1. Agar poezd 100 km/saot tezlik bilan to‘xtovsiz yursa, u yerdan Pluton
orbitasigacha bo‘lgan masofani qancha vaqtda bosib o‘tadi?
2. Perigeliy masofasi Quyoshdan Yergacha (1 a. b. ) masofaga afeliy masofasi
esa Quyoshdan Marsgacha (1.5 a. b.) masofaga teng bo‘lgan orbita bo‘ylab
harakatlanayotgan sayyoralaro kema yerdan marsgacha uchib borishi uchun
qancha vaqt kerak?
3. Yer va Oy massasi 81:1 kabi nisbatda. Ularning markazlari orasidagi masofa
382 420 km ga teng. Bu ikkala jismning umumiy og‘irlik markazi qayerda
joylashgan?
59
4. Yer atrofida aylana bo‘ylab uning sirtidan yarim va ikki radiusga teng
masofada xarakatlanuvchi Yer sun’iy yo‘ldoshlarining uchirish tezligi va aylanish
davrlarini aniqlang.
5. Oldingi masalani Mars va Yupiter sun’iy yo‘ldoshlari uchun yeching. Yerga
nisbatan massa va radiuslar: Marsniki - 0,107 va 0,533, Yupiterniki - 318 va 10, 9
6. Agar markaziy jism massasi n marta, uning radiusi – m marta oshganda va
xususiy m = n holda oldingi masalalardagi yo‘ldoshlarning davrlari va aylanish
tezliklari qanday o‘zgaradi?
7. Yer sun’iy yo‘ldoshlari aylanali orbita bo‘ylab 90
m
, 150
m
va 3
h
li davr bilan
Yer sirtidan qanday balandlikda va qanday tezlik bilan harakat qiladi? Yer
radiusini 6370 km deb olinsin.
8. Statsionar sun’iy yo‘ldoshning, ya’ni Yer ekvatorining ayni bir nuqtasi
ustida qo‘zg‘almas holda osilib turuvchi sun’iy yo‘ldoshning Yer sirtidan
balandligi va tezligini toping.
9. Oldingi masalani 2 – masalada ko‘rsatilgan sayyoralarning statsionar sun’iy
yo‘ldoshlari uchun eching. Marsning aylanish davri 24
h
37
m
,4Yupiterniki –
9
h
50
m
,5 ga teng.
10. Yer, Oy, Mars va Yupiterlarning sirtlaridan bir xildagi 200 va 1000 km
balandlikda aylanuvchi sun’iy yo‘ldoshlarning tezliklari va aylanish davrlarini
toping. Bu osmon jismlarining berilgan ketma-ketlikdagi massalari 1, 0,0123,
0,107 va 318 ga, radiuslari - 6370, 1738, 3400 va 71400 km ga teng.
11. Qutb sun’iy yo‘ldoshlarining Yer, Merkuriy va Venera atrofida aylanma
orbita bo‘ylab 7 km/sek va 2 km/sek tezlik bilan bir davrli aylanishlarida uchish
trassasi necha gradusga va qanday yo‘nalishda siljiydi? Merkuriyning aylanish
davri 58
k
,65 . Veneraniki – 243
k
,2 (sayyora aylanishi teskari yo‘nalishda) Zaruriy
ma’lumotlar 10- masalada.
12. Yer, Mars va Yupiterning sirtlaridan 200 km masofada 9,5 km/s gorizontal
tezlik bilan uchirilgan sun’iy osmon jismlari qanday orbita bo‘ylab xarakat kiladi?
Zaruriy ma’lumotlarni 7- masaladan oling.
13. ]Merkuriy va Veneralarning massalari Yernikiga nisbatan mos ravishda
0,055 va 0,815 ga, radiuslari esa - 2440 km va 6050 km ga teng. Bu sayyoralar
atrofida 2 soat va 8 soat li davr bilan, eksstentrisitetlari 0,100 va 0,600 ga teng
elliptik orbita bo‘ylab xarakatlanadigan sun’iy yo‘ldoshlarni qanday minimal
balandlikda va qanday tezlik bilan chiqarish lozim?
14. Sun’iy yo‘ldoshlar sayyoralarning peristentrik va apostentrik yarimsharlari
ustidan eksstentrisitetlari 0,100 va 0,400 ga teng orbita bo‘ylab o‘zining davrining
qancha qismini bosib o‘tadi?
15. “Salyut-5” orbital stanstiyasining (orbitaga 1976 yil 22 iyunda chiqarilgan)
Yer atrofida 258 km dan 283 km gacha balandlikdagi chegarada aylanishi,
60
“Molniya-2” aloqa yo‘ldoshining (orbitaga 1973 yil 25 dekabrda chiqarilgan) Yer
atrofida katta yarim o‘qi 27030 km va apogey balandligi 40860 km li orbita
bo‘ylab aylanishi ma’lum bo‘lsa, ular qancha vaqt ichida perigey va apogey
yarimsharlari ustidan uchadi?
16. Oyning sun’iy yo‘ldoshlari uning sirti ustidan quyidagi balandliklar
chegarasida: “Luna-19” (1971 yil 28 noyabrda) 77 km dan 385 km gacha, 2
h
11
m
li
davr bilan, “Luna-20” (1972 yil 19 fevralda) 21 km dan 100 km gacha 1
h
54
m
davr
bilan aylanishi ma’lum bo‘lsa, Oyning (Yer massasi bo‘yicha) massasini toping.
Qavslarda yo‘ldoshning selenostentrik orbitaga chiqarilgan sanasi yozilgan. Oy
diametri - 3476 km.
Do'stlaringiz bilan baham: |