2. Bixeviorizm
(ingl. behaviour – hulq - atvor) XX asr amerika
psixologiyasidagi yo`nalish bo`lib, ongni ilmiy tadqiqot predmeti sifatida
o`rganishni rad etadi, psixikaga hulq – atvorning turli shakllari sifatida qaralib,
hulq – atvor esa tashqi muhit kuzatuvchilariga organizm reaktsiyalari majmui
sifatida qaraladi.
Bixeviorizm qarashlarining dastlabki dasturi 1913 yilda amerikalik
zoopsixolog D.Uotson (“Psixologiya, bixeviorist uni qanday tushunadi”
maqolasida) tomonidan ilgari surilgan.
D.Uotson psixologiya yarim asrdan ortiqroq davr davomida eksperimental
Fan bo`lganligiga qaramasdan boshqa tabiy fanlar o`rtasida o`z o`rnini egallab
olmaganligiga sabab, psixologiya predmeti va tadqiqot usullarining noto`g`ri
qo`yilganligidadir deb baholashadi. Psixologiya fanining predmeti sifatida ong
o`rniga xulq – atvorni o`rganishi lozim degan, da’volar bilan chiqdi. Barcha psixik
hodisalar deyilgandja, ongga tegishlilikning tushunilishi tanqid qildi, uning
fikricha “o`rta asr tasavurlaridan” yiroq yangi atamalar kiritilishi kerak. Shunday
atamalar sifatida qo`zg`atuvchi va reaktsiya atamalarini taklif qildi.
D.Uotson o`z faoliyatini funktsionalistlar va tarkibiy psixologiya o`rtasida
to`xtovsiz baxslar ketayotgan davrdan boshladi. Bu baxslardan, ikkita yo`nalishni
ham rad etish to`g`risidagi xulosaga keldi. Chunki, ulardan biri ongning tarkibini,
57
ikkinchisi esa uning funktsiyasini o`rganishga harakat qilardi.
D.Uotson o`zining dastlabki qarashlarini “Hulq – atvor: taqqoslash
psixologiyasiga kirish” (1914) va “Bexevioristlar nuqtai nazaridan psixolgiya”
(1919) kitoblarida “quzg`atuvchi - reaktsiya”, “ko`nikmalar hosil bo`lishi” kabi
atamalar bilan tushuntirib berishga harakat qiladi. Xulq – atvor qonuniyatlari,
bexeviorizm ta’limotiga ko`ra, “kirish qo`zg`atuvchi va chiqish” (javob reaktsiya)
o`rtasidagi o`zaro munosabatlardan iboratdir. Bu tizim ichidagi (psixologik va
fiziologik) jarayonlar, to`g`ridan – to`g`ri kuzatish imkoni yo`qligi sababli, ilmiy
tahlil etishdan yiroqda turadilar. Bixeviorizmning asosiy usuli organizmlarga atrof
– muhitdagi ta’sirga javoban organizm reaktsiyalarini kuzatish va tajribaviy
o`rganish bo`lib, ular o`rtasidagi o`zgaruvchilarni korrelyatsionlarini bog`lanishda
matematik tavsiflashdir.
“Qo`zg`atuvchi - reaktsiya” munosabatlari organizmning muhitga
munosabatini asosiy birligidir.
Bixeviorizm yo`nalishida CH.Xanter, K.Leshli tomonidan tajribalar olib
borildi. Bundan tashqari Edvard Tolmen va K.Xoll tomonidan bixeviorzimning
yangi yo`nalishi neobxiveiorizm rivojlantiradi.
Bixeviarizm an’anaviy “qo`zg`atuvchi – reaktsiya”dan tashqari har qanday
sub’ektiv hodisalarni tan olmas edi. Shuning uchun ham shu vaqtgacha an’anaviy
bixevioristlar tomonidan rad etib kelinayotgan obraz, motiv kabi boshqa psixologik
hodisalarga bixeviorizmni qo`llashni neobixevioristlar o`z oldiga asosiy maqsad
qilib qo`ydi. Bu tipdagi tadqiqotlarda “qo`zg`atuvchi – reaktsiya” o`rtasida ro`y
beradigan ichki jarayonlarni “mediatorlar” tushunchasi vositasida ifodalashga
xarakat qilindi. “Mediatorlar” funktsiya emas, balki xulq – atvorning real
omillaridir, degan g`oyani ilgari surdi. E.Tolmen o`z ta’limotida bevosita uchta
yo`nalish: bixeviorizm, geshtal
ь
t psixologiya, dinamizm psioxologiyasi g`oyalarni
uyg`unlashtirishga harakat qiladi.
Ushbu maqsadida E.Tolmen tomonidan oraliq o`zgaruvchilar tushunchasi
kiritildi, ular bevosita qo`zg`atuvchilar va javob xulq – atvori o`rtasida amal
qiladigan, bilish va qo`zg`atish omillarining majmui sifatida tushunildi. Oraliq
o`zgaruvchilar bu qo`zg`atuvchilar (mustaqil o`zgaruvchilar) ga harakat
reaktsiyalari (bog`liq o`zgaruvchilar) ni vositaligini ta’minlaydigan
determinantlardir. Buning uchun E.Tolmen kalamushlar ustida labirint
ko`nikmalarini egallash bo`yicha ko`plab tajribalar o`tkazadi. Ko`nikmalar hosil
bo`lishi jarayonida kalamushlarning o`ziga xos ixtirochiligi ma’lum bo`ldi.
O’z vaqtida Torndayk tomonidan ifodalangan mashq qilish va samara
qonuniyatlari yangicha baholandi. Mashq qilishning asl mohiyati, bu muayyan
bilish strukturalarining xosil bo`lishligidir. Kalamush labirintda yo`l topishga
shuning uchun ham o`rganadiki, undu ushbu yo`lning “bilish xaritasi” xosil
bo`ladi, bu esa an’anaviy bixeviorizmda, ta’riflanganidek harakat reaktsiyalarining
yig`indisi emas. Maqsadga intilgan xayvonlar muhit signallarini farqlaydilar. Bu
bilan o`z kutayotgan natijalarini bog`laydilar. Agar, kutilayotgan natija
tasdiqlanmasa, xulq – atvor buziladi. E.Tolmen tomonidan “yashirin o`qish”
tushunchasi ham kiritildi. Bu degani yashirin, kuzatib bo`lmaydigan o`qishning
vujudga kelishidir. O’qish jarayoni mustahkamlaydigan qo`zg`atuvchi bo`lmagan
58
hollarda ham ro`y beradi. Xayvonlar hatti – xarakatlar ehtimolligi bilan vaziyatni
go`yoki tadqiq etadi. Unda bilish strukturalari shakllanadi, uning yordamida
kelgusida eng qulay samaraga erishiladi. Lekin, E.Tolmen bu tajribalarni yo`lga
quyishiga qaramasdan obrazning harakat reaktsiyalarini qanday boshqarish
masalasiga javob Bera olmadi.
Umuman bixeviorizm to`g`risida xulosa qiladigan bo`lsak, D.Uotson
tomonidan xulq – atvor tushunchasidan ong dalillari (obraz) chiqarib tashlashga
harakat qilingan bo`lsa, neobixeviorizmda esa xulq – atvor hatti – harakatlariga
obrazlar (Tolman) va periferik darajadagi nerv jarayonlari kiritishga harakat
qilindi. Ular o`rniga esa, Skinner tadqiqotlari yuzaga keldi, u radikal tarzda
qzgartirish qilishni mo`ljallagan edi.
3.
Geshtal
ь
t psixologiya (nemischa – gestalt – obraz, shakl) Germaniyada XX
asrning birinchi choragida yuzaga kelgan oqimdir. Bu oqim o`z komponentlariga
nisbatan birlamchi bo`lgan, yaxlit strukturalar (geshtal
ь
t) nuqtai – nazaridan
psixologiyani o`rganish dasturi bilan chiqdi. Geshtal
ь
t psixologiya (V.Vundt,
E.B.Titchener) tomonidan ongni elementlarga bo`lish tamoyili va assotsiatsiya
qonunlari yoki ijodiy sintez asosida ulardan psixik fenomenlarni keltirib chiqarish
g`oyasiga qarshi chiqdi. Yaxlitlikning ichki, sistematik tuzilishining uni qismlarga
ajratuvchi xususiyatlar va funktsiyalar belgilaydi, degan g`oya dastlab idrokni
tajribaviy o`rganishga qo`llandi. Bu uning bir qator muhim xususiyatlarini aniqlash
imkonini berdi: barqarorlik (konstantlik), strukturaviylik, predmet obrazining
(figura) uni o`rab turgan fonga bog`liqligi va h.q. Intellektual xulq – atvor
o`rganilayotganda sensor obrazning harakat reaktsiyalarni vujudga keltirishdagi
roli o`rganildi. Bu obrazning qurilishi anglashning alohida psixik akti bilan
tushuntiriladi, ya’ni idrok etilayotgan maydonda munosabatlarni bir lahzada anglab
olish yo`li bilan insayt holati tushuntiriladi. Bu qoidalar bixeviorizimga qarshi
qo`yildi, u muammoli vaziyatda organizm xulq – atvorini, ko`r – ko`rona harakat
reaktsiyalarini natijasida, tasodifan muvaffaqiyatga uchraydi, degan g`oyani ilgari
surgan edi (sini shva xato usuli). Inson tafakkuri jarayonlarini tahlil etishda asosiy
e’tibor bilish strukturalarining qayta hosil bo`lishga qaratildi, buning natijasida
ushbu jarayonlar samaradorlik xususiyati kasb etadi va ular formal mantiqiy
operatsiyalar, algoritmlar va h.k. shaklida farq kiladi.
Psixik geshtalliklar va uning qayta hosil qilingan tuzilmalari individual
ongning xususiyati sifatida qaraldi, bu esa o`z navbatida predmetlar dunyosi va
nerv tizimi faoliyatiga bog`landi.
Asosiy vakillari nemis psixologklari M.Vertxeymer, V.Kyoler, K.Kofkalardir.
4.
Zigmund Freyd ta’limoti ushbu avstriyalik psixologning o`z nomi bilan
ataladi. Bu ta’limotida shaxs taraqqiyoti va tarkibi irratsional, ongga qarama –
qarshi bo`lgan omillar bilan tushuntiriladi va ushbu asosida psixoterapiya
texnikasidan foydalaniladi. Ushbu ta’limot dastlab nervozlarni davolash
jarayonlarida shakllangan. Z.Freyd ta’limoti individ ongsizlik holatida chuqur
yashiringan psixik kuchlar (ular orasidagi eng muhimi seksual mayl – libido) va
individ uchun dushman bo`lgan ijtimoiy muhitda yashab qolish zaruriyati
natijasida abadul – abad yashirin urishni o`rganadi.
Ijtimoiy muhit tomonidan qo`yilgan ta’kidlar (ong “tsenzurasini” yaratdi),
59
ruhiy jarohat yetkazgan holda ongsizlik holatini mayllar energiyasini bostiradi, u
esa nerv simpmtomlari, tush ko`rishlar, xato hatti – harakatlar, nohushlikni unutish
kabi vositalarida yuzaga yorib chiqadi. Psixik jarayonlar freydizmda uchta nuqtai
nazardan ko`rib chiqildi: topik, dinamik va iqtisodiy. Dastlab topik tizim Freydda
uchta darajada taklif qilindi: ongsizlik, ong oldin va ong holatlari, ular o`rtasidagi
munosabat tsenzura vositasi yordamida tartibga solinib turadi. 20 – yillarning
boshidan Freyd tomonidan boshqa darajalar ajratib ko`rsatiladi: men (ego), u (id)
va oliy – men (super – eto), keyingi ikki tizim ongsizlik qatlamida joylashgandir.
Ruhiy jarayonlarni dinamik nuqtai – nazardan qarash maqsadga yo`naltirilgan
mayllar va tendentsiyalarni bir kichik tizimdan ikkinchisiga o`tish sifatida qarar
edi.
Iqtisodiy nuqtai – nazardan qarash esa psixik jarayonlarga energetik
ta’minlanish nuqtai – nazaridan qarashni ifoda etar edi (xususan, libido –
energiyasi bilan) Freyd fikriga ko`ra, energetik manba u (id) dir. Id – ko`r –
ko`rona instinktlar, yoki jinsiy, yoki agressiya instinktlari to`plangan joy bo`lib,
sub’ektning tashqi reallikga munosabatlaridan qat’iy nazar, darhol qondirilishiga
harakat qiladi. Ushbu reallikga moslashishni ego ta’minlaydi. Ego atrof-muhit va
organizm holati to`g`risida axborotni qabul qiladi, uni xotirasiga saqlaydi,
individning javob reaktsiyalarini, uning o`z-o`zini saqlash manfaatlari asosida
tartibga soladi.
Super-ego ahloqiy andozalar, ta’qiqlar va rag`batlantirishlarni o`z ichiga olgan
bo`lib ularning barchasi individ tomonidan ongsiz holda tarbiya jarayonida, avvalo
ota – onalaridan o`zlashtirilgandir.
Egoga Id, super-ego va tashqi reallik tomonidan qo`yiladigan talablar bir-
biriga mos bo`lmaganligi sababli, u doimo nizoli holatda bo`ladi. Bu esa chidab
bo`lmaydigan zo`riqish holatini yuzaga keltiradi, bundan esa individ “himoya
mexanizmlari”, ya’ni siqib chiqarish, oqilonlashtirish, sublimatsiyalash,
regressiyalar vositasida qutqariladi.
Psixoterapiyaning vazifasi, jarohat yetkazgan kechinmalarni aniqlash va
ulardan katarsis, siqib chiqarilgan mayllarni anglash, nerv simptomlari sabablarini
aniqlash yo`llari bilan shaxsni ozod qilishdir. Buning uchun tush ko`rishlarini tahlil
qilish, erkin assotsiatsiyalar usullaridan foydalaniladi.
Zigmund Freyd psixologiyaga bir qator muhim muammolarni olib kirdi:
ongsizlik holidagi motivlashtirish, psixikada normal va patologik hodisalarning
munosabati, uning himoya mexanizmlari, seksual omilning roli, shaxsning
murakkab tizimi, subxektiv psixik tuzulishidagi ziddiyatlar va nizolar va h.k.
5.
Gumanizm psixologiyasi g`arb psixologiyasidagi oqim bo`lib, o`zining
asosiy predmeti sifatida shaxsni noyob yaxlit tizim sifatida qaraydi, gumanizm
psixologiyasi fikricha shaxs qandaydir oldindan berilgan holatda bo`lib, o`z –
o`zini faollashtirishning “ochiq imkoniyatlari” faqat insonlar uchun xosdir.
Gumanizm psixologiyasining asosiy qoidalari quyidagilardan iboratdir: inson
yaxlit holda o`rganilishi lozim; har bir inson noyob bir hodisalar, alohida hollarni
tahlil etish o`zini oqlaydi, statistik umulashtirishlarga qaraganda, inson olam uchun
ochiqdir, insonning olamdagi va o`zidagi kechinmalari asosiy psixologik
reakllikdir; inson hayoti insonning shakllanishi va borligi sifatidagi yagona jarayon
60
sifatida qaralishi lozim; inson rivojlanishi va o`z – o`zini namoyon etishning
cheksiz imkoniyatlari bilan ta’minlangandir, bu esa uning tabiatining bir qismini
tashkil etadi; ma’nolar va qadriyatlar vositasida tashqi determinantlardan muayyan
darajadagi erkinlik xususiyatiga egadir, ulardan esa o`zining tanlashida
foydalanadi; inson – bu faol va ijodkor mavjudot.
Gumanizm psixologiyasi, o`zini “uchinchi kuch” sifatida bixeviorizm va
freydizm qarama – qarshi qo`yadi, bu ta’limotlar asosan shaxsni o`tmishga
bog`lab, qo`yadi, insondagi asosiy narsa esa kelajakka intilish, o`z imkoniyatlarini
erkin amalga oshirishdir (G.Olport), ayniqsa ijodiy imkoniyatlarini (A.Maslou),
o`ziga ishonchni mustahkamlash va “ideal men” ga erishish imkoniyati (K.Rojers)
sifatida qaraydi. Bu yerda markaziy rol muhitga moslashishni ta’minlaydigan
motivlar, konform xulq – atvorga emas, balki insoniy mendagi konstruktiv
asosning o`sishiga qaratiladi, buning yaxlitligi boshdan yechirishdagi kuchi
psixoterapiyaning alohida shaklini qo`llab quvvatlashga qaratilgandir. K.Rojers
ushbu shaklni “mijozda markazlashgan terapiya” deb ataydi, bu esa
psixoterapevtdan yordam so`rab murojaat etgan individga, “bemor” sifatida emas,
balki mijoz sifatida qarashni taqozo etadi, bunda individ uni xavotirga solayotgan
xayotiy muammolarni yechish uchun ma’suliyatni o`z zimmasiga oladi.
Psixoterapevt faqat esa maslahatchi (konsultant) vazifasini bajaradi va ilik
emotsional muhitni yaratib beradi, bunda mijozga o`z ichki dunyosini tashkil etish
va o`z shaxsini yaxlitligiga erishish, o`zining mavjudligi moxiyatini
(“ekzistentsiya”) tushunish osondir. Shaxsdagi o`ziga xos insoniylikni, inkor
etuvchi ta’limotlarga e’tiroz bildirgan holda, gumanizm psixologiyasi o`ziga xos
insoniylikni ijtimoiy – tarixiy omillarga bog`liq ekanligini tan olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |