsadli omillar oldindan bilishga asos bo`ladi.
Ko`rish analizatori o`zaro bir-biri bilan alohida bo`lgan
■
puvchan periferik qismdan, po`stlokosti va bosh miya yarim sharla-
rini ko`rish markazlaridan iboratdir. Eshitish analizatori havo
inlarining tebranishini kabul kiladi, ularning mexanik ener-
ini nerv hujayrasining ko`zg`alishigaaylantiradi.
Shunday kilib, sezgilarning neyrofiziologik asosi juda murakkab bo`lganligi
tufayli uni o`rganish birtalay qiyinchiliklarni vujudga keltirar ekan.
Psixologiya fanida uchta katta guruh (turkum)ga ajratilgan sezgilar
(eksteroretseptiv, proprioretseptiv, interoretseptiv) o`z navbatida quyidagi turlarga
bo`linadi:
1.Ko`rish sezgilari.
2.Eshitish sezgilari.
3.Hid bilish sezgilari. Eksterotseptiv
4.Ta’m bilish sezgilari
5.Teri sezgilari.
6.Muskul-harakat (kinestetik).
7.Statik sezgilar. Propriotseptiv
8.Organik sezgilar. Interotseptiv
Inson tomonidan rang va yorug`likni sezish ko`rish sezgilari tarkibiga
kirib, seziladigan ranglar esa xromatik va axromatik turlarga bo`linadi.
Psixofiziologik qonuniyatga binoan yorug`lik nurlari uchburchak shisha
prizma orqali o`tib singanda hosil bo`ladigan ranglar xromatik ranglar deb atalib,
ular kamalak ranglar hisoblanadi va tarkibiga qizil, zarg`aldoq, sariq, yashil,
havorang, ko`k, binafsha tuslari-ii kamrab oladi. Biroq mazkur ranglarning turlari,
ko`rinishlari tabiatda xilma-xil va nihoyatda ko`pdir. Odatda oq rang, qora rang,
kul rang va ularning turlicha ko`rinishlari axromatik ranglar deb nomlanadi.
Ko`rish sezgilarining organi-ko`z hisoblanib, u ko`z soqkasi va
undan chiqib
keladigan ko`ruv nervlaridan tashkil topgandir. Ko`ch soqqasini tashqi tomirlari va
to`r pardalari o`rab turadi. Tashqi pardaning tiniq bo`lmagan oq qismi sklera yoki
qotgan, kattiq parda deb nomlanadi, uning old tomoniga joylashgan bir muncha
qavariq qismi tiniq muguz parda bo`lib, uning oldingi qismi rangdor parda deb
ataladi. Mazkur pardaning rangiga binoan, uning tovlanishiga qarab, odamlarda
ko`z ko`k, qora, sariq jilo beradi va ularni biz ko`k ko`z, qo`y ko`z, qora ko`z va
hokazo deb ataymiz. Rangdor pardaning o`rta qismida yumaloq teshik mavjud
bo`lib, biz uni qorachig` deb ataymiz. Xuddi shu teshik orqali ko`z ichiga
yorug`lik nurlari kiradi. Kelayotgan, tushayotgan, ajrayotgan yorug`likning ozligi
yoki ko`pligiga qarab, qorachig` kengayishi yoki torayishi jarayonlari hukm
suradi. Ko`zlarning uchinchi pardasi to`r parda deb nomlanib, u ko`z
soqqasining deyarli butun ichki yuzasini qoplaydi. Qorachig` bilan rangdor
pardaning orqasida ikki tomoni kavariq, tiniq jism ko`z gavhari joylashgan
bo`ladi, yorug`lik nurlari unda to`planib, so`ng sinadi va to`r pardaga narsa yoki
jismning aksi, surati tushadi. Xalqa shakldagi kipriksimon muskulning uzayishi
70
yoki qisqarishi tufayli gavhar yo yassilanadi yoki qavariq holiga keladi (jism
ko`zdan uzoqlashtirilganda gavhar yassilanadi, ko`zga yaqinlashtirilganda esa u
shar shakliga kiradi). Ko`z gavharining mazkur hosiyati tufayli xoh uzoqda, xoh
yaqinda bo`lmasin, narsalarning aksi gavhardan o`tib, so`ng to`r pardasiga
tushaveradi.
Ko`z soqqasining gavqar bilan to`r parda o`rtasidagi butun ichki yuza
shishasimon jismi deb nomlanuvchi maxsus tiniq suyuqliq bilan qoplangan
bo`ladi. To`r parda rang va yorug`likni sezish uchun muhim ahamiyatga ega
bo`lib, unda ko`ruv nervining tarmoqlari joylashgandir. Ushbu tarmoqlarning
chekkada uchlarida tayoqchalar va kolbachalar deb ataladigan maxsus nerv
hujayralari mavjuddir. Inson ko`zining to`r pardasi 130 millionga yaqin tayoqcha
va 7 millionga yaqin kolbacha bor deb taxmin kilinadi. Kolbachalar yordami
bilan xromatik (kunduzgi) ranglar ko`riladi, xolos. Tayoqchalar yorug`likni
yaxshi sezuvchan bo`lib, xira va qorong`i paytlarda o`z funktsiyasini bajaradi,
axromatik ranglarni aks ettiradi.
To`r pardaning eng sezgir joyi - sarik dog`ning asosan kolbachalar bilan
to`lgan markaziy chuqurchasi hisoblanib, unga qaysi narsaning aksi tushsa,
xuddi shuni hammadan ravshanroq ko`ramiz. Ob’ektga tik qarash natijasida ko`z
muskullari unga qaratiladi va aks ettiriluvchining surati sariq dog`ga tushadi,
bunday tarzdagi ko`rish to`g`ridan ko`rish deyiladi. Agarda narsalarning surati
sariq dog`dan tashqarida, ya’ni to`r pardaning bir joyida rang va yorug`likni
sezadigan tayoqchalar va kolbachalar mavjud emas, bu ko`ruv nervining ko`z
soqqasidan chiqish joyi bo`lib, u yorug`likdan ta’sirlanmaganligi uchun ko`r
dog` deb ataladi.
Odam ko`zi ranglarni taxminan 380 millimikrondan 780 millimikrongacha
uzunlikdagi to`lqinlarning ta’sirida sezadi: I) 780-610 qizil rang; 2) 610-590
zarg`aldoq; 3) 590-575 sariq; 4) 560-510 yashil; 5) 480-470 havo rang; 6) 470-
450 ko`k rang; 7) 450-380 binafsha rang seziladi.
a) Ko`rish sezgilarining xossalari:
1.
Rangning toni (150 ga yaqin tuslari).
2.
Ochiqlik (qora bilan oq rangda 200 gacha tus ajratiladi).
3.
Rangning ravshanligi (600 ga yaqin).
4.
Rangning quyuqligi (tongning yaqqolligi).
5.
Ranglarning aralashib ketishi (turli uzunliklardagi
yorug`lik nuri)
b)
Ko`rish sezgisi jarayoni:
Uch rangli sezish nazariyasi:
1.
1756 yilda M. V. Lomonosov asosiy qoidalarini bayon qilib bergan;
2.
100 yildan keyin nemis fizigi G. Gel
ь
mgol
ь
ts uni to`la isbotlab bergan.
3.
Ushbu nazariyaga binoan, to`r pardaning kolbachalarida uchta asosiy
element mavjuddir, ulardan birining qo`zg`alishi qizil rang sezgisini, ikkinchi
birining ko`zg`alishi yashil rang sezgisi va uchinchi birining ko`zg`alishi
71
binafsha rang sezgisi hosil qiladi. Nazariyaga ko`ra, yorug`lik to`lqinlari birdaniga
uchta elementni bir xilda qo`zg`atsa, oq rang sezgisi vujudga keladi.
Lekin yorug`lik to`lqinlari ikki yoki uch elementga ta’sir qilsa-yu, ammo bu
ta’sir bir tekis kechmasa, u holda sezuvchi elementlardan har birining
qanchalik qo`zg`alganligiga qarab, har xil rang sezgilari namoyon bo`ladi.
Teri sezgilari tarkibi tuyish va harorat turlaridan iborat bo`lib, ularning
bunday nomlanishining bosh omili - bu retseptorlarning teri va organizmning
tashqi shilliq pardalarida joylashganligidir.
Tuyish sezgilari ikki xil axborotni qabul qilish imkoniyatiga ega bo`lib,
ularning birinchisi tegish va tarqalishni tuyish sezgilar, ikkinchisi esa silliq yoki
g`idir-budurni tuyish bilan tavsiflanadi. Odatda tana a’zosiga narsalarning
tegishini sezish tashqi ko`zg`alish kuchayganda siqiqni sezishga aylanadi, u
yanada kuchayganda siqiq og`riq sezgisiga aylanadi.
Tuyish sezgilari organi — teridagi va tashqi shilliq pardalardagi tuyish
tanachalari deb nomlanuvchi tanachalardan iboratdir. Tanachalarning ichida,
qisman tashqarisida (epiteliyda) tuyish nervining chekka tarmoqlari mavjud, ular
terida va shilliq pardalarda bir tekis taqsimlangan. Ular barmoklarning uchlarida
til uchida, labda zich joylashgan, xuddi shu boisdan sezgirlik daraja
boshqalardan yuksakroqdir. Qaysi yerda tanachalar siyrak bo`lsa, demak u
joylarda sezish ko`rsatkichi shunchalik pastdir.
Psixologiyada tuyish tanachalari va sezuvchi nervning chekka tarmoqpari
zichligi esteziometr asbobi yordami bilan o`lchanadi. Asbob keriladigan ikki
oyokli tsirkuldan tashkil topgan bo`lib, o`zagidagi darajalar oyoqlarning uchlari
o`rtasidagi masofani o`l- chaydi.
Tuyishning aniqlik darajalari: a) barmoq uchlarida 1 mm-2 mmgacha, b)
qo`l kaftida 10 mm, v) orqada 60-70 mm masofa bir yo`la ikki oyoqcha
tegayotganligini sezish mumkin (masofa kamaysa, sezgirlik pasayadi).
Tuyish sezgilarining markazi bosh miya po`stining orqadagi markaziy
pushtasida joylashgan deb taxmin qilinadi.
Tuyish sezgilarining tashqi, ya’ni fizik sababi - bu biron-bir
narsalarningteriga bevosita tegishidir.
Harorat sezgilari issiq yoki sovuqni sezish bilan tavsiflanadi. Maxsus
tanachalarning ichida issiqni yoki sovuqni sezuvchi nervlarning chekka tarmoqlari
joylashgan bo`ladi.
Ularning tashqi sababi — biron-bir xaroratga ega bo`lgan qattiq, suyuq va
gazsimon jismlarning tanaga tegib turishidir. Issiqni yoki sovuqni farqlash
qo`zg`atuvchi harorati bilan badan , harorati o`rtasidagi nisbat bilan
belgilanadi. Masalan, ko`zgatuvchining xarorati badan haroratidan past bo`lsa
— sovuqni, agarda yuqori bo`lsa -- issikni sezamiz, his qilamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |