O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi



Download 353,15 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/19
Sana31.12.2021
Hajmi353,15 Kb.
#276664
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Dinora Homidova kurs ishi

 Bahor keldi, gullar ochildi – Bahor keldi va gullar ochildi – Bahor kelgach, 

gullar ochildi.   

G„.Abdurahmonov bog„lovchisiz qo„shma gaplarni tashkil etgan sodda gaplar 

tobe  va  teng  bog„lovchilarsiz  birikishini  aytadi  va  bunday  sodda  gaplarning 

tuzilishida  leksik,  morfologik,  sintaktik  parallellik  bo„lishini  ta‟kidlaydi. 

G„.Abdurahmonov  ta‟limotida  shu  narsa  muhimki,  unga  ko„ra  «bog„lovchisiz» 

atamasining qo„llanishi shartli ekanligi, chunki qo„shma gap qismlarining aloqasini 

ta‟minlovchi turli vositalar keng ma‟noda bog„lovchi sanalishi eslatib o„tiladi

19



O„ylaymizki,  G„.Abdurahmonovning  mazkur  fikri  bilan  to„liq  qo„shilish 

mumkin.  Umuman  olganda,  qo„shma  gap  tasnifida  «bog„lovchili  bog„langan»  va 

«bog„lovchisiz  bog„langan»  terminlaridan  foydalanish  yanada  maqsadga 

muvofiqroq  bo„lar  edi.  Bizningcha,  an‟anaga  ko„ra  qo„llanib  kelayotgan 

«bog„langan qo„shma gap» termini talabga javob berolmaydi, chunki bog„lovchisiz 

qo„shma gap komponentlari ham o„zaro bog„langan bo„ladi. 

Fikrimizcha,  bog„lovchisiz  qo„shma  gap  komponentlari  munosabatini  faqat 

intonatsiya orqali voqelanadi deyish masala mohiyatini birmuncha chigallashtiradi, 

zotan,  bu  o„rinda  boshqa  vositalarning,  shu  jumladan  pragmatik  muhitning, 

ekstralingvistik  omillarning  ham  ahamiyati  salmoqli  bo„ladi.  Masalan,  qo„shma 

gap  komponentlari  o„rtasidagi  mazmuniy  munosabat  buning  dalili  bo„lishi 

mumkin.  Boshqacha  aytganda,  qo„shma  gap  komponentlari  (bog„lovchisiz 

                                                 

19

Abdurahmonov G„. O„zbek tili grammatikasi, 132-bet.   




 

13 


qo„shma  gap  komponentlari  ham)  mudom  muayyan  semantik  distributsiya 

og„ushida bo„ladi. 

 V.Reshetovning  o„zbek  tilidagi  bog„langan  qo„shma  gap  bilan  rus  tilidagi 

shunday  gaplarning tuzilishi prinsiplari  bir  xil,  degan  fikri bilan  qo„shilish qiyin. 

Chunki har bir tilning o„ziga xos jihatlari mavjudligi izoh talab qilmaydi. Hatto biri 

ikkinchisi  bilan  yaqin  qarindosh  bo„lgan  tillar  o„rtasida  ham  ularning  grammatik 

qurilishi bobida to„liq mushtaraklikni kuzatish qiyin.  

Bu  o„rinda  bog„lovchisiz  qo„shma  gaplar  tarkibiy  qismlari  munosabati, 

asosan, leksik unsurlar, gap bo„laklarining takrorlanishi, zamon ma‟nosi, ohang va 

o„rin  kabi  vositalar  bilan  bog„liq  ekanligi  to„g„ri  ta‟kidlanadi

20

.  Bizningcha,  ayni 



paytda  bunday  vositalar  jumlasiga  semantik  distributsiya  ham  kirishi  va  asosiy 

omillardan biri bo„lib qolishi eslatilganda yanada maqsadga muvofiqroq bo„lardi. 

Bog„langan  qo„shma  gaplarni  S.Solixo„jayeva  ochiq  va  yopiq  strukturali 

turlarga  bo„lib  o„rganadi.  Bunda  komponentlari  sirasini  shu  gapning  grammatik 

formasi  orqali  davom  ettirish  mumkin  bo„lgan  sintaktik  qurilmalarni  ochiq 

strukturali  bog„langan  qo„shma  gaplar  deb  atash,komponentlari  sirasini 

bog„lovchilar  (grammatik  forma)  orqali  davom  ettirib  bo„lmaydigan  sintaktik 

qurilmalarni esa yopiq strukturali bog„langan qo„shma gaplar deb atash lozimligi 

ta‟kidlanadi. Boshqacha aytganda, biriktiruv va ayiruv bog„lovchili qo„shma gaplar 

ochiq, zidlov bog„lovchili, bo„lsa, esa so„zlari, faqat bog„lovchisi hamda  -u (-yu) 

yuklamalari  yordamida  shakllangan  qo„shma  gaplar  yopiq  strukturali  bog„langan 

qo„shma  gaplar  sanaladi.  Bundan  tashqari,  S.Solixo„jayeva  -i  (-ib)  qo„shimchali 

ravishdosh  shaklli  va  fe‟lning  shart  shakli  qo„shimchasi  -sa  orqali  shakllangan 

bog„langan qo„shma gaplar ham mavjudligini dalillashga harakat qiladi

21



Shubhasiz,  S.Solixo„jayeva  bog„langan  qo„shma  gaplar  muammosini 



yoritishga  barakali  hissa  qo„shgandir.  Lekin  -i  (-ib)  hamda  -sa  qo„shimchalari 

bog„langan  qo„shma  gap  komponentlarining  birinchisi  tarkibida  kelsa,  u  holda 

mazkur  komponentning  kesimi  mustaqilligini  yo„qotadi  va  bu  gap  ikkinchi 

                                                 

1. O„rinboyev B. Hozirgi o„zbek adabiy tili (o„quv qo„llanma).- Samarqand, 2001, 111-112; 135-137 betlar. 

21

.Nurmonov A., Mahmudov N., Ahmedov A., Solixo„jayeva S. O„zbek tilining mazmuniy sintaksisi.-Toshkent, 



1992,127-128 betlar. 


 

14 


komponentga,  hech  bo„lmaganda,  ma‟lum  darajada  tobe  bo„lib  qoladi.  Shu  bois 

S.Solixo„jayevaning  yuqorida  bu  haqda  bildirgan  fikri,  bizningcha,  ancha 

munozaralidir. 

Shunday  qilib,  bog„langan  va  bog„lovchisiz  qo„shma  gaplar  o„zbek 

tilshunosligida  ham,  umumiy  tilshunoslik  doirasida  ham  ergash  gapli  qo„shma 

gaplarga  nisbatan  kam  o„rganilganini  ko„ramiz.  Boshqacha  aytganda,  bog„langan 

va  bog„lovchisiz  qo„shma  gaplar  talqiniga  bag„ishlangan  ilmiy  monografik 

tadqiqotlar  juda  oz.  Mavjud  darslik  va  o„quv  qo„llanmalarining  ham  aksariyatida 

ular  haqida  qolipga  tushib  qolgan  bir  xil  fikr  va  mulohazalar  takrorlanadi. 

Vaholanki,  bog„lovchili  hamda  bog„lovchisiz  qo„shma  gaplarning  (murakkab 

sintaktik  qurilmalarning)  semantik  hamda  sintaktik  talqini  bilan  bog„liq 

o„rganilishi  lozim  bo„lgan  muammolar  anchagina  ko„rinadi.  Bunday 

muammolardan  biri  mazkur  turlardagi  murakkab  qurilmalarning  sintaktik 

derivatsiyasi masalasidir. 

 


Download 353,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish