CRIQUET
CROISSANT
127
criquet
nm chigirtka.
crise
nf 1. inqiroz, keskin o‘zgarish, burilish, tanqislik, tanglik,
yetishmaslik; 2. tutqanoq, talvasa, jazava, xuruj, to‘lib toshish, tutish, tutib
qolish; crise de nerfs asab xuruji, tutqanog‘i, asabiy tutqanoq; crise
d’appendicite ko‘r ichak tutqanog‘i, jazavasi.
crispant, ante
adj qitiqlaydigan, biror narsani qo‘zg‘aydigan, keltirib
chiqaradigan, qichitadigan, asabga teguvchi, tegadigan.
crisper
I. vt 1. tutqanoq tutmoq, tomir tortishib qolmoq; 2. qattiq chandib,
siqib, qisib, tortib qolmoq, burishtirmoq, tirishtirmoq; crisper le visage yuzini
burishtirmoq; 3. fam achchiqlantirmoq, g‘azablantirmoq, jahlini chiqarmoq;
crisper les nerfs asabiga tegmoq; II. se crisper vpr 1. siqilmoq, qisilmoq,
g‘uj bo‘lmoq, burishmoq, bujmaymoq, tirishmoq, tirishib tipirchilamoq; 2.
bezovtalanib
yopishmoq,
chirmashmoq;
3.
fam
achchiqlanmoq,
g‘azablanmoq, achchig‘ i kelmoq.
crissement
nm g‘ichirlash, g‘ijirlash, g‘ichir-g‘uchur, g‘ijirlagan,
g‘ichirlagan tovush, g‘ajir-g‘ujur, g‘arch-g‘urch qilish.
crisser
vi 1. g‘ijirlatmoq, g‘ichirlatm oq, g‘ijirlamoq, g‘ichirlamoq,
g‘archillamoq, g‘arch-g‘urch qilmoq, g‘ajir-g‘ujur qilmoq (tish bilan); 2. g‘arch-
g‘urch qilmoq (oyoq tagida); 3. qarsillamoq, qasirlamoq, qasir-qusur qilmoq;
4. chirillamoq (qora chigirtka).
cristal
nm 1. billur; cristal de roche, cristal de montagne; tog‘ billur,
shaffof kvars; poét le cristal des eaux suv oynasi; 2. billur; 3. pl fam kristal
so‘da.
cristallin, ine
I. adj 1. billurdek shaffof, tiniq, zilol, sof, toza, oqko‘ngil,
xrustalli; voix cristalline tiniq ovoz; 2. billurli; II. nm anat ko‘z gavhari.
cristallisation
nf kristal, xrustal-billurga aylantirish, kristalizasiya.
cristalliser
I. vt 1. kristallamoq, kristalga aylantirmoq, kristal holiga
keltirmoq; 2. fig aniq bir shaklga keltirmoq, shakillanmoq, shaklga kirmoq,
bezatmoq, yasatmoq, rasmiylashtirmoq; II. vi qaror topmoq, shakllanmoq,
shakl olmoq; III. se cristalliser vpr 1. xrustalga aylanmoq; 2. muayyan
shaklga, tusga kirmoq, shakllanmoq, rasmiylashmoq, joylashmoq, rasmiy
suratga kirmoq; shaklga kirmoq.
critère
nm mezon, o‘lchov, belgi, saralash; saralash o‘yini, saralash
musobaqalari.
critique
1
adj keskin, jiddiy, qat’iy, uzil-kesil, eng so‘ngi, o‘zgartirib
bo‘lmaydigan, hal qiluvchi, asosiy, eng muhim; tang, qiyin, og‘ir, mushkul,
tang, ishkal, xavfli, xatarli.
critique
2
I. n 1. nf tanqid, tanqid qilish, tanqid ostiga olish, tanqidiy
muhokama; tahlil, tahlil qilish, tekshirish; 2. tanqidchi; critique d’art
san’atshunos; critique littéraire adabiyotshunos, adabiy tanqidchi; II. adj
tanqidiy, tanqid ko‘zi bilan qaraydigan, tanqidiy yondashadigan.
critiquer
vt tanqid qilmoq; manie de critiquer tanqidbozlik, nayzabozlik,
surishtirmay tanqid qilaverish.
croasser
vi qag‘illamoq, qarillamoq.
croc
nm 1. ilgak, changak, ilmoq, changal, chak (po‘lat ilmoq), uzun
dastali ilgak, changak; moustaches en croc tepaga buralgan mo‘ylov; 2. pl
qoziq tishlar, so‘yloq tishlar.
croc-en-jambe
nm chalish, chalib yiqitish, yuborish; faire un croc-en-
jambe à qqn chil solmoq, chalmoq, chalib yiqitmoq.
croche-pied
nm chalish, chalib yuborish.
crochet
nm 1. ilgakcha, changakcha, ilmoq, changalcha; être, vivre aux
crochets de qqn birov hisobiga kun ko‘rmoq, kechirmoq, yashamoq; 2.
tikuv, to‘quv ilgagi, ilmog‘i; faire du crochet ilmoq bilan to‘qimoq; une veste
au crochet qo‘lda tikilgan kurtka, kamzul; 3. aylanma yo‘l, aylanish; faire un
crochet aylanib kelmoq, aylanma yo‘l orqali kelmoq; 4. ochqich, qulf; 5.
techn tishli reyka; 6. pl kvadratli qavslar; entre crochets kvadrat qavslar
ichida; 7. qisqa, kalta yonbosh zarba (boksda).
crochetage
nm 1. ilgakcha bilan ochish; 2. sport o‘rab, chirmab olish.
crocheter
vt 1. ilgakcha bilan ochmoq; 2. ilmoq, ilgak, changak bilan
ilintirmoq, ilib olmoq.
crochu, ue
adj ilmoq qilib egilgan, qayrilgan, ilmoqsimon, changaksimon;
avoir les mains crochues qo‘li egri bo‘lmoq, o‘g‘rilik qilmoq, egri.
crocodile
nm 1. timsoh; larmes de crocodile timsoh ko‘z yoshlari; 2.
timsoh terisi, charmi; en crocodile timsoh charmidan qilingan; 3. aloqa
signali (izda joylashgan, temir yo‘lda).
crocus
nm bot za’ far (zirovor o‘simlik), shafran (olma turi).
croire
I. vt 1. sanamoq, hisoblamoq, o‘ylamoq, fikr qilmoq, mulohaza
qilmoq, fikr yuritmoq, faraz qilmoq; il est à croire que deb hisoblamoq kerak;
j’ai cru entendre sa voix uning ovozi menga eshitilganday tuyuldi; on
croirait deb o‘ylash mumkin; je crois bien! albatta, men o‘ylaymanki je te
crois! fam bo‘lmasa-chi, turgan gap; 2. ishonmoq, ishonchi komil bo‘lmoq,
inonmoq; je le crois bien jonim bilan ishonaman; croyez cela et buvez de
l’eau claire fam ishongan baxtli, baxtiyor; 3. en croire qqn, qqch ishonmoq,
inonmoq, ishonib topshirmoq; à l’en croire agar bunda unga ishonsang; je
n’en crois rien men bunga ishonmayman; en croire à peine ses yeux u o‘z
ko‘zlariga arang, zo‘rg‘a ishonadi; s’il faut en croire les rumeurs agar mish-
mishlarga ishonsang; II. vi ishonmoq, inonmoq; croire sur parole so‘ziga
ishonmoq; croire à (en) -ga ishonmoq; on a peine à croire ishonib
bo‘lmaydi; j’ai (de la) peine à croire men ishonolmayman; croire dur
comme fer ko‘r-ko‘rona inonmoq; faire croire ishontirmoq; III. se croire vpr
o‘ziga hisoblamoq; s’en croire beaucoup o‘z haqida juda yuqori fikrda
bo‘lmoq.
croisade
nf salbchilar yurishi.
croisé, ée
I. adj 1. kesishgan, uchrashgan, to‘qnashgan, but, krest
shaklidagi, chorrahali, kesib o‘ tgan, chaparasta; mots croisés krassvord;
rimes croisées qator oralab keladigan qofiya; feu croisé chorsuli yong‘in
(o‘t, olov); veston croisé ikki qator tugmali kostum; étoffe croisée sarja bir
xil astarbop gazlama; sangs croisés qon almashish, aylanishi; demeurer
les bras croisés qo‘l qovushtirib o‘ tirmoq; 2. chatishgan, duragay,
aralashgan; race croisée chatishgan, duragay; II. nm 1. salib yurishlari
ishtirokchisi, qatnashchisi; 2. sport oyog‘ini chalkashtirib; croisé arrière orqa
oyoqlari; croisé avant oldingi oyoqlari; 3. sarja to‘qishi (tekstilda).
croisée
nf 1. deraza romi (shishasi bor), uchrashgan, to‘qnashgan deraza
qoplamasi; 2. uchrashish, kesishish (yo‘lda, sayohatda); 3. chorraha yo‘l;
croisée des chemins yo‘l kesishishi, chorraha, chorsu.
croisement
nm 1. yo‘llar kesishishgan joy, chorraha, kesishish, to‘qish
(to‘qilish usuli, tarzi), to‘qnashish, uchrashish; poyezdni bir yo‘ldan boshqa
yo‘lga o‘ tkazib yuboradigan joy; 2. biol chatishish, chatishuv, chatishtirish; 3.
yurib ketayotib uchrashish, uchrashuv, to‘qnashish, to‘g‘ri, duch kelish.
croiser
I. vt 1. qovushtirmoq, chalishtirmoq, kesishtirmoq, ustma-us t
taxlamoq, qo‘ymoq, yig‘ib qo‘ymoq; croiser son châle ro‘molini bog‘lamoq;
croiser les jambes oyoqlarini chalishtirmoq; croiser les bras qo‘l
qovushtirmoq; fig hech narsa qilmay o‘ tirmoq; croiser l’épée, les épées, le
fer qilichlarni kesishtirmoq, qilichlashmoq; croiser les feux kesishtirib o‘ t
ochmoq, qarshi otishmoq; 2. biol chatishtirmoq; 3. kesib o‘ tmoq; 4. chizib-
chizib tashlamoq, o‘chirib tashlamoq; 5. tugmalarini qadamoq, o‘ tkazmoq;
croiser son veston pidjak tugmalarini yaxshilab qadamoq, o‘ tkazmoq;
croiser les persiennes darpardani yopmoq; 6. uchrashmoq, to‘qnash, duch
kelib qolmoq; croiser qqn dans la rue ko‘chada uchrashib qolmoq; II. vi mar
qatnamoq, suzib yurmoq; III. se croiser vpr 1. uchrashmoq, qarama-qarshi,
duch, to‘qnash kelib qolmoq, to‘qnashmoq; 2. hist salibchi bo‘lmoq,
salibchilar yurishiga bormoq, jo‘namoq; 3. birlashmoq, qo‘shilmoq,
qovushmoq, jinsiy aloqada bo‘lmoq.
croiseur
nm kema, tezyurar katta harbiy kema, kreyser; croiseur de
bataille urush kemasi.
croisière
nf 1. mar suzib yurish, dengizda soqchilik qilish; en croisière
soqchilikda; vitesse de croisière kema tezligi; 2. dengiz, havo sayohati,
kruiz, kezib yurish; 3. kesishish, chorraha, to‘qnash, duch kelib qolish, yo‘l
kesishgan joy.
croisillon
nm 1. romning bir-biri bilan kesishgan joyi; 2. temir yo‘lda
poyezdni boshqa yo‘lga o‘tkazib yuborgich, o‘ tkazgich.
croissance
nf o‘sish, ulg‘ayish, yuksalish, rivojlanish, taraqqiy etish,
yiriklashish, oshish; crise de croissance, mal de croissance xastalikning
kuchayishi.
croissant
1
, ante
adj o‘sayotgan, ulg‘ayayotgan, yuksalayotgan,
rivojlanayotgan, oshib borayotgan, yiriklashayotgan, taraqqiy etayotgan.
Do'stlaringiz bilan baham: