1-§. Maktabda qo‘shma gaplarni o‘qitish
Qo„shma gaplar, qismlarining o„zaro birikish usuli va simantik munosabatiga
ko„ra uch xil bo„ladi.
1.Bog„langan qo„shma gap; 2.Ergash qo„shma gap; 3.Bog„lovchisiz qo„shma
gap. Qiyoslang: Istedod hamisha o„ar xil bo„ladi, iste‟dodsizlar esa hamma joyda
bir xil. (E.Vohidov) Shuni aytmoqchimizki, odam hamma vaqt bilimga tashna
bo„lishi shart. Fan хalqqa suv-havodek zarur, uni taraqqiy etirmagan mamlakat,
shubhasiz, mustamlakaga aylanadi.
Keltirilgan misollarni birinchisi bog„langan qo„shma gap bo„lib, uning
kismlari esa yordamchisi vositasida o„zaro teng bog„langan; ikkinchisi ergashgan
qo„shma gap bo„lib, uning qismlari -ki aniklov bog„lovchisi orqali ikkinchi qismini
birinchi qismga tobelik yo„li bilan bog„lagan; Uchinchi gap bog„lovchisiz qo„shma
gap bo„lib, uning qismlari o„zaro hech qanday bog„lovchi vositalarsiz faqat ohang
orqali birikkan.
Do'stlaringiz bilan baham: |