1
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
O‘ZBEK TILSHUNOSLIGI KAFEDRASI
BO‘RIYEVA ASLIYA ning
“Hozirgi o„zbek adabiy tili” fanidan
O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA QO’SHMA GAPLARNING O‘RGANILISHI
m
avzusida yozgan
K U R S I SH I
Ilmiy rahbar dots. B.Bahriddinova
To
Qarshi
0
4
shkent 2
–
02
201
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT
O'ZBEK TILI VA ADABIYOTI UNIVERSITETI
KURS ISHI
O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA QO’SHMA GAPLARNING O‘RGANILISHI
mavzusida yozgan
O'ZBEK FILOLOGIYASI FAKULTETI
207-
GURUH TALABASI H
o m i d o v a
D i n o r a
HOZIRGI O'ZBEK ADABIY TILI FANIDAN YOZGAN
2
Reja
Kirish
1-bob. O„zbek tilida qo„shma gap haqidagi sintaktik nazariyalar
1-§. O„zbek tilida qo„shma gaplarning o„rganilish tarixi
2-§. An‟naviy tilshunoslikda qo„shma gaplar talqini
3-§. Qo„shma gaplarning formal-funksional talqini
2-bob. Uzluksiz ta‟limda qo„shma gaplarni o„qitish muammolari
1-§. Maktabda qo„shma gaplarni o„qitish
2-§. Akademik litsey va kasb hunar kollejlarida qo„shma gaplarni
o„qitish
3-§. Qo„shma gap turlarini nomlovchi terminlar xilma-xilligi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‟yxati
3
KIRISH
Til millat qiyofasining bir bo„lagi. Shu sababli hali mustaqillikka ilk qadamlar
tashlanayotgan davrdayoq ona tiliga davlat maqomi berish masalasi kun tartibiga
qo„yilgan va bu ish amalga oshirilgan edi.
Istiqlol tufayli milliy tilshunoslikda tub burilishlar yuz berdi. Til va nutq
hodisalarining farqlanishi, gap bo„laklari, xususan, kesim va qo„shma gap qurilishi
bilan bog„liq ta‟limotning o„zgarishi mavjud ko„pgina qoidalarni qayta ko„rib
chiqish ehtiyojini yuzaga keltirdi. Uzluksiz ta‟limda qo„shma gap turlarining
nomlanishi, ular orasida ishlatiladigan tinish belgilari, tobe tarkibli qo„shma gap
turlarini ajratish, qo„shma gaplarning qurilish qoliplarini belgilash bilan bog„liq
qator muammolar yuzaga keldi.
Qo„shma gap va uning turlari masalasi tilshunosligimizda an‟anaviy usullarda
ham, formal-funksional usulda ham mukammal o„rganilgan. F.Kamol,
U.Tursunov, F.Abdullayev, A.G„ulomov, A.Rustamov, G„.Abdurahmonov,
M.Asqarova, A.Hojiyev, Sh.Rahmatullayev, A.Abduazizovлар o„zbek tilida
qo„shma gap ta‟limotiga tamal toshlarini qo„yishgan bo„lsa, keyinchalik
A.Berdialiyev,
N.Mahmudov,
A.Nurmonov,
H.Ne'matov,
R.Sayfullayeva,
M.Qurbonova, L.Raupova, B.Mengliyev va boshqalar qo„shma gapni yangicha
usul – formal-funksional (shakl-vazifaviy) tadqiq yo„nalishida o„rgandilar.
Ta‟kidlash kerakki, an‟anaviy tilshunoslikda qo„shma gap va uning turlarini
o„rganish borasida fundamental tadqiqot ishlari bajarilgan bo„lishiga qaramay,
tilshunoslarimiz nazaridan chetda qolgan ba‟zi masalalar ham mavjud ko„rinadi.
Buni qo„shma gap turlarining belgilanishida, muayyan bir tur ichida shu turga
kiruvchi gaplarning tasnifida, bog„lovchi vositalarning funksional salmog„ini
aniqlashda va shu kabi qator masalalar talqinida kuzatish mumkin. Bunday
masalalar jumlasiga yana murakkab sintaktik qurilma shakllanishida tub va
tayanch strukturalarning mavqei, ustpredikativlik masalasi, murakkab sintaktik
qurilma nafaqat til sistemasining, balki nutq sistemasining ham faollik ko„rsatishi
obyekti ekanligi kabilarni kiritish mumkin.