ENTREMISE
ENVIRON
202
entremise
nf vositachilik, dallollik; par l’entremise de loc prép birror
kimsa yoki narsaning yordami bilan, yordamida, vositasida.
entremettre (s’)
vpr vositachilik qilmoq, o‘rtada turmoq, oraga tushmoq.
entrepont
nm kemaning ikki palubasi orasidagi joy.
entreposage
nm omborga qo‘yish.
entreposer
vt omborga qo‘ymoq.
entrepôt
nm ombor, yuk ombori.
entreprenant, ante
adj epchil, uddaburo, tashabbuskor.
entreprendre
vt 1. biror ishga kirishmoq, ishni boshlamoq;
n’entreprenez rien sans me téléphoner menga qo‘ng‘ iroq qilmasdan hech
narsa qilmang; entreprendre un voyage sayohat qilmoq; 2. zimmasiga
olmoq; pudratga olmoq; entreprendre des travaux de construction
qurilishni baylab, pudratga olmoq; 3. biror kishini ishontirishga, og‘dirib
olishga urinmoq.
entrepreneur, euse
n korxona egasi; tadbirkor; pudratchi.
entreprise
nf 1. boshlangan ish, tashabbus; 2. pudrat; 3. korxona; chef
d’entreprise korxona egasi.
entrer
I. vi kirmoq, ichkariga kirmoq; entrer dans une maison uyga
kirmoq; 2. o‘qishga yoki ishga kirmoq; entrer à l’université universitetga
o‘qishga kirmoq; 3. qo‘shilmoq, aralashmoq, qatnashmoq; entrer dans un
complot fitnaga qo‘shilmoq; 4. qo‘shilmoq, birikmoq, tarkibiga kirmoq; 5.
entrer en colère jahli chiqmoq; entrer en détail diqqat bilan o‘rganmoq,
kuzatmoq; II. vt 1. kiritmoq, olib kirmoq; entrer des marchandises tovar olib
kirmoq; 2. botirmoq, suqmoq; il lui entrait ses ongles dans la main uning
qo‘liga tirnoqlarini botirar edi.
entresol
nm antresol, birinchi va ikkinchi qavat oralig‘ idagi joy.
entre-temps
adv shu orada, shu asnoda, shu vaqt ichida.
entretenir
I. vt 1. bir maromda saqlamoq, ta’minlamoq; to‘xtashga,
susayishga, uzilishga yo‘l qo‘ymaslik; entretenir le feu olovni o‘chirmay
saqlab turmoq; entretenir une correspondance avec qqn birov bilan xat
yozishib turmoq; 2. qaramoq, tutmoq, parvarish qilmoq; yaxshi holatda
saqlamoq; entretenir une route yo‘lning holatini yaxshi saqlamoq; un jardin
mal entretenu parvarishsiz, boqimsiz, qarovsiz bog‘; 3. boqmoq, qaramoq,
tarbiya qilmoq; entretenir sa famille oilasini boqmoq, ro‘zg‘or tebratmoq; 4.
gaplashib turmoq, gapni, suhbatni qizitib turmoq; II. s’entretenir vpr 1.
ovunmoq, yupanmoq, o‘zini ovuntirmoq, o‘zini yupatmoq; s’entretenir
d’illusions o‘zini orzu-umidlar bilan yupatmoq; 2. gaplashmoq, bir-biriga
gapirmoq, suhbatlashmoq; 3. s’entretenir la main malakasini saqlamoq.
entretenu, ue
adj 1. birovning qaramog‘ idagi, qaram, boqim; une femme
entretenue birovning qaramog‘idagi ayol, o‘ynash; 2. bien entretenu
boqimli, parvarishi yaxshi; mal entretenu boqimsiz, qarovsiz, parvarishi
yomon.
entretien
nm 1. qarash, parvarish qilish; tartibli, ozoda, but saqlash,
yaxshi holatda saqlash; ta’mir; l’entretien d’une voiture mashinani shay
saqlash; l’entretien courant des machines uskunalarni joriy ta’mirlash;
l’entretien des routes yo‘llarni ta’mirlash; 2. boqish, qarash, ta’minlash;
l’entretien des troupes armiyani ta’minlash (oziq-ovqat, kiyim-kechak
kabilar bilan); 3. suhbat; muzokara; avoir un entretien avec le ministre
vazir suhbatida bo‘lmoq; les entretiens diplomatiques diplomatik
muzokaralar.
entretoise
nf tirgovuch, tirgak, ko‘ndalang qo‘yilgan to‘sin; ko‘ndalang
o‘tkazilgan, qo‘yilgan narsa.
entretuer (s’)
vpr bir-birini o‘ldirmoq; bir-biri bilan o‘lguncha urishmoq.
entrevoir
vt 1. g‘ira-shira, elas-elas, sal-pal ko‘rib qolmoq; yo‘ l-yo‘lakay
ko‘zi tushmoq; zo‘rg‘a ajratmoq; entrevoir qqch dans l’ombre nim
qorong‘ilikda biror narsani zo‘rg‘a ajratm oq; je l’ai entrevu dans l’escalier
men uni zinada yo‘l-yo‘lakay ko‘rib qoldim; 2. oldindan ko‘rmoq, payqamoq,
sezmoq, kelajakni ko‘rmoq, bashorat qilmoq; taxmin qilmoq; vous avez
entrevu la solution siz yechimini topdingiz; entrevoir une nouvelle vie
yangi hayotni bashorat qilmoq, oldindan ko‘rmoq.
entrevue
nf uchrashuv, muzokara; ménager une entrevue uchrashuv
uyushtirmoq; avoir une entrevue avec le directeur direktor bilan
uchrashmoq.
entropie
nf phys entropiya (energiyaning tanazzulga uchrashi prinsipini
ifodalovchi matematik funksiya).
entrouvrir
vt sal ochmoq, qiya ochmoq; entrouvrir les rideaux pardani
qiya ochmoq.
énumératif, ive
adj sanoq, hisobga oid; hisoblaydigan, hisobga oladigan.
énumération
nf sanab chiqish; ro‘yxat; l’énumération des objets d’une
collection kolleksiyaga kirgan buyumlarni sanab chiqish (ro‘yxatini tuzish).
énumérer
vt sanab, hisoblab chiqmoq, sanamoq, hisoblamoq.
envahir
vt 1. bostirib kirmoq; bosib olmoq, zabt etmoq, ishg‘ol etmoq; 2.
to‘ldirib yubormoq; to‘lib ketm oq; la foule envahit la place xaloyiq
maydonga to‘lib ketdi; l’eau va envahir la maison hozir uy suvga to‘lib
ketadi; 3. qamrab olmoq, to‘ldirmoq.
envahissement
nm 1. bostirib kirish, zabt etish; bosib olinish, zabt
etilish; 2. qamrab olganlik; to‘ldirganlik, egallab olganlik.
envahisseur
nm bosqinchi, istilochi.
envasement
nm loyqa bosish, loyqaga to‘lib qolish.
envaser
vt loyqa bilan to‘ ldirmoq, loyqaga botirmoq; loyqaga ko‘mmoq.
enveloppant, ante
adj 1. o‘ragan; qamragan; 2. fig maftun etadigan,
jozibali; yurakdan uradigan; des paroles enveloppantes yurakdan uradigan
so‘zlar.
enveloppe
nf 1. konvert; 2. tashqi ko‘rinish; parda, qobiq; 3. ko‘rpaga
tutiladigan choyshab, jild.
enveloppement
nm 1. o‘rash, o‘rab qo‘yish; 2. mil o‘rab, qurshab olish;
une manœuvre d’enveloppement qurshab olish manyovri.
envelopper
I. vt 1. o‘ramoq, chulg‘amoq; 2. qamramoq, qamrab olmoq; II.
s’envelopper vpr o‘ranmoq, chulg‘anmoq.
envenimer
I. vt 1. qo‘zg‘amoq, qo‘zg‘atmoq, qichitmoq, yallig‘lantirmoq;
envenimer une plaie yarani yallig‘lantirmoq; 2. fig avj oldirmoq,
keskinlashtirmoq, kuchaytirmoq, oshirmoq; envenimer un débat bahsni
keskinlashtirmoq; envenimer une querelle janjalni kuchaytirmoq; II.
s’envenimer vpr 1. yallig‘lanmoq, qizarmoq, shishmoq; 2. fig keskinlashmoq;
kuchaymoq; la discussion s’envenima bahs keskinlashdi.
envergure
nf 1. uzunlik, kenglik; qanotlarning yozilgandagi kengligi; cet
oiseau a 3 mètres d’envergure bu qush qanotlarining kengligi 3 metrga
teng; 2. mar reya ning uzunligi (yelkan bog‘lanadigan ko‘ndalang yog‘och); 3.
masshtab ko‘lam, miqiyos; un esprit de grande envergure keng
miqiyosdagi fikr.
envers
1
prép 1. biror kimsa-narsa haqida, to‘g‘risida; biror kimsaga-
narsaga nisbatan; ko‘ra; il a mal agi envers nous u bizga nisbatan yomon
munosabatda bo‘ldi; 2. loc envers et contre tous umumiy qarshilikka
qaramay.
envers
2
nm ters tomoni, teskari tomoni, ichki tomoni, teskarisi; à l’envers
teskarisiga, chappasiga.
envi (à l’)
loc adv bir-biriga gal bermay, chug‘urlashib.
enviable
adj orzu qiladigan, havas qilinadigan; orzu qilsa arziydigan,
havas qilsa arziydigan.
envie
nf 1. orzu, havas, istak, xohish; il brûle d’envie u istakdan
yonmoqda; avoir envie istamoq, xohlamoq; fam envie de femme enceinte
boshi qorong‘ilik (homilador ayolning biror narsani tusashi); fig injiqlik,
kutilmaganda biror narsani injiqlik bilan talab qilish; 2. rashk, hasad; faire
envie à qqn rashkini keltirmoq, hasad uyg‘otmoq; 3. fam xol, nor; 4. pl fam
tirnoq milki.
envier
vt havas qilmoq, havasi kelmoq; il envie les autres uning
boshqalarga havasi kelyapti; je vous envie d’habiter la campagne sizning
qishloqda yashashingizga havasim kelyapti.
envieux, euse
I. adj hasadli, g‘ayir, ichi qora, baxil; ko‘rolmaydigan; des
regards envieux hasad bilan qarash, suqlanib qarash; être envieux
hasadgo‘y bo‘lmoq; II. n hasadchi, hasad qiluvchi odam; g‘ayir, baxil, ichi
qora.
environ
I. adv taxminan, chamasi; il y a environ deux mois taxminan
ikki oy burun; II. nm pl atrof, tevarak, kanora; loc adv aux environs de
atrofida, tevaragida.
Do'stlaringiz bilan baham: