www.ziyouz.com kutubxonasi
19
turgan tovada qovrilayotgan, lekin o‘lmagan qush kabi edi. Keyin u tinchlandi, ammo
qutilmadi, Birozdan so‘ng uchib ketdi».
Yana bir rivoyatda Muso alayqissalom dedi: «Jonim misoli qassobning qo‘lida
tiriklayin terisi shilinayotgan qo‘ydek azobda edi».
Rivoyat qilinadiki: «O’lim onlarida Payg‘ambar alayhissalomning yonlarida suv to‘la
idish bor zdi. Sarvari olam qo‘llarini suvli idishga tiqib, suv oldi. So‘ngra uni yuzlariga
surib, dedilar: «Ollohim! O’lim talvasasini menga oson qil» (Oisha rivoyati, muttafaqun
alayh). Olloh rozi bo‘lsin, Umar Ka’bul Axborga dedi:
— Ey Ka’b! Bizga o‘lim haqida gapir.
— Mayli, ey amiral-mo‘minin,- dedi Ka’b. — O’lim, bami-soln, kishining qorniga
sanchilgan tikanli shoxdir. Har bir tikan tomir bilan birga sug‘uriladi. Keyin bir kishi bu ti-
kanlarni qattiq tortadi, olingani olinadi, qolgani qoladi.
Payg‘ambar alayhissalom dedilar«Banda albatta o‘lim kayg‘usi va o‘lim talvasasini
boshidan o‘tkazadi. Albatta, unnng a’zolari biri biriga salom berib deydi: «Senga salom
bo‘lsin, mendan ajralding va men ham to qiyomatgacha sendan ajraldim» (Anas ibn
Molik rivoyati).
Ollohning do‘stlari va habiblarida o‘lim talvasasi shun-day kechsa, bo‘g‘zigacha
gunohga botgan biz osiylarning ahvoli qanday bo‘larkin?!
Albatta, o‘lim talvasasi bilan bizga boshqa musibatlar ham yuzlanadi. Bunday
musibatlar uchtadir.
Birinchisi, oldin aytilganidek, jon chiqar azobi.
Ikkinchisi, o‘lim farishtasini ko‘rish va qalbni dahshatli ko‘rkuv egallashi. Joni
olinayotgan kishi qanchalik baquvvat bo‘lmasin, agar u ma’siyatga botgan bo‘lsa, o‘lim
farishtasiga boqishga ojizlik qiladi.
Rivoyat qilinadi: «Ibrohim Xalilulloh o‘lim farishtasidan so‘radi:
— Fojir kishining jonini qanday suratda olasan? O’sha suratda namoyon bo‘la
olasanmi? .
— Toqat qilolmaysan,- dedi o‘lim farishtasi.
— Balki toqat qilarman.
— Bas, u holda mendan yuzingni o‘gir.
Ibrohim alayhissalom undan yuz o‘girdi. Keyin qayrilib qaradi va: u zot ro‘parasida
sochlari tikkaygan qop-qora kishi turardi. Qora kiyimdagi bu kishidan qo‘lansa hid
taralar, og‘zidan olov yolqinlanib, burun kataklaridan buruqsib tutun chiqardi. Ibrohim
alayhissalom hushidan ketdi. Birozdan so‘ng o‘ziga keldi. O’lim farishtasi avvalgi suratiga
qaytdi. Ibrohim Xalilulloh unga dedi;
— Ey o‘lim farishtasi! Agar o‘lim onlarida fojirga mana shu suratda yo‘liqsang,
shuning o‘zi unga kifoya qiladi».
Abu Hurayra Payg‘ambar alayhissalomdan rnvoyat qiladi: «Dovud alayhissalom
g‘ayur (rashki kuchli) inson edi. Tashqariga chiqsa uyining eshigini qattik berkitardi.
Kunlarning bi-rida odatdagidek, eshigini maxkam bekitib, ko‘chaga chiqib ketdi. Ayoli uni
kuzatib koldi. Bir payt ayoli xovlida notanish kishi turganini ko‘rib: «Bu kishini hovliga
kim kiritdi? Agar Dovud kelsa, albatta, bir ko‘ngilsizlik ro‘y beradi-ku» deb turga-ida
Dovud alayhissalom kelib koldi va u kishiga dedi:
— Kimsan?
— Men shunday zotmankn, na podshohlar meni qo‘rqitur va na biror to‘siq meni to‘sa
olur!
— Demak, Ollohga qasamki, sen o‘lim farishtasi ekansan, dedi Dovud alayhissalom
va unga ergashdi».
Rivoyat qilinadi: «Iso alayhissalom o‘tib ketayotib, bosh chanog‘iga qoqildi va dedi:
Ihyou ulumid-din. O’limni eslash kitobi. Imom G’azzoliy
Do'stlaringiz bilan baham: |