O’zb е kiston r е spublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshk


Mavzu: Idrok tushunchasi va asosiy



Download 1,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/72
Sana01.01.2022
Hajmi1,6 Mb.
#292718
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   72
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

8 Mavzu: Idrok tushunchasi va asosiy 
mexanizmlari
 
 
Reja: 
1.
 
Idrok to`g`risida umumiy tushuncha. 
2.
 
Idrok turlari. 
3.
 
Idrok apertsepsiya hodisasi. 
4.
 
Idrokda illyuziya holatlari 
 
 
Idrok sezgilarga nisbatan murakkab va mazmundor psixik jarayon 
bo`lib hisoblanganligi sababli barcha ruhiy holatlar, hodisalar, xususiyatlar 
xossalar va inson ongining yaxlit mazmuni, egallangan bilimlar, tajribalar, 
ko`nikmalar bir davrning o`zida namoyon  bo`ladi, aks ettirishda ishtirok qiladi. 
Idrok tushunchasi lotin tilida qabul qilish, idrok deb nomlanadi, uning 
yuqori bosqichi esa «appertseptsiya»  deyiladi. Appertseptsiya- idrok 
jarayonini shaxsning oldingi bilimlari, shaxsiy va ijtimoiy tajribala-qiziqishlari,  
motivatsiyasi, ehtiyojlari va odatlari,  umuman, ruhiy hayotning barcha 
mazmuni bilan belgilanishidir. Appertseptsiya  hodisasi tufayli odamlar 
o`zaro idrokining mazmuni bilan bir-birlaridan muayyan darajada 
tafovutlanadilar, ya’ni ular aynan bir xil narsani o`zining bilim saviyasi, 
maslagi, pozitsiyasi, dunyoqarashi  ijtimoiy   kelib   chiqishiga  asoslangan   
holda turlicha  idrok qiladilar hamda aks ettiradilar. Masalan, «ildiz» 
tushunchasini biologlar o`simliklarning moddiy asosi sifatida, matematiklar 
sonlarning ildiz ostidagi ko`rinishida, ijtimoiy nuqtai nazardan (qarindosh-
urug`chilik shaklida ko`z o`ngiga keltiradi. Mazkur tushuncha ba’zi hollarda 
idrokning aniqlik, to`liqlik, ravshanlilik, predmetlilik,   tanlovchanlik      kabi   
sifatlarning   ma’nosi o`rnida qo`llanilgan. Psixologiya  nazariyalariga ko`ra 
appertseptsiya xodisasi   barqaror   va   vaqtincha     deb   yurituvchi   ikki 
ko`rinishga    ajratiladi.   Barqaror  appertseptsiya  hodisasi shaxsning 
dunyoqarashi,  ideali, pozitsiyasi, motivatsiyasi,  qiziqishi, bilim saviyasi, 
madaniy darajasi, xulq-atvori, ma’naviyati va kasbiy tayyorgarligiga bog`liq 
bo`lib, u o`ta murakab tuzilishga egadir. Muvaqqat  appertseptsiya turi esa 
shaxsning faqat idrok qilish jarayonidagi emotsional holatiga, ya’ni uning 
kayfiyati, ruhlanishi, shijoati, stress, affektiv ko`rinishdagi xis-tuyg`ularida, 
ularning sur’ati, davomiyligi, tezligida o`z ifodasini  topadi. 
Psixologiya fanida idrok muayyan shakllarga ajratilib tadkiq qilinadi, vaqt, 
harakat, fazo yordami bilan  atrof-muhitning,  
biosferaning,   ijtimoiy   turmushning   mohiyati   yuzasidan   axborotlar, 
ma’lumotlar, xususiyatlar aks ettiradi. Borliqdagi narsa va hodisalarning 
yashash shakli, uzluksiz ravishda harakatda bo`lishi, muayyan ob
ь
ektiv vaqt 
 
74


birligida hukm surishi inson ongida bevosita in
ь
ikos qilinadi. Odatda inson 
tomonidan vaqtni idrok qilish, asosan ruhiy hodisalar, holatlar, vaziyatlar, 
xususiyatlarning o`zaro o`rin almashinuvi tufayli namoyon bo`ladi va o`ziga 
xos tuzilishi bilan mazkur jarayonning boshqa shakllaridan farq qilib turadi. 
Vaqtni idrok qilish inson tomonidan aks ettirilayotgan vaqt birligining 
ob
ь
ektiv  mazmuniga, shaxsning unga nisbatan munosabatiga   bog`liq  bo`lib,    
xuddi    shu    mezon    orqali    uning mahsuldorligi o`lchanadi. Masalan, 
shaxsning ehtiyoji, motivatsiyasi, qiziqishlari va intilishiga mos, mutanosib 
vaqt birligini idrok birligini    idrok    qilgan    taqdirdagina   vaqt   ob
ь
ektiv   
jixatdan  tez o`tganday idrok kilinadi, odatda yoqtirmaslik, idrok maydoniga  
nomutanosiblik esa shaxsda zerikish   tuyg`usini   uyg`otadi.  
Biosfsra va neosferadagi harakatlarni idrok qilish jismlarning  fazodagi  o`rin 
almashinuvini bevosita  in
ь
ikos ettirishdan iboratdir. Xuddi shu sababdan 
harakat nisbatan  va nisbat berilmasdan   idrok kilinishi ilmiy psixologik 
manbalarda  qayd qilib o`tiladi. Mabodo harakatdagi jism uni qurshab turgan 
harakatsiz boshqa jismlarga takqoslangan holda idrok kilinsa, bunday toifadagi 
harakat nisbatan idrok qilish deb ataladi. Agarda, harakatlanayotgan jism hech 
kanday narsa bilan takqoslanmasdan idrok kilinsa, bu ko`rinishdagi harakat esa 
nisbat berilmasdan  idrok qilish deyiladi. Fazoni idrok qilish voqelikdagi narsa 
va xodisalarning fazoda egallagan o`rnini, shaklini, miqdorini va bir-biriga 
nisbatan munosabatlarini iborat bilish jarayoninig shaklidir. Voqelikni idrok 
qilish orqali inson borliq to`g`risida, uning xususiyatlari, hajmi, masofasi 
ya
ь
ni ich tomoni, chuqurligi yuzasidan muayyan ma’lumotlar, xossalar, 
axborotlar to`plash, ularni farqlash imkoniyatiga ega bo`ladi. Idrokning har 
uchala shaklining yordami bilan dunyoni bilish jarayoni amalga oshadi, verbal va  
noverbal holatlar bilan bevosita va bilvosita yo`l yordamida muayyan obrazlar  
mujassamlashadi, natijada yaxlit in’ikos etish holati yuzaga keladi, bilishga oid 
aksariyat mahsullar to`planadi. 

Download 1,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish