ma’naviyatidir. Imom G’azzoliy hazratlari “Kimyoyi saodat”da aytadilar:
“Bilginki, (Haq taolo) odamni o’ynamoq va kulmoq, emoq va ichmoq uchun
yaratmabdir. Balki Odamning yaralishida ulug’ hikmatlar bordurki, hazrati Haq
subhonahu va taolo o’zini tanitmoq uchun yaratibdur. Va ma’rifat yo’lining ulug’
xatarlari bordur.”
160
Darhaqiqat, Qur’oni karimning “Tin” surasida “Biz insonni
eng yaxshi suvratda yaratdik”
161
, deyilgan. (Oyatdagi “ahsani taqvim” iborasi “eng
yaxshi asos” ma’nosini ham bildirishi mumkin.) Odamning yaralishida ulug’
hikmatlar
borligi
Alloh
kitobida
shunday
izohlangan:
“Eslang,
(ey,
Muhammad!)Rabbingiz farishtalarga: “Men Erda xalifa (Odam) yaratmoqchiman”,
- deganida, (ular) aytdilar: “Unda (Erda) buzg’unchilik qiladigan, (nohaq ravishda)
qonlar to’kadigan kimsani yaratmoqchimisan? Holbuki, biz Sening hamding bilan
tasbehlar aytamiz va Seni muqaddas deb bilamiz.” (Alloh) aytdi: “Albatta, Men
sizlar bilmagan narsalarni bilurman”. So’ng Alloh farishtalarga insonga sajda
158
Bu gap har bir millatga mansub 100% aholi bir e’tiqod tizimida bo’lishi kerak, degani emas, balki shu xalqning
aksariyatiga aloqador bo’lgan milliy ma’naviyat tizimi asosida qaysi e’tiqod joy olgan, degan ma’noni bildiradi. Masalan, rus
millatiga mansub ancha-muncha musulmonlar bor, ammo rus milliy ma’naviyatini pravoslav e’tiqodisiz tasavvur qilib bo’lmaydi,
yoki materialistik e’tiqodda bo’lgan yahudiy millatiga mansub ko’plab mashhur shaxslarni bilamiz, ammo bu millatning
aksariyat vakillari bugungi kunda o’z ma’naviyatlarini “Tavrot” va “Talmud”siz tasavvur qilishlari qiyin.
159
Moris Bukay. Bibliya, Koran i nauka. M. 1999.
160
Muhammad Iso tarjimasida (Toshkent,2005) ba’zi erkin talqinlarga yo’l qo’yilgan, Sankt-Peterburgda 2007 yilda
nashr etilgan “Osnovы duxovnosti” kitobida ruscha tarjima aniqroq va ixchamroq berilgan, ammo biz mavjud o’zbekcha
tarjimadan chekinishni lozim topmadik. (Ruscha tarjima: “Znay, chto chelovek sozdan ne dlya pustogo vremyapreprovojdeniya i
razvlecheniy, vedь delo ego – velikoe, i risk pered nim – bolьshoy.”)
161
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Tafsiri hilol. Oltinchi juz. T., 2008.S.502.
www.ziyouz.com kutubxonasi
225
qilishni buyurdi
162
. Shunday qilib, Alloh insonni Er yuzida xalifa qilib yaratdi.
Butun moddiy olamni uning tasarrufiga qo’ydi. Alloh barcha insonlarni Er yuzida
xalifa qilib yaratilganini o’z kitobida bir necha o’rinda ta’kidlagan. Masalan,
An’om surasi 165-oyatda bu haqda shunday deyiladi: “U sizlarni Er (yuzi)ning
xalifalari qilib qo’ygan va ato etgan (ne’mat)larida sizlarni sinash uchun
ba’zilaringizni ba’zilaringizdan (yuqori) darajalarga ko’targan zotdir”
163
. Yana
Luqmon surasi 20-oyatida aytiladi: (Ey, insonlar!) Alloh osmonlar va Erdagi
barcha narsalarni sizlarga bo’yin sundirib qo’yganini va sizlarga barcha zohiriy va
botiniy
(moddiy
va
ma’naviy)
ne’matlarini
komil
qilib
berganini
ko’rmadingizmi?”
164
Xo’sh, insonga shunday ulug’ in’om va imkonlar berilgan
ekan, aslida uning bu dunyodagi vazifasi nima? Bu savolga ham Qur’oni karimda
aniq javob bor. “Vaz-zoriyot” deb boshlanuvchi suraning 56-oyatida aytiladi:
“Men jinlar va insonlarni faqat o’zimga ibodat qilishlari uchungina yaratdim.”
165
Odatda ko’pchilik “ibodat” so’zini eshitganda namoz, ro’za, haj kabilarni tasavvur
qiladi. Asli yuqoridagi oyatda keltirilgan “ibodat” tushunchasi Alloh irodasiga
to’liq bo’yinsunish ma’nosini bildiradi. Bahouddin Naqshband hazratlari
Payg’ambarimizdan shunday hadis rivoyat qiladilar: “Al-ibodatu asharatu ajzoin,
tis’atun minho talab-ul-haloli va juz’un vohidun minho soir-ul-ibodoti", ya’ni
"ibodat o’n qismdur, uning o’ndan to’qqizi halol rizq topish harakatida, (qolgan
o’ndan) bir qismi esa boshqa ibodatlardadir".
166
Demak, yuqoridagi oyat
mazmunini Payg’ambarimiz(sav) tafsirlariga muvofiq idrok etilsa, halol rizq
yo’lida urinish Allohga qulchilikning, Haq yo’lidagi ibodatning asosiy qismini
tashkil etar ekan. Qadim tafsirchi ulamolarimiz uchun “halol rizq” tushunchasi
murakkab bo’lmagan, bunda o’zga insonlar haqqiga xiyonat qilmaslik, o’z kasbi,
mehnati bilan non topib, oila boqish asosiy masala bo’lib, ba’zi xarom ishlar nima
ekanligi Qur’oni karim va Hadisi shariflarda ochiq-oydin ko’rsatib berilgan. Lekin
XX asr oxiri - XXI asr boshlariga kelib ijtimoiy hayot ancha murakkablashib ketdi
va bunday sharoitda ko’p narsani aniqlashtirib olish ehtiyoji paydo bo’lmoqda.
Ziyoli toifasining jamiyatdagi vazifasi nima? Ziyoli agar vrach yoki
agronom yoki injener bo’lsa, masala – ravshan, vrach bemorni davolashi kerak,
agronom dalada, injener zavod-fabrikada ishchi va dehqonga ularning kasbi-kori
bo’yicha to’g’ri yo’lni ko’rsatishlari, ilm-fanga tayanib jo’yali maslahatlar
berishlari kerak. Men aniq fanlar, tabiiy va texnik ilm sohalariga aralasha
olmayman, bilimim etmaydi, bundan tashqari bu soha vakillarining jamiyatdagi
o’rni, vazifalari birmuncha aniq. Yosh avlod tarbiyasi nuqtai nazaridan bugungi
eng og’riqli masala “ijtimoiy-gumanitar fanlar” atalmish soha vakillarining millat
oldidagi mas’uliyati va bunga ularning munosabati masalasidir.
Albatta, “ijtimoiy-gumanitar fanlar” deyilmish sohaning qamrovi juda keng
va uning turli yo’nalishlari o’z mavzu doirasiga ega. Masalan, adabiyotchi milliy
yoki jahon adabiyoti tarixi va nazariyasining muayyan qirralarini o’rganadi,
tarixchi jahon yoki Vatan tarixini o’rganadi va h.k. Qisqasi, sof kasbiy nuqtai
162
Qur’oni karim ma’nolarining tarjima va tafsiri. T., 2007.S 6.
163
O’sha kitob, s. 150.
164
O’sha kitob, s. 413.
165
O’sha kitob, s.523.
166
Muhammad Boqir. Bahouddin Balogardon (Maqomoti Xoja Bahouddin Naqshband). T.-«Yozuvchi»-1993, s. 55.
www.ziyouz.com kutubxonasi
226
nazardan olganda, har kimning o’z mavzu doirasi aniq. ushbu fanlarning yosh
avlod tarbiyasidagi o’rni masalasi qiziqtirmoqda. Ochiq tan olish kerak, bu soha
vakillarining sobiq sho’rolar zamonidagi asosiy tarbiyaviy vazifasi turli yo’llar
bilan hukmron mafkura g’oyalarini “sovet kishilari” ongiga singdirish bo’lgan. U
davrda marksizm-leninizm falsafasi bashariyat tarixidagi eng to’g’ri dunyoqarash
hisoblangan va bu haqda hechqanday bahsli fikr bildirishga yo’l qo’yilmagan.
Barcha “ijtimoiy-gumanitar fanlar” ushbu g’oyaga bo’ysundirilgan va bu sohadagi
barcha ma’lumotlar faqat shu “umummetodologik asos”dan kelib chiqib, talqin
etilgan. Bugun biz bunday totalitar mafkurani rad qilmoqdamiz.
“Ijtimoiy-gumanitar fanlar”ning bugungi “umummetodologik asosi” nima?
Agar bugun eski talqinlardan voz kechadigan bo’lsak, o’rniga nimani qo’yamiz?
Prezidentimiz milliy g’oya va milliy ma’naviyat haqida tinmay jon
kuydirayotganining ham boisi shunda. Milliy g’oyaning asosiy mazmuni millat va
Vatan manfaatlari bilan bog’lanadi, bu tushunarli. Milliy g’oyaning siyosiy va
iqtisodiy asos tamoyillari davlatimiz rahbari asarlarida aniq-ravshan ko’rsatib
berilgan. Avvalo, umumjahon miqyosida ma’naviyat masalasi borgan sari
dolzarblik kasb etib bormoqda. Ayniqsa, tarbiya sohasida ma’naviyatning
etakchilik o’rni shubhasizdir. Qolaversa, ajdodlarimiz merosida eng teran va
mufassal ishlab chiqilgan soha ham shaxs va millat ma’naviyatiga oiddir.
Ma’naviyat asli har bir insonning Borliq
Do'stlaringiz bilan baham: |