metodologik asos Qur’oni karim va Hadisi shariflardan sarchashma olib, Imomi
A’zam, Forobiy, Moturidiy, Ibn Sino, G’azzoliy, Nasriddin Tusiy kabi islom
mintaqa madaniyatining buyuk allomalari ijodida o’z rivojini topgan, keyinchalik
ulug’ tasavvuf pirlari Attor, Rumiy, Ibn al-Arabiy kabilar ijodida irfoniy g’oyalar
bilan boyitilgan va Nizomiy Ganjaviy, Amir Xusrav Dehlaviy, Alisher Navoiy
singari
mutafakkir ijodkorlar asarlarida badiiy tafakkur jilolari bilan
mukammallashtirilgan munazzam bir istehkom, metin poydevordir-ki, unga
tayanib yaratilgan har bir jiddiy tadqiqot umumbashariy kashfiyot darajasida
qabul qilinishiga shubha qilmasa ham bo’ladi. Buning uchun har bir urinish
samimiy imon va ilm, mehr va mas’uliyat bilan yo’g’rilgan bo’lsa, bas.
Afsuski, bugungi aksariyat ziyolilarimiz milliy ma’naviyatimiz asoslarini
yaxshi bilmagani, ajdodlarimiz merosining asl mohiyatidan bexabarligi tufayli
www.ziyouz.com kutubxonasi
223
ma’naviyat masalalarida ham goh dialektika, goh sinergetika, goh panteizm, goh
gumanizm kabi o’zga ma’naviy muhitda, o’zga ma’naviy qadriyatlar tizimida
shakllangan begona qoliplardan foydalanib yoshlarimizga so’z uqdirishga behuda
chiranib yotishipti. Natija – bitta: hech kim bu gaplarga jiddiy e’tibor bera yotgani
yo’q. Kimdir masjidga qatnayapti, kimdir – tungi klublarga. Chunki milliy
ma’naviyat millat tarixiga, ajdodlar merosiga, e’tiqodiga suyanadi. Benedikt
Spinozaning falsafasi – panteizm, Navoiyning ijodiy metodi esa – “majoz tariqi”
deb ataladi. Bularni bir-biriga qorishtirgandan hech narsa chiqmaydi. Tasavvuf
irfoni – falsafa emas, mistika ham emas. Unda hol bor, maqom bor, jazaba bor.
Shathiyotlar ham bor. Ammo undan Evropa ma’naviy olamiga xos bo’lgan
mistikani ham, falsafani ham qidirish kerak emas. Evropa sharqshunoslari
allaqachon tasavvufning asosini Qur’on oyatlari mazmunidan qidirish kerakligini
tushunib etishgan. Tasavvufni faqat tavhidiy tafakkur doirasida to’g’ri anglab etish
mumkin, “majoz tariqi”ni ham.
Shunday qilib, milliy ma’naviyatimiz tarixiy takomilini to’g’ri tushunish
uchun ajdodlar merosini jiddiy va mukammal o’rganishga erinmaslik kerak.
Qur’oni karimning eng ishonchli tafsirlash usuli Qur’oni karim oyatlarini qiyosiy
o’rganishdir. Milliy ma’naviyatimiz tarixiy rivojining ichki qonuniyatlari ham
ma’naviy merosimizning turli yo’nalishlarini ichki qiyoslash bilan ochiladi.
Boshqacha yo’l yo’q.
O’zgadan ko’r-ko’rona nusxa ko’chirishning bir kichik misoli “Sharq
uyg’onishi” masalasidir. Ma’lumki, Evropa ma’naviyati qadimdan ichki
ziddiyatlar, turli qarashlarning o’zaro murosasiz kurashi asosida rivojlanib keladi.
Masalan, antik madaniyat davrida xristianlik e’tiqodi ayovsiz ta’qib etilgan.
Keyincha, xristian dini hukmron mavqega erishgach, butun antik fan va madaniyat
iblis nayranglari deb e’lon qilindi va shafqatsiz ravishda kuli ko’kka sovurildi.
Milodiy IV-V asrlardan to XIV-XV asrlargacha dunyoviy fan va madaniyat qattiq
“uyqu” holatida bo’ldi. Oradan ming yil o’tgach, islom g’oyalari ta’sirida
Evropada Renessans, ya’ni qayta “Uyg’onish” boshlandi. Teologiya, ya’ni
ilohiyot fanlari bilan bir qatorda gumanitar, ya’ni insonning moddiy (biologik)
ehtiyojlarini hisobga olgan fanlar tizimi ham asta-sekin rivojlana boshladi.
Reformatsiya harakati bunday tamoyillarni yanada kuchaytirdi. Bora-bora ilm
imondan ustun ko’rila boshlandi va bu narsa oxir-natijada aksariyat ziyolilar ruhida
ateizm (dahriylik)ning g’alabasiga olib keldi.
Islom dunyosida ham X-XI asrlarda shunday tamoyillar bo’lib o’tgan.
Ammo islomda ruhiy va moddiy olam hech qachon bir-biriga keskin qarshi
qo’yilgan emas. Payg’ambarimizning “lo rahboniya fil-islom” (islomda rohiblik
yo’q) degan mashhur hadislari bunga yorqin misol
157
. Natijada islom dunyosida
dahriylik keyincha rivoj olmay, yo’q bo’lib ketdi. Albatta, bizning mintiqa
harqanday ziddiyatlardan xoli bo’lgan deb da’vo qilmoqchi emasmiz. Lekin islom
mintaqasida ziddiyatlar – juz’iy holat, uyg’unlikka, murosaga intilish etakchi holat
bo’lganligi ko’pchilikka ma’lum. Shunday ekan, mintaqa madaniy rivojiga ko’p
157
Xristian dinida dinga o’zini bag’ishlashga qaror qilgan inson uylanish, oila qurishdan ongli ravishda butkul voz
kechib, monastirga borib yashaydi. Islomda bu narsa qattiq qoralanadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
224
asrlik “uyqu” holati begona ekan, X-XII yoki XIV-XV asrlarga nisbatan
qandaydir Uyg’onish haqida gapirish yana o’z tariximizni begona qoliplarga
joylash harakatidan o’zga ish emas. Shaxsan men XX asr boshidagi jadidchilik
harakatini Milliy Uyg’onish deb atalishiga qo’shilaman, chunki bu qaramlik
asoratidan, asriy qoloqlik holatidan qutulishga urinish edi. Millatimizning XVII-
XVIII asrlardan siyosiy g’aflat “uyqu”siga ketishi uni qaramlik holatiga tushirdi
va, nihoyat, XX asr boshida milliy ziyolilarimiz xalqni ziyo va ma’rifatga
chaqirib, Milliy Uyg’onish harakatini boshlab berdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |