Bahor keldi, gullar ochildi – Bahor keldi va gullar ochildi – Bahor kelgach,
gullar ochildi.
G„.Abdurahmonov bog„lovchisiz qo„shma gaplarni tashkil etgan sodda gaplar
tobe va teng bog„lovchilarsiz birikishini aytadi va bunday sodda gaplarning
tuzilishida leksik, morfologik, sintaktik parallellik bo„lishini ta‟kidlaydi.
G„.Abdurahmonov ta‟limotida shu narsa muhimki, unga ko„ra «bog„lovchisiz»
atamasining qo„llanishi shartli ekanligi, chunki qo„shma gap qismlarining aloqasini
ta‟minlovchi turli vositalar keng ma‟noda bog„lovchi sanalishi eslatib o„tiladi
19
.
O„ylaymizki, G„.Abdurahmonovning mazkur fikri bilan to„liq qo„shilish
mumkin. Umuman olganda, qo„shma gap tasnifida «bog„lovchili bog„langan» va
«bog„lovchisiz bog„langan» terminlaridan foydalanish yanada maqsadga
muvofiqroq bo„lar edi. Bizningcha, an‟anaga ko„ra qo„llanib kelayotgan
«bog„langan qo„shma gap» termini talabga javob berolmaydi, chunki bog„lovchisiz
qo„shma gap komponentlari ham o„zaro bog„langan bo„ladi.
Fikrimizcha, bog„lovchisiz qo„shma gap komponentlari munosabatini faqat
intonatsiya orqali voqelanadi deyish masala mohiyatini birmuncha chigallashtiradi,
zotan, bu o„rinda boshqa vositalarning, shu jumladan pragmatik muhitning,
ekstralingvistik omillarning ham ahamiyati salmoqli bo„ladi. Masalan, qo„shma
gap komponentlari o„rtasidagi mazmuniy munosabat buning dalili bo„lishi
mumkin. Boshqacha aytganda, qo„shma gap komponentlari (bog„lovchisiz
19
Abdurahmonov G„. O„zbek tili grammatikasi, 132-bet.
13
qo„shma gap komponentlari ham) mudom muayyan semantik distributsiya
og„ushida bo„ladi.
V.Reshetovning o„zbek tilidagi bog„langan qo„shma gap bilan rus tilidagi
shunday gaplarning tuzilishi prinsiplari bir xil, degan fikri bilan qo„shilish qiyin.
Chunki har bir tilning o„ziga xos jihatlari mavjudligi izoh talab qilmaydi. Hatto biri
ikkinchisi bilan yaqin qarindosh bo„lgan tillar o„rtasida ham ularning grammatik
qurilishi bobida to„liq mushtaraklikni kuzatish qiyin.
Bu o„rinda bog„lovchisiz qo„shma gaplar tarkibiy qismlari munosabati,
asosan, leksik unsurlar, gap bo„laklarining takrorlanishi, zamon ma‟nosi, ohang va
o„rin kabi vositalar bilan bog„liq ekanligi to„g„ri ta‟kidlanadi
20
. Bizningcha, ayni
paytda bunday vositalar jumlasiga semantik distributsiya ham kirishi va asosiy
omillardan biri bo„lib qolishi eslatilganda yanada maqsadga muvofiqroq bo„lardi.
Bog„langan qo„shma gaplarni S.Solixo„jayeva ochiq va yopiq strukturali
turlarga bo„lib o„rganadi. Bunda komponentlari sirasini shu gapning grammatik
formasi orqali davom ettirish mumkin bo„lgan sintaktik qurilmalarni ochiq
strukturali bog„langan qo„shma gaplar deb atash,komponentlari sirasini
bog„lovchilar (grammatik forma) orqali davom ettirib bo„lmaydigan sintaktik
qurilmalarni esa yopiq strukturali bog„langan qo„shma gaplar deb atash lozimligi
ta‟kidlanadi. Boshqacha aytganda, biriktiruv va ayiruv bog„lovchili qo„shma gaplar
ochiq, zidlov bog„lovchili, bo„lsa, esa so„zlari, faqat bog„lovchisi hamda -u (-yu)
yuklamalari yordamida shakllangan qo„shma gaplar yopiq strukturali bog„langan
qo„shma gaplar sanaladi. Bundan tashqari, S.Solixo„jayeva -i (-ib) qo„shimchali
ravishdosh shaklli va fe‟lning shart shakli qo„shimchasi -sa orqali shakllangan
bog„langan qo„shma gaplar ham mavjudligini dalillashga harakat qiladi
21
.
Shubhasiz, S.Solixo„jayeva bog„langan qo„shma gaplar muammosini
yoritishga barakali hissa qo„shgandir. Lekin -i (-ib) hamda -sa qo„shimchalari
bog„langan qo„shma gap komponentlarining birinchisi tarkibida kelsa, u holda
mazkur komponentning kesimi mustaqilligini yo„qotadi va bu gap ikkinchi
1. O„rinboyev B. Hozirgi o„zbek adabiy tili (o„quv qo„llanma).- Samarqand, 2001, 111-112; 135-137 betlar.
21
.Nurmonov A., Mahmudov N., Ahmedov A., Solixo„jayeva S. O„zbek tilining mazmuniy sintaksisi.-Toshkent,
1992,127-128 betlar.
14
komponentga, hech bo„lmaganda, ma‟lum darajada tobe bo„lib qoladi. Shu bois
S.Solixo„jayevaning yuqorida bu haqda bildirgan fikri, bizningcha, ancha
munozaralidir.
Shunday qilib, bog„langan va bog„lovchisiz qo„shma gaplar o„zbek
tilshunosligida ham, umumiy tilshunoslik doirasida ham ergash gapli qo„shma
gaplarga nisbatan kam o„rganilganini ko„ramiz. Boshqacha aytganda, bog„langan
va bog„lovchisiz qo„shma gaplar talqiniga bag„ishlangan ilmiy monografik
tadqiqotlar juda oz. Mavjud darslik va o„quv qo„llanmalarining ham aksariyatida
ular haqida qolipga tushib qolgan bir xil fikr va mulohazalar takrorlanadi.
Vaholanki, bog„lovchili hamda bog„lovchisiz qo„shma gaplarning (murakkab
sintaktik qurilmalarning) semantik hamda sintaktik talqini bilan bog„liq
o„rganilishi lozim bo„lgan muammolar anchagina ko„rinadi. Bunday
muammolardan biri mazkur turlardagi murakkab qurilmalarning sintaktik
derivatsiyasi masalasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |