Mavzu 1. PSIXOLOGIYA FANINING PR
Е
DM
Е
TI VA
AMALIY SOHALARI.
Reja:
1.
Psixologiya tushunchasi va uning vujudga kelishi.
2.
Psixologiya fanining asosiy vazifalari.
3.
Psixologiya fanining asosiy tushunchalari va klassifikatsiyasi.
4.
Psixologiya fanining sohalari va ilmiy
tadqiqot metodlari.
Jahon fanlarini muayyan qonuniyatlariga asoslanib turkumlarga kirtilishiga
ko`ra, psixologiya fani bu tizimda nufuzli o`rin egallashiga barcha ob’ektiv shart
va sharoitlar yetarlidir.Qatiy ishonch bilan aytilgan fikrning zamirida bir qator
muhim ham tabiiy, ham ijtimoiy omillar yotishi shak-shubhasizdir. Chunki
psixologiya fani insoniyat tomonidan kashf qilingan fanlarning ichida eng
murakkabi bo`lib, biosferik ta’limotdan kelib chiqqan xolda psixika yuksak
darajada tashkil topgan materiyaning xususiyatini aks ettiruvchi kategoriya
sifatida o`rganilib kelingan. Lekin bugungi kunda neosferik ta’limotga binoan
fazoviy munosabatlar, sayyoralararo aloqalar, o`zaro ta’sirlar, moddalar,
zarrachalar, nurlar harakati, almashinishi, ko`shilishi to`g`risida mulohazalar,
faraziy asosda bo`lsa ham, yuritilmoqda. Ayniqsa, biosferaga kirib kelayotgan
moddalarning o`zaro birikuvi, muayyan fazoviy maydonning hosil qilishi,
to`planishi inson tana a’zolariga ijodiy ta’sir ko`rsatishi, natijada favquloddagi
holatlar sodir bo`lishi, kashfiyotlar yuz berishi, intuitiv (lotincha intueri
sinchkovlik, diqqat bilan qaramoq yoki ichki sezgirlik demakdir) shakldagi ruhiy
holatlarning kuchayishi namoyon bo`lishi mumkin. Bular qatoriga telepatik
(yunoncha tele uzoqni rathos sezaman degan ma’noni anglatadi). Shuningdek,
omadsizlik, ishqiy kechinmalar, tushda ayon bo`lish kabi ruhiy holatlar,
hodisalar hanuzgacha ishonchli dalillar bilan tushuntirib berilgani yo`q. Ammo bu
borada bilish ob’ekti bilan sub’ektining birikuvida psixologiyaning qulay
imkoniyatga ega ekanligini ta’kidlab o`tish o`rinlidir.Ushbu fikrni yaqqollashtirish
maqsadida ayrim misollar va talqinlarni qaytadan taxlil qilib o`tamiz. Jumladan,
chaqaloq dunyo yuzini ko`rishdan e’tiboran idrokida tevarak-atrofni va unga
mehri-giyosi bilan termilayotgan kishilar muhitini aks etira boshlaydi, dastavval
ob’ektiv (tashqi) va sub’ektiv (ichki, odamlar o`rtasidagi) muhitga moslashish
sodda instinktlar, shartsiz reflekslar yordamida oddiy ta’sirlanish va taassurot
tarzida namoyon bo`ladi. Taraqqiyotning mazkur davrida u o`zligini tushuna va
anglay olmaydi, xatto buning yuzaga kelishi haqida mulohaza yuritishi xam aslo
mumkin emas. Bola bir yoshgacha davrda tez sur’atlar bilan rivojlanadi, yil
davomida uning jismoniy a’zolari 50 foizgacha takomillashishi mumkin.
Jismoniy o`sish-psixik taraqqiyotni tezlashtirishga puxta zamin hozirlaydi,
natijada ko`rish, ushlash, yurish, talpinish, g`azablanish va quvonish, samimiylik
ham beg`uborlik singari insoniy tuyg`ulari vujudga keladi, nutq faoliyati paydo
4
bo`lishi uning tushunish darajasini yangi bir sifat bosqichiga ko`taradi. Psixikaning
muayyan xususiyatlari, holatlari, hodisalari, xossalari, sifatlari, fazilatlari,
qonuniyatlari orqali moddiy dunyoni tushuna boradi va unda o`z faoliyatining
mazmunida barcha ob
ь
ektlarni amalga oshira boshlaydi. Bolalik dunyosining
ichki murakkab qatlamlaridan asta-sekin «o`zlik»ni, shaxsiy «men»likni tushunish
tuyg`usi, sezish, his qilish jarayonlari shakllana boshlaydi hamda u ëki bu har xil
xususiyatli to`siqlarni yengish imkoniyati ro`yobga chiqadi. Mazkur taraqqiyot
bosqichi psixologiya fanida «men» davri yoki
«
o`zlikni anglash» davri deb yuritiladi,
u bolada nutq paydo bo`lganidan boshlanib, bir necha rivojlanish bosqichlarini o`z
ichiga qamrab oladi. «Men» davrining anglashilgan shakllari va ko`rinishlarining
namoyon bo`lishi o`smirlik davriga to`g`ri keladi. O’smirlik davrida o`g`il va
qizlarning ruhiyatida o`zlikni anglashga bog`liq bir talay muammoli savollar va
ularning turmushda qaror toptirish tuyg`ulari, istaklari, orzulari paydo bo`lib,
ko`pincha bu narsalar yakka shaxsning «kimligi», «qandayligi», «kimga va nima
uchun kerakligi»ga yo`naltiriladi. Bolaning psixik xususiyatlari, funktsiyalari uni
qurshab turgan jonli va jonsiz tabiat ajoyibotlarini jismoniy va ijtimoiy vositalar
orqali egallash uchun xizmat qiladi. Xuddi shunga o`xshash o`zligini anglash
jarayoni insoniyatning barcha tarixiy va evolyutsion tarakqiyoti davrlariga xos
xususiyat sanaladi. Insoniyat taraqqiyotining tarixiy davrlarida kishilarda ichki
ruhiy imkoniyatlar yuzaga chiqa boshlagan, tug`ma mayl va layoqatlar alomatlari
asta-sekin iste’dodga, qobiliyatga aylana borgan. Ammo bu jarayon birining
o`rniga ikkinchisini mexanik ravishda yuzaga kelganligini bildirmaydi, balki,
aksincha, murakkab sifat o`zgarishlar, organlarning takomillashuvi, tajribalarda
to`plangan tatbiqiy bilimlar tartibga solinayotganligini ifodalaydi. Insonning
jismoniy, ruxiy, ijtimoiy rivojlanishi natijasida yer kurrasida moddiy dunyo,
ma’navnyat, yozuv, san’at, adabiyot, fan, texnika yaratilgan. Bularning zamirida
inson tafakkuri, ongi, aql-zakovati, kuchli irodasi, mustahkam harakteri, ijodiyoti,
hayolati yotadi. Insoniyat taraqqiyotining muayyan bosqichida odam o`zini
hayajonlantirgan, taajjubga solgan
savollariga javob izlash imkoniyati vujudga
kelgan. Buning natijasida «Inson qanday fikrlaydi», «Odam qanday yangilik
yaratishi mumkin», «Ijod qilish qay yo`sinda paydo bo`ladi», «Moddiy dunyoni
qay tariqa bo`ysundirish mumkin?», «Aql-zakovatning o`zi nima?», «Insonga
uning ichki ruhiy dunyosi qaysi qonunlar asosida bo`ysunadi?», «Inson o`ziga
o`zi ta’sir o`tkaza oladimi?». «O’zgalargachi?», kabi turli-tuman muammolar
yechimini qidirishga harakat qiladi. Mana buning barchasi psixologik bilimlar
tug`ilish nuqtasini vujudga keltiradi va ana shu daqiqadan boshlab inson o`zini
o`zi anglaydi. Binobarin, psixologik bilimlar namoyon bo`lishi o`zini o`zi
anglashni omiliga aylanadi, buning natijasida insoniyatning buyuk yutug`i ya
ь
ni
tafakkurning kashf qilinishiga olib keladi. Avvallari uning fikri, hayoli tashqi
dunyoni egallashga qaratilgan bo`lsa, tafakkur kashf qilingan davrdan boshlab
sub’ekt-ob’ekt munosabati o`rnini sub’ekt ya
ь
ni insonning fikri o`zini o`zi
anglashga yo`naltirilgan munosabat egallay boradi. Demak, inson ob’ektiv
dunyoni sub’ektiv tarzda aks ettirish orqali o`zini o`zi tadqiq qilishdek murakkab,
ishni amalga oshirishga qaror qiladi. Ana shu boisdan, psixologiya fanining
vazifalari ko`lami kengaydi, murakkablashdi, ichki tarkibida keskin burilish
5
yasab, o`z predmetiga insonni ilmiy jihatdan o`rganishdan tashqari o`zini o`zi
anglashni ham kiritdi.
Psixologiya faninig boshqa fan sohalaridai farqli tomoni shundan
iboratki, uning amaliy, tatbiqiy jihatlari mavjud bo`lib, ijtimoiy turmushning
barcha jabhalarida bevosita qatnashadi, muayyan darajada ta’sir o`tkazadi.
Psixologiya boshqa fanlardan farqli o`laroq o`z tatbiqiy ma’lumotlari,
natijalarining ko`pqirra, ko`pyoqlama ekanligi bilan tubdan ajralib turadi va
mutlaqo boshqa sifat ko`rsatkichiga ega. Ayniqsa, bu borada o`zini o`zi boshqarish
alohida ahamiyat kasb etadi, shuning uchun u tabiatni o`rganish ilmidan
tafovutlanib, o`zining psixik jarayonlari, funktsiyalari, holatlari, hissiyoti, irodasi,
xarakteri, temperamenti kabilarni boshqarishda o`z aksini topadi. Inson o`zini
anglay borib, o`z insoniy xislati, xususiyati, sifati, xulqini o`zgartirish
imkoniyatiga ega bo`ladi.
Hozirgi kunda jahon psixologiyasi fani o`zini o`zi boshqarish va
takomillashtirish, o`zini o`zi qo`lga olish, o`ziga o`zi buyruq berish, o`zini o`zi
tarbiyalash bo`yicha boy materiallar to`plagan, bu esa o`z navbatida inson
munosabati, maqsadi, xolati, kechinmalari o`zgarishini yangidan yaralishi haqida
ilmiy-tatbiqiy ma’lumotlar beradi, kundalik turmush psixologiyasi rang-
barangligini ta’minlab turadi. Psixologiya inson psixikasini aniqlash,
shakllantirish, yangi sharoitga ko`chirish, takomillashtirish, rivojlanish
dinamikasini ta’minlash, yangi sifat bosqichiga o`tishini qayd kilish imkoniyati
borligi bilan o`ta amaliy, tatbiqiy fanga aylangandir. Psixologiya fanining sohalari
uning amaliyot uchun muhim axamiyat kasb etishidan dalolat beradi
(hukuqshunoslik psixologiyasi, klinik psixologiya, mehnat psixologiyasi, savdo
psixologiyasi, sotsial psixologiya, pedagogik psixologiya, maxsus psixologiya,
sport psixologiyasi va hokazo). Psixologiya amaliy, tatbiqiy jihatdan uch
predmetiga ega bo`lib, amaliy sotsial psixologiya, injener psixologiya, oilaviy
psixoterapevt, tibbiyot psixologiya, maktab psixologiyasi kabi sohalarni o`z ichiga
qamrab olgandir.
Shu narsani alohida ta’kidlab o`tish kerakki, ilmiy psixologiya nemis
psixologi V. Vundt tomonidan 1879 yilda Leyptsig (Germaniya) universitetida
asos solingan birinchi eksperimental laboratoriya ochilishidan boshlanadi.
Psixologiya fani tabiatshunoslik fanlari va falsafa negizida paydo bo`lgan
bo`lib, to hanuzgacha uning na gumanitar, na tabiiy fanlar qatoriga kiritilishi
aniqlangani yo`q, lekin shunga qaramasdan, uni har ikkala yo`nalishdagi soxalar
bo`yicha to`plangan ma’lumotlar, qonuniyatlar birlashuvining mahsuli deb atash
mumkin. Ammo psixologiyaning tarkibida ham gumanitar, ham ijtimoiy bilimlar
mavjud bo`lishidan qat’i nazar, u alohida xususiyatga ega bo`lgan mustaqil
fandir. Ma’lumki, har qanday fan negizida odamlarning turmush va amaliy
tajribasi muayyan darajada o`z aksini topgan bo`ladi. Masalan, matematika fani
sonlar, miqdoriy munosabatlar, geometrik shakllarning xossalari, trigonometrik
funktsiyalar haqidagi inson tasavvurlari asosiga quriladi. Lekin psixologiya
yuzasidan ana shunday mulohazalar yuritish yoki bildirish mumkin emas, chunki
uning zamirida tubdan boshqacha o`ziga xoslik yotadi. Har qaysi shaxs
kundalik turmushning o`ziga xos psixologik bilimlarini egallagan bo`lib, o`z
6
saviyasi, salohiyati bilan turlicha kamolot ko`rsatgichiga egadir, hatto turmush
tajribasida to`plangan bilimlar ilmiy psixologik bilimlardan ustunroq turishi ham
mumkin. Chunki, yirik yozuvchilar, vrachlar, o`qituvchilar, ruhoniylar,
savdogarlar uzluksiz ravishda kishilar bilan muomalaga kirishishlari natijasida
ularning ichki dunyosi va xulq-atvoriga oid bilimlar bilan yuksak darajada
qurollangandirlar. Lekin har qanday insonda ham ozmi yoki ko`pmi psixologik
bilimlar mavjuddir, buning dalili sifatida odamlarning bir-birlarini tushunishlari,
ta’sir o`tkazishlari, xulq-atvor oqibatini oldindan bashorat qilish, kishining
yakkahol xususiyatlarini hisobga olgan holda ko`rsatishni ta’kidlab o`tishning
o`zi kifoya.
Endi kundalik turmushning psixologik bilimlari bilan ilmiy psixologik
bilimlar o`rtasidagi tafovutni oladigan bo`lsak, kundalik turmushga oid psixologik
bilimlar, dastavval, yaqqol va alohida olingan holat, vaziyatni o`z ichiga qamrab
oladi. Masalan, sinchkov bola o`z muddaosiga yetish uchun otasiga, onasiga,
buvasiga, opasi hamda akasiga har xil uslub bilan ta’sir o`tkazadi, turlicha
vositalardan foydalanadi. U ko`zlangan maqsadiga erishish uchun katta yoshdagi
odamlarning individual-tipologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ish tutadi.
Kundalik turmushga oid psixologik bilimlar aniq vaziyatga qaratilganligi, biror
shaxsga yo`natirilganligi bilan ilmiy psixologik bilimlardan farq qiladi.
Ilmiy psixologiya esa muayyan metodlar, vositalar, uslublar, usullar,
operatsiyalar yordamida ma’lumotlar to`plash va ularni umumlashtirishga intiladi,
izlanyotgan ob’ektning xususiyati, holati, munosabati, bog`lanishi kabilarni aks
ettiruvchi ilmiy tushunchalar, ta’riflar, qonuniyatlar, xossalar yordamida
psixologik mexanizmlar kashf qilishga harakat qiladi.
Odatda shaxsning xususiyatlari, sifatlari, fazilatlari, xislatlari, xulq-
atvorlari, xatti-harakatlari bo`yicha turmush sharoitidagi bilan fan olamidagilar
o`zaro o`xshab ketsada, lekin ilmiy psixologik mazmun, mohiyat, mantiqan
izchilligi bilan keskin ajralib turadi. Yuqorida yuritilgan mulohazalar kundalik
turmush tajribasida to`planadigan psixologik bilimlar bilan ilmiy bilimlar
orasidagi dastlabki farqni sharxlashga yo`naltirilganligi bois alohida ahamiyat
kasb etadi. Lekin shu narsani yoddan chiqarmaslik kerakki, turmush oid amaliy
psixologik bilimlarga asoslanmasdan turib, ilmiy psixologik nazariyalarni yaratish
mumkin emas. Holbuki shunday ekan, amaliy bilimlar genetik kelib chiqishi
nuqtai nazaridan birlamchi hisoblanadi Shu narsani alohida ta’kidlab o`tish
zarurki, kundalik turmush psixologik bilimlari aksariyat hollarda sezgirlik,
topqirlik xususiyati asosida intuitiv tarzda namoyon bo`lishi kuzatiladi.
Shuning
uchun
bunday
psixologik bilimlar mahsus uslublar
yordamida qabul qilinadi, ammo mantiqiy tahlil qilinmasdan turib to`g`ridan-
to`g`ri muomala tizimiga o`tiladi. Turmushda uchraydigan go`daklarning har xil
shakldagi harxashalari va ularning maqsadga erishish istaklari kundalik hayotiy
tajribalari, sinovlarida toblanadi, sezgir bolalar katta yoshdagi odamlarning zaif
va mustahkam tomonlarini puxta o`rganadilar, bu borada muayyan qarorga
kelganlaridan so`ng har qaysi shaxsga yakkahol yondashishini amaliyotga tatbiq
qilib ko`radilar. Ana shu tariqa amaliy psixologik bilimlar ma’lum tizimga
kiritiladi, ularning barqaror xususiyat kasb etganlari esa turmushda qo`llanila
7
boshlanadi. Buning uchun o`zgalarga ta’sir o`tkazish usuli, ularda ichki
imkoniyatga ishonch tuyg`usini uyg`otish, ta’sirga beriluvchanlikni
kuchaytiruvchi motivlar tabiatini chuqur tahlil qilish kerak. Hayotiy psixologik
bilimlarning ilmiy psixologik bilimlardan farqi shundan iboratki, ilmiy jihatdan
asoslangan bilimlar anglashilgan, mantiqiy puxta, oqilonalik xususiyatiga
ega bo`ladi. Ilmiy psixologik bilimlar faraz va g`oyalarni ilgari surish daqiqasidan
boshlaboq shakllana boradi, ulardan kelib chiqadigan oqibatlarni mantiqan
tekshirish bilan yakunlanadi. Bunda ham olg`a surilgan g`oyalar tekshirish
jarayonida biron-bir tasdiq yoki inkor ma’nosiga erishsagina ilmiy psixologik
bilimlar tizimiga kiritiladi.
Hayotiy isixologik bilimlarning ilmiy psixologik bilimlar bilan qiyoslanishni
davom ettirsak, unda ular o`rtasidagi tafovutlar yanada yaqqolroq ko`zga tashlana
boshlaydi, masalan keksa avlod tomonidan yaratilgan turmush psixologiyasini
yosh avlod to`g`ridan-to`g`ri qabul qila olmaydi. Har bir
yosh yakkahol ravishda
hayotiy psixologik bilimlarni shaxsiy tajribasidan o`tkazganidan keyingina
ularnipg to`g`riligiga ishonch hosil qiladi. Ana shu boisdan keksa avlod bilan yosh
avlod o`rtasida yuz beradigan nizolar, tushunmovchiliklar uzluksiz, to`xtovsiz
ravishda davom etayotganligi sababli abadiyat konuniyatlariga aylanib ketgandir.
Ilmiy psixologik bilimlar bundan farqni o`laroq tajribalarda, ilmiy tushunchalar va
qonuniyatlarda yanada oydinlashadi, so`z va alomatlar orqali, nutq yordamida
muayyan yozma nutq manbalarida qoldiriladi. Shuning uchun ularniig yoyilish
ko`lami keng, tarqalish sur’ati tszdir. Kundalik turmushda to`planadigan
psixologik bilimlar kuzatishlar, mulohazalar u yoki bu yaqqol holatga nisbatan
qarorga kelishlar zamiriga quriladi. Ilmiy psixologik bilimlar tashxis qilish,
sinash, tajriba (eksperiment) o`tkazish orqali bir voqelikni bir necha marta
takroran tekshirishlar yordamida umumlashtiriladi. Agarda kundalik turmush
psixologiyasining materiallari tabiiy ravishda ro`y bergan vaziyat, holat, voqelik
kabilarni tahlil hilish natijasida yuzaga kelsa, ilmiy psixologik bilimlar keng
qamrovli tajriba ma’lumotlariga tayanadi. Tajribalar esa bir necha bosqichlardan,
qismlardan tashkil topgan holda vaziyatlar tabiiy ko`rinishini kutib o`tirmasdan,
balki zarur sharoit yaratiladi.
Shu faktni yana bir marotaba ta’kidlash o`rinliki, ilmiy psixologiyada
katta hajmdagi materiallar, shu jumladan, qonuniyatlar, xususiyatlar
umumlashtiriladi, insonning ichki imkoniyati, iste’dodi, ishchanligi, qobiliyati
yuzasidan umuminsoniy tavsifga ega bo`lgan teran xulosalar chiqariladi. Buning
natijasida odam psixikasini aniqlash, bashorat qilish, ayrim ruhiy nuqsonlarni
tuzatsh, noxush kechinmalarning oldini olish imkoniyati tug`iladi, bu esa
ijtimoiy, ijtimoiy psixologik bog`lanishlar mohiyatini oqilona tavsiflash uchun
xizmat qiladi. Ijtimoiy va yakkahol turmush og`irliklari va tashvishlarini
kamaytirish, aqliy hamda jismoniy zo`riqishlarni pasaytirish, shaxslararo
nizolarni bartaraf etish singari sa’y-harakatlarni faqat ilmiy psixologik
materiallarga asoslangan xolda oshirish mumkin.
Shuning uchun psixologiyaning turli sohalarida (yosh psixologiyasi,
pedagogik psixologiya. tibbiyot psixologiyasi, sotsial psixologiya va boshqalar)
o`tkazilgan tadqiqot ishlari ilmiy asosda psixika, psixik holat, psixik hodisa, psixik
8
jarayon, psixik funktsiya, psixik xususiyat, ijodiyot, faoliyat, ong, xulq, muomala
singari tushunchalar bo`yicha materiallar to`plab beradi, shuningdek, psixik aks
ettirishning (fizik, fiziologik, psixik, ong, o`zini o`zi anglash) moddiy asoslari,
mexanizmlari yuzasidan qonuniyat ochishga imkon yaratadi, hatto insonning
o`zligiii anglash va boshqarish sari yetaklaydi.
«Psixologiya» (yunoncha psychelogos) so`zini o`zbek tiliga tarjima qilsak, u
«jon», «ruh» haqidagi «fan, ta’limot» degan ma’no anglatadi. Biroq hozirgi
davrda «jon» tushunchasi o`rniga «psixika»ni qo`llashda davom etmoqdamiz.
Lingvistik nuqtai nazardan «jon», «psixika» tushunchalari aynan bir xil ma’noni
bildiradi. Lekin «psixika» tushunchasi bugungn kunda «jon»dan kengroq
ko`lamga ega bo`lib, ham ko`zga ko`rinuvchi, ham ko`zga ko`rinmovchi
tomonlarini o`zida aks ettiradi. Psixikaning tarkibiy qismlari faoliyat, xulq,
muomala yaqqol namoyon bo`lish xususiyatiga ega bo`lsa, bilish jarayonlari,
psixik holatlar, ichki kechinmalar, ijodiy rejalar, ilmiy farazlar miyada
mujassamlashgani uchun ular ko`zga ko`rinmaydi. Psixologiya fanining keyingi
davrdagi taraqqiyoti ular o`rtasida bir talay tafovutlarni keltirib chiqardi.
Psixika to`g`risida dastlabki tasavvurga ega bo`lish uchun dastavval psixik
hodisalar mohiyati bilan tanishamiz. Odatda psixik hodisalar deganda ichki,
sub’ekgiv tajriba faktlarniig namoyon bo`lishi tushuniladi, boshqacha so`z bilan
aytganda psixika hayotning sezgi, idrok
,
xotira, tafakkur. xayol kabi har biri
alohida olingan yaqqol shakllaridai iboratdir. Ichki, sub’ektiv tajribaning o`zi
nimani anglatadiz Insondagi quvonch yoki zerikish tuyg`ulari, uning nimalarnidir
esga tushirishi, biron-bir xohish yoki intilish kechinmalari, xotirjamlik yoki
xayajonlanish, hadiksirash hislarining barchasi shaxsning ichki dunyosini tarkibiy
qismlaridir, ya’ni bularnipg hammasi sub’ektiv psixik hodisalar sanaladi.
Sub’ektiv hodisalarning asosiy xususiyati ularning bevosita sub’ektga
taalluqliligidir. Agar inson idrok qilsa, sezsa, fikrlasa, eslasa, xohish bildirsa,
albatta ana shu hodisalarni bir davrning o`zida tushunib ham turadi. Inson intilsa,
ikkilansa, bir qarorga kelsa, biz ularning barchasini sodir bo`layotganligini anglab
turamiz ham. Shuning uchun psixik hodisalar bizning ruhiyatimizda sodir
bo`lishidan tashqari, ular bevosita ko`z o`ngimizda namoyon bo`lib turadi. Umumiy
qilib aytganda, odamning ichki dunyosida turli hodisalar vujudga keladi, kechadi,
odatda shaxs bunday hodisalarni harakatlantiruvchi kuchi hamda ularning
tomoshabini hisoblanadi.
Psixikaning turli shakllarda ko`rinishi, jumladan, psixik jarayonlar,
anglashilmagan holatlar, xulq-atvor, psixosomatik (yunoncha psyche «jon»
somo «tana» ma’nosini anglatadi) hodisalar, inson aql-zakovati va qo`lining
mo`’jizakorligi moddiy va ma’naviy madaniyat mahsulini yaratdi. Har qanday
faktlarda, hodisalarda psixika namoyon bo`ladi, o`zining xususiyatlarini ajratadi,
faqat ular orqaligina psixikani o`rganish mumkin.
Psixologik voqelik-fakt deganda sub’ektning ichki kechinmalarining
tarkibiy qismlari bilan bir qatorda ularning ob’ektiv shakllari (xulq-atvor, tana
harakati, jarayoni, faoliyat mahsuli, ijtimoiy-madaniy hodisalar) orqali
psixikaning xususiyatlari, holatlari, konuniyatlarini o`rganish tushuniladi.
Boshqacha so`z bilan aytganda. inson ongidan tashqari, o`sha bog`liq bo`lmagan
9
holda hukm suruvchi ob’ektiv borliq, ya’ni atrofimizdagi narsa va hodisalar,
muhit, sharoit va boshqalarning psixikada aks etishi
psixologik voqelik deb
ataladi.
Bugungi kunda psixologiya to`g`risidagina emas, balki uning sohalari
bo`yicha ham boy ilmiy materiallar to`plangan. Jahon psixologiya fani tajribasidan
mana bunday sohalar mustaqil tadqiqot predmetiga ega ekanligi haqida ishonchli
dalillar mavjuddir: mehnat psixologiyasi (injenerlik psixologiyasi, aviatsiya
psixologiyasi, kosmik psixologiyasi), pedagogik psixologiya (ta’lim
psixologiyasi, tarbiya psixologiyasi, oliy maktab psixologiyasi, maxsus
psixologiya, iste’dod psixologiyasi) tibbiyot psixologiyasi (psixoterapiya,
psixogigiena, psixofarmokologiya, patopsixologiya), yuridik psixologiya (mehnat
tuzatish, sud psixologiyasi, sud psixologik ekspertizasi) harbiy psixologiya,
savdo va reklama psixologiyasi, sport psixologiyasi, yosh psixologiyasi, qiyosiy
psixologiya, psixofiziologiya, eksperimental va amaliy psixologiya kabilar.
Psixologiya predmet quyidagilarni qamrab olishi zarur:
1)
psixologik bilish jarayonlari (sezgi. idrok, xotira va hokazo)
2)
psixikaning shakllari (faoliyat, xulq, muomala),
3)
psixikanppg holatlari (kayfiyat, xayolparishonlnk kabilar),
4)
psixikaning hodisalari,
5)
psixikaning xislatlari, fazilatlari, sifatlari, xossalari,
6)
psixikaning qonuniyatlari,
7)
psixikaning mexanizmlari,
8)
psixik sharoit, muhit, vaziyat,
9)
o`zaro sababiy bog`lanishlar,
10)tadqiqot metodlari, vositalari, materiallari, printsiplari
va hakazo.
Insoniyatning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti davomida qadimgi odamlar tabiiy
hamda ijtimoiy ehtiyojlaridan kelib chiqkan holda ibtidoiy jamoa a’zolarining
psixologik xususiyatlarini aniqlash, ulardan shaxslararo munosabatlarda oqilona
foydalanish, o`zining xatti-harakati, shaxsiy faoliyati va muomalaga kirishishida
ularni hisobga olishga intilib yashab kelganlar. Ko`p ming yillik ijtimoiy hayot
tajribalariga asoslangan ravishda odamlar shaxsning individual xususiyatlarini
jon bilan bog`lashga va uning ta’siri bilan izohlashga harakat qilishgan. Qadimgi
odamlarning tasavvurlariga qaraganda, inson tanasida jon joylashgan bo`lib, u
shaxsga oid xususiyatlar, xislatlarni vujudga keltirish imkoniyatiga ega emish.
Ijtimoiy xalqlariing tasavvurlarida rux insonning tanasi bilan uzviy bog`liq holda
xukm suradi, go`yoki yashaydi. Shuning uchun ijtimoiy hodisalar, hatto ong,
shuningdek, real voqeliklar (o`lim, uyqu, bexush bo`lish, betoblik) kabilarni sodda
tarzdagi moddiylik nuqtai nazaridan talqin qilishga uringanlar. Sodda tafakkur
shakllari bilan qurollangan qadimgi odamlar atrof-muhit to`g`risidagi rang-baraig
holatlar, hodisalar mohiyatini ilmiy jihatdan dalillash imkoniyatiga ega
bo`lmaganligi sababli idrok qilingan narsani uning haqiqiy mohiyati tarzida aks
ettirishgan.
Ularning tasavvurlarida quyidagicha talqinlar keng o`rin egallagan:
10
1) o`lim-uyquniig bir turi, lekin ruh ba’zi bir sabablarga ko`ra tanaga
qaytib kelmaydi;
2)
tush ko`rish-uyqudagi tanani tark etib yurgan harakatdagi ruhning
taassurotidir;
3)
ruh-insonning aynan o`zidir;
4)
ruhning ehtiyojlari, turmush sharoitlari tirik odamnikidan tafovutlanmaydi;
5) marhumlarning ruhlari muayyan mashg`ulotlar tizimiga, ijtimoiy qonun-
qoidalarga rioya qiluvchi hamjamiyatni yaratar emish;
6)
tirik insonlar bilan marhumlarning ruhi bir-biriga bog`liq bo`lib, moddiy
jihatdan o`zaro aloqadordirlar.
Jumladan Aflotun (eramizdan avvalgi 428/27 -347 yillar) joniing tarkibiy
kismlari to`g`risidagi tushunchani psixologiyaga olib kiradi: a) aql-idrok,
b)jasorat, v)orzu-istak kabilardan iborat bo`lib, ular bosh, ko`krak, qorin
bo`shlig`iga joylashgandir. Aflotun psixologiyada dualizm ta’limotini ruhiy
olamni, tana bilan psixikani ikkita mustaqil narsa deb izohlaydi.
Arastuning (eramizdan oldingi 384-322 yillar) ta’kidlashicha, jon qismlarga
bo`linmaydi, lekin u faoliyatning oziqlanish, his etish, harakatga keltirish, aql,
idrok kabi turlarga oid qobiliyatlarda ro`yobga chiqadi. Uning mulohazasicha,
sezgi bilishning dastlabki qobiliyati, u tasavvur shaklida iz koldirishi mumkin.
Qadimgi dunyoning keyingi rivojlanishi pallalarida psixologik g`oyalar
mukamallashib, unga oid tayanch tushunchalar vujudga kela boshladi, hatto ruh
hozirgi zamon psixikasi kabi qo`llanish ko`lami kengaydi.
Psixika kategoriyasining negizida idrok va tafakkurdan tashqari ong
tushunchasi yuzaga keldi.
Jumladan, frantsuz olimi Dekart tomonidan xulq-atvorning reflektor tabiatga
ega ekanligini kashf etilishi, ayniqsa refleks organizmnmng tashqi ta’sirga
konuniy ravishdagi javob reaktsiyasi sifatida talqin qilinish, asab-mushak
faoliyatini ob’ektiv tarzda bilish vositasiga aylandi, sezish, assotsiatsiya, ehtiros
yuzaga kelishini izohlashga imkon yaratildi
Psixologiya fanniing ilmiy asosga qurilishida ingliz olimi Gobbs ruhni mutlaqo
rad etib, mexanik harakatni yagona voqelik deb tan olib, uniig qonuniyatlari
psixologiyaning ham qonuniyatlari ekanligini ta’kidladi. Niderlandiyalik olim
Spinoza ongni katta ko`lamga ega materiyadan sira qolishmaydigan voqelik, ya’ni
yaqqol narsa deb tushuntirdi, shu jumladan, psixik hodisalarning ob’ektiv
sabablari bilan belgilanishi haqidagi ta’limotni ilgari suradi.
Psixologiya fanining eksperimental, psixoanalitik, bixevioristik,
empirik, epifenomenalistik, geshtal
ь
t, assotsiativ, vyurtsburg, psixogenetik,
reduktsioiizm, soliptsizm, gumanistik, biogenetik, sotsiogenetik kabi yo`nalishlari
tomonidan to`plangan ma’lumotlar hozirgi zamon psixologiyasini vujudga keltirdi.
Xuddi shu yo`nalishlarning rang-barang metodikalari, metodlari umumiy
psixologiya fanining predmetini va uning tadqiqoti printsiplarini aniqlab berdi.
Psixikaning reflektor xususiyati to`g`risida mulohaza yuritilganda rus olimi I.
M.Sechenovning «Bosh miya reflekslari» nomli asarida fikr bildirishicha, «ong
va ongsiz hayotning barcha harakatlari ro`y berish usuliga ko`ra reflekslardan
iboratdir». Psixik hodisa sifatida ongning harakati tanasiz ruxning xususiyatiga
11
emas, balki vujudga kelish usuliga, binoan refleksga o`xshash xislatga ega bo`lgan
jarayondir. Psixik hodisa insonning shaxsiy g`oyalarini, hissiy kechinmalarini,
sezgi va
idrok
jarayonlarini o`zi kuzatish jarayonida aks etuvchi voqelikdangina
iborat emas. Balki u refleks singari tashqi qo`zg`atuvchilarning ta’sirini va unga
javoban bildiriladigan harakat reaktsiyasini ham o`zida mujassamlashtiradi.
Psixologiyada tan olib kelinayotgan isixik jarayonlar ongning ichida tug`iladi va
uning ichida yakunlanadi, degan g`oya I. M. Sechenov tomonidan inkor
qilinadi.
I.M. Sechenovning fikricha, psixik hodisa yaxlit reflektor harakat tufayli
yuzaga keluvchi va uning mahsuli bo`lishi bilan birga vujudga kelmagan, lekin
ta’sir o`tkazish ehtimoli mavjud kutilmadan boxabar qiluvchi omil funktsiyasini
bajaradi. Psixik jarayonlar organizmda signal va boshqaruv funktsiyasini ijro
etib, o`zgaruvchan shart-sharoitlarga harakatni moslashtiradi. Psixik jarayon
miyaning bo`lmalari ya
ь
ni tarkibiy qismlari funktsiyasi tariqasida tashqi olam
to`g`risidagi axborot faoliyatini idora qiluvchi hisoblanadi. Shunday qilib, psixik
hodisalar deganda miyaning tashqi va ichki ta’sirlarga javobini tushunmoq
kerak.
Shuni ta’kidlab o`tish joizki, I. M Sechenov psixikaning reflektorligi va
faoliyatning psixik jixatdan boshqarilishi ta’limotini xaspo`shlab berdi. Bu ilg`or
g`oya muhim ta’limot, nazariya rus olimi I.P.Pavlov ham odamlarning, ham
hayvonlarning tashqi muhit bilan o`zaro harakati miya bilan boshqarilishi
qonuniyatini ochib, mazkur qonuniyatlarga taalluqli birinchi va ikkinchi
signallar tizimi to`g`risidagi ta’limotni ilgari surdi.
Tevarak-atrof muhitidagi narsa va hodisalarning ko`rinishi, eshitilishi, yengil
yoki og`irligi, qattiq yoki yumshoqligi kabilar hayvonlar uchun shartsiz
qo`zg`atuvchi keyinchalik, ular shartli refleksga aylanishi mumkin. Binobarin,
ularning psixik faoliyati birinchi signallar sistemasi bosqichida amalga oshadi va
unga uzluksiz ravishda amal kiladi. Inson faoliyati va xulk-atvori uchun ham
birinchi signal sistemasiniig signallari ya
ь
ni tasavvurlar, obrazlar ularni
boshqarishi, yo`naltirishi, muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, yo`l, ko`cha
qoidalari, xavf-xatar belgilari shaxs uchun muhim rol
ь
o`ynaydi. Insonniig xulq-
atvorini signal qo`zg`atuvchilar mexanik ravishda boshqarmaydi, balki mazkur
qo`zg`atuvchilarning miyaga o`rnashib qolgan timsollari, ya’ni signallari
boshqarib turadi. Muayyan timsolga ega bo`lgan timsollar narsa va hodisalar
to`g`risida signal jo`natadi, buning natijasida insonning xatti-harakatini boshqarib
turadi.
Odamlarda hayvonlardan farqli o`laroq, birinchi signallar sistemasi bilai bir
qatorda ikkinchi signallar sistemasi ham mavjuddir. Ikkinchi signallar
sistemasining signallari odamlar tomonidan talaffuz etilgan va so`zlardan tashkil
topadi. Agar so`zning ma’nosi shaxsga tanish bo`lsa, u holda uning xulq-atvorini
boshqara oladi, tabiiy yoki ijtimoiy muhitga moslashuvini ta’minlashga yordam
ko`rsatadi. Agarda so`zning ma’nosi notanish bo`lsa, u odamga faqat birinchi
signallar sistemasining signallari tarzida ta’sir o`tkazadi va shaxs uchun
ahamiyatsiz narsaga aylanib qoladi. Yuqoridagi mulohazalardan kelib chikqan
holda psixika ob’ektiv borliqning sub’ektiv obrazining voqelik tarzida miyada
12
aks etishi deb baholash mumkin.
Psixik aks ettirish sust narsa emas, balki u xatti-harakat, ta’sir, o`zaro ta’sir
kabilarni tanlash bilan bevosita aloqador shaxs faoliyatining muhim jabhasi
sanaladi.
Hozirgi zamon psixologiyasida faoliyat, jarayon va xulk-atvorninng faol
boshqarilishi teskari aloqa apparatining ishlashini taqozo etadi. Teskari aloqa
tushunchasi kibernetika, fiziologiya, psixologiya fanlarida keng ko`lamda
qo`llanilib kelinmokda. Teskari aloqa psixologiya bilan fiziologiya fanlarida har
bir javob harakati hal qilinayotgan vazifa ya
ь
ni muammo miyada baholanilishi
tushuniladi. P.K.Anoxin nuqtai nazaricha, organizmda muayyan tsikl bilan ish
bajaruvchi yaxlit sistema mavjud. Mazkur sistemada markazdan javob
harakatiga buyruq berilishining birorta ham lahzasi teskari yo`nalishda
harakatning natijasi haqida zudlik bilan axborot ya
ь
ni teskari aloqa
yuborilmaguncha tugallanmaydi. Teskari aloqa apparati yordami bilan
organizm o`z xarakatining natijasini obraz bilan taqkoslab ko`radi.
A.N.Bernshteyn talqinicha, natijaga nisbatan obraz oldinroq paydo bo`ladi,
voqelikning o`ziga xos modeli tarzida uning yuz berishi to`g`risida oldindan
axborot, ma’lumot beradi.
Yuqorida yuritilgan mulohazalardan kelib chiqkan holda psixologiya faniga
ta’rif berish mumkin. Psixologiya-voqelikning miyada obraz tarzida yuzaga
keltiruvchi psixik omillar, jarayonlar, holatlar, qonuniyatlar, xossalar, fazilatlar,
mexanizmlar to`g`risidagi fandir. Insonning shaxsiy xususiyatga ega bo`lgan xulk-
atvori va faoliyati vokelikning miyadagi obrazlar yordami bilan boshqarilib
turadi.
Psixikaninng moddiy asoslari to`g`risida fikr yuritilganda, eng avvalo, u
miyaning xususiyatidir. Organizmning psixik faoliyati tananing ko`p miqdordagi
a’zolarining yordami bilan ishga tushadi. A’zolarning ba’zi birlari ta’sirotlarni
qabul qilsa, boshqalari ularni signallarga aylantiradi va xatti-harakatlarning
amalga oshishini nazorat qiladi.
Organik olamning mikroorganizmdan to insonga qadar bir necha o`n million
yil davom etgan evolyutsiyasi davomida xatti-harakatlarning, xulq-atvorning
fiziologik mexanizmlari uzluksiz ravishda murakkablashib, tabaqalanib, buning
oqibatida organizm muhitning o`zgarishlariga tez reaktsiya qiluvchan,
moslashuvchan xususiyat kasb etib borgan.
Jumladan, nerv sistemasining asosiy unsurlari nerv hujayralari hisoblanib,
ularning funktsiyasi ko`zg`atishdir. Neyron hujayra tanachasidan, dendritdan,
aksondan tashkil topadi. Markaziy nerv sistemasi bosh miya va orqa miyadan
iborat.Hozirgi zamon fanining ko`rsatishicha, orqa miya va miya naychasi
reflektor faoliyatining tug`ma ya
ь
ni hisoblangan shakllarni amalga oshiradi, katta
yarmm sharlarning qobig`i esa hayotda orttirilgan, psixika yordami bilan
boshqariladigan xulk-atvor shakllarining organi sanalanadi.
Odamning psixik hayotida katta yarim sharlar qobig`i sirtining peshona
kismlari alohida rol
ь
o`ynandi. Psixik funktsiyalar muayyan tarzda chap va o`ng
yarim sharlar o`rtasida taqsimlanishi chuqur o`rganilgan. Ma’lumki, psixikaning
mazmuni tirik mavjudod o`zaro munosabatda bo`ladigan tashqi olam bilan
13
belgilanadi. Shuning uchun tashqi olam inson miyasi uchun shunchaki oddiy
biologik muhit emas, balki odamlar tomonidan ularning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot
davomida yaratilgan hodisalar olami hamdir. Psixologiya fanini muayyan
soxalarga bo`lishda aniq, yaqqol faoliyatining psixologik tomoni, insonning
jamiyatga nisbatan psixologik munosabati, taraqqiyotining psixologik jabhasi
asos qilib olingan. Quyida psixologiya sohalarining tavsifiga qisqacha to`xtalib
o`tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |