www.ziyouz.com kutubxonasi
18
dahshatli tarzda yoyiladi. Ko‘z qorachiklari ko‘tariladi, lablar qattiq qisiladi, til tanglayga
yopishadi. Erkaklik moyagi quvuqqa tiqiladi, barmoqlarning uchi ko‘karib ketadi.
Xar bitta tomiri uzilgudek tortishayotgan badanning axvolini so‘ramang! Bitta tomir
tortishganda ham buning azobi naqadar qattiq. Ammo, bitta emas, barcha tomirlararo
o‘tgan jon tomiri tortilsa-chi?!
Keyin birin-ketin a’zolar o‘la boshlaydi. Avval, oyok panjalari, so‘ngra boldirlar, so‘ng
sonlar soviydi. To jon halqumga kelguncha, har bir a’zo takror-takror o‘lim talvasasini,
o‘lim qayg‘usini chekadi. Keyin kishining nazari dunyo va dunyo ahlidan batamom
uziladi. Tavba eshiklari yopiladi. Hasrat va nadomat uni chulg‘ab oladi.Rasululloh
sallalohu alayhi vasallam dedilar:«Jon g‘arg‘araga kelgunicha, bandaning tavbasi qabul
qilinadi»(Ibn Umar rivoyati, Termiziy).
Odamlar o‘lim talvasasidan bexabar bo‘lgani uchun unga e’tibor bermaydilar, uning
dahshatidan panoh tilamaydilar. Anbiyo va avliyo esa bu xavfdan ogoh. Payg‘ambarlik
va valiylik nuri orqali ular hali o‘lim kelmay turib, o‘lim talvasasini idrok qilishadi. Shu
sabab ularning qo‘rkinchi bisyor.
Iso alayhissalom dedilar: «Ey havoriylar jamoasi! Olloh taolodan o‘lim talvasasini
yengil qilishini so‘ranglar. Darhaqiqat, ulimdan qo‘rqinchim meni o‘limdan voqif etdi».
Rivoyat qilinadi: «Bani Isroildan bir guruhi qabr yonidan o‘tayotib bir-biriga: «Olloh
taolodan mana shu qabrdagi jasadni tiriltirishini so‘raylik», deyishdi. Keyin ular Olloh
taologa duo qilishdi. Shunda ularning qoshida bir kishi paydo bo‘ldi. Qaysidir qabrdan
chiqqan bu kishining peshonasida sajda alomati zohir edi. U dedi: «Ey odamlar! Mendan
ne xohlaysiz? O’limni totganimga ellik yil bo‘libdiki, hanuzgacha uningta’mi kalbimdan
ketgani yo‘q».Olloh undan rozi bo‘lsin, Oisha onamiz dedilar: «Rasululloh sallallohu
alayhi vasallam boshidan kechirgan o‘lim shiddatini ko‘rganimdan so‘ng, o‘limi yengil
kechgan kishiga havas qilmay ko‘ydim».
Payg‘ambar alayhissalomning shunday deganlari rivoyat qilinadi:
Rasululloh sallallohu alayhi vassalam dedilar:«Ollohim! Jonni paylardan,
bo‘g‘imlardan, tirnoq uchlaridan sug‘urib olguvchi O’zingsan. Ollohim, o‘lim onlarida
menga madad ber, o‘limni menga oson kil» (Ibn Abu Dunyo).
Rasululloh sallallohu alayhi vassalamdan o‘limning shiddati haqida so‘ralganida
dedilar;«O’limning eng yengili, bamisoli, junga qadalgan tikanlarni tortganda har bir
tikan jun bilan qo‘shilib sug‘uri-lib chiqkani kabidir» (Ibn Abu Du'nyo rivoyati).
Ali karramallohu vajhahu jangga undab derdi: «Agar o‘ldirmasangiz, o‘lasiz. Jonim
qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, qilichning ming zarbasi to‘shakdagi o‘limdan
yengilrokdir».Zayd ibn Aslam otasidan rivoyat qiladi: «Mo‘min faqat amali bilan oxirat
martabalariga yeta olmaydi. U o‘zining jannatdagi darajasiga o‘lim talvasasi va qayg‘usi
orqali erishadi. Kofir uchun esa bu dunyoda misli ko‘rilmagan yaxshiliklar ato etiladi va
bu yaxshiliklar yanada to‘lik bo‘lsin uchun ularga o‘lim ham yengil qilinadi. Keyin ular
to‘g‘ri jahannam-ga kiritiladi».O’tganlardan rivoyat qilinadi: «O’lim to‘shagida yotgan be-
mordan o‘lim haqida so‘ralganida, shunday javob bergan edi: «Go‘yo osmonlar yerni
qoplab olgan, go‘yo jonim ignaning teshigidan o‘tyapti».«Nogohoniy o‘lim mo‘min uchun
rohat, fojirga hasratdir» (Oishadan, Imom Ahmad rivoyati).Rivoyat qilinadi: «Ibrohim
alayhissalom vafot etgach, Olloh taolo unga dedi:
— Ey Xalilim! O’lim qanday ekan?!
— O’lim holati, bamisoli, namiqqan junga tiqib, so‘ngra tortib olingan sixga o‘xshaydi,
o‘ziga tortadi.
— Albatta, biz senga o‘limni yengil qildik,- dedi butun olamlar Parvardigori».
Rivoyat qilinadi: «Muso alayhissalomning ruhi Olloh ta-olo huzuriga chorlangach,
Parvardigori olam undan o‘lim haqida so‘radi. Muso alayhissalom dedi: «Jonim qizib
Ihyou ulumid-din. O’limni eslash kitobi. Imom G’azzoliy
Do'stlaringiz bilan baham: |