maqsadlarimizni uyg’unlashtirishga oid sohadir. Xulosa qiladigan bo’lsak, Haq
yo’lida qilinadigan har qanday ilm haqiqiy ilmdir va u inson ruhini poklashga
xizmat qiladi, ilmda haqiqatdan har qanday chekinish esa jaholatga olib keladi.
Ma’naviyat insonning Haq bilan munosabati, deyilganda, ba’zilar beixtiyor:
bu dinning o’zi emasmi, deb xayolidan o’tkazishi mumkin. Darhaqiqat, din va
ma’naviyat bir-biriga begona narsalar emas. Ammo ularning o’zaro farqli
jihatlari ham bor. Masalan, har bir insonning o’z dini bo’lmaydi. Dinlar ko’p
dunyoda, lekin ular muayyan. Din - ilohiy kitoblar orqali nozil etilgan alohida
qonun-qoidalarni bildiradi. Ma’naviyat esa qat’iy qonun-qoidalar tarzida tasavvur
qilinmaydi. Har bir shaxs ma’naviyati o’ziga xos, har bir insonning o’z ma’naviy
olami mavjud. Din insonning dilida bo’lishi kerak, albatta, ammo har bir inson bir
dinni qabul qilib oladi va uning qonun-qoidalariga umr bo’yi rioya qiladi.
Ma’naviyat esa inson qalbidagi nur, u tanlab olinmaydi, u Allohning inoyati,
odamni Haq yo’lga etaklovchi hodiy, uni qonun-qoidalari ochiq bayon qilingan
hukmlar bilan chegaralab bo’lmaydi. Ma’naviyat inson umri davomida, millatning
tarixiy taraqqiyotida takomil topib boradi, din esa ilohiy vahiy asosida, payg’ambar
hadislariga tayangan holda ulamolar tomonidan muayyan chegaralarda qat’iy qilib
169
Islam Karimov.Asarlar. 3-jild, s. 40
www.ziyouz.com kutubxonasi
229
belgilab beriladi, bu chegaralarni har kim ham o’zgartira oladigan narsa emas.
Navoiy “Talab vodiysining sifati”da yozadi:
Kufr ila imonga urgaysen ilik,
Bu ta’madinkim ochilgay bir eshik.
Chun eshik ochildi ne kufru ne din,
Ichkari kirgach qutulding barchadin.
Kufru imon rohravg’a kesh emas,
Asli yo’lda bandi rohe, besh emas.
170
Samimiy diniy e’tiqod ma’naviyat eshiklaridan biridir. Yana bir nozik
masala. Ko’proq oddiy e’tiqod egalari dinni sunna darajasida idrok etadilar. Yaqin
o’tmishda, ilm va imon ikki qutbga ajratib tashlangan, san’at marksizm
g’oyalarining targ’ibotchisiga aylantirilgan bir sharoitda, darhaqiqat, Qur’on va
payg’ambarimiz hadislari din ahli uchun yagona ma’naviy panoh bo’lgan edi.
Ammo voqelikda milliy ma’naviyatimiz maydonlari behududdir. O’z vaqtida
buyuk allomalarimiz ijodida ilm va mantiq, irfon va badiiyat olamlari imondan
tashqari bo’lmagan, balki ilm va imon bir-biriga quvvat bag’ishlagan, tavhid
e’tiqodini idrok etish ilm va irfon orqali teranlik kasb etib borgan.
Din va ma’naviyatni birlashtiruvchi fazilat e’tiqoddir. Dinning zohiriy va
botiniy jihatlari bor. Botiniy jihati imon bo’lib, qolgani - ibodatlar - zohiriy jihatlar,
ular imonni muayyan tashqi harakatlar bilan tasdiqlaydi. Ammo imon faqat tilda
bo’lsa, islomiy hayot qonunlari bilan ichki ma’naviy uyg’unlik hosil qilinmasa,
unda ma’naviyat nuqtai nazaridan dahriyning o’z aqidasiga e’tiqodi munofiqning
tashqi dindorligidan afzal bo’lib chiqadi. Dinning zohiri saqlab qolinsa-yu,
botiniga e’tibor etarli bo’lmasa, din xurofotga aylanadi. Dinni xurofot darajasida
tushungan zohirbin aqidaparast nuqtai nazarida din va ma’naviyat butkul bir-biriga
zid narsalar bo’lib qoladi. Dinni aqidaparastlik darajasida tushunish insonlar
orasida arzimagan narsadan nifoq chiqishiga, balki og’ir xunrezliklargacha olib
kelishi mumkin. Bunday yondoshuvda turli din vakillari orasidagina emas, hatto
bir dinga e’tiqod qiluvchilar orasida ham qonli nizolar kelib chiqishi hech gap
emas. Tarixda bunday fojeiy voqealar ko’p bo’lgan. Shu sabablar tufayli Prezident
dinga ma’naviy qadriyat sifatida yondoshuvni izchil qo’llab chiqmoqda. Mustaqil
O’zbekiston rahbariyati dinning zohiriy jihatlarini inkor qilmagan holda, uning
botiniy, ma’naviy jihatiga birinchi darajali ahamiyat qaratishni maqbul ko’rmoqda.
Chunki jahon dinlarining botiniy jihati o’zaro uyg’unlikni taqozo etadi.
Ma’naviyat uchun turli dinlar aro farqlar muhim emas, inson qalbidagi imon
nuri muhim. Bunday yondoshuv ko’proq tasavvuf irfoni sohiblariga oiddir. Har
qanday bo’lganda ham, e’tiqod dilda bo’ladi, ibodatlar ham insonning o’zi uchun,
oxiratini obod qilish niyatida bajariladi. Ma’naviyat esa uyg’unlikka intiladi, shu
jihatdan mo’’min faqat ibodat bilan qoniqib, o’zga amallarini ezgulik bilan
uyg’unlashtirishga e’tibor qilmasa, bunday insonni ma’naviy barkamol deyish
qiyin.
170
Alisher Navoiy. Lison ut-tayr.T. 1991, s. 191
www.ziyouz.com kutubxonasi
230
Do'stlaringiz bilan baham: |