Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet281/290
Sana03.01.2022
Hajmi2,63 Mb.
#280020
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   290
Bog'liq
Milliy ma naviyat bosqichlari (M.Imomnazarov)

Borliq  haqiqati
  –  (Istina 
Bыtiya)  mavjud  borliqning  asl 
mohiyati,  inson  zoti  hechqachon 
oxirigacha 
anglab 
eta 
olmaydigan, 
ammo 
cheksiz 
ravishda  turli  yo’llar  bilan 
anglab 
etishga 
intiladigan 
mutlaq  haqiqat.  Har  bir  inson 
Borliq  haqiqati  haqida  muayyan 
tasavvurga  ega  bo’lib,  ushbu 
tasavvuri 
umri 
bo’yi 
takomillashib  borishi,  ba’zan 
hatto keskin o’zgarib ketishi ham 
mumkin. 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
227 
(qalb  tarbiyasiga,  botiniy  kamolotga)  tegishli  qismi,  insonlarni  bir-biridan 
ajratuvchi  emas,  yaqinlashtiruvchi  xususiyatga  ega.  Aniqrog’i,  o’zgacha 
fikrlovchi  insonlarni  tushunishga  qaratilgan,  o’z  ruhiy  olamini  Borliq 
haqiqati  bilan  uyg’unlashtirishga  bo’lgan  intilish  ma’naviyat  belgisidir. 
Xullas, milliy ma’naviyatimizning o’ziga xos dunyoqarash tizimi mavjuddirki, uni 
anglab etish  uchun  milliy  ma’naviy  merosimizni  xolis  o’rganmoq,  uni qalb orqali 
o’tkazmoq zarur. Xususan, bizning milliy dunyoqarashimiz ulug’ shoirimiz Alisher 
Navoiy dunyoqarashida o’zining eng mukammal ifodasini topgan desak, ko’p ham 
yanglishmagan  bo’lamiz.  Faqat,  Alisher  Navoiy  dunyoqarashini  teran  anglab 
etishimiz  uchun  milliy  ma’naviyatimiz  tarixiy  takomilining  ungacha  o’tgan 
bosqichlarini yaxshi bilishimiz kerak bo’ladi. 
“Din xalq uchun afyundir” deguvchilar insonning eng muhim ehtiyojlaridan 
bo’lmish  imon  ehtiyojini  tan  olmaydilar  yoki  nazarga  ilmaydilar.  Imon-e’tiqod 
ehtiyoji,  agar  u  samimiy  inson  bo’lsa,  hatto  dahriyda  ham  bo’ladi.  Faqat  u  o’z 
botiniy  ehtiyojini  ko’pchilik  e’tiqod  qiluvchi  dinlardan  emas,  turli  ”izm”lardan 
qidiradi  yoki  shaxsan  o’zi  uchun  alohida  e’tiqod  tizimi  yaratishga  urinadi.  Bu, 
albatta,  insonga  xos  kibr  va  gumrohlikning  nishonasi,  xolos.  Yo’q,  narsani  kashf 
etishga  urinishdan ko’ra, ko’pchilik tan  olgan  narsani tushunib,  mohiyatan anglab 
etishga harakat qilish, bizning nazarimizda, samaraliroq yo’ldir. 
Alloh  imonli  odamning  qalbida  bo’ladi.  Imonli  odam  imonini  birovning 
«boshini  urib  yorish»ga  vosita  qilmaydi.  “Xalqimizning  ming  yillik  tarixini, 
bugungi  ma’naviy  hayotini,  dinu  diyonatimizni  muxtasar  ifodalab  aytish 
mumkinki,  Alloh  bizning  qalbimizda,  yuragimizda”,  deydi  I.A.Karimov
167
.  Bu 
shunchaki gap emas. Ayni shu ma’no Allohning kitobida qator oyatlar mazmunini 
tashkil  etadi.  Qur’oni  karim    “Nur”  surasining  35-oyatida  esa  bu  g’oya  bevosita 
ifodalangan.  Keyinchalik  bu  g’oya  payg’ambar  hadislarida,  buyuk  tasavvuf 
shayxlari, piri murshidlarning hikmatlarida mukammal sharhlab berildi.  
Qalbni,  ko’ngil  ko’zgusini  poklash  avvalo  imon-e’tiqoddan  boshlanadi. 
“Ezgulikka sadoqati bo’lmagan, biror narsaga ixlos qo’ymagan, ishonmagan odam 
qo’rqinchlidir”,  deb  ogohlantiradi  Prezident
168
.  Albatta,  ma’lum  bir  davrda 
kommunistik  g’oyaga  ham  samimiy  ishonganlar  bo’lgan,  sof  vijdonli  dahriylar 
ham  hayotda  uchrashi  mumkin.  Ammo dahriylik  inson tarixida alohida  holatlarda 
bir-bir  namoyon  bo’luvchi  hodisa.  Din  esa  asrlar  davomida  million-million 
insonlarning  e’tiqodini  shakllantirib  kelgan.  Jumladan,  islom  dini  14  asrdan  beri 
ulug’  bir  mintaqada  insonlar  tafakkur  yo’nalishiga  ta’sir  o’tkazib  kelmoqda.  O’z 
vaqtida  biz  Imomi  A’zam,  Imom  Buxoriy,  Imom  Motrudiy,  Mahmud 
Zamaxshariy,  Ahmad Yassaviy, Najmiddin  Kubro  va  hokazo  yuzlab  jahonshumul 
ulug’  allomalarning  e’tiqodini  “afyun”  deb  e’lon  qildik  va  aslo  etimizga  o’ylab 
ko’rmadik-ki,  “xo’sh,  ular  yaratgan  ulkan  ma’naviy  merosga  o’zimiz  bir  misqol 
qo’shish  qudratiga  egamizmi?”  Mustaqillik  bizga  imonimizni,  e’tiqodimizni 
                                         
167
 
 Islam Karimov.Asarlar. 7-jild, s. 351 
168
 
 Islam Karimov.Asarlar. 4-jild, s. 79 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
228 
qaytarib  berdi.  “Islom  dini  bu  ota-bobolarimiz  dini,  -  deydi  I.A.Karimov,-u  biz 
uchun ham imon, ham axloq, ham diyonat, ham ma’rifat ekanligini unutmaylik”
169
.  
Bugungi  kunda  diyonat,  axloq  tushunchalari  imon-e’tiqoddan  ajralmas 
ekanligi  ravshan  bo’lib  qoldi.  Ammo  islom  ma’rifati  masalasida  hanuz  jiddiy 
xulosaga kela olmay, gumon aralash turibmiz. Ongimizni marksizm aqidalari tugal 
tark  etmas  ekan,  bu  masalada  uzil-kesil  xulosaga  kelishimiz,  albatta,  mushkul. 
Chunki tug’ilganimizdan buyon marksistik mafkura bizning yoshimizdagi avlodga 
birdan-bir haqiqiy ilm - faqat hayotni materialistik idrok etishga asoslangan ilmdir 
deb uqdirib kelgan. Yaqin o’tmishda shunday yalpi targ’ibot ta’sirida ta’lim olgan 
ko’pchilik  tengdoshlarimiz  (ustozlarimiz  ham)  “ilm  boshqa,  din  boshqa”  degan 
aqidani  tark  etishga  botinmay  turishipti.  Diniy  ilmlarni  haqiqiy  ilm  qatoriga 
qo’shish mumkinligiga shubhalari to’liq tarqagan emas. Aslida esa ilm faqat aqlga 
tayanmaydi.  Ayniqsa,  ijtimoiy  soha,  ma’naviyatga  aloqador  sohalarda  aqliy  va 
naqliy  ilmlar  mutanosibligi  muhim  o’rin  tutadi.  Bizgacha  o’tmishdan  etib  kelgan 
kitoblar  ham  ikki  toifa – 1)  ilohiy  matnlarga tayanuvchi,  ya’ni “vahiy”  orqali etib 
kelgan,  2)  insoniy  matnlar  asosidagi,  ya’ni  insonlar  ijod  etgan  kitoblar.  Bulardan 
birinchilarining  mazmuni  azaliy  va  abadiy  mohiyatga  tutashadi,  ikkinchilari  esa 
muayyan  zamon  va  makonda  yashab  o’tgan  insonlarga  tegishli  bo’lgani  tufayli, 
ayni o’sha zamon  va  makonning ta’siridan xoli emas, ya’ni ularga  mutlaq haqiqat 
sifatida  yondoshish  noto’g’ri  bo’ladi.  Masalan,  Qur’on  oyatlari  mazmuni  o’zida 
mutlaq  haqiqat  sirini  yashirgandir,  ammo  uning  turli  tafsirlari  mufassirlar  shaxsi 
bilan,  ularning  turlicha  talqini  bilan  bog’liq.  Ilmlarni  turlarga  ajratadigan  bo’lsak, 
masalan,  maqsad  yo’nalishiga  ko’ra  farqlash  mumkin.  Shunda  dunyoviy 
maqsadlarga 
yo’nalgan 
yoki 
uxraviy 
(oxiratga, 
ya’ni 
bu 
dunyodagi 
faoliyatimizning  u dunyodagi oqibatiga oid)  maqsadlarga  yo’nalgan  ilmlar  haqida 
gapirish  mumkin  bo’ladi.  Ma’naviyat    ayni  dunyoviy  va  uxraviy 

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish