O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi



Download 353,15 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/19
Sana31.12.2021
Hajmi353,15 Kb.
#276664
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
Dinora Homidova kurs ishi

 

 

 

 

                                                 

23

. O„sha asar, 56 – bet. 



24

. O„sha asar, 180 – 185 betlar. 

1.Ne‟matov H., Sayfullayeva R., Qurbonova M. O„zbek tili struktural sintaksisi asoslari.-Toshkent, 1999, 25-bet. 



 

21 


2-bob. Uzluksiz ta’limda qo‘shma gaplarni o‘qitish muammolari  

 

Ko„rib o„tilganidek, mavzu jahon tilshunosligida ham, o„zbek tilshunosligida 



ham,  an‟anaviy  usullarda  ham,  zamonaviy  usullarda  ham  har  qancha  chuqur 

o„rganilmasin,  hatto  uning  o„zi  va  turlarini  nomlash,  ichki  bo„linishlarni  ajratish 

masalalarida  hali-hanuz  uzil-kesil  bir  to„xtamga  kelinmaganligining  guvohi 

bo„ldik. Bu qo„shma gap masalasining murakkab va serqirra ekanidan dalolat berib 

turibdi.  Uzluksiz  ta‟lim  bo„g„inlarida  mavzuni  yoritishda  qator  muammolarning 

mavjudligi bu fikrni isbotlaydi. Ularning ayrimlarini sanab o„tamiz: 

1. Ma‟lumki, mustaqillikdan so„ng o„zbek tili gap qurilishi tilimizning milliy 

tabiatidan  kelib  chiqib  tadqiq  etildi  va  mavzu  doirasida  bir  muncha  o„zgarishlar 

yuzaga  keldi.  Yaqinga  qadar  qo„shma  gap  sifatida  qaralib  kelingan  Bahor  kelib, 

kunlar  isidi  tipidagi  gaplar  ravishdoshning  kesim  bo„lib  kela  olmasligi 

isbotlangach  hol  kengaygan  birikmali  sodda  gap  deb  yuritila  boshlandi.  Maktab 

darsliklarida  fanning  so„nggi  yutuqlariga  tayanib  bu  tipdagi  gaplar  sodda  gap 

ekanligi  qoidalashtirildi.  Biroq  maktab  8-9-sinf  darsliklarida  ham,  akademik 

litseylar uchun yaratilgan 3-kurs darsligida ham bunday gaplarni ba‟zan qo„shma, 

ba‟zan sodda gaplarga kiritish hollari uchrab turibdi.  

2. Qo„shma gap turlarini nomlash mavzu mohiyatni tushuntirishda muhim rol 

o„ynaydi.  Maktabda qo„shma  gap  turlari “Bog„langan qo„shma  gap”,  “Ergashgan 

qo„shma  gap”,  “Bog„lovchisiz  qo„shma  gap”  degan  nomlar  bilan  berilgan. 

O„quvchida  tabiiy  ravishda  savol  tug„iladi:  faqat  birinchi  turdagi  qo„shma  gap 

qismlari  bog„langan,  boshqa  turlari  bog„lanmaganmi?  “Bog„langan”  so„zi 

o„quvchini  chalg„itadi.  Litsey  darsligida  ularga  nisbatan  “Teng  tarkibli  qo„shma 

gaplar” terminining ishlatilishi mavzu mohiyatini oson tushunishga yordam beradi. 

3.  Qo„shma  gapga  qoida  berilganda  “qismlari  ma‟no,  ohang  va  grammatik 

jihatdan  bog„langan”  deb  ta‟riflanadi.  “Bog„lovchisiz  qo„shma  gap”  termini 

o„quvchida  qoida  bilan  tasnif  o„rtasida  chalkashlikni  keltirib  chiqaradi.  Litsey 

darsliklarida  “Ohang  yordamida  birikkan  qo„shma  gap”    terminining  ishlatilishi 

maqsadga muvofiq. 



 

22 


4. Oliy ta‟lim darsliklarida qo„shma gap turlarini ajratishda ularning qurilish 

qoliplaridan  kelib  chiqib  teng,  tobe  va  mutanosib  tarkibli  turlarga  ajratilishi 

kuzatiladi.  

5.  Sodda  va  qo„shma  gaplarni  ajratishda  shakllangan  (zamon,  shaxs-son, 

tasdiq-inkor ma‟nolariga ega bo„lgan) kesimning gapdagi soniga tayaniladi. Aynan 

shunga  asosan  8-sinf  “Ona  tili”  darsligining  54-betidagi  110-mashqda  sodda  va 

qo„shma  gap  juftliklarini  farqlash  uchun  misollar  beriladi:  “Biz  uyga  qaytdik  va 

birga dars tayyorladik. - Biz uyga qaytib, birga dars tayyorladik.” Shu darslikning 

59-betida  fe‟l  kesimning  ifodalanishi  haqida  so„z  borib  sof  fe‟l  bilan  birga 

ravishdosh  va  sifatdosh  shakllari  ham  sanalib,  “Motor  gurillab,  mashina  oldinga 

intildi; Po„lat xatni kecha yuborgan” kabi misollar keltirilgan edi. “O„zbek tili va 

adabiyoti”  jurnalining  2009  yil  1-sonida  N.Mahmudovning  “Kesimning  gapdagi 

maqomi”  maqolasida  darslikdagi  kesim  mavzusi  bilan  bog„liq  chalkashliklar 

(uyushiq  kesim  masalasi,  kesimning  ifodalanishi  masalalari  va  hk)  tahlil  qilinib, 

xatoliklar  izchil  yoritib  berildi.  Darslikning  keyingi  nashrida  ayrim  kamchiliklar 

tuzatildi,  biroq  kesimning  ifodalanishi  mavzusida  faqat  berilgan  misollargina 

o„zgartirib  qo„yildi.  6-sinfda  fe‟lning  vazifa  shakllari  o„qitilar  ekan  o„quvchi 

tuslanadigan fe‟llar sof fe‟l deyilishi,  ular zamon, shaxs-son, mayl ma‟nosiga ega 

bo„lishi  va  bu  shakllar  fe‟lni  kesim  vazifasiga  xoslashini,  sifatdosh,  ravishdosh 

hamda  harakat  nomi  shakllari  fe‟lni  aniqlovchi,  hol,  ega,  to„ldiruvchi,  ot  kesim 

vazifalariga xoslashini o„rganadi. 8-sinfda esa fe‟l-kesimning sifatdosh, ravishdosh 

shakllari bilan ifodalanishiga misollar keltirishga urinaladi: “Ravishdosh bilan: Uy 

egasi  dasturxon  yozguncha,  Fotima  ham  barkashni  olib  keldi.  (S.A.)  Sifatdosh 

bilan: Po„lat xatni kecha yuborgan (8-sinf, 59-bet).  

Ravishdoshning  kesim  vazifasida  kelishi  keyingi  tadqiqotlarda  qat‟iy  inkor 

qilindi.  Bu  ergash  gapli  qo„shma  gaplar  tasnifida  ham  o„zgarishlarni  yuzaga 

keltirdi.  -(i)b  shaklimi,  -guncha  shaklimi,  ravishdosh  kesimlik  belgisi  bo„lgan 

zamon, shaxs-son, mayl shakli va ma‟nosiga ega emas. Sifatdosh kesim vazifasida 

kelishi mumkin, faqat ot kesim: Eman daraxtining egilgani – singani. “Po„lat xatni 

kecha yuborgan” gapida sifatdosh zamon hosil qilish uchun ishtirok etyapti, ya‟ni 




 

23 


u  sof  fe‟l  –  yuborganman,  yuborgansan,  yuborgan.  Mazkur  fe‟l  tuslanish 

paradigmasiga  ega,  unda  nol  ko„rsatkichga  ega  bo„lgan  o„tgan  zamon,  III  shaxs 

birlik, xabar mayli ma‟nosi mavjud. 

6.  Ba‟zan  amaliyotda  bo„lsa,  esa  so„zlari  yordamida  bog„langan  qo„shma 

gaplarning  qaysi  birida  qiyoslash  ma‟nosi  yuzaga  chiqyapti?”  yoki  “.....zidlash 

ma‟nosi  mavjud?”  tipidagi  savollar  uchraydi.  Har  qanday  qiyoslashda  muayyan 

darajada  zidlash,  har  qanday  zidlashda  esa  muayyan  darajada  qiyoslash  mavjud. 

Nutq  vaziyati  bilan  bog„liq  ravishda  qachondir  qiyos,  qachondir  zidlik  ma‟nosi 

kuchayishi ham mumkin.  

Bunday muammolar ona tili ta‟limida ko„plab kuzatiladi. Keyingi bo„limlarda 

ularga alohida-alohida to„xtalib o„tamiz. 


Download 353,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish