O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi


-§. O‘zbek tilida qo‘shma gaplarning o‘rganilish tarixi



Download 353,15 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/19
Sana31.12.2021
Hajmi353,15 Kb.
#276664
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Dinora Homidova kurs ishi

1-§. O‘zbek tilida qo‘shma gaplarning o‘rganilish tarixi 

 

Tilshunoslik fanida qo„shma gap mavzusi azaldan muammoli bo„lib keldi va 

bugungi kunda ham  uni muammolardan xoli deb bo„lmaydi. Buning asosiy boisi 

shundaki,  qo„shma  gap  fikr  ifodasi  sintaktik  shaklining  eng  yuqori  va  murakkab 

pog„onalaridan birini tashkil etadi. 

Jahon tilshunosligida qo„shma gap talqiniga bag„ishlangan ilmiy-monografik 

tadqiqotlar    ko„p  bo„lishiga  qaramay,  bu  sohada  hali  yechilmagan  jumboqlar 

anchagina ko„rinadi. Ular jumlasiga qo„shma gap tarkibiy qismlarining nomlanishi, 

ularning  tub  strukturaga  munosabati,tarkibiy  qismlarning  o„zaro  bog„lanishini 

ta‟minlovchi  grammatik  va  ekstralingvistik  omillarning  funksional  salmog„ini 




 

aniqlash,  qo„shma  gapning  ustpredikativ  belgisi,  uning  sintaktik  derivatsiyasiga 



taalluqli muammolarni va, umuman, «qo„shma gap» terminining qo„llanilishi bilan 

bog„liq ko„plab munozarali masalalarni kiritish mumkin. 

Qo„shma  gap  komponentlarining  munosabati  turlarini  o„rganish  XX  asrning 

yigirmanchi  yillarida  tilshunoslik  fanida  asosiy  mavzulardan  biri  bo„ldi  va  bu 

sohada  tilshunoslar  o„rtasida  ilmiy  bahs  va  munozaralar  boshlandi.  Bunday 

munozaralarning  boshlanishiga,  masalan,  rus  tilshunosligida,  M.N.Petersonning  

«Ocherk  sintaksisa  russkogo  yazika»    nomli  asarida  qo„shma  gap  xaqida 

bildirilgan  mulohazalari  sabab  bo„ldi

1

.  M.N.Peterson  qo„shma  gap  tarkibiy 



qismlarining tobe va teng bog„lanishi xususida tilshunoslar tomonidan aytilayotgan 

fikrlarning  g„oyat  chalkash  va  chuqur  ilmiy  asosga  ega  emasligini  ta‟kidlaydi  va 

quyidagilarni  yozadi:  «Mavjud  kriteriyalar  bosh  gapni  tobe  gapdan,  shuningdek, 

ergash bog„lanishni teng bog„lanishdan farqlash uchun asos bo„lolmaydi. Demak, 

ergash va teng bog„lanish tushunchalarida  lingvistik ma‟no yo„q»

2



Hozirgacha mavjud lingvistik adabiyotlarda qo„shma gaplar grammatik shakli 

va  komponentlarining  munosabatiga  qarab  bog„lovchisiz,  bog„langan  va  ergash 

gapli  qo„shma  gaplarga  bo„lib  o„rganilayotganini  kuzatamiz.  Ammo  mazkur 

ishimizning  mavzusi  teng  komponentli  murakkab  sintaktik  qurilmalar  bilan 

bevosita bog„liq bo„lgani uchun quyida, asosan, qo„shma gapning bog„lovchili va 

bog„lovchisiz turlari xususida mulohaza yuritamiz. 

Akademik  V.V.Vinogradovning  fikriga  ko„ra,  qo„shma  gapning,  shu 

jumladan, bog„langan va bog„lovchisiz qo„shma gaplarning ham tarkibiy qismlari 

struktur-sintaktik 

va 


mazmuni 

jihatlaridan 

bir-biri 

bilan 


aloqada 

bo„ladi.Bog„langan  qo„shma  gap  tarkibiy  qismlari,  ergash  gapli  qo„shma  gap 

tarkibiy qismlaridan farqli ravishda, teng bog„lanishli, teng munosabatli ko„rinsa-

da,  bu  tarkibiy  qismlarning  faqat  birinchisini  erkin  qurilishli  deb  hisoblash 

mumkin, ikkinchisi  struktur ko„rinishi hamda sintaktik holatiga ko„ra birinchisiga 

qandaydir ma‟noda tobe bo„ladi. Bog„lovchisiz qo„shma gap tarkibiy qismlari esa 

                                                 

1

. Петерсон М.Н. Очерк синтаксиса русского языка. –М., 1923. -С.32. 



2

.O„sha asar, o„sha bet.  




 

ritm  hamda  melodik  vositalar,  leksik  unsurlar  ishtirokida  aloqaga  kirishadi  va 



bunda ham analogik vaziyat kuzatiladi

3

.  V.V.Vinogradovning mazkur fikri ancha 



asosli.  Chunki  bog„langan  va  bog„lovchisiz  qo„shma  gaplar  komponentlarining 

o„zaro  semantik  va  sintaktik  munosabatlari  shundan  dalolat  beradi.  Bu,  ayniqsa, 

qo„shma  gapning  kommunikativ  vazifa  bajarishida  aniqroq  namoyon  bo„ladi. 

Biroq  V.Vinogradov  tomonidan  qo„llangan  «tobelik»  tushunchasini  ayni  paytda 

ergash gapning bosh gapga tobelik darajasi bilan tenglashtirmaslik lozim. 

Qo„shma  gap  ikki  yoki  undan  ortiq  sodda  gaplarning  mexanik  tarzdagi 

birikuvini  emas,  balki  muayyan  kommunikativ  vazifa  bajarilishi  uchun  xizmat 

qiluvchi  shakliy  va  mazmuniy  butunlikni  tashkil  etgan  sintaktik  qurilmalar 

birikuvini taqozo etadi. Shu bois qo„shma gap o„ziga xos murakkab shakl, ma‟no 

hamda ohang butunligi mahsuli sanaladi

4



G„.A.Abdurahmonov bog„langan qo„shma gaplarning tarkibiy qismlari nisbiy 



mustaqillikka  ega  ekanligini,  buni  qo„shma  gapda  qo„llanilgan  bog„lovchi  vosita 

ko„rsatib  turishini  ta‟kidlaydi.  Ammo,  olimning  e‟tirof  etishicha,  bu  mustaqillik 

grammatik  jihatdandir,  zotan,  bog„langan  qo„shma  gapda  ham  uning 

komponentlari  kesimlari  alohida  olinganda  ma‟lum  bir  niyat  anglashilmaydi,  bir 

qism mazmuni ikkinchisini talab etadi

5



G„.A.Abdurahmonov bog„langan qo„shma gaplar nafaqat turkiy tillarda, balki 

umumiy tilshunoslik doirasida ham eng kam o„rganilganligini to„g„ri ta‟kidlaydi va 

buning  asosiy  boisi  bog„langan  qo„shma  gaplarning  og„zaki  nutqda  kam 

qo„llanishida ekanligini eslatadi. 

G„.A.Abdurahmonov  bog„langan  qo„shma  gaplar,  bog„lovchisiz  qo„shma 

gaplardan  farqli  ravishda,  yopiq  gap  qurilmalarini  tashkil  etishini  aytadi  va 

ularning ikki tarkibiy qismdan tashkil topishini ko„rsatadi. Bundan tashqari, olim 

bog„langan  qo„shma  gap  qismlarining  o„zaro  munosabati  orqali  quyidagi 

mazmuniy  munosabatlar  ifodalanishini  va  mazkur  munosabatlarning  har  birini 

mukammal yoritadi:  

                                                 

3

.Виноградов В.В. Избранные труды. Исследования по русской грамматике.-М.,1975.-С.290-291. 



4

.Прокопович Н.Н. Вопросы синтаксиса русского языка. -М.,1974.-С.102. 

5

. Abdurahmonov G„.A. Qo„shma gap sintaksisi. –Toshkent, 1964, 59-bet.  




 

1. Qiyoslash  munosabati. 2. Biriktiruv  munosabati. 3. Ayiruv  munosabati. 4. 



Sabab va natija munosabati. 5. Izohlash munosabati

6



M.Asqarova bog„langan qo„shma gapni teng bog„lovchilar orqali birikkan,biri 

ikkinchisiga  grammatik  jihatdan  tobe  bo„lmagan,teng  huquqli  predikativ 

qismlardan tashkil topgan qo„shma gapli  sintaktik qurilma sifatida talqin etadi va 

qo„shma  gap  tarkibidagi  komponentlar  o„zaro  biriktiruv,  chog„ishtiruv,  ayiruv, 

zidlov,  inkor  munosabatlarini  ifodalovchi  teng  bog„lovchilar  yoki  bog„lovchi 

vazifasidagi -da, -u (-yu) yuklamalari vositasida bog„lanishini aytadi

7



M.Asqarova  bog„langan  qo„shma  gap  komponentlarining  mustaqilligi  nisbiy 



ekanligini  ta‟kidlaydi  va  bu  haqda  quyidagilarni  yozadi:  «Qo„shma  gap  xususan, 

bog„langan qo„shma gap tarkibidagi komponentlar alohida-alohida ajratib qaralsa, 

ularning  har  biri  mustaqil  gapga  tengday  ko„rinadi,  lekin  ular  qo„shma  gap 

tarkibida  fikriy  tugallikka  (to„liq  mustaqilikka)  ega  bo„lmaydi.  Shu  jihatdan 

bunday komponentlarni mazmunan nisbiy mustaqillikka ega deyish to„g„riroqdir»

8



Ko„rinadiki,  M.Asqarova  bog„langan  qo„shma  gap  tarkibiy  qismlarining  har 

biri  mustaqil  gapga  tengday  ko„rinishiga  qaramay,  ular  qo„shma  gap  tarkibida 

mazmuniy  jihatdan  to„liq  mustaqil  bo„la  olmasligini,  faqat  nisbiy  mustaqil 

ekanligini  to„g„ri  ta‟kidlaydi.  Bizningcha  ham,  bog„langan  qo„shma  gap 

komponentlarining  nisbiy  mustaqilligi  mazmuniy  jihatdan  ham,  grammatik 

jihatdan  ham    seziladi.  Zotan,  bunday  sintaktik  qurilma  komponentlarining  har 

ikkisi ham alohida ahamiyatga molik bo„lgan mustaqil tub strukturalarga tayanadi. 

Bu esa, o„z navbatida, ularning nafaqat grammatik jihatdan, balki semantik nuqtai 

nazardan ham nisbiy mustaqil ekanligidan dalolat beradi. Chunki tub struktura - bu 

ichki semantik struktura demakdir. 

Yuqoridagilardan  tashqari,  M.Asqarovaning  bog„langan  qo„shma  gaplarda 

birinchi  komponent  erkin  tuzilishi,  ikkinchi  komponent  esa  bog„langan  qo„shma 

gap  komponentlari  orasidagi  munosabatga  bog„liq  holda  qurilishi  xususidagi 

                                                 

6

. Abdurahmonov G„. O„zbek tili grammatikasi. -Toshkent, 1996, 164-bet.   



7

. G„ulomov A., Asqarova M. Hozirgi o„zbek adabiy tili. Sintaksis. –Toshkent, 1987, 163 – bet. 

8

. O„sha asar, o„sha bet. 




 

mulohazalari  ham    e‟tiborga  molikdir



9

.  Xususan,  bo„lsa,  esa  so„zlari  ishtirokida 

tuzilgan ikkinchi komponent buning dalili bo„lishi mumkin. 

M.Asqarova 

bog„lovchi 

vositalarsiz 

shakllangan 

qo„shma 


gaplar 

komponentlari  o„zaro  bog„lovchilar  va  grammatik  formalarsiz,  faqat  intonatsiya 

bilan  sintaktik  butunlik  hosil  qilishini  eslatadi.  Qo„shma  gapning  bu  turi 

M.Asqarova  fikriga  ko„ra,  tuzilishi  jihatidan  ba‟zan  bog„langan  qo„shma  gapga, 

ba‟zan esa ergash gapli qo„shma gapga o„xshaydi

10



G„.Abdurahmonov,  A.Sulaymonov,  X.Xoliyorov,    J.Omonturdiyevlarning 

«Hozirgi  o„zbek  adabiy  tili»  qo„llanmasida  bog„langan  qo„shma  gapning  asosiy 

grammatik belgisi teng bog„lovchilar ekanligiga alohida urg„u beriladi va qo„shma 

gapdan farqli ravishda, ayirish mazmuniy munosabatining keng qo„llanishi, sabab 

va natija mazmuni munosabatini ifodalovchi qurilmalarning mustaqilligi va har bir 

semantik munosabat ichida o„ziga xos mazmun ifodalarining mavjud bo„lishi qayd 

etiladi

11

.  



B.O„rinboyev  tadqiqotlarida  ham  bog„langan  qo„shma  gaplarda  sodda 

gaplarni  o„zaro  biriktirish  uchun  teng  bog„lovchilar  qo„llanilishi  ta‟kidlanadi  va 

bunda birinchi gap, odatda, erkin holda tuzilgan bo„lishi eslatiladi. 

N.Turniyozov  «bog„langan  qo„shma  gap»  va  «bog„lovchisiz  qo„shma  gap» 

terminlarining  qo„llanilishi  maqsadga  nomuvofiq  ekanligini  qayd  etadi.  Chunki 

qo„shma  gapning  har  qanday  turi  komponentlari  ham  o„zaro  qandaydir  vosita 

orqali  bog„langan  bo„ladi.  Shu  bois  N.Turniyozov  «bog„lovchili  bog„langan 

qo„shma  gap»  va  «bog„lovchisiz  bog„langan  qo„shma  gap»  terminlaridan 

foydalanish ma‟qul ekanligini aytadi. Bundan tashqari, N.Turniyozov bog„lovchili 

va  bog„lovchisiz  bog„langan  qo„shma  gaplar  tarkibiy  qismlarning  teng  huquqli 

ekanligi birinchi galda ularning tub strukturalari qo„shma gapning tashkil etilishida 

alohida  ahamiyatga  egaligi  bilan  izohlanishini  ko„rsatadi,  zero,  bunday  gaplar 

komponentlarining  har  biri  mustaqil  (alohida)  tub  strukturaga  tayanadi.  Ergash 

                                                 

9

. G„ulomov A., Asqarova M. Ko„rsatilgan darslik, 136 - bet. 



10

.O„sha asar, 223 – b.  

11

.Abdurahmonov G„., Sulaymonov A., Xoliyorov X., Omonturdiyev J. Hozirgi o„zbek adabiy tili. Sintaksis. –



Toshkent, 1979, 123-b.                


 

10 


gapli  qo„shma  gaplarning  esa  semantik  strukturasi  ham,  sintaktik  shakli  ham, 

asosan, hokim gapning tub strukturasiga asoslanadi. Chunki ergash gap o„zi uchun 

emas, balki hokim mavqega ega bo„lgan ikkinchi bir gap uchun xizmat qiladi.  

 


Download 353,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish