O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti



Download 2,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/163
Sana31.12.2021
Hajmi2,12 Mb.
#279679
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   163
Bog'liq
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi

XULOSALAR 

  Badiiy adabiyot bolalarni har tomonlama tarbiyalashning ta’sirchan vositasi bo’lib, u 
ular nutqini rivojlantirish va boyitishga ulkan hissa ko’shadi. 

  Badiiy  adabiyot  she’riy  obrazlar  orkali  bolaga  jamiyat,  tabiat  hayoti,  insoniy  his-
tuyђular va munosabatlarni tushunishga yordam beradi, emotsiyani boyitadi. 

  Badiiy  adabiyot  maktabgacha  yoshdagi  bolalarda    insonparvarlik  his-tuyђularini  – 
hamdarlik,  yaxshilik,  kichiklar,  ota-onalar  va  oilaning  katta  a’zolari  nisbatan 
ђamxo’rlik ko’rsatish kabi hissiyotlarni shakllantirishga yordam beradi. 

  Bolalar badiiy asarlardan estetik va axlokiy tasavvur oladilar. 

  Nozik  yumor,  sanok  she’rlar,  hazil-huzullarni  o’zida  jamlagan  xalq  asarlari 
dangasalik, ko’rkoklik, o’jarlik, injiklik, fakat o’zini o’ylash (egoizm) kabi sifatlarga 
nisbatan pedagogik ta’sir ko’rsatishning ob’ektiv vositasi hisoblanadi.  

  Bolalarni  bolalar  badiiy  adabiyoti  bilan  tanishtirishni  ularning  yosh  imkoniyatlari, 
nutqiy rivojlanish va adabiy asarlarni kabul kila olish darajasini hisobga olgan holda 
o’tkazish zarur. 

  Ilk  yoshdagi  bolalarning  (1-3  yosh)  badiiy  asarlarni  kabul  qilishlarining  asosini 
ularning  badiiy  asarlarga  nisbatan  emotsional  munosabati,  turli  xil  ohanglarni  ilђab 
olish,  ularga  munosabat  bildirish,  kahramonlarni  tanish  va  ular  haqida  qayg’urish 
kobiliyatlari tashkil etadi. 


 
151 

  Ushbu  yosh  bosqichida  bolalar  bog’chasi  va  oilaning  vazifasi  –  bolalarni  adabiy 
rivojlantirish 
poydevorini 
hozirlash, 
ularni 
bo’lajak 
o’quvchilar  sifatida 
shakllantirishdan iboratdir. 

  Kattalarning (pedagoglar, ota-onalar va boshk.) badiiy asarni o’kish yoki hikoya qilib 
berish  jarayoniga  emotsional  ko’shilishlari  ilk  yoshdagi  bolalar  bilan  pedagogik 
ishlarni olib borishning eng muhim sharti hisoblanadi. 

  Ilk  yoshdagi  bolalarni  bolalar  badiiy  adabiyoti  bilan  tanishtirish  jarayonida  ularda 
bilish va nutqiy kobiliyatlarni hamda unga nisbatan munosabatni rivojlantirish zarur. 

  Maktabgacha  bosqichdagi  kichik  yoshli  bola  (3-5  yosh)  san’atga,  uning  badiiy 
obrazlariga  oshno  bo’lish,  badiiy  faoliyatni  egallash  borasida  keng  imkoniyatlarga 
ega bo’ladi. Bu yoshda emotsional munosabat bildirish va sensorlik kobiliyatlari bilan 
bir katorda badiiy fikrlash ham karor topadi. 

  Besh  yoshlarga  kelib  badiiy  asarni  emotsional-yaxlit  kabul  qilish  shunga  olib 
keladiki,  bola  syujetning  ayrim  obrazlari  va  elementlarini  ajratgani  holda  ular  bilan 
«o’ynashni»  boshlaydi.  Ayni  paytda  u  uni  to’qib  to’ldiradi,  ayrim  lavhalarni 
takomillashtiradi,  o’z  ertaklarini  to’kiydi,  adabiy  janrlarni  (ertak,  hikoya,  she’r) 
farklay boshlaydi, tilning ayrim ifodali vositalarini ko’rishga kodir. 

  Maktabgacha  bosqichdagi  kichik  yoshli  bolalarni  bolalar  badiiy  adabiyoti  bilan 
tanishtirishga  oid  pedagogik  ishlarni  ikki  yo’nalishda  olib  borish  lozim.  1-  badiiy 
asarni yaxlit va tugallangan estetik ob’ekt sifatida kabul qilishni tashkil etish bilan. 2 
- ayrim badiiy obrazlarni o’zgartirish va bir nechta obrazlarni sintez qilish jarayonida 
bolalarda tasavvurni rivojlantirish uchun zarur sharoitlar yaratish. 

  Maktabgacha  yoshdagi  katta  bolalarning    (5-7  yosh)  adabiy  asarlarni  kabul 
qilishlarida va tushunishlarida ularda kahramonlarga qayg’urish va hamdard bo’lish; 
vokealar  zanjirini  tiklash  va  asar  ichida  hamda  asarlar  o’rtasida  turi  xil  mazmunli 
alokalar o’rnatish; kahramonlar xulk-atvoridagi ochik motivlarni ko’rish va tushunish 
kobiliyatlari paydo bo’ladi. 

  Maktabgacha bosqichdagi katta yoshli bolalarning ruhiy rivojlanishidagi ikki karama-
karshi  tamoyilning  ziddiyatli  birikuvi  ularning  o’ziga  xos  xususiyatlari  hisoblanadi: 
1-yukori ijodiy salohiyat, 2-taklidchilik va me’riylikka intilish. 

  Maktabgacha  bosqichdagi  katta  yoshli  bolaning  badiiy  asar  bilan  o’zaro  hamkorligi 
uning  estetik,  bilish,  ijtimoiy  va  nutqiy  rivojlanish  potentsialini  amalga  oshirish 
imkonini beradi. 

  Dialog  –  maktabgacha  bosqichdagi  katta  yoshli  bolalar  bilan  pedagogik  ishlarning 
yetakchi vositasi bo’lishi lozim. 

  Badiiy  adabiyot  bilan  tanishuv  nutqni  har  tomonlama  rivojlantirishga,  ya’ni:  tovush 
madaniyatiga, grammatik tuzilishiga, lug’atga, ravon nutqka ta’sir ko’rsatadi. 
 

Download 2,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish