O’zb е kiston r е spublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshk



Download 1,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/72
Sana01.01.2022
Hajmi1,6 Mb.
#292718
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   72
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

ijtimoiy psixologik trening
  (IPT) 
deb ataladi. IPT - muloqot jarayoniga odamlarni psixologik jihatdan hozirlash, 
ularda zarur kommunikativ malakalarni maxsus dasturlar doirasida qisqa fursatda 
shakllantirishdir. Eng muhimi IPT mobaynida odamlarning muloqot borasidagi 
bilimdonligi ortadi. 
Mavzu yuzasidan savollar 
1.Muloqot haqida tushuncha. 
2.Miya, muloqot, nutq faoliyati. 
3.Muloqot va shaxslararo bilimlar. 
4.Muloqot shaxsning shakllanish omili sifatida. 
 
Tayanch iboralar 
Verbal, noverbal, kammunikativ, identifikatsiya, reflektsiya, sterotipizatsiya, 
biosotsial, trening, pertseptsiya 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
55


 
Mavzu 6. Hozirgi zamon chet el psixologiyasidagi asosiy oqimlar.
 
 
Reja: 
1.
 
Funktsional psixologiya va funktsiyalar, hatti – xarakatlar hamda operatsiyalar 
tushunchalarining mohiyati. 
2.
 
Bixeviorizm oqimida xulq – atvor muammolari. 
3.
 
Geshtal
ь
t psixologiya va idrok jarayonlariga munosabat. 
4.
 
Z.Freyd ta’limotida inson ongi darajalari va shaxsning tarkibli tuzilishiga ega 
ekanligi to`g`risida. 
5.
 
Gumanizm psixologiyasida insonlarga “ochiq imkoniyatlarga ega o`z – o`zini 
takomillashtirish noyob tizim” sifatida qarashlarning mohiyati. 
 
1. 
Funktsional psixologiya XX – asr boshlarida Frantsiya, Germaniya, AQSH, 
Buyuk Britaniya, Rossiya va Shvetsariyada yuzaga keldi. Asosiy vakillari U.Jems 
(AQSH, 1842 – 1910), D.D
ь
yui (1859 – 1952), D.Endjel (1869 – 1949), 
R.Vudvorts (1869 – 1962) va boshqalardir. 
Funktsional psixologiya o`zigacha psixologiya fanida hukmron bo`lgan 
(E.Titchener 1867 – 1927) tarkibiy psixologiya g`oyaviy qarashlarini yengib 
o`tishiga to`g`ri keldi. Tarkibiy psixologiya oqimining fikricha, psixologiya 
fanining predmeti materiya bo`lgan ongdir, uning o`rganish usuli esa o`z – o`zini 
kuzatishdir, bunda materiya “ong”ning qanday elementlardan tashkil topgani va 
uning qanday strukturalarni tashkil etishi aniqlandi. Psixologiya – bu alohida 
reallik sohasi bo`lishi – sezgilar, shakllar va xis – tuyg`ular dunyosidir. 
E.Titchener maktabi psixologiyani “sof” nazary fan sifatida rivojlantirish 
g`oyasi bilan chiqdi. 
Lekin, bu yo`nalish psixologiyaning bevosita amaliy vazifalarini bajarishda 
ojizlik qilardi. Taraqqiyot ehtiyojlari psixologiyadan amaliy vazifalarni yechishni 
talab qilar edi. 
Funktsional psixologiyaning asosiy vazifasi, amerikalik psixolog D.Endjel 
fikricha quyidagilardan iboratdir: 
1) aqliy operatsiyalar, qanday qilib va nima uchun amalga oshirilishini 
o`rganish; 
2) ongga – organizm va muhit o`rtasidagi yuzaga keladigan muammolarni 
yechish quroli sifatida qarash; 
3) u ongni materiya, organizmga nisbatan mustaqil holatida emas, balki 
organizm bilan birgalikda yaxlit psixo – fiziologik organizm sifatida qaraydi. 
Psixologiya laboratoriya sharoitlaridagi tadqiqotlarni tahlil etish bilangina 
cheklanib qolmasdan, balki real muammolarni ishlab chiqishi lozim. Masalan, 
pedagogik, tashxis qo`yish va h.q. 
Funktsional psixologiya element, strukturalar o`rniga onglar, operatsiyalar 
funktsiyalar muammosini ilgari surdi. Bu yo`nalish uchun psixika – bu 
funktsiyadir deyish yetarli bo`lmasdan, ruhiy hodisalarni tushuntirishda 
evolyutsion – biologik ta’limot usulida tushuntirishdan foydalanish xosdir. 
 
56


Funktsiya tushunchasiga – bu oqimda, ruhiy jarayonlarning moslashuvi, 
adaptatsiya xususiyatidan kelib chiqib qaraladi.  
Funktsional psixologiya hatti – harakat tushunchasi biologik – 
moslashuvchanlik ma’nosida tushungan holda, undan ham murakkabroq 
muammoni ilgari surdi. Ya’ni, hulq – atvorning murkkablashuvi va turli 
sharoitlardagi muammolar natijasida hulq – atvorni yanada murakkablashuvi 
muammosini ilgari surdi. 
Funktsiya deyilganda, ichki muhitdan kelib chiquvchi, o`z tarkibi va 
tuzilishiga ko`ra tashqi muhitdagi real faoliyat bilan bog`liq bo`lmagan, nimadir 
tushuniladi. 
Hatti – harakatga faqat ongga tegishli holat sifatida qaraldi. Hatti – harakat 
deyilganda, o`z – o`zicha yopiq sub’ektdan taralayotgan “nurlanish” sifatida 
qaraldi. 
Psixik hodisalarni ishlab chiqishning mantig`i esa individning tashqi olam 
bilan o`zaro munosabatlardagi rolining ochilishiga olib keldi. Bu esa o`z navbatida 
psixik faoliyat va real tana hulq – atvorini tushuntirish o`rtasida qarama – 
qarshiliklarni yuzaga keltirdi.  
Ichki va tashqi jihatdan, ruhiyat va tana holatlari bir – biridan ajralgan holda 
qoldi. Funktsional psixologiya bu holda boshi berk ko`chaga kirib qoldi. 
Funktsionolistlar tomonidan tavsiflangan ongning faolligi, uning saralash 
xususiyati, harakatchanligi va boshqa xususiyatlari real xarakterga egadir. Ushbu 
reallikning sababiy asoslarini ochib berilishida funktsionalchilar ojiz qoldilar. 
Funktsionalchilar uchun teleologizm (maqsad yoki muammoli vaziyatga ichki 
ruhiy holatning azaldan yo`nalganligi to`g`risidagi tassavurlar) indeterminizm xos 
edi.  

Download 1,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish