Idrok jarayonida uning fenomenlari muayyan hodisalarni aks
ettirishda ishtirok etadi, in’ikosning turlicha aniqlikda namoyon bo`lishi
mumkinligi to`g`risida ma’lumot beradi. Ular jahon psixologiyasi fanida
gallyutsinatsiya ya’ny yo`q narsalarning ko`rinishi, eshitilishi, sezilishi,
illyuziya, adashish, yanglishish
degan ma’noni bildiradi, attraktsiya o`ziga tortish, mahliyo etish,
tushunchalar orqali nomlanadi.
Yaqqol voqealikdagi narsa va hodisalarning tana a’zolarini qabul qilish
analizatorlariga bevosita ta’sir etmasdan inson ongida turli obrazlarning ya
ь
ni
ovozlarning eshitilishi, sharpalarniig sezilishi xayolan, fikran paydo bo`lishidan
iborat idrokning psixopatologik hodisasiga gallyutsinatsiya deyiladi.
Gallyutsinatsiya hodisasi muvaqqat ruhiy xastalikning alomati bo`lib, ba’zan
qo`rqinch hissi mahsuli hisoblanib, bosh miya katta yarim sharlari qobig`idagi
qo`zg`alish jarayonlarining nuqsonli, sust harakati natijasida, goho asab
tizimining zaharlanishi, zaiflashuvi, haddan tashqari toliqishi tufayli yuzaga
75
kelish mumkin. Bizningcha, gallyutsinatsiya hodisasi bir necha xil ko`rinishga
ega bo`lishi mumkin ularning eng asosiylari quyidagilardan iboratdir: a)yo`q
narsalarning ko`zga ko`rinishi; b) u yoki bu ovozlar, tovushlar, kuylar
eshitilishi; v) yo`q sharpalar, hidlar sezilishi kabilar.
Illyuziya hissiy a’zolarimizga bevosita ta’sir etib turgan narsa va
xodisalarning noto`g`ri idrok qilishdan iborat jarayonning noyob hodisasidir.
Ba’zan psixologiya fanida noto`g`ri idrok qilishga olib keluvchi
qo`zg`atuvchilar konfiguratsiyasining o`zi ham illyuziya deb ataladi. Tasvirlar
yorug` fonda qora fonga nisbatan qoraroq tuyuladi, ya’ni holat mahsuli deyiladi.
Kontrast frantsuzcha keskin qarama-qarshilik demakdir, boshqacha so`z bilan
aytganda yorug`lik bilan fon o`rtasidagi munosabat ifodasidir. «Fon»
tushunchasi asos, negiz ma’nosini bildiradi.
Aksariyat illyuziyalar ko`rinadigai harakatlar bilan bog`liqdir, a)
qorong`ilikda harakatsiz yorug`lik manbaidan nurlarning tartibsiz tarqalishi; b)
fazoviy jihatdai yaqin joylashgan ikki harakatsiz stimulning tez sur’atlar bilan
namoyon etib turish harakat taassurotini vujudga keltiradi; v) harakatsiz
ob
ь
ektni uni qurshab turgan fonga qarama-qarshi yo`nalishga qo`yish harakat
tuyg`usini paydo qiladi.
Attraktsiya insonni o`zi bilan o`zga o`rtasidagi munosabatda namoyon
bo`lib, o`ziga maxliyo qilish, qalbni «jiz» ettirishdan iborat, ongsizlikka taalluqli
insonni inson tomonidan idrok qilish hodisasidir. Bu hodisa bir qancha
manbalar, qo`zg`atuvchilar, motivlar ta’sirida vujudga keladi, jumladan: 1)
dastlabki tashqi ko`rinish, istarasining issiqligi; 2) sub
ь
ektga nisbatan rishtasiz
bog`lanib qolishlik, ongsizlik darajasidagi anglashilmagan ichki noaniq
moyillik; 3) shaxslarning xarakteridagi o`xshashlikning mavjudligi;
sheriklarning muomala maromidagi yaqinlik va boshqalar.
Idrokning muhim tomonlaridan biri- uning xususiyatlarining turli jabhalar,
vaziyatlar, sharoitlarda namoyon bo`lishidir. Idrokning muhim xususiyatlaridan
biri - bu faol ravishda, bevosita aks ettirish imkoniyatining mavjudligidir.
Odatda insonning idrok qilish faoliyati uning o`zlashtirilgai bilimlari,
to`plangan tajribalari, shuningdek, murakkab analitik- sintetik harakatlar tizimi
zamirida yuzaga keladi.
Idrokning yana bir muhim xususiyati - uning umumlashgan holda narsa va
hodisalarning aks ettirishidir. Ma’lumki, inson psixikasiga kirib borayotgan
ko`pqirrali, ko`pyoqlama alomatlari idrok qilish bilan cheklanib, chegaralanib
qolmasdan, balki o`sha majmua aniq jism yoki hodisa sifatida baholanadi.
Idroknipg navbatdagi xususiyata - uning xarakatchanligi va
boshqaruvchanligidir. Masalan, toshko`mir yorug`likda yog`du sochadi, oq
qog`ozdan ko`proq nur balqiydi. Lekin inson bu narsalarni «qora» va «oq» deb
idrok qiladi, vujudga kelgan bevosita sub’ektiv taassurotlarga nisbatan
o`zgartirishlar, tuzatishlar kiritadi. Chunki idrok jarayoni inson oldida turgan
maqsadga, maqsad qo`ya olishga, unga berilgan ustanovkaga uzviy bog`liq
holda irodaviy boshqarilish xususiyatiga egadir.
Idrokning boshqa bilish jarayonlaridan, shu jumladan, sezgidan farqli
tomoni shuki, u narsa va hodisalarni yaxlit holda aks ettirishdir. Xuddi shu
76
yaxlitlik belgisi aloxida namoyon bo`luvchi ayrim alomatlarda ifodalanuvchi
narsalarni predmet yoki jism tariqasida in’ikos qilish qobiliyatiga ega. Idrok
mazmuniga, tarkibiga kiruvchi har qanday hodisa, xoh verbal, xoh noverbal
tarzda ifodalanishidan qat
ь
i nazar u predmet yoki jism sifatida gavdalanadi va
unga qiyos berilgan yaxlitligini namoyish etadi.
Psixologiya fanida idrok etilayotgan narsalarning fizik holati o`zgarsa ham,
lekin uning ko`z to`r pardasidagi obrazining o`zgarmasligi, nisbiy turg`unlik
ko`rsatuvchi qonun, eng muhim xususiyat konstantlik deyiladi. Doimiylik,
o`zgarmaslik uning asosiy belgilari hisoblanadi.
Idrok qilinishi zarur narsa va hodisalar muayyan tuzilishga yoki
strukturaga ega bo`lgandagina ularning tarkibiy qismlari, alomatlari to`g`risida
mulohaza yuritish mumkin bo`ladi, xolos. Xuddi shu sababdan, ularning hajmi,
fazoda egallagan o`rni, rangi, ichki mohiyati, ko`rinishi, vazni to`g`risida
muayyan tushunchaga ega bo`lish uchun idrok qilinadigan aniq tuzilishga,
ya’ni strukturaga ega bo`lishi lozim. Bilish jarayonini taqozo etuvchi idrokning
muhim xususiyatlaridan biri, ya’ni bittasi uning tuzilishiga ega ekanligi, ya’ni
strukturaviyligidir. Ushbu xususiyatsiz idrokning mag`zi hisoblanmish
yaxlitlik hakida jonli mushohada bo`lishi mumkin emas, chunki struktura
qismlardan vujudga kelsa, alohidaliklar birikmasidan yaxlit tuzilma yaratiladi.
Yuqoridagi xususiyatlarning barchasi insonning yosh xususiyatlariga, aqliy
kamolotiga, tajribasiga, bilim saviyasiga bog`liqdir. Lekin to`g`ri (adekvat)
idrok qilish uchun ma’lum shart-sharoitlar muhayyo bo`lmog`i lozim: 1)
sub’ektning aks ettirishi zarur bo`lgan narsalar yuzasidan oldingi o`quvi,
tasavvurlarining ko`lami, ularning kengligi, chuqurligi; 2) mazkur jism, fan,
voqelik, muammo o`rganilishi bilan bog`liq bo`lgan maqsad, maqsad qo`ya
olish; 3) pertseptiv faoliyatning faolligi, izchilligi va tanqidiy xususiyati; 4)
idrok qilish faoliyati tarkibiga kiruvchi faol xatti-harakatlarning saqlanishi,
ularning o`zaro uyg`unligi.
Muayyan sharoitda shaxs tomonidan idroq qilinadigan narsa
yoki jism idrokning ob’ekti deb ataladi. Idrok kilinadigan narsa uni o`rab
turgan boshqa narsa, jism yoki hodisalarga nisbatan ob’ekt hisoblanib,
ob’ektning atrofdagilari esa fon deyiladi. Idrokning sifati ob’ektni fondan tez,
to`liq va aniq ajratib olish bilan belgilanadi.
Idrok qo`zg`atuvchilarining ayrim xususiyatlarini aks ettiruv-sezgilardan farq
qilib, narsani butunligicha, yaxlitligicha, uning hamma xususiyatlari bilan
birgalikda aks ettiradi. Shuning uchun idrok ayrim sezgilarning oddiy
yig`indisidan iboratdir, degan xulosa chiqarib bo`lmaydi. Idrok o`ziga xos
tuzilishga ega bo`lgan hissiy bilishning
sifat jihatdan yangi, yuksakrok
bosqichidir.
Idrokning predmetliligi, yaxlitligi, ma’lum tartibda tuzilishi, konstantligi,
anglanganligi, predmetliligi, tanlovchanligi uning eng muhim
xususiyatlaridandir.
Hozirgi zamon psixologiya fanining nazariy muammolari qatoriga insonni
77
inson tomonidan idroq qilish masalasini kiritish mumkin. Ilmiy manbalarning
taxliliga ko`ra, insonning ba’zi psixologik xususiyatlari, fazilatlari uning yuz
alomatlari va tana a’zolarining turli harakatlari yordamida aniqlanadi.
Insonning tashqi kiyofasining tuzilishi bo`yicha shaxs xarakteri xususiyatlari
va uning fazilatlariga oid ishonchli fikr bildirish o`zining uzoq tarixiga ega
bo`lsa-da, lekin muammoning ilmiy negizi, uning mexanizmi hozirgi
davrdagina tadqik qilina boshlandi. Odamning tashqi qiyofasini taxlil etish
orqali uning ruhiy dunyosiga baho berish yuzasidan jahon psixologlari
tomonidan yaratilgan nazariyalar, to`plangan amaliy ma’lumotlar
umumlashtirilsa, quyidagi tasnifnomani yuzaga keltirish mumkin:
1.
Insonning tashqi qiyofasidagi har bir o`zgarish uning yaqqol shaxsiy
xususiyati bilan uzviy bog`liq ekanligini mavjudligi.
2.Insoning tashqi qiyofasidagi beixtiyor, tabiiy ko`rinishdagi maftunkorlik,
xushbichimlik shaxsning kechinmalari bilan uyg`unlashuvini e’tirof qilishga
qaratilgan yondashuv.
Idrok qilinayotgan inson muayyan masofada muomala va muloqotga
kirishuvchi shaxs tomonidan qay yo`sinda qabul qilinsa, demak o`sha
odam to`g`risidagi taassurot bevosita, vaziyatga bog`liq, bo`ladi, chunki
yoqtirish yoki yoqtirmaslik, simpatiya, empatiya bir lahzalik idrok mahsulida
mujasssamlashishi mumkin.
3. Idrok qilinayotgan insonni tashqi ko`rinishining alomatlari iliq taassurot
va tasavvur uyg`otuvchi tanish odamning psixologik xususiyatlari notanish
kishiga o`xshashligi tufayli ixtiyorsiz ravishda unga qiyos beriladi. Oldin idrok
qilingan tanish insonning barcha fazilatlari va xislatlari tashqi qiyofa evaziga
notanish kishiga ko`chiriladi. Shunisi ajablanarliki, mazkur jarayonda na
manqiy tahlil, na uzviylik talqini ishtirok etadi. Xuddi shu boisdan, bu tarzda
insonni inson tomonidan idrok qilish o`xshashlikka asoslanishini ta’kidlab
o`tish maqsadga muvofiq.
4.Insoning tashqi qiyofasini idrok qilish negizida uni u yoki b u ijtimoiy
guruxlarga, ya’ni toifalarga aloqadorligi to`g`risida muayyan qarorga kelinsa,
odamning shaxsiy sifatlarini baqolash xuddi shu nuqtai nazardan amalga
oshiriladi. Kishining tashqi ko`rinishiga nisbatan bunday yondashish ijtimoiy
kelib chiqishga asoslanuvchi o`xshatish deyiladi.
Bizningcha, insonni inson tomonidan idrok qilish jarayoni qat’iy ravishda
quyidagi bosqichlar orqali amalga oshishi mumkin.
- idrok qilinayotgan odamni idrok qiluvchi o`zining shaxsiy xislatlari bilan
qiyoslash natijasida, uning mahsuli bo`yicha talqin qilinadi va tushuntiriladi;
bunday idrok qilish tarzida insonni inson tomonidan aks ettirish, o`xshatish,
unga taqlid qilish, undan ibrat olish uslublari orqali yuzaga keladi, ya’ni
identifikatsiya bosqichi bevosita amalga oshadi;
-idrok qilinayotgan shaxsning o`rniga idrok qiluvchi o`z xohishi bo`yicha
mulohaza yuritishi, uni tushunishga intilish o`z-o`zini anglash negizida
namoyon bo`ladi, ya’ni refleksiya bosqichi vujudga kelganligi to`g`risida
muayyan qarorga kelinadi;
-
o`zga kishilarning kechinmalari va his-tuyg`ulariga nisbatan hamdardlik
78
bildirish, mehr-oqibatliligini amaliy ifodalash orqali ularni tushunish
imkoniyati tug`iladi, buning natijasida tub ma’nodagi empatiyaga asoslangan
idrok qilish bosqichi yuzaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |